1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga baʼzi ijtimoiy nafaqalarni toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq hamda Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalangan holda, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam toʻlovlari manzilliligini taʼminlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini izchil qoʻllab-quvvatlash siyosatini davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
ijtimoiy toʻlovlar, shu jumladan, nafaqalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayinlash va toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish;
dafn etish uchun nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-mart,
110-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 110-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son qarori bilan tasdiqlangan Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Farzand tugilganda beriladigan nafaqani tayinlash yuzasidan murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Farzand tugʻilganda beriladigan nafaqani tayinlash uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat qiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnoma shaklini toʻldiradi.
Bola tugʻilgandan boshlab olti oy muddatda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Soʻrovnomani toʻldirib, elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng besh daqiqada
2. YIDXP
2. Soʻrovnom�ni Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yuboradi.
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
1. Farzand tugilganda nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida tegishli qaror qabul qiladi.
2. Nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisidagi maʼlumotni tegishli Davlat xizmatlar markaziga yoki YIDXPga elektron shaklda yuboradi.
Soʻrovnoma olinganidan soʻng besh daqiqada
3. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari koʻrsatilgan maʼlumotni tegishli Davlat xizmatlar markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboradi.
4. Har oyning boshida oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni AT “Xalq banki” filialining hisobvaragʻi orqali moliyalashtiradi.
Har oyning 5 kunigacha
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.
2. Nafaqa puli tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish mumkinligi toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.
Bola tugʻilgandan boshlab 6 oy muddatda
”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida” 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarorida:
27, 31 va 122-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
191-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining” soʻzlari “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v) Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi avtomatik ravishda farzand tugilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS-xabar yuboradi.
Bunda 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga;
ikkinchi farzandi uchun — farzand tugʻilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari har oyning boshida oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni AT “Xalq banki” filialining hisobvaragʻi orqali moliyalashtiradi.
Bolaning otasi yoki onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatgan holda, bola tugʻilgandan boshlab 1 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun AT “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qiladi”;
“g” kichik banddagi “Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Pensiya jamgʻarmasining hududiy” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bosqich “Tadbirlar” ustunining 4-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2. Davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) tibbiyot muassasalari, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar va tibbiy-ijtimoiy muassasalar (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot muassasalari) vafot etgan shaxs haqidagi maʼlumotlarni oʻlim haqidagi elektron tibbiy maʼlumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankka kiritadi va avtomatik ravishda oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun tibbiyot muassasasi joylashgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — FXDYo boʻlimi) “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan axborot tizimi) orqali yuboradi.
b) FHDY boʻlimi:
tibbiyot muassasasidan oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma kelib tushishi bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini avtomatik ravishda qayd etadi va oʻlim haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimlariga elektron shaklda yuboradi;
vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlarining (ular boʻlmaganda dafn etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslarning) istalgan vaqtdagi talabiga asosan ularga oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi. Pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.
Bunda:
ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (F.I.O., vafot etgan shaxsga qarindoshlik darajasi yoki merosxoʻrligi) “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga maxsus elektron blankka kiritiladi;
vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlari boʻlmagan shaxslar oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani olish uchun murojaat etganda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlari boʻlmaganligi va ariza beruvchi dafn etish majburiyatini oʻz zimmasiga olganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi talab etiladi;
pochta aloqasi tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov miqdori pochta xizmati tomonidan belgilanadi;
v) tibbiyot muassasasi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda olingan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvchilarga qabristonga taqdim etish uchun chop etib beradi;
g) Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi:
har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot (keyingi oʻrinlarda — tijorat banki) hisobvaragʻi orqali moliyalashtiradi;
tijorat bankining elektron soʻrovida koʻrsatilgan nafaqa olish uchun murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini FHDY boʻlimi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani olgan fuqaro haqida maxsus elektron blankka kiritilgan maʼlumotlar hamda elektron shaklda yuborilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma bilan taqqoslagan holda tasdiqlaydi;
d) tijorat banki dafn etish uchun nafaqa toʻlovini FHDY boʻlimi tomonidan berilgan oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma hamda murojaat etgan fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga elektron soʻrov yuborish orqali murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda amalga oshiradi”;
4-bandning birinchi xatboshisi “Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlaridan keyin “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “hamda Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimiga” soʻzlari “, Pensiya jamgʻarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlarining (ular boʻlmaganda, dafn etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslarning) istalgan vaqtdagi talabiga asosan ularga oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi”;
8-banddagi “ikki nusxada, shu jumladan” soʻzlar chiqarib tashlansin;
“9. Pensiya jamgʻarmasi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya toʻlovini axborot tizimida avtomatik ravishda toʻxtatadi”;
quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan nafaqa toʻlovini axborot tizimida avtomatik ravishda toʻxtatadi;
tijorat bankining elektron maʼlumotiga asosan axborot tizimida dafn etish uchun toʻlangan nafaqalar roʻyxatini shakllantiradi va hisobini yuritadi;
har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni tijorat bankining hisobvaragʻi orqali moliyalashtiradi.
Bunda moliyalashtirishning soʻnggi kuni dam olish yoki bayram (ish kuni boʻlmagan) kunlariga toʻgʻri kelgan hollarda, keyingi ish kuni muddatning soʻnggi kuni hisoblanadi.
Ariza beruvchilar FHDY boʻlimi tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini koʻrsatgan holda, oʻlim holati qayd qilingandan boshlab 60 kun ichida dafn etish uchun nafaqa pulini olish maqsadida tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin”;
“10. Tijorat banki dafn etish uchun nafaqa toʻlovini olish maqsadida murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini FHDY boʻlimi tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan nafaqa toʻlovini amalga oshiradi”;
ikkinchi xatboshidagi “yoki tibbiyot muassasasi tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar va tijorat banki xodimlari tomonidan dafn etish uchun nafaqani oʻzining nomiga rasmiylashtirib, murojaat qilgan fuqaroga olib berishi qatʼiy taqiqlanadi”;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Tibbiyot muassasasi xodimi
Oʻlim holati belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng vafot etgan shaxs haqidagi maʼlumotlarni elektron tibbiy maʼlumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankka kiritish va avtomatik ravishda oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun FHDY boʻlimiga “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.
Oʻlim holati belgilangan tartibda (patologoanatomik sud-tibbiy ekspertiza va boshqa) tasdiqlangandan soʻng bir soat ichida
2-bosqich
FHDY boʻlimi
1. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va bu haqdagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) elektron shaklda yuboradi.
Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda
2. Vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlarining (ular boʻlmaganda, dafn etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslarning) istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib berish yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi.
Ariza beruvchilar, vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari yoki merosxoʻrlari (ular boʻlmaganda, dafn etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslar) tomonidan murojaat qilinganda
3-bosqich
Tibbiyot muassasasi xodimi
QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvchilarga chop etib beradi.
Maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng darhol
4-bosqich
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi
1. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya va/yoki nafaqa toʻlovini axborot tizimida avtomatik ravishda toʻxtatadi.
Avtomatik ravishda
2. Har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni tijorat bankining hisobvaragʻi orqali moliyalashtiradi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasi
3. Tijorat bankining elektron soʻrovida koʻrsatilgan nafaqa olish uchun murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini FXDYo boʻlimi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani olgan fuqaro toʻgʻrisida maxsus elektron blankka kiritilgan maʼlumotlar hamda elektron shaklda yuborilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma bilan taqqoslagan holda tasdiqlaydi
Har oyning 5 sanasiga qadar
5-bosqich
Tijorat banki
Dafn etish uchun nafaqa toʻlovini olish maqsadida murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini FHDY boʻlimi tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma hamda murojaat etgan fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan nafaqa toʻlovini amalga oshiradi.