toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-fevralda hisobga olindi, 236 hisob raqami]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 20-martdagi 28-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.06.05-98 “Tuproq materiallaridan boʻlgan toʻgʻonlar” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-yanvar,
21-son
Kelishildi:
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
Toshkent sh.
2023-yil 12-dekabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
Toshkent sh.
2023-yil 14-dekabr
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
Toshkent sh.
2023-yil 29-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 25-yanvardagi 21-son buyrugʻiga
ILOVA
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) gidrotexnika, suv transporti yoʻllari, melioratsiya, suv taʼminoti, baliq urchitish havzalarini qurish uchun grunt materiallaridan (koʻtarmali, grunt tortuvchi vositasida koʻtariluvchi, tosh-gruntli va tosh bilan quriluvchi) yangi toʻgʻonlarni loyihalashtirish va mavjudlarini qayta loyihalashga qoʻyilgan talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 1.02.07-19 “Qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
QMQ 2.02.02-98 “Gidrotexnika inshootlarining zaminlari”;
QMQ 2.06.04-97 “Gidrotexnika inshootlariga yuklar va taʼsirlar (toʻlqin, muz va kemalar)”;
QMQ 2.06.08-97 “Gidrotexnika inshootlarining beton va temir-beton tuzilmalari”;
GOST 25100-2020 Gruntlar. Klassifikatsiya (rasmiy manba: Grunti. Klassifikatsiya);
GOST 23457-86 “Harakatni tashkil etishning texnik vositalari (rasmiy manba: Texnicheskiye sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
suv bosimi — suv ustunining koʻrib chiqilayotgan balandligi;
bosim sathi — suv oqimi toʻsilishi natijasida hosil boʻlgan suv sathi;
gidrotexnika — muhandislik inshootlari yordamida suv resurslaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish va suvning zararli taʼsiriga qarshi kurashni qamrab oluvchi fan va texnika sohasi;
gidrotexnika inshootlari — suv omborlari toʻgʻonlari, daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi toʻgʻonlar, daryolarning oʻzanlarini toʻsuvchi inshootlar, suv olish, suv oʻtkazish, suv tashlash hamda qirgʻoqlarni himoya qilish inshootlari, gidroelektrostansiyalar, nasos stansiyalari;
drenaj — filtrlangan va yer osti suvlarini yigʻish va yoʻnaltirish uchun qurilma (zovur);
jadal bosim sathi (JBS) — gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarda, yuqori byefda bosim sathining vaqtinchalik ruxsat etilgan normasidan yuqori koʻtarilish darajasi;
koʻchki — turli xil tabiiy va texnogen omillarning taʼsiri tufayli grunt yoki togʻ jinslari massasining siljishi;
moʻtadil bosim sathi (MBS) — gidrotexnika inshootlarining moʻtadil sharoitda saqlay olishi mumkin boʻlgan yuqori byefning eng yuqori bosim sathi darajasi;
suffoziya — grunt ichidagi filtrlash oqimi sababli gruntning alohida zarralari va minerallarining harakatlanishi yoki ularning yuvilishi;
toʻgʻon — suv sathini koʻtarish uchun suv oqimini va uning vodiysini toʻsib qoʻyadigan suvni toʻsib turuvchi inshoot.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Grunt materiallaridan toʻgʻonlarni QMQ 2.06.01-97 talablariga muvofiq loyihalashtirish kerak.
4. Toʻgʻonlarning sinflari QMQ 2.06.01-97 talablariga muvofiq oʻrnatilishi, bunda loyihada belgilangan shartlar oʻzgarganda, inshootlarning sinflari ulardan foydalanish jarayonida oʻzgarishga yoʻl qoʻyiladi.
5. Quyidagi koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan toʻgʻonlar katta toʻgʻonlar hisoblanadi:
balandligi 10 — 15 m ortiq boʻlgan;
toʻgʻon uzunligi 500 m dan ortiq boʻlgan;
suv ombori hajmi 100 ming m3 dan ortiq boʻlgan;
suv chiqarish sarfi 2000 m3/s dan ortiq boʻlgan;
Shuningdek, balandligidan qatʼi nazar, oʻta murakkab muhandislik-geologiya sharoitlarda (masalan, yetib borish murakkab boʻlgan hududlarda, murakkab iqlim sharoitlarida) quriluvchi inshootlar.
6. Mazkur SHNQning 5-bandida keltirilgan toʻgʻonlar sinfi QMQ 2.06.01-97 boʻyicha aniqlanganiga nisbatan bir sinfga koʻtarilishi lozim.
7. Grunt materiallaridan toʻgʻonlarni loyihalashtirish va qurish uchun muhandislik izlanishlar, shuningdek muhandislik-geokriologik, muhandislik-gidrometeorologik, muhandislik-geologik hamda muhandislik-geodezik izlanishlar SHNQ 1.02.07-19, QMQ 2.01.14-98 talablariga muvofiq boʻlishi, gidrotexnika qurilishining oʻziga xosligi va unga qoʻshimcha ravishda loyihalashtiriluvchi obyektning muayyan shart-sharoitlarini hisobga oluvchi dastlabki maʼlumotlar aniqlanishi lozim.
8. Grunt materiallaridan toʻgʻonlarning jismi va filtrlanishga qarshi uskunalari hamda qurish usullarining asosiy turlari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Toʻgʻon turi

Farqlanuvchi belgilari

Grunt koʻtarmali

Loy gruntlidan tosh-shagʻalli gruntlar quruqligicha zichlashtirish yoki suvga agʻdarish bilan koʻtariladigan

Gruntli yuvma toʻgʻonlar

Loy-gruntlidan tosh-shagʻalligacha boʻlgan gruntlar gidromexanizatsiya vositalari orqali namlantiriladigan

Tosh-gruntli

Grunt jismlari loy-gruntlardan mayda qumligacha yirik boʻlakli filtrlanishga qarshi uskunalardan

Tosh uyumli

Grunt jismlari yirik boʻlakli nogurunt materiallardan boʻlgan filtrlanishga qarshi uskunalardan

9. Toʻgʻon toʻsigʻi variantlari, texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish asosida gidrouzelni joylashish tarzi bilan hamda qurilish maydonining topografik, gidrologik, muhandislik-geologiya va muhandislik-geokriologik sharoitlari hamda tabiiy muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiq tanlanishi lozim.
Toʻgʻon toʻsigʻi variantlarida quyidagilar hisobga olinishi kerak:
suv oʻtkazish inshootlarining joylashishida qirgʻoqlarni xavfli yuvilishlari va harorat oʻzgarishi, quyi toʻgʻon oldi qismida suv chiqarilishida toʻgʻonning tagidan yuvilib ketishi va gidrouzeldan foydalanish imkoniyatlarini yomonlashtiruvchi oqindilar bilan toʻsilib qolishiga imkon bermaslik;
toʻgʻon qurilishida toʻgʻon toʻsigʻi orqali suv oʻtkazish imkoni, shuningdek qurilish va toʻgʻondan foydalanish davrida toʻgʻon ustidan va unga olib keluvchi yoʻllar oʻtkazish imkoniyatlari;
gidrouzel qurilishida daryo oʻzanini berkitish uchun vaqtincha toʻsiq (banketlar) boʻlishi;
suv oqimi sarfi va balandligi;
muz, choʻkindi, baliq oʻtkazish shartlari, shuningdek loyihalashtiriluvchi obyektga nisbatan boʻlgan boshqa maxsus talablar.
10. Toʻgʻonlarning turlari mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq asoslar va qirgʻoqlar topografik va muhandislik-geologik yoki muhandislik geokriologik sharoitlari, qurilish hududining gidrologik va iqlim sharoitlari, suv bosimi miqdori, gruntli qurilish materiallarining mavjudligi, hududning seysmiklik jihati, qurilishni tashkil etishning umumiy sxemasi, qurilish suv sarfi oʻtkazishni oʻziga xosligi, toʻgʻonning ishga tushirilish muddatlari va undan foydalanish shartlariga bogʻlangan holda tanlanishi kerak.
11. Toʻgʻonlarning turi va konstruksiyasi, qurilish ishlari texnologiyasi, shuningdek gidrouzelning umumiy nisbiy joylashishini hisobga oluvchi variantlarni texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirib tanlanishi, bunda solishtiriluvchi variantlar ishlab chiqarish va ishonchliligi jihatdan bir xil darajaga ega boʻlishi kerak.
12. Grunt materiallaridan toʻgʻonlarni qurish uchun foydali qazilma konlari va karyerlardan olinadigan grunt va toshlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
13. Gruntli toʻgʻonlarni loyihalashtirishda quyidagilarni nazarda tutuvchi inshootlarning turlari koʻrib chiqilishi kerak:
gruntli filtrlanishga qarshi (yadro va ekranlar bilan jihozlangan toʻgʻonlar);
gruntsiz filtrlanishga qarshi (ekranlar yoki temirbeton diafragmali, bostirib tekislangan beton, asfaltobeton, metall, polimer va boshqa materiallar bilan jihozlangan toʻgʻonlar);
uygʻunlashgan filtrlanishga qarshi (grunt va inyeksiya va boshqalar bilan jihozlangan toʻgʻonlar);
mazkur SHNQning 1-ilovasida keltirilgan toʻgʻonlar.
Seysmik hududlarda quriluvchi toʻgʻonlarning konstruksiyalarini tanlash, shuningdek ularning seysmik jihatini oshirish boʻyicha tadbirlar QMQ 2.01.03-19 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
14. Grunt materiallaridan toʻgʻonlarni, poydevori qoya toshli yoki qoya tosh boʻlmagan gruntlarda qurishga va loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Toʻgʻonlarni ushbu SHNQning 40-bandida koʻrsatilgan miqdordan ortiq suvda eruvchi aralashmalar boʻlgan qoyatoshsiz grunt asoslar ustida qurilishiga faqat ularning qatlamlarga ajralish va tuzlarni suyuqlikda erib ajralish tezliklari va bu jarayonlarni filtrlanish sarfini hamda inshootning turgʻunligi va deformatsiyalanishini hisobga olgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Grunt asoslarda tuzlarni erib ajralib chiqish holatini oldini olish uchun choralar koʻrilishi (masalan, ponur, tishlar, parda, toʻgʻon asosida eritmaning toʻyinishi) lozim.
Serloyqa gruntlarda toʻgʻonlarni loyihalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Asosida qoyatosh boʻlmagan inshootlar gruntlarning sifatini baholashda, ularda quyidagilar mavjudligi inobatga olinishi lozim:
suffoziya va issiqlik taʼsirida choʻkuvchi gruntlar;
toʻgʻon qurilishi paytida ularning konsolidatsiyasi tufayli gʻovak bosimi rivojlanishi mumkin boʻlgan gruntlar.
Gʻovakli bosimni hisobga olish shartlari mazkur SHNQning 2-ilovasida keltirilgan.
16. Qoyatoshli asoslar sifatini baholashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
yuvilib ketuvchi mayda zarrachali grunt bilan toʻlgan, shuningdek toʻliq yoki qisman muz bilan toʻlgan yoriqlar;
tektonik buzilishlar (oqizib yuboradigan va koʻchkilar);
filtrlanish taʼsirida gruntning suvga toʻyinishi natijasida buzilishlar sodir boʻlishi va noturgʻun boʻlib qolishi.
17. Grunt materiallaridan toʻgʻonlarni loyihalashtirishda asosiy hisob-kitoblar mazkur SHNQning 8-bobida keltirilgan talablarga muvofiq bajarilishi kerak.
18. Toʻgʻonlarning har-bir elementi uchun materialni hisobga olgan holda, uning qurilishi boʻyicha ishlarni amalga oshirish usuli, iqlim sharoitlari, geokriologik va boshqa mahalliy sharoitlar, shuningdek toʻgʻonlarning ishonchli ishlashini taʼminlovchi ishlar sifati nazoratini koʻzda tutuvchi texnikaviy shartlar ishlab chiqarilishi lozim.
Qurilish jarayonida texnik shartlar oʻzgarishi va aniqlashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Toʻgʻonlarning foydalanish davrida uning ishi ustidan amaliy kuzatishlar olib borish uchun mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq nazorat-oʻlchov asboblarini oʻrnatish boʻyicha alohida loyiha koʻzda tutilishi lozim.
20. Grunt materiallaridan toʻgʻonlarni qayta loyihalashtirishda quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
suv omborini boshqaruvchi prizmalarni oshirish;
inshootning ishonchliligi va undan xavfsiz foydalanish talablari;
suv yoʻqotilishi va foydalanishdagi sarflarni kamaytirish hisobiga inshootning tejamkorligi;
toʻgʻondan foydalanish jarayonida tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini bajarish.
21. Toʻgʻonlarning rekonstruksiya loyihalarida inshootning kuzatuv natijalari va unga tutashgan inshootlarni (suv tushiruvchi toʻgʻonlar, GES binolari, shlyuzlar, baliq oʻtkazish inshootlari, drenajlar, kollektor tarmoqlari va boshqalar) hisobga olgan holda qayta qurilishi kerak.
22. Toʻgʻonlarni loyihalashda ushbu SHNQning 20-bandini hisobga olgan holda, ulardan foydalanishda qayta qurish imkoniyatlari koʻzda tutilishi lozim.
Toʻgʻonlarni loyihalashda xavfsizlik va ogohlantirish tizimlari koʻzda tutilishi kerak.
4-bob. Gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari
23. Toʻgʻon va dambalarning jismiga terish uchun moʻljallangan gruntning quyidagi asosiy koʻrsatkichlarini inobatga olib loyihalanishi lozim:
donachalar tarkibi (suvga toʻkiladigan loygruntlar uchun kesaklarning miqdoriy tarkibi);
gruntning zichligi p;
grunt zarrachalari zichligi ps;
namligi w = 0 boʻlgan quruq grunt zichligi pd (sochiluvchi gruntlar uchun maksimal zich pd, max va maksimal boʻsh pd, min holat);
quruq gruntning eng maqbul namligi wopt va eng maqbul zichligi d,opt, (loy gruntlar uchun mazkur kattaliklar grunt zichlantirish mexanizmlarining konkert turini hisobga olgan holda aniqlanadi);
loygruntlar uchun qayishqoqlik chegarasi (oquvchanlik wL va yoyilishi wp), maksimal molekulyar namlik sigʻimi wm;
grunt zarrachalarining mineral tarkibi (kaolinit, montmorolinit, gidroslyuda kabi gruntminerallarining foizli tarkibi), eruvchan tuzlarni va gips qoʻshimchalarning tarkibi;
mustahkamligi ichki ishqalanish burchagi , solishtirma tortishishi c, shuningdek bir oʻq boʻyicha choʻzilish mustahkamligi t, (toʻgʻon va dambalar gruntli filtrlanishga qarshi jihozlarining yorilishbardoshlik xususiyatini tekshirish);
filtrlanish koeffitsiyenti k;
gruntlarning filtrlanish mustahkamligi koʻrsatkichlari bosimning kritik gradiyenti (oʻpirilish Jcr,u, suffoziya Jcr,p va tutashish yuvilishi Jcr,c) va filtrlanish kritik tezliklari;
loy gruntli yerlar uchun choʻkish koʻrsatkichlari;
loy gruntlar uchun shishish va qisqarish koʻrsatkichlari, shuningdek manfiy harorat taʼsirida koʻpchishi;
seysmik taʼsirlarda gruntlarni suyuqlanishga tekshirish.
Shuningdek, gruntlarda suvda eruvchi tuzlar, organik aralashmalar miqdori va ularning parchalanish darajasi aniqlanishi, bunda tosh va yirik boʻlakli jinslar uchun suv yutish va sovuqbardoshlilik xususiyatlari (muzlash doiralarida yotqiziladigan boʻlsa) aniqlanishi kerak.
Toʻgʻon va asoslar gruntlari turlari va ularning fizik-mexanik tavsiflari GOST 25100-2020 va QMQ 2.02.02-98 talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
Gruntlarning xususiyatlari (mustahkamlik, deformatsiyalanish, filtrlanish) ularni toʻgʻon qurilishi va undan foydalanish jarayonida toʻgʻonda joylashgan joyidagi zichlik, namlik va harorati boʻyicha holatlarni hisobga olgan holda eksperimental tarzda aniqlanishi lozim, bunda I sinf toʻgʻonlari uchun barpo etish ketma-ketligi va kuchlanish deformatsiya hamda harorat-namlik holatlarini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
24. I va II sinf toʻgʻonlarini loyihalashtirish uchun mazkur SHNQning 23-bandida keltirilgan talablarga qoʻshimcha ravishda quyidagilar aniqlanishi lozim:
tosh va yirik boʻlakli gruntlar uchun siqilishga boʻlgan hisobiy qarshiligi;
yumshash koeffitsiyenti;
dastlabki togʻ jinsining nurash koeffitsiyenti;
yuvilgan gruntlarning anizotrop filtrlanish va mustahkamlik koʻrsatkichlari.
25. Toʻgʻon va dambalarning jismiga joylashtirishga moʻljallangan gruntlarning koʻrsatkichlari hamda toʻgʻon asoslarining gruntlarini muhandislik-geologiya va geokriologik izlanish va tadqiqotlari mazkur SHNQning 23-bandi talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
26. Inshootlar sunʼiy qorishmalar bilan loyihalash hamda ularning koʻrsatkichlari mazkur SHNQning 23-bandiga muvofiq maxsus tadqiqotlar orqali aniqlanishi lozim.
27. Turli tarkibli choʻkindi gruntlardan boʻlgan toʻgʻonlar ushbu SHNQning 214-bandiga asosan yuvma gruntlarning fizik-mexanik koʻrsatkichlari alohida aniqlanishi kerak.
28. Grunt xususiyatlarining meʼyoriy va hisobiy qiymatlari (zichlik, deformatsiyalanish, filtrlanish koʻrsatkichlari) QMQ 2.02.02-98 talablariga muvofiq dala va laboratoriya sharoitida aniqlangan natijalarga statistik ishlov berish orqali oʻrnatilishi lozim.
29. Yuvma usulda quriladigan toʻgʻonlar qismlarini loyihalashda yuvilish sathidan yuqori, qumli, tosh-shagʻalli gruntlar choʻkindi gruntning fizik-mexanik xususiyatlari ushbu SHNQning 2-jadvalida keltirilganlar boʻyicha, shuningdek yuvishdan olingan tajribaviy namunalarga ishlov berish natijalariga tuzatishlar kiritish orqali qabul qilinishi kerak.
30. Yuvma usulda quriladigan toʻgʻonlarning suv bilan yuvilgan qismlari uchun quruq gruntning zichligi pd oʻrta arifmetik qiymati va yuvilgan gruntning pd, min maksimal boʻsh holatdagi zichligi qabul qilinishi lozim.
31. Yirik boʻlakli gruntlarni mustahkamlik xususiyatlari va ularning tarkibini modellashtirish asosida aniqlash lozim.

2-jadval

Grunt

Quruq gruntning zichligi, pd, t/m3

Suvga toʻyingan gruntning ichki ishqalanish burchagi Ψ, grad

Filtrlanish koeffitsiyenti k, m/d

Qum:

changsimon

1,35-1,50

22-24

0,5-5

mayda va oʻrtacha

1,45-1,60

24-30

2-25

yirik

1,55-1,65

30-32

5-35

shagʻalsimon

1,60-1,75

32-34

10-50

shagʻalli 50 foiz qum tarkibli

1,70-1,90

34-36

30 dan ortiq

Izohlar: mazkur jadval zichligi ρs=2,65-2,70 t/m3 boʻlgan grunt zarralari uchun taalluqli;
zichlik pd va filtrlanish koeffitsiyenti k katta qiymatlari yumaloqlangan shaklli gruntga, kichiklari esa, yumaloqlanmagan shaklli gruntga va donachali gruntga taalluqlidir;
ushbu jadvalda belgilangan katta qiymatlar ichki ishqalanish burchagi ishlov berilgan donachali gruntlarga, kichiklari esa ishlov berilmagan donachali gruntga taalluqlidir.
32. Toʻgʻon jismi quruq grunt zichligining hisobiy qiymatlari ρd bir tomonlama ishonchlilik ehtimoli a = 0,95 qabul qilinishi lozim.
33. Grunt koʻtarmali, tosh-gruntli va tosh uyumli toʻgʻonlarda grunt bostirish zichligi quyidagilarni hisobga olishi lozim:
grunt materialining xossalarini hamda uni toʻgʻon jismida (balandligi boʻyicha kesim elementlari) joylashishini tekshirishni;
tashqi yuklanishlarni;
kuchlanish va deformatsiyalanish holatini;
grunt materiallarini toʻldirish va zichlashtirish usulini.
34. Gruntni joylashtirishdagi zichligi toʻgʻon balandligi boʻyicha oʻzgaruvchan qilib olinishi, bunda inshootning qurilish va undan foydalanish jarayonida uning fizik-mexanik xususiyatlarining oʻzgarishini hisobga olgan holda, zichroq boʻlgan gruntni toʻgʻonning pastki qismiga yotqizilishi lozim.
35. Seysmik hududlarda quriladigan toʻgʻonlar, kesimining yuqori byef tarafdan joylashtirilgan yuqori qismidagi gruntning zichligi boshqa qismlardagiga qaraganda balandroq boʻlishi, shuningdek mazkur qism oʻlchamlari, toʻgʻon tuzilishi QMQ 2.01.03-19 ga muvofiq hisob-kitoblar orqali aniqlanishi kerak.
5-bob. Grunt koʻtarmali toʻgʻonlar
1-§. Asosiy talablar
36. Grunt koʻtarmali toʻgʻonlar jismining konstruksiyasi, jismidagi va asosdagi filtrlanishga qarshi moslamalar ushbu SHNQning 3-jadvali hamda 1-rasmida keltirilgan koʻrinishlarga boʻlinadi.
37. Bir nechta asoslarda gruntli koʻtarma toʻgʻonlarni loyihalashda bir turdagi toʻgʻonlardek loyihalanishi hamda ularda filtrlanishga qarshi uskunalar boʻlishi kerak.

3-jadval

Toʻgʻon elementlari

Toʻgʻon koʻrinishi

Toʻgʻon jismi

bir turdagi (1-a rasm)

har xil turdagi (1 b, v-rasm)

ekranli gruntovkasiz materiallardan (1-g rasm)

grunt yadrosi (vertikal yoki qiya) (1-d rasm)

diafragma bilan gruntovkasiz (1-e rasm)

gruntovka ekranli (1-j rasm)

Toʻgʻon asosidagi filtrlanishga qarshi jihoz

tishli (1-g rasm)

inyeksiyali (sementli va boshqa) pardalar (1-d rasm)

shpunt devorli (1-v rasm)

ponurli (1-j rasm)

Izoh. Filtrlanishga qarshi gruntlangan uskunalar bir turda boʻlmagan katta qalinlikdagi toʻgʻonlar.
1-rasm. Gruntli toʻgʻonlar koʻrinishlari
1 — toʻgʻon jismi, 2 — depressiya yuzasi, 3 — drenaj; 4 — nishabliklar mahkamlagichlari, 5 — yuqori gruntli filtratsiyalanishga qarshi prizma, 6 — diafragma, 7 — yuqori prizma, 8 — quyi prizma, 9 — oʻtish qatlamlari, 10 — gruntovkasiz ekran, 11 — grunt yadrosi, 12 — markaziy gruntli filtrlanishga qarshi prizma, 13 — shpunt yoki devorcha, 14 — ponur, 15 — inyeksiya (sementli) parda (osma), 16 — tishli, 17 — gruntli ekran, h — toʻgʻon balandligi, b — toʻgʻonning osti boʻyicha kengligi, bum — osti boʻyicha filtrlanishga qarshi moslamaning kengligi, bup — yuqori choʻqqisi boʻyicha toʻgʻon kengligi, mh — yuqori nishablik koeffitsiyenti, mt — pastki nishablik koeffitsiyenti.
38. Bir yoki bir nechta toʻgʻonlar qurilishida, ularni bir turdagi yoki turli turdagi filtrlanishga qarshi yuqori prizma yoki ekran bilan loyihalashtirilishi lozim.
39. Gruntli koʻtarma toʻgʻonlar, dambalar, bosimli inshootlarning ekranlar koʻrinishidagi filtrlanishga qarshi moslamalari yadrolar, ponurlar va suvga grunt toʻkish orqali qurilishga yoʻl qoʻyiladi.
2-§. Materiallarga boʻlgan talablar
40. Gruntli koʻtarma toʻgʻonlarni quyidagilar bilan qurishga yoʻl qoʻyilmaydi:
massa boʻyicha tarkibida 5 foiz va undan ortiq xlorid tuzlari boʻlgan suvda eruvchi aralashmalar, shuningdek massa boʻyicha 10 foiz va undan ortiq sulfatli yoki sulfat-xloridli tuzlar boʻlgan gruntlar;
tarkibida oxirigacha parchalanmagan massa boʻyicha 5 foiz va undan ortiq organik moddalar (oʻsimlik qoldiqlari) yoki parchalangan massa boʻyicha 8 foiz va undan ortiq amorf holatidagi organik moddalar boʻlgan gruntlar.
41. Toʻgʻon jismi va asosida gruntli filtrlanishga qarshi moslamalar (ekranlar, yadrolar, ponurlar, tishlar) qurilishi uchun kuchsiz suv oʻtkazuvchi gruntlar qoʻllanilishi lozim.
Mazkur gruntlarni tanlashda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
filtrlanishga qarshi moslamalarni hosil qilish uchun filtrlanish koeffitsiyenti k < 0,1 m/d va qayishqoqlik soni Ip >_ 0,05 (muvofiq ravishdagi asoslashlar bilan Ip >_ 0,03) boʻlishi;
loy gruntli qumli, yirik qumli va boʻlakli gruntlarning tarkibiga sunʼiy grunt aralashmasini qoʻllashga yoʻl quyiladi, bunda texnik-iqtisodiy asoslantirish mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
42. Qumloq gruntlarni (mayda zarrachali, oʻrtacha va yirik zarrachali) bir turdagi markaziy va yuqori filtrlanishga qarshi prizmali toʻgʻonlarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
43. Qumloq va yirik boʻlakli gruntlarni mustahkamlik, sovuqbardoshlik, suvbardoshligi hamda filtrlanishga qarshi moslama va asos bilan ulanishi taʼminlanganda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi, bunda ularni toʻgʻon jismiga yotqizish imkoniyatlari filtrlanish, issiqlik, namlik va kuchlanish holati bilan aniqlanishi lozim.
Bir jinsli gruntli koʻtarma toʻgʻonlarni qurishda tajribaviy ishlarni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy hisob kitoblar amalga oshirilishi lozim.
Suvga tuproq agʻdarish usuli orqali inshootlar qurilishi uchun istalgan yiriklik darajasidagi, donachalar tarkibi boʻyicha bir turli boʻlgan kukunsimon holatdan to mexanik maydalashga qiyin beriluvchi yirik kesaklargacha boʻlgan tuproqlar ishlatilishi kerak.
Suvda sekin iviydigan qattiq loy tuproqlarni tekislashda, yirikligi 10 cm dan katta boʻlmagan 20 — 30 foizdan mayda kesaklarni mavjudligi taʼminlanishi lozim.
44. Filtrlanishga qarshi moslamalarni qurishda suvning kirish qarshiligi taʼminlanishi lozim.
Bunda, loy gruntli zarrachalari koʻp qismni tashkil etuvchi qumoq grunt va loy gruntlardan foydalanishga yoʻl quyiladi.
45. Gruntlarni granulometrik tarkibi va boshqa fizik-mexanik xususiyatlari aniqlanishi kerak.
3-§. Toʻgʻon qiyaliklari va choʻqqisining konturiga qoʻyilgan talablar
46. Toʻgʻon qiyaliklarining tikligi va ularning turgʻunligi quyidagilarni hisobga olgan holda taʼminlanishi kerak:
qiyaliklar va asoslar gruntlarining fizik-mexanik koʻrsatkichlari;
qiyalikka taʼsir etuvchi kuchlar (kapillyar bosim, seysmik, dinamik, yuqori qirraga va qiyalikka boʻlgan tashqi yuklanishlar);
toʻgʻon balandligi;
qurilish ishlarini tashkil etish va foydalanishi;
materiallar xususiyatlarini, filtrlanishga qarshi moslamaning konstruksiyasini va toʻgʻon jismi tayanch prizmasining gruntiga taʼsir etuvchi kuchlari.
47. Toʻgʻon yuqori qiyaligida, toʻgʻon jismi tuproqlarning xususiyatlariga nisbatan ancha kam j va c qiymatda boʻlgan materialdan bajarilgan ekran mavjud boʻlganda, yuqori qiyalik tikligini belgilashda butun qiyalik buzilishini, toʻgʻon jismi bilan tutash ekran va ekran yuzasi boʻyicha himoya qatlamining siljishini hisobga olgan holda tayinlanishi kerak.
48. Toʻgʻon choʻqqisining kengligi uning qoʻllanilishi va foydalanilishiga (qirradan oʻtish joyi, yoʻlak) koʻra aniqlanishi, bunda uning kengligi (eni) 4,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
49. Toʻgʻonlar choʻqqisining kengligi boshqa inshootlar yoki qirgʻoqlar bilan tutashgan joylarda maydonchalar loyihalashtirilishi kerak.
50. Toʻgʻon choʻqqisi balandligi sathi uning hisobiy suv sathidan koʻtarilib turishini aniqlash asosida belgilanishi lozim.
51. Toʻgʻonning choʻqqisi yuqori byefdagi suv sathining balandligi quyidagi uchta holatda aniqlanishi kerak:
asosiy yuklanishlar va taʼsirlar tarkibiga kiruvchi moʻtadil bosim sathida (MBS) yoki yuqori darajasida, maksimal toshqin oʻtkazishida;
yuklanish va taʼsirlarning asosiy mujassamligiga kiruvchi maksimal toshqinni oʻtkazilishiga muvofiq keluvchi yuqori sathida;
jadal toʻsiq sathida (JTS), yuklanish va taʼsirlarning alohida mujassamlashganligiga taalluqli boʻlgan maksimal toshqinlarni oʻtkazilishida.
52. Toʻgʻon choʻqqisining balandligi hs quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
hs = hset + hrun1% + a (1)
Bu yerda:
yuqori toʻgʻonoldi qismda suvning shamol orqali haydalishi;
hrun1% — shamol toʻlqinlarining 1 foiz taʼminlanish bilan qirgʻoqqa urilishi;
a — toʻgʻon yuqori qirrasi balandligi zaxirasi.
53. 1-formuladagi dastlabki ikki qoʻshiluvchilarni aniqlashda yuklar va taʼsirlarning asosiy jamlamasi (MBS da) boʻyicha toʻlqin elementlarini (nakat va nagon) hisoblash uchun shamol tezligining taʼminlanganlik ehtimoli (belgilangan miqdordan oshib ketish ehtimoli) QMQ 2.06.04-97 boʻyicha qabul qilinishi lozim.
Shuningdek, yuklar va taʼsirlarning asosiy jamlamasi (JTS da) uchun yuqoridagi taʼminlanganlik ehtimoli I-II-sinfga mansub boʻlgan inshootlari uchun 20 foizga, III-sinf inshootlari uchun 30 foizga, IV-sinf inshootlari uchun 50 foizga teng qilib olinishi, bunda barcha sinflarga mansub boʻlgan toʻgʻonlar uchun zaxira qiymatini kamida 0.5 m qilib belgilanishi lozim.
Toʻgʻonda asfaltbeton diafragma koʻrinishidagi filtrlanishga qarshi moslama oʻrnatilgan boʻlsa, kattalikni belgilashda diafragmaning vaqt boʻylab yoyilib ketishi hisobiga diafragma choʻqqisi sathining pasayishi hisobga olinishi lozim.
54. Hisob orqali olingan ikki natijadan toʻgʻon choʻqqisining yuqoriroq sathi tanlanishi kerak.
55. Toʻgʻonlarning seysmik hududlarda qurilishida uning choʻqqisi sathini QMQ 2.01.03-19 talablariga muvofiq hamda zilzila natijasida suv omborida seysmotektonik deformatsiyalar vujudga kelgan taqdirda yuzaga keluvchi gravitatsiya toʻlqinini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
56. Toʻgʻon choʻqqisining sathi qurilish balandligini hisobga olgan holda mazkur SHNQning 52-bandi boʻyicha loyihalanishi lozim.
57. Toʻgʻon yuqori qirrasida panjara koʻtarma mavjud boʻlgan taqdirda, uning balandligi yuqori toʻgʻonoldi qismi sathidan koʻtarilganligi ushbu SHNQning 1-formulasi asosida aniqlangan qiymatdan kam boʻlmasligi, bunda toʻgʻon choʻqqisi balandligi MBS dan 0,3 m baland yoki MDS belgisida boʻlishi hamda ulardan yuqorisi qabul qilinishi kerak.
58. Toʻgʻon choʻqqisida avtomobil yoʻli joylashganda, toʻsiqlar va yoʻnaltiruvchi jihozlar GOST 23457-86 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
59. Toʻgʻon choʻqqisi yoki uning qiyaliklari loy gruntlardan yotqizilganda, ularni mavsumiy muzlashlardan qumloq toshli yoki shagʻalli grunt qatlami bilan himoya qilish lozim.
4-§. Qiyaliklarni mahkamlashga qoʻyilgan talablar
60. Grunt koʻtarmali toʻgʻonlar qiyaliklarini iqlimiy toʻlqinlar, muz, suv oqimlari, suv sathining oʻzgarishi, atmosfera yogʻinlari, shamol hamda qiyaliklarni vayron boʻlishiga olib keluvchi (yer kavlab kiruvchi hayvonlar oʻtishi, qish davrida loy gruntlarni shishishi va boshqalar) taʼsirlarni hisobga olib, maxsus mahkamlagichlar orqali himoya qilinishi lozim.
61. Yuqori qiyalikni xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagi koʻrinishdagi mahkamlagichlar qoʻllanilishi kerak:
toshlardan (toʻshama);
monolit betonli, yigʻma temir-beton, oddiy va oldindan zoʻriqtirilgan armatura bilan monolit;
asfaltbeton;
biologik;
quyma asfalt bilan quyilgan toshli grunt-sementli.
62. Texnik-iqtisodiy asoslantirilgan hollarda yuqori qiyalik mahkamlagichlarini boshqa koʻrinishlarini (masalan, tosh-shagʻalli, grunt-sementli va boshqalar) qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
63. Mahkamlagichlar koʻrinishi, variantlarni texnik-iqtisodiy asoslardan kelib chiqqan holda, mexanizatsiya vositalarini va mahalliy materiallarni toʻgʻonning jismi va asosi tuprogʻi, suvning agressivligi, mahkamlagich chidamliligi, arxitektura talablarini hisobga olib oʻrnatilishi kerak.
64. Toʻgʻon yuqori qiyaligi asosiy, foydalanishda maksimal shamollar, muzlar taʼsirini va asosiy mahkamlagichning pastki yengillashtirilgan turlarga boʻlinadi.
Yuqori qirraning sathini toʻgʻon choʻqqisining balandligi sifatida hisoblanishi kerak.
Yuqori qirraning hisobiy suv sathidan sezilarli balandlashuvida, asosiy mahkamlagichni yuqori qirradan pastda qirgʻoqqa uriluvchi toʻlqin belgisida hrun tugatilib, soʻng yengillashtirilgan mahkamlagich yuqori qirragacha yetkaziladi.
65. Asosiy mahkamlagichning pastki chegarasi suv ombori minimal ishlanish sathidan quyidagicha chuqurlikda aniqlanadi:
h = 2 h1% (2)
Asosiy mahkamlagich pastki chegarasi suv ombori ishlanish minimal sathidan eng kamida 1,5t ga pastda boʻlishi lozim, bunda t — muz qoplamining hisobiy qalinligi.
Yengillashtirilgan mahkamlagich toʻgʻon asosi yoki berma bilan tutashgan (toshdan yoki betondan boʻlgan tayanch moslamasi bilan) boʻlishi lozim.
Inshoot oldidagi tub mahkamlagichi jihozlangan boʻlsa, toʻgʻonning qiyalik mahkamlagichi u bilan tutashgan boʻlishi lozim.
66. Asosiy va yengillashtirilgan mahkamlagichlar tutashishida konstruktiv tartibiga oid choralar tosh yoki betondan tayanch koʻrinishidagi moslama koʻzda tutilishi, tayanch oʻlchamlari qiyalik tikligi, shuningdek mahkamlagich va tayanchning qiyalik tuprogʻi ishqalanish koeffitsiyentiga bogʻliq ravishda tayinlanishi kerak.
67. Qiyaliklarni tosh tashlash, asfalt solish bilan mahkamlash uchun saralanmagan tosh (togʻ massasi) qoʻllanishi kerak.
68. Qiyaliklarni mahkamlashda solinuvchi alohida toshlarni massa va oʻlchamlari, hisobiy oʻlchamdan kichik boʻlgan toshlar soni, shuningdek tashlangan toshlar qalinligi QMQ 2.06.04-97 talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
69. Tashlanadigan toshlar qalinligi toʻlqin taʼsirida yirik toshlar surilishini inobatga olgan holda, mahkamlanuvchi material zichlashtirilishi, shuningdek oʻxshash boʻlgan kamida 3ds,85 dan kam boʻlmagan mahkamlagichlardan foydalanilishi, tosh tashlanma tarkibidan qisman mayda boʻlakchalarni chiqarib tashlash imkoniyatini hisobga olgan holda qabul qilinishi, bunda 3ds,85 massasi maydaroq boʻlgan fraksiya massasi bilan birgalikda butun mahkamlash uchun solingan tosh massaning 85 foizini tashkil etuvchi tosh diametri 3ds,85 — kon sharoitlaridagi hajm boʻyicha aniqlanishi zarur.
70. Qiyaliklarni mahkamlash uchun kerakli boʻlgan tosh materiallari mustahkamlik, sovuqbardoshlik va suvbardoshlikka ega boʻlgan choʻkindi va metamarfoz jinslaridan foydalanish kerak.
71. Qiyaliklarni yaxlit temir-beton bilan mahkamlanishini loyihalashtirish oʻlchami koʻpi bilan 45x45 m boʻlgan, bir biridan koʻndalang va uzunasiga choʻkma harorat choklari orqali ajratilgan boʻlak koʻrinishida amalga oshirilishi, bunda mahkamlagich boʻlimlari alohida plitalardan tashkil topadigan qilib loyihalashtirilishi kerak.
(3)
Plitalar tomonlarining nisbati toʻgʻri toʻrtburchak shaklida qabul qilinadi, bunda bsl — suv sathiga tik yoʻnalgan kichik tomoni, bsl oʻlcham 0,4 ga teng etib tayinlanadi, — koʻpi bilan 20 m boʻlgan hisobiy toʻlqin uzunligi.
Boʻlimlar uzunligini oshirishda texnik-iqtisodiy asoslanishlar boʻlganda yoʻl qoʻyiladi, bunda har qaysi boʻlim armaturalanishi uzluksiz boʻlishi lozim.
72. Asfalt materiallari asosidagi (asfaltobeton quyma asfalt bilan quyilgan toshdan) qiyaliklar egiluvchan choksiz mahkamlagichlari ularni qiyalikdagi turgʻunligi va toʻlqin, muz, shuningdek takrorlanuvchi taʼsirlarda, qish paytidagi havoning manfiy harorati ostida ham butunligini (yorilishga bardoshlikligini) saqlab qolishi, ular ostidagi gruntning ularga boʻladigan zarb (dinamik) taʼsirlarini hisobga olgan holda hisoblanishi va loyihalanilishi lozim.
73. Mahkamlanuvchi qiyaliklarni yigʻma temir-beton plitalardan foydalanib loyihalashda ularning seksiyalarini monolitlash usuli bilan amalga oshirilishi lozim.
74. Toʻgʻon jismlaridan grunt chiqib ketishiga yoʻl qoʻyilmasa, mahkamlagichlar uchun monolit boʻlmagan ochiq chokli plita konstruksiyalari qoʻllashga ruxsat etiladi, bunda ular texnik-iqtisodiy asoslangan boʻlishi kerak.
75. Plitalarning maksimal oʻlchamlari ularni qiyalikka yotqizish va tashish sharoitlaridan kelib chiqqan holda oʻrnatilishi kerak.
76. Monolit va yigʻma temir-beton mahkamlagichlarning qalinligi QMQ 2.06.04-97 talablariga muvofiq hisoblanishi, shuningdek texnik-iqtisodiy asoslantirilgan hollarda, mavjudlariga oʻxshashlarini qoʻllash orqali aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
77. Toʻgʻonlarning yotiq holdagi qiyaliklari (1:7 — 1:12) va toʻlqin balandligi koʻpi bilan 1 m boʻlganda, yirik boʻlakli grunt koʻrinishidagi yengillashtirilgan mahkamlagichlar qoʻllanilishi, ularning zarrachalari yirikligi va qalinligi hisobiy yoki tadqiqotlar bilan aniqlanishi lozim.
78. Quyi prizmasining pastida quriladigan quyi qiyalik mahkamlagichni atmosfera taʼsirlari va kemiruvchilar orqali boʻladigan buzilishlardan himoya qilish maqsadida, uni qurish uchun ishlatiladigan materiallarga bogʻliq holda tanlanishi kerak.
79. Quyi qiyalikni qumloq yoki loy gruntlar bilan mahkamlanishida oʻsimlik oʻsish qatlami boʻylab 0,2-0,3 m qalinlikda oʻt urugʻlarini sepish, 0,2 m qalinlik ostida shagʻal va tosh toʻkish kabi boshqa koʻrinishdagi yengillashtirilgan qoplamalar qoʻllanilishi kerak.
80. Quyi qiyalik toʻgʻonoldi qismiga pastki byef tomonidan muzlar va toʻlqinlar taʼsir qilganda ular yuqori qiyalik kabi hisoblanishi lozim.
81. Qiyalik mahkamlagichining ostidagi tosh tashlanishi koʻrinishida ochiq chokli plitalar yoki ochiq teshiklardan tayyorlangan teskari filtr, bir qatlamli turli donador yoki ikki qatlamli har xil kattalikdagi materiallardan, shuningdek suvga qarshi sunʼiy materiallardan (shisha tolali, mineral paxtali va boshqalar) boʻlishi kerak.
82. Teskari filtr uchun materiallar, qatlamlar soni va ularning qalinligi, qiyalik gruntining turlari, tarkibida mahalliy material mavjudligi va variantlar texnik-iqtisodiy asoslantirilgandan keyin tanlanishi zarur.
83. Loyli, mayda donador qumloq yoki dinamik yuklanishlar taʼsirida boʻshashuvchi gruntlardan qurilgan qiyalikliklarning teskari filtr ostida qalinligi tadqiqotlar va hisob kitoblar natijasida oʻrnatiladigan qumli bosib turuvchi qatlam yotqizilishi lozim.
84. Monolit yoki yigʻma temir-beton plitalardan boʻlgan mahkamlagichlar ostiga (zichlashtirilgan chok yoki boʻlimlar holida yaxlitlashtirilgan) ularning qumli yoki loy gruntli qiyaliklarda bir qatlamli teskari filtr yotqizilishi kerak.
85. Mahkamlanmagan, toʻlqinga bardoshli qiyalik tikligi (krutizna), hisobiy toʻlqin taʼsiriga muvofiq qabul qilinishi, bunda qiyaliklar konturi dinamik muvozanat kesimini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.
86. Mahkamlanmagan qiyaliklarni qoʻllanilishi tadqiqotlar hamda texnik-iqtisodiy asoslantirilgan boʻlishi va mahkamlangan qiyaliklarning variantlarini mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq solishtirish orqali qoʻllanilishi kerak.
5-§. Filtrlanishga qarshi jihozlar
87. Filtrlanishga qarshi quyidagi jihozlardan foydalanish kerak:
kam suv oʻtkazuvchi gruntlardan (loy-gruntli va mayda donachali qumoq, grunt-beton, shuningdek torfdan);
yuqori yoki markaziy filtrlanishga qarshi prizma;
ekran;
diafragma;
yadro;
devor nishabi;
shpunt;
gruntli devor usuli orqali quriladigan devor;
sementatsiyalangan va boshqa toʻsiqlar grunt boʻlmagan materiallardan (beton, temir-beton, polimer, bitumli materiallar va boshqalar).
88. Filtrlanishga qarshi jihozlarni texnik-iqtisodiy asoslantirilganda uygʻunlashgan konstruksiya koʻrinishidagi grunt va grunt boʻlmagan materiallardan bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
89. Qurilish muddatlari va ish hajmini sezilarli darajada qisqartirish maqsadida inshootlarni vaqtinchalik toʻsiqsiz barpo etish uchun uygʻunlashgan (kombinirovanniy) filtrlanishga qarshi moslamalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
90. Uygʻunlashgan (kombinirovanniy) filtrlanishga qarshi moslamalar ushbu SHNQning 2-rasmiga muvofiq quyidagi fragmentlardan tashkil topishi lozim:
gruntli yadro va inyeksion diafragma;
yupqa pardali va inyeksion diafragma;
asfaltobeton va inyeksion diafragma;
gruntli yadro va gruntdagi devor inyeksion diafragma.
91. Filtrlanishga qarshi moslamalar gruntli toʻgʻon koʻrinishi, uning jismi va asosning gruntlari xususiyatlari, zaruriy gruntlar yoki toʻgʻon balandligining filtrlanishga qarshi tuzilmalari uchun nogrunt materiallar, suv tayanch asosi holati va ishlarni amalga oshirish shart-sharoitlari, variantlarni texnik-iqtisodiy solishtirish natijalariga bogʻliq holda tanlanishi lozim.
92. Gruntli ekran yoki toʻgʻon yadrosining qalinligi yuqoridan pastga qarab kengayib borishi kerak.
93. Ekran yoki yadroning minimal qalinligi boʻyicha ishlarni amalga oshirish ishlab chiqarish sharoitlaridan kelib chiqib belgilanishi, bunda ushbu qalinlik 0,8 m dan kam boʻlmasligi, pastki qismida esa loy grunt, grunt beton, va qumoq grunt uchun qabul qilingan filtrlanuvchi oqimning bosim gradiyenti filtrlanish mustahkamligi talablarini bajarishi kerak.
94. Yadro, ekran, devordagi nishab qismlari hamda ularning suv oqimining sezilarli tezliklari oqibatida muzlashi va yuvilishi holatida himoya qavati bilan yopilishi lozim.
95. Grunt ekrani qirrasi (toʻgʻonning toʻla-toʻkis choʻkishidan keyin) mazkur SHNQning 50-bandiga muvofiq toʻlqin balandligi va suv chiqarish sathini hisobga olgan holda yuqori toʻgʻonoldi qismdagi jadal suv sathidan baland boʻlishi kerak.
Yadroning yuqori qirrasi, mazkur SHNQning 50-bandiga muvofiq toʻlqin balandligini (nagon) hisobga olgan holda, qirgʻoqqa uriluvchi toʻlqinni (nakat) hisobga olmagan holda suvning jadal bosim sathidan baland boʻlishi lozim.
96. Suv tayanchi chuqur joylashishida, ekran konstruksiyasida (yadroda) nishab yoki toʻsiq moslamasi boʻlishi, ponur materiali ham ekran kabi (yadroda) materialdan bajarilishi kerak.
2-rasm. Uygʻunlashgan filtrlanishga qarshi moslamalar bilan boʻlgan toʻgʻonlar konstruksiyalari
1 — 5 — yuqori va pastki prizmalar, 2 — yuqorigi nishablik mahkamlanishi, 3 — gruntli yadro, 4 — oʻtish qavatlari (teskari filtrlar), 6 — tutashtiruvchi element, 7 — inyeksion parda, 8 — plenkali diafragma, 9 — asfaltobeton diafragma-gruntli devor, 10 — gruntli-devor asfaltobeton diafragma.
97. Ponur uzunligini belgilashda ruxsat etilgan filtrlanish sarflari hamda toʻgʻon asosi gruntning xavfli filtrlanish deformatsiyalariga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
98. Ponur qalinligi uning filtrlanish mustahkamligi taʼminlagan boʻlishi zarur.
99. Gruntli ponurning eng kam konstruktiv qalinligi kamida 0,5 m boʻlishi lozim.
100. Ekran ostida yirik donodor toʻgʻon jismi joylashganda ekran va ushbu grunt orasida teskari filtr (asos grunti yirik donador boʻlgan ponur loyihalashda) yotqizilishi kerak.
101. Toʻgʻon qurilayotgan joyda filtrlanishga qarshi qurilmalar uchun yaroqli boʻlgan gruntlar mavjud boʻlmaganda yoki noqulay iqlim sharoitlarida, asfaltobeton, temir-beton, polimer materiallardan grunt boʻlmagan filtrlanishga qarshi moslamalar yoki inyeksion diafragma nazarda tutilishi lozim.
102. Asfaltobeton ekranlar gidrotexnik asfaltobeton yoki polimer asfaltobetondan qurilish konstruksiyalarining koʻrsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlariga muvofiq boʻlishi kerak.
103. Ekranlarni qurish uchun asfaltobeton xususiyati, uning qiyalik ustidagi turgʻunligi, havoning manfiy haroratlarida yorilishga bardoshliligi, toʻlqin yuklanishlariga mustahkamligi va qattiqligi shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda tayinlanishi lozim.
104. Asfaltobeton ekran va nishabning hisobiy filtrlanish koeffitsiyenti sifatida 1,10-9 sm/s ga teng boʻlgan koeffitsiyent qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
105. Asfaltobeton ekran qalinligi va uning konstruksiyasi toʻlqin, muz va harorat taʼsirlari ostida butunligi va mustahkamligini saqlab qolish shartlarini bajargan holda tayinlanishi, bunda ekran osti tayyorlash qatlami, oʻtuvchi qatlam tamoyili boʻyicha bajarilishi va uning konstruksiyasi ekran ostida bosimga qarshi boʻlgan holatni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
106. Quyma asfaltdan boʻlgan toshli ekran faqat tosh tashlash bilan boʻladigan toʻgʻonlarda bajarilishi, ularni hisoblash va bajarishga boʻlgan talablar, asfaltbetonli ekranlarga qoʻyilgan talablardan farq qiladi, bunda ularni manfiy haroratlar ostidagi yorilishga bardoshliligi ekran materialining emas, balki qoʻyiluvchi asfalt massasi yorilishga bardoshliligi bilan aniqlangan boʻlishi kerak.
107. Quyma asfaltdan boʻlgan ekran qalinligi va uning konstruksiyasi, toʻlqin, muz va transport taʼsirlarida va choʻkishlarda, shuningdek turli tarkibli asoslar ustida joylashgan qiyaliklardagi mustahkamlik va turgʻunlikni saqlab qolish shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda oʻrnatilishi kerak.
108. Asfaltobeton diafragmalar quyma, qayishqoq va zichlashuvchi issiq asfaltobetondan bajarilishi, bunda diafragma qurish uchun kerakli asfaltobeton turi va tarkibi materialning mustahkamlik xususiyati, texnologik va iqtisodiy hisoblardan yoki ushbu SHNQning 4-ilovasida belgilangan talablardan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak.
109. Diafragma konstruksiyasi uchun asosiy talab uning toʻgʻon jismidagi grunt bilan siqilgan holatda ishlashini taʼminlashi, bunda diafragmadagi kuchlanish va deformatsiyalar berilgan diafragma uchun tanlangan asfaltobeton tarkibi hisobiy miqdorlardan oshib ketmasligi lozim.
110. Oʻtish qatlamlari grunti tarkibini loyihalashtirishda uning gʻovaklariga diafragma asfaltobetonning kirishiga yoʻl qoʻymasligi hamda uning toʻgʻon jismi gruntining gʻovaklariga toʻkilmasligi inobatga olinishi kerak.
111. Asfaltobeton diafragmasining asos va beton inshootlariga tutashish konstruksiyasi uning tutashish yuzasida sirpanish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
112. Asfalt materiallari tutashish joylarida siqilgan holatda ishlashi kerak.
113. Asfaltobeton diafragmasi qalinligi, yuk koʻtarish qobiliyati, uning butunligi, but saqlanishi, qurilish va foydalanish sharoitdan kelib chiqib hisob kitoblar orqali aniqlanishi lozim.
Asfaltobeton diafragmasining dastlabki qalinligi quyidagi formula orqali aniqlanadi.
t= a + 0,008N (4)
Bu yerda:
N — diafragmaning koʻrib chiqilayotgan kesimidagi bosim;
a = 0,4 — 0,5 m — toʻgʻon yuqori qirrasidagi diafragma qalinligi.
Asfaltobeton diafragmalar toʻgʻon jismidagi katta deformatsiyalarida qoʻllaniladi.
114. Koʻtarma grunt toʻgʻonlardagi temirbeton ekranlar texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq ravishda qoʻllanishi lozim.
115. Beton va temir-beton (yigʻma va monolit) diafragmalar QMQ 2.06.08-97 talablariga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
116. Diafragmalar choʻkish va harorat deformatsiyalariga yoʻl qoʻyiladigan hamda muvofiq zichlashtirishlar bilan vertikal va gorizontal choklarga kesilishi kerak.
117. Polimer materiallaridan foydalanilganda (masalan, polietilen, butilkauchuk parda va boshqalar) filtrlanishga qarshi tuzilmalarni qurish, moslamalarni barpo etish va mazkur moslamalarning konstruksiyalari hamda qurilish texnologiyasi ularni quyosh radiatsiyasini mexanik shikastlanishlardan himoya qilinishini taʼminlashi lozim.
118. Yoʻl qoʻyiladigan filtrlanish yoʻqotishlari miqdori va materialga bogʻliq holda polimer elementlarining oʻzaro birlashishi payvandlangan, yelimlangan yoki mexanik koʻrinishida boʻlishi mumkin.
119. Polimer materialdan boʻlgan filtrlanishga qarshi moslama qalinligi quyidagilardan kelib chiqqan holda hisob kitoblar bilan aniqlanishi kerak:
materialdagi maksimal tortishuvchi kuchlanishlar miqdori talab etiluvchi chidamlilik orqali aniqlanuvchi, yoʻl qoʻyilgan tortishuvchi kuchlanish miqdoridan oshmasligi;
tutashtiruvchi gruntning donachalar tarkibi polimer materialning shikastlanmasligini taʼminlashi.
120. Texnik iqtisodiy asoslangan hollarda diafragmaning mustahkamligini oshirish uchun uni qayishqoq materialning ikki qatlami koʻrinishida hamda ularning orasida antifiksion moylash bajarilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
121. Polimer materiallaridan boʻlgan filtrlanishga qarshi tuzilmalar III va IV sinf toʻgʻonlari uchun foydalanilishi, shuningdek texnik asoslangan hollarda 60 m balandlikkacha boʻlgan I va II sinf toʻgʻonlari uchun ham qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
122. Toʻgʻondagi inyeksion diafragmani toʻgʻon jismi tuprogʻi gʻovaklariga turli xil tarkibli va turli konsistensiyada maxsus zichlashtiruvchi eritmani quyish (nagnetaniya) yoʻli orqali hosil qilinishi lozim.
123. Inyeksion eritmalarni quyish (nagnetaniya) texnologiyasi va eritmalar tarkibi tajriba va tadqiqotlar olib borish orqali asoslanishi zarur.
Asosdagi inyeksion diafragma qalinligi toʻgʻonga boʻladigan bosimning kamida 1/10 ga teng qilib olinishi kerak.
Inyeksion diafragma toʻgʻonning uzoqqa chidamliligini taʼminlovchi zaruriy filtrlanish mustahkamligiga ega boʻlishi lozim.
6-§. Drenaj moslamalari
124. Gruntli toʻgʻonlar jismida drenaj moslamasi quyidagi maqsadlarda loyihalashtiriladi:
toʻgʻon asosi va uning jismini filtrlanadigan suvni pastki byefiga chiqarishni tashkil etilganda;
filtratsiyalangan oqimni pastki qiyalik va muzlashga duchor boʻladigan zonalarda chiqishini bartaraf etishda;
pastki qiyalik turgʻunligini oshirish uchun (ichki drenaj) depressiya yuzaning pasayishini iqtisodiy asoslanganda;
suv omborining tez siyqallanishidagi yuqori qiyalik turgʻunligini oshirish, shuningdek seysmik taʼsirlar ostida yuzaga keluvchi gʻovak bosimini ketkazishda;
ekran, yadro orqali filtrlangan suvni chiqarib yuborishda.
125. Toʻgʻonning pastki prizmasi suvni zaif oʻtkazuvchi materialdan tashkil topgan dava pastki oʻtish qatlami boʻlganda, suvni chiqarib yuborish toʻgʻonning pastki prizmasi drenaj bilan birlashtirilgan asos yuzasidagi maxsus drenaj qatlami orqali amalga oshirilishi kerak.
126. Qumoq grunt yoki qumloq gruntdan bajarilgan baland toʻgʻonlarda, yigʻilib birlashishni hamda gʻovak bosimi taʼsirini yoʻqotish uchun toʻgʻon jismining pastki va markaziy qismining qalinlik qatlamida gorizontal va vertikal suv chiqarish yoʻllari boʻlishi lozim.
127. Konsildatsiya jarayonini tezlashtirish boʻyicha tadbirlar deformatsiyalar hisoblari va dala tadqiqotlari asosida amalga oshirilishi lozim.
128. Drenaj moslamalarini loyihalashtirishda toʻgʻon jinsi va asosi gruntlarining fizik xususiyatlari, suffoziyalanishi va drenajda filtratsiyalanish sharoitlarini hisobga olishi kerak.
129. Drenaj moslamalari oʻlchamlari har bir aniq holat uchun drenajning filtratsion holatidan kelib chiqib, gruntning drenajga kolmataj boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligini inobatga olib aniqlanishi lozim.
130. Toʻgʻonning pastki qismi drenaj moslamasining tuzilishi mazkur SHNQning 3-rasmida keltirilgan.
131. Drenajning teskari filtr moslamasi uchun noqovushqoq tabiiy yoki maydalanib olinadigan gruntlar, shuningdek sunʼiy gʻovakli materiallar, gʻovakli beton mazkur SHNQning 172-bandiga muvofiq qoʻllanilishi lozim.
132. Drenaj kollektori toshdan, beton, temir-beton, asbest-sementli, sopol quvurlar suvning agressivligini hisobga olgan holda loyihalashtirilishi kerak.
133. Drenaj banketini mazkur SHNQning 3-a rasmiga muvofiq toʻgʻonning oʻzan qismlarida toʻgʻonni toʻsiqlarsiz koʻtarishda hamda daryoga toshni tashlash bilan toʻsishda qoʻllanilishi lozim.
134. Ushbu SHNQning 3-a, b-rasmiga koʻra drenaj grunt koʻtarmasi choʻqqisining hs (qoplanuvchi drenaj mavjud boʻlmaganda) quyi toʻgʻonoldi qismining maksimal sathidan balandligi mazkur SHNQning 37-bandiga muvofiq toʻlqinlanishga qoʻshimcha zaxirani hisobga olgan holda, kamida 0,5 m etib oʻrnatilishi kerak.
135. Grunt koʻtarma usti kengligini qurilish ishlarini tashkil etish shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda kamida 1 m etib qabul qilinishi zarur.
136. Toʻgʻon jismining drenaj koʻtarmasi bilan tutashish holatida bu tutashishning grunt koʻtarmaning ichki qiyaligi boʻyicha teskari filtr tuzilishi hisobiga filtratsiya mustahkamligi taʼminlanishi lozim.
137. Asosda mayda donachali gruntning hamda drenaj grunt koʻtarmasi ostida bosimning katta chiqish gradiyentlari mavjud boʻlganda, gorizontal teskari filtr koʻzda tutilishi kerak.
138. Drenaj grunt koʻtarmasining yuqori qirrasi ustki oqimlar orqali ifloslanishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
139. Qoyali drenaj mazkur SHNQning 3-b-rasmiga muvofiq suv bosuvchi qayirlarni (poymalarni) qamrab olgan toʻgʻon qismlarida, shuningdek qurilish joyida yetarli miqdordagi toshlar mavjud boʻlmaganda bajarilishi lozim.
140. Teskari filtr mavjud qiya yotqizilgan drenaj qalinligi qurilish ishlarini tashkil etish sharoitlaridan kelib chiqqan holda, biroq quyidagi miqdordan kam boʻlmagan holda belgilanishi kerak:
t = 5ds,85 + tf (5)
Bu yerda:
ds,85 — zarrachalar diametri, bunda ular massasi oʻzidan maydaroq boʻlgan fraksiyalar massasi bilan barcha drenaj qatlamini, massaning 85 foizni tashkil etishi kerak;
tf — teskari filtr qalinligi.
141. Qoplamali drenaj inshooti materiali, teskari filtr materiali bilan tutashishi hamda pastki qiyalikni quyi toʻgʻonoldi qismi toʻlqinlari taʼsiridan, ayrim hollarda esa muzlashlardan himoya qilinishi lozim.
142. Qoplamali suv qochirish inshooti yuqori qismi hs quyi toʻgʻonoldi qismi maksimal sathdan ortishi, drenaj grunt koʻtarmasi kabi boʻlishi mazkur SHNQning 133 — 138-bandlariga muvofiq filtrlanuvchi oqimni toʻgʻonning pastki qiyaligidan chiqish balandligi va muzlash chuqurligini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur.
143. Quvurli drenaj mazkur SHNQning 3-v rasmiga muvofiq toʻgʻonning foydalanishda quyi toʻgʻon qismida suv boʻladigan yoki qisqa vaqt mavjud boʻladigan qismlarida qoʻllanilishi kerak.
144. Quvurli drenaj beton, asbestotsementli yoki polietilen quvurlaridan (perforirlangan) berkitilgan yoki berkitilmagan ulanish joylari hamda teskari filtr bilan yopilgan holda boʻlishi, bunda polietilen quvurlari devorlarining qalinligi gruntdan vertikal yukni hisobga olib aniqlanishi lozim.
3-rasm. Drenaj jihozining asosiy koʻrinishlari sxemasi
oʻzanda: a — quvurli drenaj jihozi, b — qiyalama drenaj jihozi.
qirgʻoqda: v — quvursimon drenaj jihozi, g — gorizontal drenaj jihozi, d-j — uygʻunlashgan drenaj jihozlari, 1 — drenaj jihozi banketi, 2 — depressiya yuzasi, 3 — teskari filtr, 4 — qiyalama drenaj jihozi, 5 — quvur, 6 — drenaj jihozi tasmasi, 7 — olib ketish quvuri, 8 — olib ketuvchi ariq, df — muzlashning maksimal chuqurligi, mt — quyi nishablik koeffitsiyenti, bbbanketning yuqorilik boʻyicha kengligi.
145. Drenaj quvurlarni koʻndalang kesimi gidravlik hisob-kitoblar orqali aniqlanishi, bunda drenaj quvuri diametrini kamida 200 mm etib qabul qilinishi kerak.
Quvurda toʻlganlik koʻrsatkichi 0,8dtr dan kam boʻlishi zarur.
146. Quvurli drenaj inshooti uzunligi boʻylab joyning relyefini va talab qilinuvchi nishablarni hisobga olgan holda joylashadigan kuzatish quduqlari va suv chiqarishlar koʻzda tutilishi lozim.
147. Toʻgʻon yonida quvurli drenaj tizimidagi kuzatish quvurlari yoʻnalishini, nishabini va diametrini keskin oʻzgarish joylarida boʻlishi lozim.
148. Quvurlarning diametridan kelib chiqib, toʻgʻri uchastkalarda, kuzatish quduqlar orasidagi masofani 50 dan 200 m gacha, qiyshiq liniyali uchastkalarda 50 m gacha qabul qilish kerak.
149. Quvurli drenaj uzunligi boʻylab suv chiqarish joylari orasidagi masofa 400 — 700 metr atrofida olingan relyef va maksimal sarflarga qarab belgilanishi zarur.
150. Gorizontal drenajni mazkur SHNQning 3-g rasmiga muvofiq uzluksiz drenaj qatlami yoki alohida gorizontal koʻndalang yoki boʻylama drenaj lentalari shaklida yirik donali materialdan tayyorlangan va teskari filtr bilan himoyalangan holda ishlab chiqilishi lozim.
151. Uygʻunlashgan drenaj mazkur SHNQning 3-d-j rasmida hamda mazkur SHNQning 133 — 150-bandlarda keltirilgan drenaj inshootlarining variantlari orasida uygʻunlashtirilishi kerak.
Uygʻunlashgan drenaj banketi yuqori qismi sathi mazkur SHNQning 3-d rasmiga muvofiq daryo oʻzanining toʻsilish sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
152. Yassi-tekis yoki tasma koʻrinishidagi drenaj moslamalari oʻlchamlari gidravlik va filtratsiya hisob-kitoblari bilan drenaj qurilishini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
153. Drenaj moslamalari koʻrinishi toʻgʻonning turli xil qismlarida oʻzgarishi va ularning konstruksiyalarini variantlarni texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish asosida quyidagilarga bogʻliq holda tanlash kerak:
toʻgʻonlarning koʻrinishi, asosi va qirgʻoqlarning muhandislik-geologik va gidrogeologik shart-sharoitlariga;
drenaj inshootlari uchun gruntlarning fizik-mexanik tavsiflariga;
qurilish ishlarini amalga oshirish shart-sharoitlariga;
qurilish hududining iqlim sharoitlariga;
inshootdan foydalanish shartlari va harorat rejimlariga;
suvning agressivlik darajasiga.
154. Toʻgʻon jismiga drenaj inshootlari quyidagi holatlarda oʻrnatilmaydi:
toʻgʻonlarni suv oʻtkazuvchi asoslar ustida qurilishiga, bunda taʼsirli (depression) yuza drenaj moslamasisiz yetarli darajada pastki qiyalikdan uzoqlikda joylashgan boʻlib, muzlash zonasiga kirmasligida;
ekranlar, yadrolar va diafragmalar bilan boʻlgan toʻgʻonning pastki qismida, filtrlanuvchi suvni chiqarib tashlashni taʼminlashi, shuningdek prizmalar materiali oʻzining parametrlari bilan teskari filtrga boʻlgan talablarni bajarilganda.
155. Gruntli toʻgʻon betonli toʻgʻon bilan birlashganda, ularning drenaj inshootlari oʻzaro bogʻlangan boʻlishi kerak.
156. Toʻgʻonning quyi toʻgʻonoldi qism sathidan yuqorida joylashgan qirgʻoq qismlariga tutashgan yerlarida toʻgʻon orqali filtrlanuvchi (masalan, gorizontal suv qochirish inshooti) suv chiqarib tashlanishi koʻzda tutilishi lozim.
157. Suvga toʻyingan gruntlar ustida grunt koʻtarmali toʻgʻonlar qurilishida bosim ostida asos mustahkamligini buzadigan va toʻgʻonni barpo etish jadalligini pasaytirish hisobiga kamaytirilishi mumkin boʻlmagan gʻovak bosim vujudga kelganda, toʻgʻonning pastki qismi doirasidagi asos yuzasini gorizontal drenaj bilan qoplanishi lozim.
158. Asos gruntidan siqilib chiqqan suvni qochirish uchun esa qoʻshimcha ravishda vertikal drenaj amalga oshirilishi zarur.
Bunda, drenaj inshootining zarurligi va uning oʻlchamlari hamda vertikal drenaj inshootlari orasidagi masofalar toʻgʻonning qurish jadalligi va gʻovak bosimi miqdorini nazoratini hisobga olgan holda, asosning birligi hisoblari bilan aniqlanishi kerak.
159. Quyi toʻgʻonoldi qismda asos tuprogʻi yuqori qatlami turgʻunligini, yuqoriga yoʻnalgan filtratsiya oqimi taʼsirida koʻtarilish (oʻpirilish) (agar bu qatlamda pastda yotuvchi gruntga nisbatan kam suv oʻtkazish xususiyati mavjud boʻlganda) hisob-kitoblar orqali aniqlanishi lozim.
160. Toʻgʻon paski qiyaligi tag grunt qatlamining turgʻunligi yetarli darajada boʻlmasa, bu qatlamni teshib oʻtuvchi va qarshi bosimni pasaytiruvchi vertikal drenaj inshooti qurilishi kerak.
161. Vertikal drenaj inshootining oʻrniga toʻgʻon pastki qiyaligi orqasida asosni yuklantirish mumkin, bunda muzlash chuqurligini hisobga olib teskari filtr qoʻyish lozim.
7-§.Teskari filtrlar
162. Teskari filtrlar drenaj inshootining (yoki yuklanishni) toʻgʻonning suv qochiriluvchi qismi, yadro, ekran yoki toʻgʻon asosi bilan tutashgan joyida boʻlishi lozim.
163. Teskari filtr materiallari toʻgʻonlar qurilish jarayoni va foydalanishda birlashish joyidagi tutash gruntlarning filtratsiyalanish mustahkamligini taʼminlashdan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak.
164. Teskari filtrlar suv chiqaruvchi jismiga toshli qumlardan, toshli gruntlardan boʻlsa, drenaj moslamasida bunday filtr tuzilmasini qoʻllamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
165. Teskari filtr materiali donachalar tarkibi, suv chiqaruvchi gruntning fizik tavsiflarini hisobga olgan holda va mavjud mahalliy filtrlovchi materiallardan tanlanishi kerak.
166. Filtr tarkibida quyidagilar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
loy gruntli yoki loy grunt asosidagi toʻgʻonlar uchun filtr materiali bilan birlashgan yerda loy gruntning qatlamlanishi;
qumloq gruntli toʻgʻonlar uchun himoyalanuvchi grunt zarrachalarini pasayib boruvchi filtratsiya oqimi qismlaridagi filtr gʻovaklariga kirishi (toʻkilib tushishi);
koʻtarilayotgan oqim qismlaridagi qumloq asos uchun grunt zarrachalarini filtr gʻovaklariga bosim bilan kirishi va chiqishi;
birlashishi joyi boʻylab yoʻnalgan filtratsiyalangan oqimning (birlashish holidagi yuvilish) himoyalanuvchi gruntning filtr bilan boʻlgan chegarasida yuvilishi;
loyiha boʻyicha yoʻl qoʻyilgan himoyalanuvchi gruntdan filtrlanish oqimi bilan chiquvchi mayda zarrachalarning filtrda qolmasligiga;
filtr mustahkamligi uchun xavfli, filtrni oʻzining qatlamida boʻladigan suffoziya.
167. Toʻgʻonlarning III va IV sinflari hamda vaqtinchalik inshootlar uchun bogʻlangan gruntning filtr gʻovaklarida uning mustahkamligiga taʼsir etmaydigan darajadagi chuqurlikda qatlamlanishiga (0,5 da,max, bunda da,max — filtr gʻovaklarining maksimal diametri) yoʻl qoʻyiladi.
168. Teskari filtr qatlamlarining soni va ular tarkibi variantlarni texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish asosida aniqlanadi, bunda filtrning qatlamlar sonini mumkin qadar kam belgilash lozim.
169. Drenaj inshooti teskari filtri materiali toʻgʻonlarning I va II sinflari uchun tajribaviy yoʻl bilan gruntlarda va u inshootda boʻlishidagi ish sharoitida, toʻgʻonlarning III va IV sinflari uchun muvofiq ravishdagi hisoblar bilan tekshirilishi zarur.
170. Teskari filtrning har qaysi qatlami qalinligi filtratsiya shartlari boʻyicha kamida 5ds,85 , ammo 0,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
171. Teskari filtrlar qatlam qalinliklari ishlarini amalga oshirish va texnik-iqtisodiy hisob kitoblarni inobatga olgan holda oʻrnatilishi lozim.
172. Teskari filtr moslamalari uchun tabiiy bogʻlanmaydigan yoki maydalanib hosil qilinadigan qattiq sovuqbardosh tarkibida suvda eruvchi tuzlar va granulalangan shlaklar boʻlmagan (laboratoriyada tekshirilgan), shuningdek grunt boʻlmagan materiallarni (masalan, geotekstil va boshqalar) qoʻllanilishi asoslangan boʻlishi lozim.
8-§. Toʻgʻon jismining asosi, qirgʻoqlari va beton inshootlari bilan birikishi
173. Gruntli toʻgʻonni uning asosi bilan tutash yerida xavfli filtrlanishini oldini olish uchun asos gruntlarining xususiyati va holatiga bogʻliq boʻlgan va toʻgʻon jismi tuprogʻini asos gruntiga zich holda birikishini taʼminlovchi tadbirlar koʻzda tutilishi lozim.
174. Qoyatosh asos ustida quriluvchi toʻgʻonlar loyihalarida asosni tayyorlash boʻyicha daraxtlar va boʻtalarning ildizpoyalari kirib kelgan vegetativ qatlamni yoki kemiruvchilarni oʻtish joylarida hamda tarkibida koʻp organik aralashmalar yoki suvda oson eriydigan tuzlar boʻlgan gruntlar olib tashlanishi kerak.
175. Qatlamlarga ajralgan kesimli toʻgʻonlarni loyihalashtirishda asosni tayyorlashga oid boʻlgan tadbirlarni qisman yoki toʻla rad etilishiga mazkur SHNQning 216 — 219-bandlariga muvofiq asoslangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
176. Qoyatosh asos ustida quriluvchi gruntli toʻgʻonlarni loyihalashtirishda, buzilgan qoyatosh, alohida yirik toshlar va tosh uyumlarini olib tashlash lozim.
Toʻgʻonning filtrlanishga qarshi moslamalari asos bilan tutashish maydonida geologiya-qidiruv va qurilish ishlanmalar koʻzda tutilishi kerak.
177. Toʻgʻonning filtrlanishga qarshi moslamasiga nisbatan koʻproq suv oʻtkazish xususiyatiga ega boʻlgan materialdan qurilgan asos bilan toʻgʻon kesimi qismlarining tutashish yerlarida buzilgan qoyatoshni olib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
178. Asosda toʻgʻon tuprogʻiga nisbatan past boʻlgan mustahkamlik xususiyatlariga ega boʻlgan yuqori qatlam tuprogʻi boʻlgan taqdirda, bu qatlamni olib tashlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlanishi (yoki uning ustki qismini), bunda toʻgʻon qiyaliklari tikroq boʻlishi mumkinligi hisobga olinishi kerak.
179. Seysmik hududlarda dinamik taʼsirlar ostida suyuqlanishga boʻlgan gruntli asoslar ustida toʻgʻonlar qurilishida texnik-iqtisodiy asoslangan boʻlishi lozim.
180. Toʻgʻonning ulanish chegaralarida osilib turuvchi va toʻgʻonning filtrlanishga qarshi moslamasi ulanadigan qismlarda pogʻonasimon boʻlaklar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
181. Toʻgʻonlarning asosida tez nurovchi jinslar mavjud boʻlsa, grunt materiallaridan toʻgʻonlar loyihalarida bu jinslarning xossalarini oʻzgarishini hisobga olishi yoki konstruktiv-texnologik tadbirlar bajarilishi lozim.
182. Qoyatosh asosining ichidan oʻtgan yoriqlar koʻrinishidagi tektonik buzilishlar mavjud boʻlsa, ularni tozalash va tirqishlarni yopish boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
183. Filtrlanishga qarshi moslamalari boʻlgan gruntli toʻgʻonlar va bir turdagi asosi qoyatosh jinslariga tegib turuvchi kuchli allyuvial choʻkindi qatlamlar ustida loy gruntlardan bajariluvchi gruntli toʻgʻonlar uchun allyuviy qatlamining katta boʻlmagan (5 m gacha) quvvatida filtrlanishga qarshi moslamani tishini ochish bilan qoyatoshgacha yetkazilishi kerak.
184. Allyuvial qatlamning quvvati 5 m dan ortiq boʻlganda, variantlarni yadroli va filtrlanishga qarshi toʻsiqli toʻgʻonlar bilan (sementatsiyalangan toʻsiq parda, beton devorcha va boshqalar) hamda ekranli va ponurli toʻgʻonlar bilan solishtirilishi zarur.
185. Asos tishining qoyatoshga birikish joyi boʻlgan asosli toʻgʻon (masalan, birikish joyiga inyeksiya yoʻli orqali qorishma yuborish, muzlagan toʻgʻon filtrlanishga qarshi parda moslamasini) filtrlanishga qarshi moslamasining asos bilan birikishi loyihada koʻzda tutilishi lozim.
186. Osilib turuvchi filtrlanishga qarshi toʻsiq chuqurligi va ponur uzunligi filtirlashga oid hisoblar asosida oʻrnatilishi lozim.
187. Gruntli (yerli va tosh-yerli) toʻgʻonlar asoslarining filtratsiya hisoblari, filtrlanishga qarshi toʻsiq parda jihozlanishida asos gruntlari filtratsiya mustahkamligini aniqlashdan iborat boʻlishi, bunda foydalanish davrida yer osti konturining ishonchliligi hamda uning qurilish tejamkorligi taʼminlanishi kerak.
188. Filtratsiyaga qarshi toʻsiq parda parametrlarini aniqlanishdagi gruntli toʻgʻonlar asosida filtratsion hisobi (burgʻulash quduqlari toʻsiq pardalari, qalinligi va qadami, chuqurligi) maksimal bosimni yer osti konturi asos tuprogʻi xususiyatlarini hisobga olgan holda (qoyatoshli, noqoyatosh, suffoziyali yoki suffoziyasiz) suv tayanchi yuzasi chuqurlashishi konstruksiya elementlariga taʼsirida bajarilishi kerak.
189. Toʻgʻonning filtrlanishga qarshi moslamalarining qoyatoshli qirgʻoqlar qiyalangan notekis yuzalari bilan tutashishida, toʻgʻon yuqori qirrasidan boshlab (yadro, ekran) asosiga qadar ketma-ketlik bilan, qirgʻoq tutashishlarining keskin sindirishlarsiz kam texnik va iqtisodiy asoslangan qiyalik ostida, qoyatoshlarning koʻtarilib turuvchi qismlarini qirqib olish va chuqurlashgan joylarini beton quyish orqali tekislash bilan qoyatosh ustunlarini tayyorlash koʻzda tutilishi lozim.
190. Qoyatosh yuzasining yondosh qismlari oraliqlaridagi burchakning filtrlanishga qarshi moslamalar bilan tutashishidagi kattaligi 20° dan oshmasligi lozim.
191. Toʻgʻon uzun kesimining asos boʻyicha chizma koʻrinishi uning kuchlanish, deformatsiya holati hisob kitoblar natijalari asosida yoriqlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak.
192. Kuchli yoriqlari boʻlgan qoyatoshli asoslar ustida boʻladigan gruntli toʻgʻonlarda ularning jismi uchun xavfli boʻlgan filtrlanish sodir boʻlishi mumkin boʻlsa, toʻgʻonning filtrlanishga qarshi pardalari tagligi doiralarida qorishmaning ustki inyeksiyasi (sementli, loy gruntli yoki mayda qumloqli) koʻzda tutilishi zarur.
193. Filtrlanishga qarshi moslama boʻlmagan bir turli toʻgʻonlarni loyihalash asoslangan boʻlishi kerak.
194. Suv oʻtkazmaslik va sust yoriqlarga ega boʻlgan qoyatosh, yarim qoyatosh va loy gruntli asoslar ustida boʻladigan gruntli toʻgʻonlar loyihalashtirilishida toʻgʻon jismi tuprogʻini bevosita asos ustida filtrlanishga qarshi tuzilmalarsiz yotqizishni koʻzda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi.
195. Qoyatoshli va yarimqoyatosh asoslar ustida balandligi 50 m dan ortiq boʻlgan gruntli toʻgʻonlar loyihalashtirilishida toʻgʻon yadrosining asosga drenaj-kuzatish (sementatsiyalangan birlashtiruvchi yoʻlaklari boʻlgan yaxlitlangan beton tiqin) orqali tutashtirilishi koʻzda tutilishi kerak.
196. Tiqin uzunasiga ketgan harorat, deformatsiya choklari bilan qirqilgan boʻlishi lozim.
197. Asosning kuchli yoriqlarga ega boʻlishida tiqindan maydoniy mahkamlash sementatsiyasi mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
198. Toʻgʻon jismining yoki filtrlanishga qarshi moslamaning asosi qirgʻoqlar va beton inshootlar bilan ulanish joylarida ulanish yuzasi yaqinida gruntni yotqizish va zichlashtirilishi koʻzda tutilishi lozim.
Bunda, 2-3 mm qalinlikda birikish qatlami toʻgʻonning qolgan jismi tuprogʻiga yoki filtrlanishga qarshi moslamasiga qaraganda ancha qayishqoq, kamroq suv oʻtkazuvchi va koʻproq namlikka ega boʻlgan (koʻpi bilan 1 — 3 foiz) grunt bilan yotqizilishi lozim.
199. Balandligi 100 m dan ortiq boʻlgan yoki yirik qumli-qumloq grunt materiallik yadroli toʻgʻonlar uchun beton tiqimi va beton inshootlari bilan gruntli filtrlanishga qarshi moslamalarning birikishi 4±0,5 sm qalinlikdagi quyma asfaltli qorishma yoki boshqa koʻrinishdagi qorishmalar (sement, qumli qatlam) orqali taʼminlanishi kerak.
200. Toʻgʻon asosida filtrlanishga qarshi moslamalarni loyihalashda (shpunt qatori, beton devorchalar, loy gruntdan yoki inyeksion toʻsiq parda va boshqalarni gruntdagi devor uslubi bilan quriladigan) ularni toʻgʻon jismi filtrlanishga qarshi qismi moslamalar bilan ulanishi (yadro, ekran yoki diafragma bilan) lozim.
201. Beton va temir-beton inshootlar bilan gruntli toʻgʻonlarni birikish jihozlanishlari quyidagilarni taʼminlashi zarur:
gruntli toʻgʻonni suv yigʻish inshooti orqali oʻtkaziluvchi suv bilan yuvilishdan himoya qilishi;
yuqori toʻgʻonoldi tomondan suv qabul qilish va suv tushirish inshootlariga bir maromda kelishi va quyi toʻgʻonoldi qismida toʻgʻon jismi va asosini yuvilib ketishiga yoʻl qoʻymasdan oqimning bir tekis tarqalishi;
birikish zonasida xavfli filtrlanishni oldini olishi.
202. Toʻgʻonlarning I va II sinflari birikishi jihozlari loyihalari gidravlik va filtratsiya hisoblari bilan asoslangan boʻlishi lozim.
203. Grunt toʻgʻon jismini beton inshootga ishonchli ravishda birikishini taʼminlash uchun beton konstruksiyasining birikuv tomonlarini grunt koʻtarmasi tomonga koʻpi bilan 10:1 nisbatda nishablik koʻzda tutilishi kerak.
204. Gruntli toʻgʻon va uning jismini kesib oʻtuvchi beton inshootlar bilan tutashishi hamda filtrlanishga qarshi moslamalar mavjud boʻlgan toʻgʻonlar uchun bajarilishi lozim.
205. Bir turdagi toʻgʻonlar uchun toʻgʻonning yuqori ponasimon qismi va markaziy qismlari doiralarida amalga oshirilishi kerak.
206. Gruntli toʻgʻon jismini beton inshoot bilan birikishi gruntli toʻgʻon ichiga yorib kiruvchi (beton devor shpunt qatori va boshqalar) diafragmalar koʻrinishida koʻzda tutilishi, birikuvchi diafragmalar uzunligini filtrlanish hisoblari asosida oʻrnatilishi lozim.
207. Gruntli toʻgʻonlar va beton inshootlar asoslaridagi filtrlanishga qarshi qurilmalar bir-biriga bogʻlangan boʻlishi kerak.
208. Grunt toʻkish va yuvma usul orqali bajarilgan gruntli toʻgʻon qismlarini birikishida birikish joyida toʻplanib filtrlanish holatiga hamda toʻgʻon jismi va asosining notekis choʻkishiga yoʻl qoʻymaydigan choralar koʻrilishi lozim.
9-§. Toʻgʻonlarni qayta loyihalashtirishga qoʻyilgan talablar
209. Kam suv oʻtkazuvchi asos ustida bir jinsli grunt toʻgʻonini qayta quriladigan inshootni qayta loyihalashtirishda qurilish ishlari toʻgʻonning ust qismidan hamda ost qismidan amalga oshirilishi kerak.
210. Diafragmali (yadroli) va toʻsiq pardali asosga ega boʻlgan toʻgʻon balandligini oshirish, diafragmani ekran orqali kuchaytirish uning ostki qismidan boʻlishi hamda uning ikkala tomonidan vertikal diafragmani saqlagan holda amalga oshirilishi mumkin, bunda asosdagi filtrlanishga qarshi toʻsiqni kuchaytirish zaruriyati aniqlanishi lozim.
211. Toʻgʻonning asosida ekran hamda filtrlanishga qarshi jihozi boʻlganda, uning balandligini orttirish faqat uning pastki tomonidan boshlab, gruntli yoki grunt boʻlmagan materiallardan (gruntli yoki gruntsiz materiallaridan) boʻlgan ekranni filtrlanish mustahkamligini tekshirish bilan hamda zarur hollarda asosdagi filtrlanishga qarshi moslamasini kuchaytirish bilan amalga oshirilishi mumkin.
212. Grunt materiallaridan toʻgʻonlarni qayta loyihalashtirishda drenajning normal ishlashini taʼminlash boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
213. Toʻgʻonning amalda mavjud ostki prizmasini qayta qurilayotgan qismi bilan ishonchli birikishini taʼminlash uchun qiyaliklar turgʻunligi hisoblarini bajarish bilan qayta qurishda toʻgʻon konstruksiyasini hisobga olish kerak.
6-bob. Gruntli yuvma toʻgʻonlar
1-§. Asosiy talablar
214. Gruntni suv bilan aralashtirib gruntyutgich vositasida quriluvchi toʻgʻonlar toʻgʻon jismi gruntlariga va qurish usulidan kelib chiqib, quyidagi jadval hamda mazkur SHNQning 4 va 5-rasmlarida keltirilgan asosiy koʻrinishlarga boʻlinadi.

4-jadval

Toʻgʻon koʻrinishi

Toʻgʻon jismi gruntlari

Toʻgʻonni qurish usuli

Bir jinsli:

Sunʼiy ravishda shakllantirilgan qiyaliklar bilan

(4-a rasm)

qumlar, qumloq gruntlar, qumoq gruntlar, sogʻ grunt koʻrinishidagi

nishablarda qirgʻoq toʻgʻonlari boʻlgan ikki tomonlama yuvilishi

Erkin shakllangan-yuqori

(4-b rasm)

qumli, shagʻalli (yirik qumli)

pastki qiyalikda qirgʻoq toʻgʻonlari boʻlgan bir tomonlama yuvilishi (5-b rasm) va markaziy tortib oʻralgan qismini oʻtirindilardan oʻyib toʻplash

Ikki yoqli qiyaliklar bilan tor kesimli

(5-v rasm)

qumli, shagʻalli (yirik qumli)

quvurning koʻndalang kesimidan pulpa chiqarish orqali va qiyaliklar boʻyicha uzluksiz markaziy tortib oʻrab jihozlanish bilan oʻtirindilardan oʻyib toʻplashning pioner usuli

Bir jinsli boʻlmagan:

yadroli

(4-v rasm)

shagʻalli (yirik qumli) tosh qotishmali (tosh-shagʻalli) yoki mayda donachali va loy-gruntli fraksiyalar tutuvchi turli donachali qumlar

qiyaliklarida markaziy tortib oʻralgan dambali va toʻgʻonning markaziy qismida choʻktiruvchi hovuz bilan boʻlgan ikki tomonlama yuvma usul bilan oʻyib toʻplash (5-a rasm)

markaziy doira bilan

(4-g rasm)

tarkibida mayda fraksiyali toshli (yirik qumli), tosh qotish-galechnikli (shagʻalsimon) yoki turli donachali qumli

qiyaliklarida markaziy tortib oʻralgan dambali va toʻgʻonning markaziy qismida choʻktiruvchi hovuz bilan boʻlgan ikki tomonlama yuvma usul bilan oʻyib toʻplash (5-a rasm)

Birlashgan (aralash):

Loy-grunt va yuvma yonboshli koʻtarma yadro bilan boʻlgan

(4-d rasm)

toshli (yirik qumli) tosh qotish-galechnikli (shagʻalsimon) yoki qumli

hovuzsiz ikki tomonlama yuvma usul bilan oʻyib toʻplash

togʻ massasidan boʻlgan koʻtarma banketlar va bir jinsli markaziy doirali qilib yuvma usul bilan oʻyib toʻplash

(4-e rasm)

toshli (yirik qumli) tosh qotish-galechnikli (shagʻalsimon) yoki qumli

hovuzsiz ikki tomonlama yuvma usul bilan oʻyib toʻplash

4 — rasm. Yuvma tarzda koʻtariluvchi toʻgʻonlar koʻrinishi
1 — yuqori nishablik mahkamlanishi, 2 — drenaj, 3 — yuvuvchi yadro, 4 — yuvma oraliq zonalar, 5 — yuvma yonbosh zonalar, 6 — yuvma markaziy kam singuvchi zona, 7 — yonbosh koʻtarma prizmalar (banketlar), 8 — nishablikning seysmobardosh mahkamlanishi, 9 — koʻtarma loy gruntli yadro.
5-rasm. Yuvma tarzda barpo etiluvchi toʻgʻonlarni asosiy sxemalari
a — yadroli bir jinsli boʻlmagan toʻgʻonni ikki yoqlama yuvma tarzda koʻtarish, b — pulpani erkin holda yoyilishida shakllanuvchi, yuqori qiyalikli bir jinsli toʻgʻonni bir yoqlama yuvma tarzda koʻtarish, v — tor yonkesimli toʻgʻonni yuvma tarzda koʻtarish, 1 — taqsimlovchi pulpa oʻtkazgich, 2 — yuvma tarzda koʻtarish qiyaligi, 3 — tindirish hovuzchasi, 4 — yadro chegarasi, 5 — tortib koʻtarilgan damba, 6 — birlamchi tortib koʻtarish dambasi, 7 — hovuzcha chegarasi, 8 — suv chiqarib tashlovchi quvur, 9 — vaqtinchalik toʻsiq, 10 — suv tashlash qudugʻi.
215. Toʻgʻon konstruksiyasi mazkur SHNQning 8-bandiga muvofiq tanlanadi, bunda kon yoki chuqurlikni ishlanishida saralashni talab qilmaydigan tabiiy gruntlardan foydalanish kerak.
216. Kon gruntlari mavjud boʻlganda, qurilish ishlari yuqori texnologiya asosida amalga oshirilishi lozim.
217. Erkin holda shakllangan bir jinsli qatlamlangan kesimli qumloq toʻgʻonlar, texnik-iqtisodiy asosda kuchsiz gruntlar yotishida, qiyaliklarni mahkamlanish hajmlarini kamaytirilishi, shuningdek suv ostiga oʻtirishida qoʻllanilishi kerak.
218. Qatlamlangan kesimli yoki kengaytirilgan pastki qismi (yostiqli) kuchsiz zax, botqoqlangan va torflangan gruntli asoslar ustida boʻladigan toʻgʻonlar loyihalashtirilishida, agar inshootning turgʻunligi va filtrlanish mustahkamligiga putur yetkazmaydigan boʻlsa, ustki asos tuprogʻi va oʻsimlik qatlamini toʻla yoki qisman olib tashlash boʻyicha ishlar bajarilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
219. Bir jinsli toʻgʻonlarni kuchsiz gruntlar ustida qurilishida, pastki kengaytiriladigan qismi (yostiq) yuvma usul bilan toʻplanadi, bunda yuqori qismi esa yostiqni choʻkindi barqarorlashganidan keyin qurilishi lozim.
220. Turli jinsli toʻgʻonlar kon gruntlari mavjud boʻlganda hamda bir jinsli toʻgʻonlarga qaraganda filtrlanish sarflarini pasaytirish zaruriyati boʻlganda, shuningdek toʻgʻon jismi hajmini kamaytirishda loyihalashtirilishi, bunda berilgan oʻlcham va grunt tarkibi yadrosini tashkil etish ishlari texnologiyasini qiyinlashishi hamda uni yirik grunt bilan yuvilib ketishiga yoʻl qoʻyilmasligi nazarda tutilishi lozim.
221. Belgilangan oʻlchamdagi yadroning bir xil xususiyatlarini taʼminlash va yirik grunt bilan yuvilishini oldini olish uchun tegishli asoslar boʻlganda toʻgʻonning yadroviy hovuz zonasidan uzoqlikda gruntni majburiy aralashtirishni loyihalarga kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
222. Yonbosh koʻtarmali yoki tosh uyumli (prizmali) yuvma toʻgʻonlar, chuqurlar qazishdan hosil boʻlgan baland suvtoʻsgich koʻtarmalar va toshlardan foydalanishda qoʻllanilishi, bunda seysmik hududlar uchun toʻgʻonlar loyihalashtirilishida tosh uyumli prizmalar jihozlanishi hamda qiyaliklarni seysmik jihatdan mahkamlash ishlari amalga oshirilishi lozim.
223. Toʻgʻonni qurishning yuvma usuli toʻgʻonning yuqori prizmasi oʻtirindi qumlardan yuvib toʻplanganda, pastkisi esa toshli-tosh qotishmali grunt toʻkish orqali bajarilishida koʻtarmali usul bilan bir-biri bilan qoʻshilgan holda olib borilishi kerak.
224. Yuvma toʻgʻonlarda diafragmalar, ekranlar, ponurlar koʻrinishidagi filtrlanishga qarshi moslamalar texnik-iqtisodiy asoslanganda loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
225. Yuvma toʻgʻonlar loyihalariga grunt oʻtirindilari sifatini va uning yotqizilishi boʻyicha oʻrnatilgan zichligini hamda toʻgʻon qiyaliklarini qurilish davridagi turgʻunligini taʼminlash, shuningdek yuvma gruntlardan yangi oʻyilgan koʻtarmaning suv tashlashini, hisobiga paydo boʻluvchi filtrlanish oqimini, yuvib toʻplangan uyum yuzasidan va choʻktiruvchi hovuzdan infiltratsiya qilinishni hisobga olinishi boʻyicha tadbirlar kiritilishi lozim.
226. Yuvma toʻgʻonlar uchun ularni qayta qurishning oʻtirindi gruntlarning suv chiqarib tashlashini taʼminlash sharti boʻyicha boʻlgan chegaraviy jadallik oʻrnatilishi, suv ostida yuvma usul orqali koʻtariluvchi toʻgʻon qismlari uchun esa, suv osti va usti qiyaliklar tikligi chegaralari oʻrnatilishi lozim.
227. Yuvib toʻplash jadalligini, gʻovak bosimi kattaligini uning ustidan kuzatuv olib borish orqali nazorat qilinishi lozim.
2-§. Materiallarga boʻlgan talablar
228. Yuvma toʻgʻonlarni qurishda texnik imkoniyatini hamda tanlangan konstruksiyaning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini baholashda kon gruntlarining donachalar tarkibini asosiy xususiyat sifatida hisoblash kerak.
Toʻgʻonlarni yuvma usulda oʻyish uchun gruntlar tarkibidagi organik va suvda eruvchi aralashmalar miqdori, ularning yuvma toʻgʻon jismida ishlar tugagandan keyin mazkur SHNQning 40-bandida koʻrsatilganidan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
229. Donachalar tarkibidan kelib chiqib, kon tuprogʻining toʻgʻonni yuvma usulda oʻyib toʻplash uchun yaroqligini baholash mazkur SHNQning 6-rasmi grafiklari boʻyicha amalga oshirilishi, bunda bir jinsli toʻgʻonlarda yuvma usulda oʻyib toʻplash uchun I-guruh qumli gruntlar, II-guruh qumli va shagʻalli gruntlarni mayda qumli markaziy zona yoki gruntli yadrosi boʻlgan turli jinsli toʻgʻonlar uchun koʻzda tutilishi lozim.
230. Qumloq gruntlar (III-guruh), qumoq gruntlar (IV-guruh), shagʻalli va tosh qotishmali gruntlar (V-guruh), shuningdek sogʻ grunt koʻrinishidagi gruntlardan muvofiq ravishda texnik-iqtisodiy asoslashlar bilan yuvma usulda oʻyib toʻplash uchun foydalanish mumkin.
231. Kondagi grunt zaxirasi, toʻgʻon loyihasida qabul qilingan grunt hajmidan 1,5 — 1,8-marta ortiq boʻlishi lozim.
232. Konlarni tanlashda muhandislik-geologiya izlanishlarini, toʻgʻonga yotqizish talablariga javob bermaydigan grunt qismlarini ajratish va zaxiradan chiqarishga imkon beradigan darajadagi hamda gidromexanizatsiya vositalari bilan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
233. Toʻgʻonni yuvma usulda oʻyib toʻplash uchun grunt oʻlchamlari jihatidan toʻgʻri kelmaydigan (xarsanglarni, toshlarni) va grunt nasoslarining ishchi qismlaridan oʻtmaydigan aralashmalar mavjudligi tekshirilishi lozim.
6-rasm. Toʻgʻonni yuvma tarzda koʻtarish uchun foydalaniluvchi grunt guruhlari
234. Bir jinsli boʻlmagan toʻgʻonlar uchun yuqori darajadagi turli donachali, (masalan, changsimon, gruntli fraksiyalar bilan boʻlgan tarkibida kamida 25 — 30 foiz qumli) zarrachalar boʻlgan toshlardan foydalanish kerak.
235. Yadroda oʻlchami <0,005 mm boʻlgan grunt zarrachalari boʻlishi, gruntning birikishi shartlari boʻyicha koʻpi bilan 20 foiz boʻlishi, bunda grunt zarrachalarining mazkur foizdan yuqori boʻlishi asoslanitirilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
235. Yuvma usulda oʻyib toʻplash uchun turli konlardan olinadigan sunʼiy aralashmalarni yoki saralangan kon gruntlarini qoʻllash imkoniyati texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
236. Qoʻshimcha tarzda yuvma holida oʻyib toʻplanuvchi qumni zichlashtirish (chuqurlik gidrosilkitish, portlatishlar bilan zichlashtirish, qatlamlararo silkitish bilan zichlashtirish yoki yumalatish bilan va boshqalar) koʻzda tutilishi, bunda yuvma usulda oʻyib toʻplanuvchi gruntlarni qoʻshimcha tarzda zichlashtirish boʻyicha tadbirlar dala-tajriba ishlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.
3-§. Gruntning toʻgʻon jismida fraksiyalanishi
237. Toʻgʻonning koʻndalang kesimida gidravlik yotqizish natijasida gruntning fraksiyalanishini yuvma holda oʻyib toʻplanuvchi gruntning turli donachalilik koeffitsiyenti k60,10 >_ 2,5 yoki k90,10 >_ 5 boʻlganda hisobga olinishi lozim.
Gruntning yotqizilishi uning donachalar tarkibi, pulpa sarfi va uning konsistensiyasi, oʻtirindilardan toʻplash hududi kengligiga bogʻliq boʻladi.
Bu yerda:
k60,10 = d60 :d10;
k90,10 = d90 :d10.
Bunda, d90 , d60 , d10 — grunt fraksiyasi diametri, ular massasi va maydaroq boʻlgan fraksiya massasi bilan birga muvofiq ravishda umumiy gruntning 90, 60 va 10 foizni tashkil etadi.
238. Yuvma usulda uyib toʻplanuvchi toʻgʻonlardagi gruntning donachalar tarkibini aniqlashda, gruntning mayda zarrachalarini yuvilib, oqib ketishi hisobga olinishi zarur.
239. Qum gruntli bir jinsli toʻgʻonlar barpo etilishida gruntli va qisman changsimon zarrachalarning oqib chiqib ketishini taʼminlashi, biroq texnologiya jihatidan bundan yirikroq zarrachalar mayda qumliklarni ham yuvilib ketishi koʻzda tutilishi kerak.
240. Grunt yuvilish miqdori mazkur SHNQning 7-ilovasi boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
241. Turli jinsli toʻgʻonlarni yuvma usulda oʻyib toʻplanishida grunt zarrachalarini oqib chiqib ketishi mazkur SHNQning 234, 235-bandlari talablarini hisobga olgan holda tayinlanishi kerak.
242. Bir jinsli toʻgʻonlarni loyihalashtirilishida yuvma usulda uyib toʻplanadigan gruntning donachalar tarkibini toʻgʻonning koʻndalang kesimida grunt tarkibining va filtrlanish koeffitsiyentining sezilarsiz variatsiyasi (oʻzgarishi) sharti bilan mayda zarrachalarning yuvilib ketishini hisobga olgan holda, oʻrtacha tortilgan kon tuprogʻi tarkibi boʻyicha qabul qilinishi, bunda gruntning mayda zarrachalari miqdorining toʻgʻonning markaziy qismida uning ikki tomonlama yuvma usulda va bir tomonlama uyib toʻplashda toʻgʻonning qismini pulpa chiqarishi hisobga olinishi lozim.
243. Turli jinsli toʻgʻonlarni loyihalashda uning alohida qismlaridagi gruntning donachalari tarkibi yuvma usulda uyib toʻplashda fraksiyalanishini hisobga olgan holda oʻrnatilishi lozim.
244. Yuvma usulda uyib toʻplashda gruntning fraksiyalanishi oʻxshashligi boʻyicha yoki mazkur SHNQning 8-ilovasida keltirilgan talablar boʻyicha hisoblashlar orqali aniqlanishi zarur.
245. Gruntning oʻrtacha holatga keltirilgan donachalar tarkibi toʻgʻonning yadrosi uchun va yonbosh doiralari uchun alohida yoki toʻgʻonning shu qismlari uchun hamda qoʻshimcha ravishda oraliq doiralari uchun aniqlanadi.
246. I va II sinf toʻgʻonlar uchun gruntning fraksiyalanishini tajribaviy yuvma usulda toʻplash bilan berilgan toʻgʻonni qurish texnologiyasiga rioya qilgan holda aniqlanishi kerak.
247. Turli jinsli toʻgʻon yadrosi kengligini kon tuprogʻi tarkibiga bogʻliq ravishda berilgan balandlikda toʻgʻon kengligining 10 — 12 foiz chegarasida oldindan tayinlanadi, markaziy doirasi esa mayda qumli gruntdan koʻrsatilgan kenglikning 20 — 35 foizda chegarasida tayinlanishi lozim.
Mazkur oʻlchamlar ushbu SHNQning 8-bobi va 8-ilovasiga yoki yuvma usulda uyib toʻplashning dastlabki bosqichi natijalariga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
4-§. Toʻgʻon qiyaliklaring tuzilish shakli va mahkamlanishi
248. Yuvma usulda uyib toʻplanuvchi toʻgʻonlar qiyaliklari tikligi va mahkamlanish koʻrinishlari mazkur SHNQning 43 — 86-bandlari talablariga koʻra belgilanishi, bunda qiyaliklar tikligi toʻgʻonning nafaqa konstruksiyasi va balandligini, uning jismi va asosidagi grunt xususiyatini hisobga olgan holda, shuningdek toʻgʻonni yuvma usulda uyib toʻplashda qiyaliklarni turgʻunligi uchun noqulay boʻlgan filtrlanish rejimini, hamda qurilish davrida doimiy drenaj moslamalarini mavjud emasligini hisobga olgan holda oʻrnatilishi lozim.
249. Yuvma usulda uyib toʻplash orqali boʻladigan toʻgʻonlar qiyaliklari tikligining oʻrtacha qiymati oʻxshash boʻlgan qurilgan inshootlar quyidagi 5-jadvalga muvofiq belgilanishi mumkin.

5-jadval

Toʻgʻon koʻrinishi

Asos gruntlari

Qiyaliklar tikligi

Bir jinsli qumli

qumli, qumloq gruntli.

Qadimiy qatlamlar, torf, loyqa

1:3,5 — 1:5

1:5 — 1:8

Bir jinsli boʻlmagan tosh-qumli yadro bilan

qoyali, zich gruntlar

1:3 — 1:4

250. Qurilish ishlarini amalga oshirish texnologiyasini hisobga olgan holda toʻgʻonni yuvma usulda uyib toʻplash hisobi natijasi, toʻgʻondan foydalanish davri hisobi boʻyicha boʻlganidan koʻra yotiqroq chiqsa, qiyalik tikligi qurilish davri uchun boʻlgan hisoblar boʻyicha qabul qilinishi lozim.
251. Tikroq boʻlgan qiyaliklar bajarilishi, zarur hollarda texnologiyani oʻzgartirish yoki konstruksiyalarga oid tadbirlarni (masalan, qurilish drenaj moslamasini) qoʻllash kerak.
252. Pulpani erkin yoyilishi bilan shakllanuvchi yon kesimi qatlamlar holida boʻlgan yuvma usulda uyib toʻplanuvchi toʻgʻonlar qiyaliklarini, mahkamlanishlarsiz yoki yengillashtirilgan toshli, tosh qotishmali yoki uning toʻlqin va shamol taʼsiri sharoitlarida saqlanishini taʼminlangan holda tosh qotishmali yoki biologik mahkamlashlar bilan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
253. Oʻtirindilardan uyib toʻplanuvchi toʻgʻonlar qirrasi kengligi mazkur SHNQning 48-bandi talablariga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
254. Qurilish davridagi toʻgʻonning yuvma usulda uyib toʻplanuvchi qismi qirrasining minimal kengligi gidrotransport qurilmasi va grunt yotqizishda foydalaniluvchi mexanizatsiya vositalarining ishlatish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tayinlanishi kerak:
markaziy zonaga ega boʻlgan bir jinsli boʻlmagan toʻgʻonlar uchun — kamida 50 m;
yadro bilan — kamida 70 m;
bir jinsli toʻgʻonlar uchun — kamida 20 m.
255. Qirrasi boʻyicha kengligi kamroq boʻlgan toʻgʻonlar qurish zaruriyati boʻlganda uning yuqori qismi quruq holdagi gruntlardan yoki suvga toʻkib olish (hovuzlar) bilan bajarilishi lozim.
256. Yuvma usulda uyib koʻtariluvchi toʻgʻon jismida drenaj moslamalari loyihalashtirilishida bir vaqtning oʻzida toʻgʻon jismini yuvma usulda uyib toʻplash boʻyicha hamda ushbu SHNQning 4-b, e rasmlarida keltirilgan toʻgʻon jismini yuvilishi boʻyicha va drenaj konstruksiyalariga afzallik berilishini hisobga olinishi kerak.
257. Drenaj moslamalari, galereyalar, vertikal quvurlar yuvishdan oldin qurilishi va toʻgʻon jinsi grunt qavati bilan ishonchli ravishda himoyalangan boʻlishi lozim.
258. Drenaj moslamalari yuvma usulda uyib toʻplashdan keyin quriladigan boʻlsa, bunda inshootda bosim boʻlmaganda yoki suv sathining kamayishi paytida amalga oshirilishi lozim.
259. Yuvma usulda uyib toʻplash paytida toʻgʻon turgʻunlik yuzasini pasaytirish uchun maxsus drenaj moslamalari loyihalanishi lozim.
260. Qumli va toshli gruntli yuvma usulda erkin holda uyib toʻplashdagi (oʻtirindilardan uyib toʻplashning pulpaning 10 foiz konstitensiyasi bilan yonqirra estakadasiz usulida) qiyaliklar nishabining oʻrtacha qiymatlari taxminiylik bilan keyinchalik yuvma usulda uyib toʻplashning boshlangʻich bosqichlari maʼlumotlari boʻyicha tuzatishlar bilan quyida keltirilgan 6-jadval boʻyicha belgilanadi.

6-jadval

Grunt

Pulpa sarfidagi m3/s qiyalik nishabi

2000 gacha

2000-4000

4000 dan ortiq

Qum:

mayda

1:40

1:60

1:100

oʻrtacha

1:33

1:40

1:65

yirik

1:25

1:33

1:40

shagʻallangan

1:20

1:25

1:30

Shagʻal

1:15

1:20

1:25

Pulpaning 10 foizdan farq qiluvchi konsistensiyasida qiyalik nishabi quyidagi formula orqali hisoblanadi.
(6)
bu yerda:
C — % massa boʻyicha pulpa konsistensiyasi;
i10S=10 foiz boʻlgandagi qiyalik nishabi.
261. Suv sathidan pastda yuvma usulda uyib toʻplashda qiyalik nishabi gruntning donachalar tarkibiga bogʻliq ravishda hisoblar orqali aniqlanishi, qiyalik nishabi 1:10 dan 1:4 gacha qabul qilinishi, bunda nishablikning kichik qiymatlari suv havzasida oqim mavjudligida mayda qumlarga muvofiq kelishi hamda gruntning yiriklashishi va oqim tezligining kamayishi bilan qiyalik nishabligi ortib borishi kerak.
5-§. Toʻgʻonlarni qayta qurishga qoʻyilgan talablar
262. Yuvma usulda uyib toʻplanuvchi toʻgʻonlarni qayta qurishda, bir jinsli toʻgʻon qirrasining ortishi pastki prizmaning mavjud toʻgʻon qiyaligiga nisbatan yuvilishi hisobiga taʼminlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
263. Yuvishni kon tuprogʻining toʻgʻonning yuvma usulda uyib toʻplangan asosiy yon kesimiga ishlatilgan gruntga nisbatan yirik tarkibli qismidan bajarilishi lozim.
Toʻgʻon pastki prizmasini qatlamlar solib ustidan yumalatish bilan quruq gruntlar orqali bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
264. Yuvma usulda uyib toʻplanuvchi yadroli toʻgʻonning pastki prizmasi yuvilishdan tashqari, qirrasini oshirilishida (masalan, mavjud yadro bilan birlashgan ekran koʻrinishida yoki grunt boʻlmagan materiallardan, gruntli devor va boshqalar) bajarilgan filtrlanishga qarshi moslamani vujudga keltirilishi koʻzda tutilishi lozim.
265. Pastki prizma barpo etilishi oldidan toʻgʻonning mavjud pastki qiyaligi ustidan oʻsimlik qavati olib tashlanishi zarur.
266. Pastki toʻgʻon yuvilishi boshlangunga qadar amaldagi barcha drenaj moslamalari qayta qurilishi kerak.
7-bob. Tosh-gruntli va tosh uyumli toʻgʻonlar
1-§. Asosiy talablar
267. Tosh-gruntli va tosh uyumli toʻgʻonlar filtrlanishga qarshi moslamalar konstruksiyasi va ishlarni amalga oshirish usuliga koʻra, mazkur SHNQning 7-jadvali hamda 7-8-rasmlarida koʻrsatilgan asosiy koʻrinishlarga boʻlinishi kerak.

 

7-jadval

Toʻgʻon turi

Filtrlanishga qarshi moslama konstruksiyasi

Tosh-gruntli

gruntli ekran (7-a rasm)

gruntli yadro (7-b rasm)

yuqori gruntli prizma (7-v rasm)

markaziy gruntli prizma (7-g rasm)

inyeksion diafragma (yoʻnaltirilgan portlatish orqali barpo etiluvchi toʻgʻon 8-a rasm)

ekran (yoʻnaltirilgan portlatish orqali barpo qilinuvchi toʻgʻonda 8-b rasm)

uygʻunlashtirilgan filtrlanishga qarshi moslama

Tosh-uyumli

nogrunt materiallardan boʻlgan ekran (9-a rasm)

diafragma (9-b rasm)

268. Tosh-gruntli va tosh uyumli boʻlgan toʻgʻonlar qoyali asoslar ustida va qoyasiz asoslar ustida barpo etilishi lozim.
269. Tosh-gruntli, tosh uyumli toʻgʻonlar loyihalashtirilishida mazkur SHNQning 3 va 4 boblarining talablari hisobga olinishi zarur.
7-rasm. Tosh-gruntli toʻgʻonlar koʻrinishi
1 — yuqorigi qiyalikning mahkamlanishi, 2 — gruntli ekrani, 3 — oʻtish qatlamlari (teskari filtrlar), 4 — gruntli yadro, 5, 6 — yuqorigi va quyi prizmalar, 7, 8 — gruntdan boʻlgan, yuqorigi va markaziy filtrlanishga qarshi prizmalar.
8-rasm. Portlatish orqali koʻtariluvchi toʻgʻonlar turlari
(a, b — 7-jadvalga qarang)
1 — uyum konturi, 2 — hisobiy yonkesim konturi, 3 — inyeksion yadro, 4 — inyeksion parda 5 — ekran, 6 — ponur.
9-rasm. Tosh agʻdarish orqali koʻtariluvchi toʻgʻonlar turlari
(a, b — 7-jadvalga qarang)
1 — toʻgʻon jismi, 2 — sementatsion parda, 3 — beton tish, 4 — temir-beton ekran, 5 — ekran ostida joylash, 6 — yuqorigi prizma, 7 — diafragma, 8 — oʻtish qatlamlari, 9 — quyi prizma.
270. Tosh-gruntli va tosh uyumli toʻgʻonlarni qurish tosh materiallarini qatlamlar tarzida agʻdarish (togʻ massasi, tosh qotishmali gruntni), zichlashtirish choralarini koʻrish bilan (qatlamli yumalatish, gidrozichlashtirish) yoki balandligi 3 m va undan ortiq boʻlgan yaruslar tarzida zichlashtirish lozim.
271. Tosh-gruntli toʻgʻonlarni yoʻnaltirilgan portlatish orqali qurish uchun qulay boʻlgan quyidagi tabiiy sharoitlarda qoʻllaniladi:
tor boʻlgan tik oraliqda bunda B-tik devor kengligi);
toʻgʻonlarni tosh materiallarga boʻlgan talablar;
qoya jinslaridan iborat boʻlgan qirgʻoqlarda.
272. Gruntlar siljitishning portlatish usulidan texnologik usul sifatida gruntli toʻgʻonlar barpo qilishning boshqa usullari bilan mujassamlashtirilgan holda inshoot qismlarini yoki alohida elementini (yuqori va pastki birlashtiruvchi toʻsiqni) qurish uchun foydalanish kerak.
273. Toʻgʻonlarning filtrlanishga qarshi moslamalarini markaziy prizmaga qorishmani inyeksiyalash, yuqorigi sust suv oʻtkazuvchi prizma yoki ekranni gruntli, shuningdek grunt boʻlmagan materiallardan agʻdarish bilan bajarilishi toʻgʻonlar loyihalarida inshootni kerakli oʻlchamlarga yetkazish koʻzda tutilishi lozim.
274. Tegishli asoslashda yoʻnaltirilgan portlatish bilan bir jinsli toʻgʻonlarni ham qurish kerak.
2-§. Materiallarga boʻlgan talablar
275. Tosh-gruntli va tosh uyumli toʻgʻonlar uchun materiallar yaroqliligi laboratoriya va amaliy sharoitlardagi izlanishlarga muvofiq asoslangan boʻlishi lozim.
Shuningdek, kon qoya jinslarining yaroqliligi (mustahkamligi, sovuqbardoshligi, kimyoviy xossalari boʻyicha) toʻgʻon balandligi, ularni toʻgʻon kesimida joylashish holati va qurilish hududi iqlimiy sharoitlariga bogʻlagan holda, qazish va tashish sharoitlarini hisobga olgan holda oʻrnatilishi kerak.
276. Toʻgʻonlar tosh materiallari tarkibi quyidagilardan kelib chiqqan holda tanlanadi:
yotqizishning talab etiluvchi zichligini taʼminlash orqali;
baland yaruslar bilan koʻtarishda segregatsiyani hisobga olish orqali;
toʻgʻon jismida gruntning joylashish holatini hisobga olish orqali.
277. Nuragan jinslarni ular tavsiflari vaqt mobaynida oʻzgarishini hisobga olgan holda qoʻllash kerak.
278. Tosh-gruntli va tosh uyumli toʻgʻon materiallarining tarkibi toʻgʻonlarning koʻrib chiqilayotgan variantlari texnik-iqtisodiy hisoblari asosida qabul qilinishi kerak.
279. Toʻgʻon jismiga agʻdariluvchi yirik boʻlakli gruntning chegaraviy yirikligi va uning donachalar tarkibi loyihada tosh sifati va toʻgʻon barpo qilish uslubiga bogʻliq holda oʻrnatilishi, bunda qatlamli yumalatish bilan agʻdariluvchi material yirikligi, agʻdariluvchi qatlam qalinligidan 0,75 dan ortiq boʻlmasligi lozim.
280. Toʻgʻonlarning balandligi 50 m dan ortiq I va II sinflari uchun gruntlar fizik-mexanik xususiyatlari laboratoriya maʼlumotlarini, tajribaviy koʻtarmalar (imkoniyati boʻyicha toʻgʻonlar foydali hajmiga kiritiladigan) bilan aniqlanishi, balandligi 100 m dan ortiq boʻlgan toʻgʻonlar uchun bunday izlanishlar amalga oshirilishi zarur.
281. Uyib koʻtarish uchun saralanmagan toshdan foydalanish lozim.
282. Toʻgʻon kesimi qismlari boʻyicha turli xil materiallar yotqizish, toʻgʻon balandligi 50 m va undan ortiq boʻlganida loyihalanishi, bunda mustahkam materialdan kuchlanish qismlarida, sovuqbardosh jinsli materiallardan toʻgʻon kesimining tashqi qismlarida foydalanishi lozim.
283. Toʻgʻon jismiga yotqizishga moʻljallangan material uchun, suv sathidan pastda boʻlgan yoki uning taʼsiriga yumshash koeffitsiyenti otilib chiqqan va metamorfik jinslar uchun kamida 0,9 va choʻkindi jinslar uchun 0,8 boʻlishi lozim.
Yumshash koeffitsiyentini asoslangan hollarda kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
284. Filtrlanishga qarshi moslamalar gruntlari (ekranlar, ponurlar, yadrolar, sust suv oʻtkazuvchi prizmalar), oʻtuvchi qavatlar va tosh-gruntli toʻgʻonlar teskari filtrlari gruntlariga, grunt koʻtarmali toʻgʻonlar muvofiq holdagi elementlariga boʻlganidek talablar qoʻyilishi kerak.
285. Filtrlanishga qarshi moslamalar gidromexanizatsiya vositalari orqali quriladigan boʻlsa grunt, yuvma usul bilan koʻtariluvchi toʻgʻon gruntlariga boʻladigan talablarga javob berishi lozim.
286. Tosh-gruntli toʻgʻonlar oʻtish qatlamlari va teskari filtrlari uchun turli donachali kon gruntlardan foydalanish kerak.
3-§. Toʻgʻon qiyaliklari koʻrinishlari
287. Tosh-gruntli va tosh uyumli toʻgʻonlar koʻndalang kesimi asosiy oʻlchamlari ushbu SHNQning 32 — 40-bandlari talablariga muvofiq tayinlanishi lozim.
288. Toʻgʻonlar qiyaliklari ustidagi bermalar kengligini qiyaliklar tikligining talab etiluvchi oʻrtacha qiymati sharti hamda kamida 3 m boʻlishini taminlanishi nazarda tutilishi lozim.
289. Tosh-gruntli va tosh uyumli toʻgʻonlar qiyaliklari tikligi hisob orqali mazkur SHNQning 349 — 358-bandlariga muvofiq tayinlanishi kerak.
4-§. Filtrlanishga qarshi moslamalar
290. Tosh-gruntli va tosh uyumli toʻgʻonlar filtrlanishga qarshi moslamalarni grunt va nogrunt materiallardan loyihalashtirilishida ushbu SHNQning 91 — 123-bandlari talablari hisobga olinishi lozim.
291. Tosh-gruntli va tosh uyum bilan boʻladigan toʻgʻonlar filtrlanishga qarshi moslamalari asos va qirgʻoq yonbagʻirlari bilan birikkan va sodir boʻlishi mumkin boʻlgan surilishlarga nisbatan qayishqoq boʻlishi kerak.
292. Tosh-gruntli toʻgʻonlar loy beton yoki loy gruntdan boʻlgan bosim gradiyenti filtrlanish mustahkamligi mezoni mazkur SHNQning 328-bandiga muvofiq qabul qilinishi kerak.
293. Gruntli filtrlanishga qarshi moslama bilan toʻgʻon jismi yirik boʻlakli materiali oraligʻida teskari filtrlar va oʻtish qatlamlari koʻzda tutilishi lozim.
294. Oʻtish qatlamlari qalinligi, toʻgʻonning sodir boʻlishi mumkin boʻlgan gorizontal surilishlarini hisobga olgan holdagi ishlarni amalga oshirish shartlaridan kelib chiqqan holda tayinlanadi va kamida 3 m deb olinadi.
Grunt boʻlmagan filtrlanishga qarshi moslama bilan toʻgʻon jismi tuprogʻi oraligʻida oʻtish qatlamlari koʻzda tutilishi lozim.
295. Toʻgʻonlarning oʻtish qatlamlari va teskari filtrlari materiallari mazkur SHNQning 8-bobi talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Toʻgʻonlarning I va II sinflari oʻtish qatlamlari donachalari tarkibi ularning ish shart-sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
296. Tosh-gruntli toʻgʻonlar gruntli filtrlanishga qarshi moslamalar filtrlanish mustahkamligini oshirish uchun quyidagilar inobatga olinishi kerak:
yadro yoki ekranni qirgʻoq va asos bilan birikish joylarida kengaytirish;
teskari filtr qoʻshimcha qavatini gruntli filtrlanishga qarshi moslamaning asos va qirgʻoqlar bilan birikish doiralarida yotqizish;
ekran yoki yadroni, yoriqlar paydo boʻlgan taqdirda bu yoriqlarni kolmatatsiyalash xususiyatiga ega boʻlgan turli donachali loygruntlardan barpo etish.
297. Tosh uyumli toʻgʻonlar filtrlanishga qarshi moslamalari temirbeton, beton, asfaltobeton, polimer materiallardan bajarilishi, bunda mazkur SHNQning 9-ilovasiga muvofiq metall qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
298. Temir-beton ekranlar toʻgʻon balandligi va kutiluvchi choʻkishga bogʻliq ravishda qattiq (bir qavatli) va qayishqoq (koʻp qavatli)ga boʻlinadi.
299. Baland toʻgʻonlar uchun temir-beton ekranlarning qayishqoq konstruksiyalari koʻzda tutilishi lozim.
300. Temir-beton ekranlari QMQ 2.06.08-97 talablariga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
301. Bir qavatli temir-beton ekranlar koʻndalang harorat va oʻtirish zichlashtirish choklari bilan alohida plitalardan boʻlishi lozim.
Ekranni plitalarga boʻlib chiqish qirgʻoq yonbagʻirlari shaklini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
302. Ekranning toʻgʻon jismidan siljishi va qatlamlanishini oldini olish uchun plitalar ekran tagi devoriga oʻrnashtiriluvchi ankerlarga ega boʻlishi, temir-beton ekran plitalari qalinligi va ularni armaturalash qiyalik ustida plitalar turgʻunligi, toʻlqin, muz va montaj yuklanishlari taʼsiri ostidagi mustahkamligi, shuningdek toʻgʻon qiyaligi deformatsiyasini hisobga olgan holda hisoblar bilan aniqlanishi lozim.
303. Qayishqoq temir-beton ekranlar bir nechta qavat plitalardan ular orasida gidroizolyatsiya qatlamlari bilan koʻzda tutilishi, ekran plitalari harorat va oʻtirish choklari orqali ajratilgan boʻlishi va ular choklarni oʻrash orqali yotqizilishi kerak.
304. Betonlashtiriluvchi plitalar uzunligi va kengligi 10 dan 20 m gacha oraliqda qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
305. Ekran plitalari qalinligi quyidagi formula orqali aniqlanishi lozim:
Bu yerda — h — plita balandligi.
306. Plitalar qavati orasida hamda butkul ekranni toʻgʻon jismi bilan oʻzaro bogʻlanishini taʼminlash uchun plitalarni qiyalikni surilishi oldini oluvchi ankerlar yoki boshqa konstruksiyalar koʻzda tutilishi lozim.
307. Temir-beton ekranli toʻgʻon ishlashi ishonchliligi asosan 1-2 m qatlamlar bilan yotqiziluvchi tosh uyumining yuqori darajali zichlashtirilishi, ekran plitalari choklarini zichlashtirish kerak.
308. Toʻgʻon grunt boʻlmagan ekranlarining asos bilan inyeksion parda hosil qilish uchun paterna oʻrnatiladigan beton tish yordamida birikishi koʻzda tutilishi lozim.
Ekranni tish bilan birikishi qirqiluvchi yoki qayishqoq konstruksiyasi (qatlamli ekranni tishga oʻrnatish, oshiq-moshiqli perimetr boʻyicha qayishqoq chok moslamasi bilan) koʻrinishida boʻlishi lozim.
309. Asfaltobeton ekranlar va diafragmalar qurilish va ulardan foydalanish manfiy 50°S gacha boʻlgan harorat taʼsirlarida amalga oshirilishi lozim.
310. Grunt boʻlmagan materiallardan boʻlgan ekran tagida ekranosti tayyorlanmasi bajarilishi nazarda tutilishi lozim.
311. Yirik boʻlakli grunt yoki mayda toshdan boʻlgan ekranosti tayyorlanmasi tosh uyumi boʻyicha yotqizilishi lozim.
312. Ekranosti tayyorlanmasi qalinligi ekran materiali, ekranosti tayyorlanmasi materiali yirikligi, tosh uyumi materiali yirikligi, toʻgʻon balandligi va ishlarni bajarish shart-sharoitlariga bogʻliq ravishda oʻrnatilishi kerak.
5-§. Toʻgʻonlarning asoslari va birikishiga qoʻyilgan talablar
313. Asos gruntlarini baholashda mazkur SHNQning 14 — 16 va 173 — 208-bandlari talablari hisobga olinishi lozim.
314. Toʻgʻonlarni qoyali va qoyasiz asos ustida qurilishida toʻgʻon filtrlanishga qarshi moslamalarning yorilishbardoshligini tekshirish uchun hisoblash orqali asos oʻtirish holatlari notekisligini uzunasiga boʻlganidek koʻndalang yoʻnalishda ham aniqlanishi kerak.
315. Suvga grunt agʻdarish uslubi bilan quriluvchi gruntli filtrlanishga qarshi moslamalari bilan tosh-gruntli toʻgʻonlarni loyihalashtirishda, ushbu moslamalarni gruntlarini asos tuprogʻi bilan tutashishi koʻzda tutilishi kerak.
316. Toʻgʻonning gruntli filtrlanishga qarshi moslamalarini qoyali asos bilan birikishi asos va qirgʻoq yonbagʻirlarini torkretlash, qirgʻoq biriktirish loyihalanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
317. Statik ishini yaxshilash, filtrlanishga qarshi moslamalarning yorilishbardoshligini oshirish uchun, tor darada joylashgan baland toʻgʻonlar yuqori toʻgʻon-oldi qism tomonga egilgan egri chiziqli oʻq bilan loyihalashtirilishi lozim.
318. Kam siqiluvchi va sust suv oʻtkazuvchi gruntlardan solingan qoyasiz asoslarda tosh-gruntli toʻgʻonlar filtrlanishga qarshi moslamalarining asos bilan birikishi ularni asosga yuqori boʻshashgan qatlam chuqurligi miqdorida qirqib biriktirish orqali amalga oshirilishi lozim.
Yuqori qatlam asosida allyuvial choʻkindilar va quvvati 5 m gacha boʻlgan qumloq, shagʻal, tosh qotishmali gruntlar mavjud boʻlganda, biriktirish asosning tosh jinslari orasiga kiruvchi tish yordamida amalga oshirilishi kerak.
319. Filtrlanishga qarshi moslamalari qurilishi mushkul boʻlgan tor tik devor sharoiti boʻlgan holda beton tiqin (probka) moslamasi koʻzda tutilishi mumkin.
8-bob. Toʻgʻonlarni hisoblash boʻyicha asosiy qoidalar
320. Seysmik hududlarda barpo etiluvchi toʻgʻonlarning hisoblari QMQ 2.01.03-19 talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
321. Toʻgʻon jismi, asosi va qirgʻoqlar filtrlanish hisoblari quyidagilar uchun bajarilishi kerak:
toʻgʻon jismi, uning asosi va qirgʻoqlar filtrlanish mustahkamligini aniqlash;
toʻgʻon va qirgʻoqlar qiyaliklari turgʻunligini hisoblash;
toʻgʻon oʻlchamlari va konstruksiyasining mumkin qadar toʻgʻri oqilona va tejamkor shakllarini, uning filtrlanishga qarshi va drenaj moslamalarini asoslash.
322. Filtrlanishga oid hisoblar bajarilishida suv ombori yotiqligi kolmotaji va toʻgʻonlar yuqorigi qiyaligi gʻovaklarini vaqt oʻtishi bilan oʻtirindi zarrachalar bilan rivojlanishini hisobga olinishi kerak.
323. Filtrlanishga oid hisoblar hamda izlanishlar orqali filtrlanuvchi oqimning quyidagi parametrlari aniqlanishi lozim:
filtrlanish oqim yuzasini toʻgʻon jismi va qirgʻoqlardagi holati;
toʻgʻon jismi, asos va qirgʻoq uzra suvning filtrlanish sarfi;
toʻgʻon jismi, asos, shuningdek filtrlanish oqimi bosimi (yoki bosimning gradiyentlari) drenaj uskunasiga chiqish joylarida, quyi toʻgʻon-oldi qism pastki qiyalik ostki qismi ortida, gruntlarni turli tavsifli yerlar bilan tutashgan joylarda va mazkur SHNQning 10-rasmiga filtrlanishga qarshi moslamalar chegaralarida.
324. Turli jinsli yoki anizotrop tuzilishlarda filtrlanish oqimi parametrlarini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
10-rasm. Gruntli va toshgruntli toʻgʻonlar va ular asoslaridagi filtratsion deformatsiyalar
a) qatlamli asos ustida boʻlgan bir jinsli toʻgʻon,
b) qoyali asos ustida boʻlgan tosh-gruntli toʻgʻon,
A, B — qovushqoq va noqovushqoq asos gruntlarining tutashishi,
V — grunt-suv oqimini qiyalikka chiqish hodisasida gruntning mahalliy oʻpirilish sohasi, Je, maxsuvning quyi byef sathida oqimni sizib oʻtish doirasidagi bosimning maksimal hisobiy gradiyenti, ayadroning quyi qiyaligini gorizontga nisbatan boʻlgan qiyalik burchagi, Jp , Js, Ju , Ji , Jrunsuffoziya, tutash yuvilish, koʻtarish, filtrlangan oqimning drenaj moslamasiga kirishi, toʻlqinlarni kelish va qaytishidan, boʻluvchi, teskari filtrdagi oʻzgarib turishlarga muvofiq ravishdagi bosim gradiyentlari.
325. Toʻgʻon jismi filtrlanish mustahkamligi, shuningdek filtrlanishga qarshi moslamalari inshoot va uning asosi kuchlanish-deformatsiya holati, konstruksiyaning alohida holatlari, barpo etish uslublari va foydalanish shart-sharoitlarini hisobga olgan holda inshootda amal qiluvchi bosim gradiyentlaridagi gruntning muvofiq ravishdagi hisoblashlar va tadqiqotlar asosida baholanishi lozim.
326. Filtrlanish mustahkamligi hisoblari toʻgʻonga eng koʻp taʼsir koʻrsatuvchi bosimdan kelib chiqqan holda bajarilishi kerak.
327. Filtrlanish mustahkamligini baholashda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
(8)
Bu yerda:
Jest,m — filtrlanish hisobiy sohasidagi taʼsir koʻrsatuvchi oʻrtacha bosim gradiyenti;
Jcr,m — inshootdan foydalanish haqiqiy shartlariga javob beruvchi sharoitlarda grunt ustida oʻtkaziladigan izlanishlar asosida qabul qilinuvchi oʻrtacha kritik bosim gradiyenti. Dastlabki hisob-kitoblarda va zarur tadqiqotlar boʻlmasa, Jcr,m qiymatlari mavjud analoglarga yoki mazkur SHNQning 8-jadvaliga muvofiq qabul qilinadi;
Yn — QMQ 2.06.01-97 boʻyicha aniqlanuvchi inshoot boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti

 

 

 

8-jadval

Grunt

Bosim gradiyenti oʻrtacha kritik qiymatlari Jcr,m, quyidagilar uchun

ponur

ekran va yadro

toʻgʻon jismi va prizmasi

Loygrunt, loygruntli beton

15

12

8 — 2

Loy grunt

10

8

4 — 1,5

Qumloq grunt

3

2

2 — 1

Qum:

 

 

 

oʻrtacha

-

-

1

mayda

-

-

0,75

Izoh. Gruntli materiallardan boʻlgan toʻgʻon jismi yoki prizmasining filtrlanish mustahkamligini tekshirishni qiyaliklar turgʻunligi hisobidan kelib chiqib koʻndalang kesim uchun bajariladi.
Filtrlanish mustahkamligini tekshirish natijasida toʻgʻon konstruksiyasi, jumladan drenajning joylashish yeri aniqlanib olinadi.
Kritik oʻrtacha gradiyent qiymatlari gruntning fizik-mexanik xossalari va uning yotqizilish usuliga bogʻlik holda qabul qilinadi, bunda Jcr,m katta qiymatlari nisbatan zichroq boʻlgan grunt uchun belgilanadi.
328. Teskari filtrlar, drenaj moslamalari va oʻtuvchi qatlamlarni loyihalashda quyidagilarni amalga oshirish kerak:
teskari filtrlar orqali himoyalanuvchi gruntlar hisobiy parametrlarini oʻrnatish (donachalar tarkibi, mustahkamlik, gʻovaklik, filtrlanish koeffitsiyenti va boshqalar), ularning suffoziyaga oid mustahkamligini baholash (suffoziyalanish) va himoyalanuvchi gruntning, uning tarkibi va filtrlanuvchi oqim holatiga bogʻliq boʻlgan gumbaz hosil qiluvchi zarrachalar hisobiy oʻlchamlari va gʻovaklar diametrini (da va da, ma) aniqlash;
teskari filtrlar jihozlanishi ishlatiladigan tabiiy kon gruntlarini yoki sunʼiy hosil qilinuvchi (shagʻalli, granulalangan shlak) tanlash;
teskari filtr birinchi qatlami hamda keyingi qatlamlari donachalar tarkibi (agar bunga ehtiyoj boʻlsa) tanlangan tabiiy kon yoki sunʼiy materiallardan tanlash;
teskari filtr orqali himoyalanuvchi gruntlar va teskari filtrlar gruntlarining suffoziyaga oid mustahkamligi va turgʻunligini tekshirish;
teskari filtrlar qatlami qalinligi va sonini oʻrnatish;
filtr gruntlarining, ularni drenaj moslamalariga yoki oʻtish qatlamlariga yotqizilishidagi donachalar tarkibi, qatlamlar qalinligi va zichligining yoʻl qoʻyilgan chekinish chegaralarini oʻrnatish.
329. Drenaj jihozlari va oʻtish qatlamlari, teskari filtrlar uchun filtrlash materiallari yoʻl qoʻyiluvchi turli donachalik koeffitsiyenti k60,10 quyidagi shartlarni bajarish kerak:
agar himoyalanuvchi grunt suffoziyalanmagan sochiluvchi boʻlsa,
k60,10 ≤ (20-25),
bunda k60,10 kichik qiymati qumli va shagʻalli gruntlar yumaloqlangan zarrachalari uchun, kattasi esa — filtrning shagʻalli gruntlari uchun qabul qilinadi;
agar himoyalanuvchi grunt suffoziyalangan sochiluvchi boʻlsa,
k60,10 ≤ 15,
agar himoyalanuvchi grunt loygruntli boʻlib, qayishqoqlik soni Jp > 0,07 (asoslangan holda Jp > 0,05 boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi).
k60,10 ≤50.
k60,10 <50 formulasi drenaj jihozlari teskari filtrlari uchun boʻlganidek toʻgʻonning oʻtuvchi qatlamlari uchun ham qabul qilinadi.
Oʻtish qatlamining 3 m dan ortiq boʻlgan qalinligida k60,10 qiymat 50 dan koʻp qilib qabul qilinishi mumkin (tegishli ravishda asoslanishida),
gʻovakli betondan jihozlanuvchi filtrlar uchun
k60,10 ≤12;
materiallarni suvga toʻkish bilan bajariluvchi filtrlar uchun
k60,10 ≤10.
Bu yerda:
k60,10 = d60 :d10
bunda d60, d10 grunt fraksiyalari oʻlchamlari, massasi nisbatan mayda fraksiyalar massasi bilan birga muvofiq holda barcha grunt massasining 60 va 10 foizni tashkil etadi.
k60,10 ≤10 materiallaridan bajarilgan filtrlar uchun qatlamlar qalinligi mazkur SHNQning 162 — 164-bandlari koʻrsatmalariga muvofiq belgilanib, k60,1010 materiallaridan bajarilgan filtrlar uchun esa qatlamlar qalinliklari filtr qatlamlarini tashish, toʻkish va tekislashda vujudga keluvchi filtr materiallari segregatsiyasini hisobga olgan holda tajribaviy agʻdarishlar natijalari boʻyicha tayinlanishi kerak.
330. Teskari filtr moslamasi yoki yirik boʻlakli grunt koʻtarmasi uzra yotqiziluvchi filtrlanishga qarshi prizmalar uchun oʻtish qatlamlaridan voz kechishga muvofiq ravishdagi asoslashlar boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.
331. Gruntli teskari filtrlar oʻrniga muvofiq asoslashlar boʻlgan gʻovakli beton va boshqa gʻovakli materiallardan boʻlgan teskari filtrlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
332. Barcha sinfdagi gruntli toʻgʻonlar qiyaliklari turgʻunlik hisoblari yumaloq silindrik surilish yuzalari uchun bajariladi.
Inshoot asosi yoki jismida boʻshashgan doiralar, ancha past mustahkamlik xususiyatlari boʻlgan grunt qatlamlari mavjud boʻlganda, ekran yoki himoya qavati turgʻunligini baholashda erkin holdagi surilish yuzalari uchun hisob-kitoblar bajarilishi lozim.
Hisob-kitoblarda qulash prizmasi va uning chegaraviy holatdagi elementlari muvozanati shartlarini qanoatlantiruvchi hamda inshoot va uning asosining kuchlanish holatini hisobga oluvchi uslublardan foydalanilishi lozim.
333. Muayyan geologik sharoitlarga va konstruksiyalarga tatbiq etgan holda toʻgʻonlar amaldagi oʻtkazilgan hisob-kitoblar soddalashtirilgan uslublari orqali asoslangan holda foydalanilishlari kerak.
334. Toʻgʻonlar I va II sinflari qiyaliklari turgʻunligini hisoblash uchun mazkur SHNQning 10-ilovasida keltirilgan usullar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
335. Toʻgʻon qiyaligi turgʻunligi umumlashtirilgan qarshilik reaktiv kuchlarining faol suruvchi kuchlarga boʻlgan minimal nisbati bilan tavsiflanuvchi eng xavfli qulash prizmasini topish bilan mumkin boʻlgan surilish yuzalari boʻyicha tekshirilgan boʻlishi lozim.
336. Toʻgʻon qiyaliklari turgʻunligi mezoni boʻlib (eng xavfli qulash prizmasi uchun) quyidagi tengsizlikning rioya qilinishi kerak.
(9)
Bu yerda:
F — yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanuvchi umumlashtirilgan taʼsir kuchi hisobiy qiymati Yf (faol kuchlar yoki bu kuchlar momentlarini surilish yuzasi oʻqiga nisbatan, F-qiyaliklar turgʻunligi hisob uslubiga bogʻliq boʻlgan teng taʼsir etuvchisi);
R — grunt boʻyicha xavfsizlik koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanuvchi “inshoot-asos” tuzumi umumlashgan koʻtarish qobiliyatining hisobiy qiymati Yg, yaʼni koʻrib chiqilayotgan yuza boʻyicha chegaraviy qarshilik kuchlarining umumlashtirilgan hisobiy qiymati;
Yf, Yn, Yfc — QMQ 2.06.01-97 boʻyicha aniqlanuvchi inshoot masʼuliyati, yuklanishlar mujassamligining yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
Yg — QMQ 2.02.02-98 boʻyicha aniqlanuvchi, grunt boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
Yc — ish sharoitlari koeffitsiyenti. Yuzaning xavfli yuzasini izlanishida turgʻunlik koeffitsiyenti ks uchun quyidagi bogʻlanishdan foydalanish mumkin:
(10)
hisob orqali olingan, yuklanishlarning muvofiq ravishdagi yigʻindisi
turgʻunlik koeffitsiyenti qiymatlari miqdorning, agar bu inshoot xususiyatlari bilan shartlanmagan boʻlsa, 10% miqdoridan oshmasligi lozim. Yn, Yfc, Ys koeffitsiyentlar son qiymatlari mazkur SHNQning 9 — 11-jadvallarda keltirilgan.

9-jadval

Inshoot sinfi

I

II

III

IV

Yn qiymati

1,25

1,20

1,15

1,10

10-jadval

Yuklanishlar mujassamliklari

Asosiy

Alohida

Qurilish davrida

Yfc qiymati

1,00

0,90

0,95

11-jadval

Hisob uslublari

Muvozanat shartlarini qanoatlantiruvchi

Soddalashtirilgan

Ys qiymati

1,00

0,95

337. Toʻgʻonlar qiyaliklari turgʻunligini hisoblashda quyidagi holatlar koʻrib chiqilishi zarur:
a) quyi qiyalik uchun:
birinchi hisobiy holat (asosiy);
yuqori toʻgʻonoldi qismda toʻgʻon jismidagi moʻtadil bosim sathi (MBS) oʻrnatiluvchi filtrlanish;
quyi toʻgʻonoldi qismda suv mavjud boʻlganida uning chuqurligi MBS da mumkin qadar maksimal etib qabul qilinadi, biroq koʻpi bilan 0,2 hi, bunda hi — qiyalik balandligi;
ikkinchi hisobiy holat (asosiy) ochiq obpartovlar boʻlganida (zatvorlarsiz);
quyi toʻgʻonoldi qism va bosim sathi yuklanish va taʼsirlar asosiy mujassamligi tegishli boʻluvchi maksimal sarflar bilan aniqlanadi;
uchinchi hisobiy holat (maxsus) yuqori toʻgʻonoldi qismda suvning jadallashtirilgan bosim sathi (JBS), quyi toʻgʻon-oldi qismda suv chuqurligi JBS ga muvofiq keluvchi maksimallik bilan qabul qilinadi.
b) yuqori qiyalik uchun:
birinchi hisobiy holat (asosiy);
suv omboridagi suv sathining MBS boʻlishi mumkin boʻlgan eng katta tezlik bilan taʼsirlarning asosiy mujassamliklariga taalluqli boʻlgan maksimal sarfni oʻtkazilishiga muvofiq keluvchi bosim sathidan boʻlinishi mumkin boʻlgan maksimal kamayishi, bunda barqarorlashmagan filtrlanishning filtrlash kuchlari hisobga olinmaydi;
ikkinchi hisobiy holat (qurilish davri): yuqori toʻgʻonoldi qismdagi suv sathi eng pastki belgida boʻladi, ammo 0,2hi dan kam emas, bunda hi — qiyalik balandligi;
yer osti suvlari toʻgʻon jismida oʻrnatilgan sathga muvofiq holda qabul qilinadi;
suv omboridagi suv sathining JBS dan boʻlishi mumkin boʻlgan eng yuqori tezlik bilan kamayishi, bunda barqarorlashmagan filtrlanishning filtrlash kuchlari hisobga olinadi.
338. Toʻlqin soʻndirish qiyaliklari boʻlgan gruntli toʻgʻonlar uchun toʻlqin taʼsirlarini hisobga olgan holda mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq turgʻunlik hisobi amalga oshirilishi lozim.
339. Gruntli yuvma toʻgʻonlar qiyaliklari turgʻunligini hisoblashda yuvma usulda toʻgʻon koʻtarish davrida uning loyihalashtirilish holatidagi hovuzdan filtrlanishi, hamda qiyaliklar gruntlarini suv bilan toʻyinishi (qurilish davri hisobiy holati) hisobga olinishi zarur.
340. Seysmik hududlarda toʻgʻon qiyaliklari turgʻunligini hisoblashda seysmik taʼsirlar QMQ 2.01.03-19ga talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
341. Seysmik taʼsirlar sharoitlaridagi toʻgʻonlar yuqori qiyaliklari turgʻunligini suv omboridagi suv sathining MBS dan eng pastki foydalanish sathigacha tez pasayishi holatida boʻlganidek, MBS ning davomiy ravishda turish holati (PU yoki asosiy taʼsirlarga tegishli boʻlgan sarfning tegishli oʻtkazilishiga) uchun ham tekshirilishi lozim.
342. Toʻgʻon va uning asosi bogʻlangan gruntlari birlashishi qurilishning tugash muddatigacha tugallanmasa, qiyaliklar turgʻunligi hisoblarida qurilish davri uchun boʻlganidek foydalanish holatlari uchun ham gʻovak bosimlari hisobga olinishi kerak.
343. Grunt ekranli toʻgʻonlar uchun toʻgʻon qiyaliklaridagi ekran turgʻunligi hamda ekrandagi mahkamlanish turgʻunligi hisoblanishi lozim.
Ekran va toʻgʻonning tutashish yeridagi surilish yuzasi yoki ekran mahkamlanish qismlari uchun mustahkamlik xususiyatlari gruntli ekran uchun qabul qilinishi zarur.
344. Yadrolar loygruntdan boʻlgan gruntli yuvma toʻgʻonlar yon prizmalari turgʻunlik hisoblari yadroning konsilidatsiya davridagi (qurilish davri hisobiy holati) gʻovak bosimini hisobga olgan holda bajarilishi lozim.
345. Toʻgʻonlar qiyaliklari turgʻunligi hisoblarida III va IV sinf toʻgʻon jismi gruntlari mustahkamlik xususiyatlari doimiy etib, I va II sinf toʻgʻonlarini esa surilish yuzasi oʻtish zonasidagi gruntning kuchlangan va harorat holatlariga bogʻliq ravishda oʻzgaruvchan etib qabul qilinishi kerak.
346. Grunt materiallaridan toʻgʻon jismi kuchlanish deformatsiyalangan va harorat ostidagi holati toʻgʻon qiyaliklari turgʻunligi, suvbardosh elementlarning asos bilan tutash yerlaridagi filtrlanish mustahkamligi, suvbardosh elementlarning yoriqbardoshligi, nogrunt filtrlanishga qarshi jihozlari, amaliy izlanishlar olib borish chogʻida toʻgʻon holatini tekshirish, shuningdek toʻgʻon materiallari tanlash uchun hisoblarda toʻgʻon qiyaliklari turgʻunligi hisoblarida amalga oshirilishi lozim.
347. I va II sinf toʻgʻonlar kuchlanish deformatsiyalangan holati hisoblarida, deformatsiya parametrlarini qatlam oʻlchovchi va barqarorlikni oʻlchash asboblarida grunt namunalarini sinash orqali aniqlash sharti bilan gruntning chegaraviy holatdagi qayishqoqlik deformatsiyalarini hisobga oluvchi nochiziqli modeli qoʻllanishi, bunda namunalar oʻlchamlari toʻgʻon jismi va asosi tuprogʻi donachalar tarkibiga javob berishi lozim.
348. Yirik donachalik grunt uchun modellik gruntdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hisob-kitoblarda toʻgʻonni bosqichma bosqich barpo etishda, suv omborini toʻldirilish tezligi hisobga olinishi zarur.
III va IV sinf toʻgʻonlari uchun chiziqli-deformatsiyalangan jism modeli boʻyicha hisoblar amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
349. Toʻgʻon jismi va asosi choʻkishi hisobi toʻgʻonning talab etiluvchi qurilib koʻtarilishini aniqlash, shuningdek toʻgʻon inshooti boʻyicha ish hajmlarini aniqlab olish uchun amalga oshiriladi.
350. Toʻgʻon asosi va jismi choʻkish hisoblari QMQ 2.02.02-98 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
351. Toʻgʻonlarning I va II sinflari uchun choʻkish hisoblari va ularning vaqt mobaynida oʻzgarishi toʻgʻonlarning kuchlanish deformatsiyalangan holatini hisobga olgan holda gruntlarning siqilishi boʻyicha tajriba izlanishlar natijalari asosida amalga oshirilishi kerak.
352. Gruntning gʻovak bosimi, siljishi, foydalanish davrida namlik ortishi bilan uning oʻtirishi va boʻkishi, ularning mavjud boʻlishi bilan bogʻliq ravishda hisobga olinishi lozim.
353. Toʻgʻonlarning III va IV sinflari uchun QMQ 2.02.02-98 boʻyicha deformatsiyalar modullari qiymatlaridan foydalangan holda yaqinlashtirilgan bogʻliqliklar boʻyicha hisobni amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
354. Gʻovak bosimini qoʻyilgan kuchlanishning maksimal qiymatiga boʻlgan nisbati orqali aniqlanuvchi gʻovak bosimi koeffitsiyenti ru, max maksimal qiymati gʻovak bosimi koeffitsiyenti O meʼyoriy qiymatidan ortiq boʻlgan run = 0,1 hollardagi hisoblashlarda gʻovak bosimi hisobga olinishi kerak.
ru, max kattaligini quyidagi formula orqali aniqlanadi:
ru, max = ruc ruo (11)
bunda, yopiq tizim sxemasi boʻyicha aniqlanuvchi gʻovak bosimi koeffitsiyentini (gruntdan suv oqib chiqishini hisobga olmagan holda), va ochiq tizim sxemasi boʻyicha aniqlanuvchi (gruntdan suv oqib chiqishini hisobga olgan holda) ruc gʻovak bosimi koeffitsiyentlari maʼlum qiymatlaridan ruo foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
ruc va ruo kattalik mazkur SHNQning 2-ilovasidagi grafiklar boʻyicha oʻrnatiladi.
355. Toʻgʻonlar gorizontal surilishlari gruntlarning siqilishlarini ular namligining ortishi bilan oʻzgarishini hisobga olgan holda kuchlanish deformatsiyalangan holatini hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
356. Toʻgʻon yuqori qirrasining gorizontal siljishlarini avvaldan baholanishi uchun suv ombori toʻldirilgandan soʻng yuqori qirraning choʻkishiga teng qilib olinishi lozim.
357. Ekran yoki yadroli (diafragmali) toʻgʻonlar loyihalashtirilishida qirgʻoq yonbagʻirlari deformatsiyalari hisobga olinishi kerak.
358. Grunt boʻlmagan ekran va diafragmalar mavjud toʻgʻonlarda ekran va diafragmalarni uzunasiga va koʻndalang siljishlari hisoblanishi lozim.
359. Diafragmaning (ekranning) kuchlanish-deformatsiyalangan holati diafragma (ekran) yuzasi moslamaning asosga tayanib turish sxemalari va deformatsiyalangan choklar bilan kesilishini inobatga olgan holda hisoblash lozim.
360. Toʻgʻonlar qiyaliklarini mahkamlash plitalarini toʻlqin va muz taʼsirlariga chidash mustahkamligi QMQ 2.06.04-97 talablariga muvofiq tekshirilishi lozim.
361. Gruntli toʻgʻonlar va tosh-gruntli toʻgʻonlar suvbardosh elementlarining yoriqbardoshligi kuchlanish-deformatsiyalangan holatdan kelib chiqqan holda hisoblash yoʻli orqali aniqlanishi, bunda gʻovak bosimi, toʻgʻonlarning I va II sinflari uchun toʻgʻon jismi va asosini birlashtiruvchi grunt xususiyatlariga muvofiq siqilish va surilishining oʻzgarishi nazarda tutilishi hisobga olinishi kerak.
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
Ayrim turdagi gruntli toʻgʻonlarning solishtirma tejamkorlik grafigi
1. Toʻgʻon hajmi, yuqori qirrasi boʻyicha balandligi va uzunligi quyidagi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Turli davlatlarda qurilgan gruntli toʻgʻonlarning ayrim koʻrinishlari solishtirma tejamkorligi grafiklari
2. Grunt materiallaridan toʻgʻonlar koʻpi bilan 250 m balandlikda qurilishi lozim.
3. Vibroyumalatgichlar qoʻllanishi tayanch prizmalari materialining yuqori zichligini, ularning mustahkamlik xususiyatlari katta qiymatlarini olishini taʼminlaydi, bunda toʻgʻonlar hajmi ularning konstruksiyalariga bogʻliq holda quyidagi 2-rasmga muvofiq 15 — 25 foizgacha kamaytirilishi mumkin.
2-rasm. Bir xil sharoitlarda, qoyali asoslar ustida boʻlgan ikki toʻgʻonning koʻndalang kesimlarini solishtirilishi — Chorvoq va Fosh Du Areyu
4. Grunt boʻlmagan filtrlanishga qarshi moslamali tosh uyumli toʻgʻonlar uchun ularning yuqori va pastki qiyaliklari ularni qoyali asoslarda qurilishida, tabiiy qiyalikning 1:1,3 dan 1:1,5 gacha boʻlgan burchagiga yaqin boʻlishi lozim.
5. Tayanch prizmalar materiallari deformatsiyalarining sezilarli pasayishi nogrunt filtrlanishga qarshi elementlarining murakkab boʻlmagan vertikal, gorizontal hajmiy deformatsion choklarsiz oddiy konstruksiyalarini yaratilish imkonini beradi.
6. Ayrim toʻgʻonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur ilovaning 1-jadvalida muvofiq boʻlishi lozim.

 

 

 

 

 

 

1-jadval

T/r

Mamlakat

Toʻgʻon nomi

Toʻgʻon balandligi (m)

Toʻgʻon qurilish yillari soni

Toʻgʻonga grunt agʻdarish jadalligi yiliga, (mln.3)

Zichlashtirish uslubi

1.

Pokiston

Mangla

138

6

10,590

Pnevmo-yumalatgich, 5-6 oʻtish

2.

Kanada

La Grand 2

128

3

6,450

Vibro-yumalatigich 10 t 4 oʻtish

3.

Kanada

La Grand 4

168

5

4,640

Vibro-yumalatigich 10 t 4 oʻtish

4.

Hindiston

Bias

115

14

3,870

Traktor 4-6 oʻtish vibro-yumalatgich 4 oʻtish

5.

Kolumbiya

Bata

237

4

2,900

Pnevmo-yumalatgich 5-6 oʻtish

6.

Oʻzbekiston

Chorvoq

168

8

2,360

Pnevmo-yumalatgich 326 6 oʻtish

7.

Tojikiston

Nurek

310

26

2,250

Vibro-yumalatgichlar A-8, A12, PVK-70 yuklangan avtosamosvallar bilan

SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
Gʻovak bosimini hisoblash
1. Gʻovak bosimi, grunt materiallaridan boʻlgan toʻgʻon asosi va jismi deformatsiyalari hisoblarida, shuningdek gʻovak bosimi koeffitsiyenti ru, max toʻgʻon qurilishi oxirida toʻgʻon va uning asosining qaysi bir qismida run miqdorga ortsa, uning turgʻunligini aniqlashda hisobga olinishi lozim.
Koʻrsatilgan shartlar quyidagi mezon orqali aniqlanadi:
ru, max = ruc ruo
2. ruc miqdor gorizontal maydon yuqorisida yotuvchi grunt bosimiga teng O kuchlanishga bogʻliqlikda va P parametrni quyidagi 1-rasmga muvofiq grafiklar boʻyicha topiladi.
1-rasm. Gʻovak bosimi koeffitsiyentini ruc aniqlash uchun nomogramma.
P parametri tuproq namligi darajasi boshlangʻich qiymati uchun quyidagi nisbat 2-rasm grafiklari boʻyicha topiladi.
2 — rasm. P parametrni aniqlash uchun nomogramma.
3 — rasm. ruo gʻovak bosimi koeffitsiyentini ga bogʻliqlik grafigi.
3. ruo miqdor mazkur ilovaning 3-chizmasi grafigidagi birlashish darajasi koeffitsiyentiga bogʻliqlik boʻyicha aniqlanadi:
Bu yerda:
birlashish koeffitsiyenti eng kichik qiymati;
t — yuklanish Omax mazkur ilovaning 4-a, b rasmiga muvofiq vaqtining eng katta qiymatgacha O ortishi;
mazkur ilovaning 4-a rasmiga muvofiq d = h;
mazkur ilovaning 4-b rasmiga muvofiq
mazkur ilovaning 4-v, g rasmiga muvofiq t — toʻgʻon barpo etilish vaqti;
mazkur ilovaning 4-v rasmiga muvofiq d = hm1;
mazkur ilovaning 4-g rasmiga muvofiq
4. ru, max miqdorni baholashda ruc aniqlash lozim. ruc < run boʻlgan holda gʻovak bosimi hisobga olinmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
ruc > run boʻlgan hollarda ruo miqdorni aniqlash lozim.
Bunda,
ru,max = ruc ruo.
miqdorni tajribaviy yoʻllar orqali aniqlash lozim.
5. Turli jinsli grunt boʻlgan hollarda hisob uchun eng katta Sr,in va a miqdordagi grunt xususiyati qabul qilinadi.
4-rasm. ruo gʻovak bosimi koeffitsiyentini aniqlashning turli holatlari
a — suv toʻsgich ustidagi qavat, b — drenaj moslamasidagi qavat, v — bir jinsli toʻgʻon, g — tosh gruntli toʻgʻon yadrosi, 1 — kuchlanish, 2 — asos, 3 — drenaj moslamasi, 4 — yadro, 5 — suv toʻsgich.
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
Inshootlar va asoslar holati ustidan qurilish va ulardan foydalanish davrida nazorat olib borish
1. Toʻgʻonlarning I — III sinflarida nazorat-oʻlchov uskunalarini (NOʻU) oʻrnatish kerak.
2. Amaliy nazorat kuzatuvlari toʻgʻon va asosning asosiy ish parametrlarini oʻrganish, ularning holatini tahlil qilish va ulardan foydalanish ishonchliligini baholash maqsadida olib boriladi.
3. Nazorat kuzatuvlari tarkibi va hajmi toʻgʻon sinflari, uning konstruktiv xususiyatlari, geologik, geokriologik, gidrogeologik, iqlimiy, seysmik shart-sharoitlar, shuningdek qurish shartlari va foydalanish talablariga bogʻliq ravishda tayinlanishi lozim.
4. Toʻgʻon kuzatuvlarida quyidagilar aniqlanishi kerak:
yuqori va quyi toʻgʻonoldi qismlardagi suv sathlari belgilari;
toʻgʻon jismi va qirgʻoqlardagi depression yuzalari holati;
drenaj moslamasi va filtrlanishga qarshi moslamalar ishlash samaradorligi;
toʻgʻon va uning asosi orqali filtrlanuvchi, shuningdek qirgʻoqlar va toʻgʻonning beton inshootlarga tutashish joylaridagi suv sarflari;
filtrlanib oʻtuvchi suvning loyqaligi, harorati, kimyoviy tarkibi;
toʻgʻon jinsi va asosining gruntli elementlaridagi gʻovak bosimi;
toʻgʻon jismi, asos va qirgʻoq tutashishlarining choʻkishi;
yuqori qirra, bermalar va filtrlanishga qarshi moslamalarning gorizontal siljishi;
toʻgʻon jismi, filtrlanishga qarshi moslamalar, shuningdek asosdagi kuchlanish va deformatsiyalar;
seysmik tebranishlar;
muz taʼsirlari.
5. Gruntli toʻgʻonlarda nazorat kuzatuvlari tarkibiga doimiy qurish orqali toʻgʻon qiyaliklari va yuqori qirrasi, suv tashlash kyuvetlari, filtrlangan suvning chiqishini sodir boʻlishi, qiyalik va qirgʻoqlarning yuvilib qolishi, muz qatlamlarini paydo boʻlishi ustidan kuzatuvlar kiritilishi lozim.
6. NOʻU larini IV sinf inshootlari va asoslarida oʻrnatish ishootlarning murakkab muhandislik-geologik sharoitlarida va yangi konstruksiyalarni qoʻllashda amalga oshirilishi kerak.
7. IV sinf inshootlari uchun instrumental kuzatuvlarni asosda filtrlashga, inshootning va uning asosini choʻkishi va siljishi kuzatuvlari bilan cheklashga yoʻl qoʻyiladi.
8. Maxsus amaliy kuzatuvlar asoslanganda uslublar va hisoblar natijalari hamda modelli izlanishlarni aniqlash uchun konstruktiv yechimlar, ishlarni amalga oshirish uslublari va toʻgʻondan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash boʻyicha maʼlumotlar olish maqsadida oʻtkazilishi lozim.
9. Nomenklatura, asboblar soni va ularni toʻgʻon jismida, asosida, qirgʻoq tutashishlari va inshootning alohida elementlarida joylashishini, vazifalar tarkibi va kuzatuvlar hajmi hamda izlanishlardan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.
10. Toʻgʻonlarning barcha sinflarini hisoblarida toʻgʻonlar va asoslari holati parametrlari chegaraviy yoʻl qoʻyiluvchi qiymatlari nazorat qilinuvchi amaliy kuzatuvlar orqali oʻrnatilishi lozim.
Yoʻl qoʻyiluvchi chegaraviy parametrlar qiymatlari alohida jadval koʻrinishida loyihaga kiritiladi.
11. Toʻgʻonlar holati yoʻl qoʻyiluvchi chegaraviy parametrlari qiymatlari kuchlanishlarni asosiy va alohida mujassamligi uchun hisobiy qiymatlarga teng qilib qabul qilinadi va ular qurilish va foydalanish jarayonida aniqlanishi mumkin.
12. Qurilish davrida olingan maʼlumotlar loyihaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
4-ILOVA
Asfaltobeton diafragmalar hisobining oʻziga xosligi va ularning toʻgʻon ishlashiga taʼsirlari
1. Asfaltobeton diafragmalarni toʻgʻon ishlashiga taʼsirlarini hisoblashda, diafragmadagi asfaltobeton yonbosh bosimi koeffitsiyenti n1, oquvchanlik koʻrsatkichiga teng boʻlgan ogʻir suyuqlik deb qaraladi (n doimo birdan kichik).
Bunda, asfaltobeton tarkibi va uning tarkibidagi bitumning qovushqoqligiga bogʻliq boʻlgan taxminiy qiymatlar (konstruksiyada asfaltobetonning haroratiga bogʻliqligi) mazkur ilovaning 1-jadvalida keltirilgan.
2. Diafragmaning kuchlanish, deformatsion holati asfaltobetonning quyidagi 1-formulada koʻrsatilgan yuklanish ostida boʻlgan diafragmada oʻzini tutishi shartlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
(1)
bunda:
A — asfaltobeton qattiqlik moduli (uning bir s teng yuklanish vaqtiga keltirilgan-deformatsiyasi moduli);
n — asfaltobeton oquvchanlik koʻrsatkichi;
t — kuchlanish O orqali aniqlanuvchi yuklanish ostidagi diafragmada boʻlgan asfaltobetonning ishlash vaqti;
Σ — diafragmadagi asfaltobetonning nisbiy deformatsiyasi.
Asfaltobeton oquvchanlik koʻrsatkichining (n) ular tarkibidagi tuzilma holiga kelgan bitum qovushqoqligi va ular tarkibi maʼdanli qismining hajmiy konsentratsiyasiga (Cv) bogʻliqligi

1-jadval

cv

Asfaltobeton tarkibidagi bitumning qirq daqiqalik qarshilik boʻlgandagi, hd,40 , puaz

106

107

108

109

1010

1011

1012

0,50

0,69

0,66

0,62

0,58

0,51

0,41

0,27

0,60

0,58

0,57

0,55

0,53

0,48

0,37

0,25

0,70

0,46

0,47

0,47

0,45

0,40

0,32

0,21

0,80

0,30

0,32

0,34

0,34

0,32

0,25

0,16

0,90

0,15

0,16

0,16

0,16

0,15

0,13

0,08

3. Asfaltobetonda amal qiluvchi diafragmalar kuchlanish vaqti t lahzasida quyidagi 2 va 3-formulalar orqali aniqlanishi lozim:
(2)
(3).
Yoʻl qoʻyilgan qiymatlari quyidagi bogʻlanish orqali aniqlanishi lozim:
(4)
bunda:
O — koʻrib chiqilayotgan vaqtdan harakatdagi asfaltobeton konstruksiyasidagi kuchlanish;
On — asfaltobeton konstruksiyasidagi boshlangʻich (oxirgisi sifatida olingan) kuchlanish;
t — kuzatish vaqti (hisobiy vaqt) s;
n — asfaltobeton konstruksiyasining yoyiluvchanlik koʻrsatkichi;
m — asfaltobetonning tuzilmada davomiy mustahkamligi koʻrsatkichi. Uning asfaltobeton tarkibi va bu tarkibdagi bitum qovushqoqligiga hisobiy haroratda bogʻliq boʻlgan qiymatlari ilova qilinuvchi jadvalda keltirilgan;
Ro — koʻrib chiqilayotgan sharoitlarda va uning bir sekundlik qarshilikka keltirilgan yuklantirish sxemasidagi asfaltobeton diafragmaning chegaraviy mustahkamligi.
Asfaltobeton materiallarning davomiy mustahkamlik koʻrsatkichining (m) ular tarkibidagi tuzilma holiga kelgan bitumni (,40) qovushqoqligi va ular tarkibidagi maʼdanli qismning (Cv ) hajmiy konsentratsiyasiga bogʻliqligi.

2-jadval

106

107

108

109

1010

1011

1012

0,50

0,24

0,29

0,36

0,43

0,34

0,18

0,08

0.60

0,24

0,28

0,32

0,38

0,31

0,17

0,09

0,70

0,24

0,27

0,32

0,32

0,26

0,16

0,10

0,80

0,22

0,26

0,30

0,25

0,21

0,16

0,11

0,90

0,22

0,25

0,23

0,19

0,14

0,12

0,12

4. Asfaltobeton oquvchanlik chegarasidan ortmaydigan boʻlsa (davomiy mustahkamlik chegarasi), yoriqlar faqat yopiladi, ular qiymati (obj) asfaltobeton oquvchanlik chegarasidan ortganda ulardagi yoriqlar yaxlitlasha boshlaydi. Yoriqning yaxlitlashish vaqti soatlar hisobida quyidagi bogʻlanish orqali aniqlanish lozim.
(5)
Bogʻlanish faqat quyidagi shartlarda haqiqiy boʻladi
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
5-ILOVA
Toʻgʻonlarning dinamik muvozanati yon qirqimidagi qumli gruntdan boʻlgan mahkamlanmagan toʻlqinbardosh qiyaligi tikligini aniqlash
1. Toʻgʻonlarning dinamik muvozanati toʻlqin taʼsiri ostida qumli gruntdan boʻlgan mahkamlanmagan qiyaligi yon qirqimi (dinamik muvozanat yon qirqimi) parametrlarining avvaldan baholanishi quyidagi formulalar orqali bajarilishi lozim:
(1)
Bu yerda:
m — qiyalik koeffitsiyenti;
m0 — toʻgʻon jismi tuprogʻi suv ostidagi tabiiy qiyaligi koeffitsiyenti;
hcdl — hisobiy toʻlqin balandligi, m;
— hisobiy toʻlqin uzunligi, m;
d0 — toʻgʻon jismi tuprogʻi zarralarining oʻrtacha diametri, m;
(2)
Bu yerda:
di — fraksiyalar oʻlchami, m;
pi — fraksiyalarning massa boʻyicha % ulushi;
k — plyaj qiyaligi suv osti qismi uchun suv omborida (yoki daryoda) hisobiy suv sathidan toʻlqinlarning (h1) yuvib ketish taʼsiri pastki chegarasigacha qabul qilinuvchi koeffitsiyent boʻlib kl = 0,37, quyidagi formula orqali aniqlanadi
(3)
2. k = 0,17 QMQ 2.06.04-97 ga muvofiq aniqlanuvchi balandligiga bogʻliq boʻlgan suv ustki qismi hisobiy suv sathidan toʻlqinlarning yuvib ketish taʼsiri yuqorigi chegarasi (h2).
Mazkur ilovaning 1-rasmiga muvofiq dastlabki hisob kitobda h2=0,5hcdl qabul qilinishi lozim.
1-rasm. Gruntli qumli toʻgʻon yuqorigi mahkamlanmagan qiyaligini aniqlashga doir
1 — hisobiy suv sathi, 2 — k= 0,37 boʻlgandagi m qiyalikka ega boʻlgan nishablik qismi, 3 — k = 0,17 boʻlgandagi m qiyalikka ega boʻlgan nishablik qismi
3. Dinamik turgʻun qiyalik tikligi aniqlanishida, 45-57 burchaklar ostida ayniqsa kuchli namoyon boʻluvchi qiyshiq holda keluvchi toʻlqinlarning yuvib ketish taʼsirini hisobga olinishi lozim.
4. Inshootlar koʻndalang yon qirqimi laboratoriyaviy yoki amaliy izlanishlar maʼlumotlari boʻyicha aynan oʻxshash gruntlardan qurilgan va toʻlqin hamda shamol taʼsirlari boʻyicha yaqin boʻlgan sharoitlarda mahkamlanmagan qiyaliklari boʻlgan gruntli inshootlardan foydalanish natijalari asosida aniqlanishi lozim.
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
6-ILOVA
Gruntli filtrlanishga qarshi moslamalarning beton tiqin orqali asos bilan birikish konstruksiyasi
1. Gruntli toʻgʻonlar yadrolarini qoyali asos bilan birikishini taʼminlovchi beton tiqin galereyalar tuzilmalari mazkur ilovaning 1-rasmiga muvofiq mustahkamligini asoslash uning zoʻriqish deformatsiya holati va mustahkamligini hisobiy izlanish yordamida amalga oshirish lozim.
2. Vertikal yuklanish va bosimlar sharoitlarida ishlovchi konstruksiyaning barcha elementlarini oʻzaro taʼsiri hisoblarni bajarish uchun taranglik nazariyasini oxirgi elementlar uslubi orqali yechish lozim.
3. Mustahkamlik mezoni sifatida betonning yoʻl qoʻyiluvchi chegaraviy hisobiy qarshiligini (hajmli, tekis) kuchlanish holatini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.
1-rasm. Gruntli toʻgʻon yadrosi asosidagi galereyalar bilan boʻlgan beton tiqinning koʻndalang kesimi
1 — toʻgʻonning yuqorigi prizmasi, 2 — toʻgʻon yadrosi, 3 — toʻgʻonning quyi prizmasi, 4 — oʻtish doiralari, 5 — galereyalar bilan boʻlgan beton tiqin, 6 — harorat-deformatsion choklar, 7 — qoyali asos
4. Hisoblar muayyan obyektga nisbatan qoʻllaniluvchi inshootdan foydalanish holati uchun ikki bosqichda bajarilishi lozim.
Bunda, birinchi bosqichda — beton tiqin tuzilmalari va galereyalar ishlanmasining ushbu ilovaning 2-rasmidagi asosiy hisobiy statik sxemasi boʻyicha zoʻriqish deformatsiya holati aniqlanishi, shuningdek beton tiqin galereyalar bilan birga va ularga tutashuvchi gruntli toʻgʻon va qoyali asosning cheklangan doiralari toʻliq holda qayta amalga oshirilishi lozim.
Hisobiy sxema tashqi oʻlchamlari Sen-Venan tamoyilidan kelib chiqqan holda tayinlanishi kerak.
Hisobning ikkinchi bosqichida — galereyalar va ularga tutashuvchi beton tiqin doiralari ishlov konstruksiyaning zoʻriqish deformatsiya holatlari aniqlanishi, hisobiy statistik sxemalar, bittadan galereyani oʻz ichiga oluvchi asosiy hisobiy sxemasidan ajratib olingan parcha-qismlar (fragment) (F-1, F-2, F-3) asosida tashkil topishi, inshootning qismlari (fragmentlar) yonbosh qirralariga hisobning birinchi bosqichida hosil qilingan kuchlanishlar qiymatlariga muvofiq keluvchi taqsimlangan yuklanish qoʻyilishi kerak.
Mazkur sxemalar hisobiy sohalari uchburchak elementlariga boʻlib chiqiladi, bunda ular koʻrib chiqilayotgan konstruksiya eng kuchlanishli doiralarda quyuqlashuvchi toʻr koʻrinishiga ega boʻladi (ishlanmalar va ularning beton tiqin bilan birikish doiralari).
Hisobiy sohani elementlarga boʻlish materiallarning deformatsiyalanish va mustahkamlik xossalari bilan ajralib turuvchi alohida doiralarini hisobga olib (beton tiqin va ishlanmalar, choklar, ichki boʻshliqlar, asfalt qoplamalar, toʻgʻon tuprogʻi, qoya va boshqalar) amalga oshirilishi lozim.
5. Oʻtkazilgan tiqin konstruksiyalari va galereyalar ishlanmalari variantlari zoʻriqish deformatsiya holati va mustahkamligi hisobiy izlanishlari asosida, ularda kuchlanish darajasi, betonning sinfiga tuzatish kiritilishini hisobga olgan holda betonning yoʻl qoʻyiluvchi hisobiy qarshiligidan ortuvchi siqilgan beton doiralari vujudga kelishi kerak.
6. Konstruksiyalarning variantlari hisobi natijalarini tahlil etish, ulardan muayyan obyektga va undan foydalanish shart-sharoitlariga muvofiq holda tiqinning galereyalar bilan eng maqbul konstruksiyalarni asoslashga imkon berishi lozim.
2-rasm. Qoyali asos ustida boʻlgan beton tiqinli gruntli toʻgʻon fragmentining asosiy hisobiy statistik sxemasi
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
7-ILOVA
Gruntli yuvma toʻgʻonlarni barpo etishda gruntni yuvish meʼyoriy hisobi
1. Yuvish meʼyorini kon tuprogʻi (chuqur tuprogʻi) tarkibining tavsifi boʻyicha gruntli inshootni qabul qilingan yuvma usul orqali qurish texnologiyasini hisobga olgan holda oʻrnatilishi lozim.
2. Qumli-shagʻalli va qumli konlar gruntlari ularning granulometrik tarkibi va yuvish texnologiyasiga bogʻliq ravishda quyidagi jadvalga muvofiq besh guruhga boʻlinadi.
3. Gruntlarning har qaysi guruhi va qabul qilingan yuvish texnologiyasi uchun yuvish meʼyori NO quyidagi formulalar orqali yuvma inshoot hajmiga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
1-guruh: shagʻal bilan turli donachali qum, ikki tomonlama yuvish —
NO = 0,1 [d = 0,25-0,10 mm] % + 0,35 [d = 0,10-0,05 mm] % +0,9 [d = 0,05-0,01 mm] % +0,9 [d = 0,01-0,005 mm] % +1 [d <0,005 mm] %;
2-guruh: oʻrtacha donachali qum, ikki tomonlama yuvish —
NO = 0,025 [d = 0,25-0,10 mm] % +0,35 [d = 0,10-0,05 mm] % +0,8 [d = 0,05-0,01 mm] % + 1[d <0,01 mm] %;
3-guruh: mayda donachali qumlar, ikki tomonlama yuvish —
NO = 0,05 [d = 0,25-0,10 mm] % + 0,3 [d = 0,10-0,05 mm] % + 0,9 [d = 0,05-0,01 mm] % + 1[d <0,01 mm] %;
4-guruh: mayda donachali va changsimon qumlar, ikki tomonlama yuvish-
NO = 0,11 [d = 0,10-0,05 mm] % + 0,5 [d = 0,05-0,01 mm] % + 0,6 [d = 0,01-0,005 mm] % + 0,9 [d <0,005 mm] %;
5-guruh: turli donachali, oʻrtacha donachali va mayda donachali qumlar, erkin qiyalik bilan bir tomonlama yuvish —
NO = 0,15 [d = 0,25-0,10 mm] % + 0,5 [d = 0,10-0,05 mm] % + 0,9 [d = 0,05-0,01 mm] % + 1 [d <0,01 mm] %.
4. Mayda-yupqa donachali va changsimon gruntlarni bir tomonlama yuvilganda, shuningdek gruntlarni suvga solish bilan atrof koʻtarma moslamalarisiz yuvilganda inshootlarni yuvma usul orqali qurishdagi texnologik sxemalarini loyihalashtirilishida aynan oʻxshashlari yoki tajribaviy yuvish natijalaridan foydalanilgan holda yuvish lozim.
5. Inshootni yuvma usul orqali qurish uchun loyiha boʻyicha kon gruntlaridan foydalanish yoki foydali chuqurlarning ustki qatlamini avvaldan olib tashlanmasdan ishlatish maqsadga muvofiq deb topilgan boʻlsa, yuvish meʼyori aniqlanuvchi oʻrtacha granulometrik tarkib konning (chuqurlikning) butun qalinligi boʻyicha yuzasidan grunt qazib olinadigan joy tagligigacha aniqlanadi.
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
8-ILOVA
Yuvilgan gruntning toʻgʻon koʻndalang kesimida fraksiyalanish doirasi chegaralari va oʻrtacha holga keltirilgan donachalar tarkibi hisobi
1. Yuvilgan gruntning koʻndalang kesimda fraksiyalanish doirasi chegaralari va oʻrtacha holga keltirilgan donachalar tarkibi hisobi turli jinsli toʻgʻonlar uchun bajariladi.
2. Grunt fraksiyalanishi yuvma toʻgʻonlar konstruksiyasi asosidagi jarayon boʻlib, taqsimlovchi pulpa oʻzatgich ichidan pulpani chiqib ketishi bilan yuviluvchi grunt oʻrtacha yirikligini maydalashishi bilan grunt donachalarini yiriklik boʻyicha qiyalik uzunligi boʻyicha taqsimlanishida koʻrinadi.
3. Tarkibida changsimon va loygruntli fraksiyalar boʻlgan qumli-shagʻalli gruntlar orqali yuviluvchi ushbu SHNQning 5-bobi 4-v rasmiga keltirilgan yadroli turli jinsli toʻgʻonlar uchun fraksiyalanish doiralari chegarasi hisoblari mazkur ilovaning 1-formulasi orqali bajariladi:
toʻgʻon qiyaligidan yonbosh doirasi ichki chegarasigacha boʻlgan masofa X1
(1)
Bu yerda:
kon tuprogʻi tarkibidagi 2 mm dan yirikroq boʻlgan barcha fraksiyalar foizda tarkibi;
L — qiyalikdan toʻgʻon oʻqigacha boʻlgan masofa;
Toʻgʻon qiyaligidan yadro chegarasigacha boʻlgan masofa X2.
(2)
Bu yerda:
kon tuprogʻi tarkibidagi 0,1 mm dan yirikroq boʻlgan barcha fraksiyalar tarkibi, %.
Qumli, shagʻalli gruntlardan yuvilish orqali quriluvchi markaziy doirali turli jinsli toʻgʻonlar uchun ushbu SHNQning 5-bobi 4-g rasmiga keltirilgan toʻgʻon qiyaligidan markaziy doiragacha boʻlgan masofani hisoblash X3 quyidagi formula orqali bajariladi.
(3)
Bu yerda:
kon tuprogʻi tarkibidagi 0,25 mm dan yirikroq boʻlgan barcha fraksiyalar tarkibi, %.
Mazkur ilovaning 2 va 3-bandlari uchun hisob kitoblarda karyer grunti oʻrtacha tarkibi kiritiladi.
4. Fraksiyalanishning ajralib turgan doiralari chegarasidagi yuvilgan gruntning oʻrtalashtirilgan donachalari tarkibi turli toʻgʻonlar yuvilishining geotexnik nazorati maʼlumotlariga ishlov berish natijasida qurilgan ushbu ilovaning 1 — 5-chizmalar yordamida aniqlanadi.
Bu yerda:
a — tashkil etuvchi zarrachalar foiz tarkibi;
di — yuvilgan grunt tashkil etuvchilari yirikligi;
do — kon tuprogʻining oʻrtacha yirikligi:
(4)
Bu yerda:
doi — i kon tuprogʻi tarkibidagi standart fraksiya yirikligining oʻrtacha arifmetik qiymati;
pi — i standart fraksiya foiz tarkibi;
90 — kon tuprogʻi tarkibidagi hisobga olinuvchi fraksiyalarning jami miqdori.
do hisoblashda d5 dan mayda va d95 dan yirikroq boʻlgan barcha fraksiyalar tashlab yuboriladi. d5 i d95 — kon tuprogʻi tarkibida massa boʻyicha 5 va 95 % taʼminlanganlikka muvofiq ravishdagi zarrachalar yirikligi.
nisbat turli xil taʼminlanganlik uchun (10%, 20%) grafiklar
oʻrtalashtirilgan egri chiziqdan olinadi. Kattalik di (d10, d20) koʻrsatilgan nisbatini berilgan kattalikka do koʻpaytirish bilan quyidagi formula orqali aniqlash kerak.
(5)
Hosil qilingan qiymatlar yordamida di yuvilgan grunt donachalar tarkibini har qaysi doira boʻyicha egri chizigʻi yasaladi.
1-rasm. bogʻlanish grafigi. Bir jinsli qumli toʻgʻonlar
2-rasm. bogʻlanish grafigi. Markaziy qumli doiraga ega boʻlgan, mayda qum-toshli gruntdan boʻlgan turli jinsli toʻgʻonlar
I — yonbosh zona, II — markaziy zona
3-rasm. bogʻlanish grafigi. Markaziy qumli doiraga ega boʻlgan, yirik qum-toshli gruntdan boʻlgan turli jinsli toʻgʻonlar
I — yonbosh zona, II — markaziy zona
4-rasm. bogʻlanish grafigi. 30 m dan kam balandlikka ega boʻlgan, yadroli tosh toʻgʻonlar
I — yonbosh zona; II — yadro
5-rasm. bogʻlanish grafigi. 30 m dan ortiq balandlikga ega boʻlgan, yadroli tosh toʻgʻonlar I — yonbosh zona, II — oraliq zona; III — yadro
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
9-ILOVA
Poʻlat diafragmali toʻgʻonlarni loyihalashtirish
1. Poʻlat diafragmali gruntli toʻgʻonlarni quyidagi hollarda qurish lozim:
shimoliy iqlimiy zonalarda;
nam iqlimli hududlar uchun qurilish yaqinida yadro, ekran yoki teskari filtrlar uchun yaroqli gruntlar mavjud boʻlmaganda.
2. Poʻlat diafragmali toʻgʻonlar tosh tashlash, togʻ massasidan, qumli, tosh qotishmali, shagʻalli, yirik qumli yoki mayda shagʻalli gruntlardan qurishga yoʻl qoʻyiladi.
3. Poʻlat diafragmalarni I — IV sinf toʻgʻonlarida qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
4. Poʻlat diafragmani toʻgʻon jismida qirra oʻqi boʻyicha yoki uning yuqorigi chekkasi boʻyicha oʻtuvchi tekisligida vertikal holda joylashtirilishi lozim.
5. Poʻlat diafragmaning toʻgʻon asosi va qirgʻoq yonbagʻirlari bilan birikishi beton tish, plita yoki diafragma tayanch elementi ostiga boʻlgan bitum yoki boshqa gidroizolyatsion materiallardan perimetral chok, yoki boʻlmasa diafragma tayanchini gorizontal yuklanishlar taʼsirida, shuningdek chokning suv oʻtkazmasligini taʼminlovchi boshqa usullar orqali amalga oshirilishi lozim.
6. Toʻgʻon ichiga qurilgan beton inshootlar bilan (suv chiqaruvchi, suv qabul qiluvchi) poʻlat diafragmani beton ustunlarga biriktirish lozim, biroq ustunning bevosita yaqinida gorizontal yuklanishlar taʼsirida uning moslama bilan diafragmani siljishini (taranglashishsiz) taʼminlovchi vertikal deformatsion kompensatsiyalovchi chok boʻlishi kerak.
7. Poʻlat diafragmalar 300 — 400 MPa mustahkamlik chegarasi va 20 — 30 foiz nisbiy uzayish bilan chegaralanmagan uglerodli poʻlatdan bajarilishi, qurilish ishlarni amalga oshirish shart-sharoitlari boʻyicha diafragmaga tashqi havoning past haroratlarini uzoq vaqt taʼsir etishi sharoitlarida (manfiy 40S va undan past) VStZgps2 yoki VSt3Gps3 turidagi eritilgan poʻlat qoʻllanilishi lozim.
8. Poʻlat diafragmada vertikal va gorizontal deformatsion choklar koʻzda tutilishi, bunda ular joylashishi hisoblarga muvofiq aniqlanishi kerak.
9. Diafragmada boʻlgan vertikal deformatsion choklarning soni va joylashish holati uning gidrostatik bosim taʼsiri ostida toʻgʻon jismining sodir boʻlishi mumkin boʻlgan mahalliy deformatsiyasini, toʻgʻon chizigʻi relyefining past-balandligi, asosning geologik tuzilishini hisobga olgan holda tarhiy gorizontal siljishlar epyurasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
10. Asos yuzasida keskin siniqlik boʻlgan yerlarida (egarda, oʻrkachda, kanon koʻtarmalarida va boshqalar), shuningdek diafragmani beton inshoot ustunlariga biriktirilgan yerlarida va gruntlar bilan toʻldirib solingan, deformatsiyalanish xususiyatlari bilan keskin farq qiluvchi asos qismlari chegaralarida diafragmada vertikal choklar moslamasi boʻlishi lozim.
11. Poʻlat diafragmada boʻlgan deformatsion choklar soni va joylashish holati diafragmani siqish mustahkamligini taʼminlanishi shartlaridan kelib chiqqan holdagi hisobi orqali tayinlanadi, qaysiki bu uning yuzasiga toʻgʻon prizmasi tuprogʻini ularni choʻkishi va diafragma ogʻirligi taʼsirida ishqalanishi oqibatida sodir boʻladi. Diafragmadagi kuchlanish quyidagi formula orqali aniqlanishi kerak:
(1)
Bu yerda:
Q — diafragma ogʻirligi;
N — diafragmaga grunt ishqalanishidan boʻlgan yuklanish;
Ry — oquvchanlik chegarasi boʻyicha poʻlatning siqishga boʻlgan hisobiy qarshiligi;
Yn — masʼuliyat boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
An — diafragmaning koʻndalang kesim yuzasi (toʻgʻon uzunlik birligiga olib keluvchi hisobi).
12. Toʻgʻon jismi ishqalanishidan X chuqurlikda diafragmaga koʻrsatiladigan yuklanish, unga gruntning koʻrsatadigan yonbosh bosimini poʻlat boʻyicha grunt ishqalanish koeffitsiyentiga boʻlgan koʻpaytmasi kabi aniqlanadi:
(2)
Bu yerda:
p1; p2; p3 — toʻgʻonning yuqorigi va pastki prizmalari va suvning muvofiq ravishdagi zichligi;
1; 2 — toʻgʻon prizmasi tuprogʻi diafragmaga boʻlgan yonbosh bosimi koeffitsiyentlari;
g — ogʻirlik kuchi tezlashishi;
f — toʻgʻon jismi tuprogʻini poʻlat diafragma yuzasiga ishqalanish koeffitsiyenti;
X — toʻgʻon yuqori qirrasiga nisbatan hisobiy kesimning joylashish chuqurligi.
13. Toʻgʻon yuqori qirrasidan birinchi gorizontal deformatsion chokkacha boʻlgan masofa X1 tanlash bilan aniqlanadi. Avvaldan diafragma qalinligi va X1 ordinatani belgilagan holda Q(X1) va N(X1) qiymatlari aniqlanadi, shuningdek mustahkamlik sharti ushbu ilovaning 1-formulasi orqali tekshirilishi lozim.
14. Ikkinchi, uchinchi va qolgan barcha choklar joylashish holati ikki qoʻshni choklar oraliqlarida Xn va Xn+1 ordinatalar bilan joylashgan diafragma parchalari kuchlanish holatlarining ketma-ketlikdagi hisoblari orqali aniqlanadi. Bu holatda N(X) yuklanish quyidagi 3-formula muvofiq hisoblab topiladi:
N(X)N(Xn+1)N(Xn) (3)
Diafragmaning egilish doirasi chegaralarida ushbu ilovaning 1-formulasida uning nisbatga teng boʻlgan tayanch parchasida tayanch momenti taʼsirini va asos boʻyicha ishqalanish kuchi hisobga olinadi (k — toʻshama koeffitsiyenti, EI — diafragma qattiqligi).
15. Diafragmani gorizontal deformatsion choklar bilan kesish sxemasini avvaldan loyihalashtirilishi uchun ushbu ilovaning 1-rasmida keltirilgan grafiklardan foydalaniladi.
16. Diafragmada vertikal choklar joylashgan yerlarda mazkur ilovaning 2-rasmida keltirilgan yoʻl boʻyicha va tipi boʻyicha uning tayanch elementida koʻndalang (germetik) deformatsion choklar oʻrnashtirilishi lozim.
17. Toʻgʻon jismi gruntlari yoki poʻlat diafragma boʻylab oʻtish qatlamlari qumli, shagʻalli va tosh qotishmali gruntlar ishqalanish koeffitsiyenti qiymatlarini ushbu ilovaning 3-rasmining grafiklari boʻyicha ularni keyinchalik muayyan holatlar uchun maxsus sinovlar oʻtkazish bilan tayinlanishi lozim.
1-rasm. Diafragma gorizontal choklari oraligʻidagi masofani L balandlik, § diafragma qalinligi, f gruntni diafragma ishqalanish koeffitsiyenti miqdori va N diafragma balandligi kabilarga bogʻliqligi
2-rasm. Diafragma tayanch elementidagi deformatsion chokning jihozlanishi
1 — beton tish bilan birikkan diafragma, 2 — tayanch element deformatsion chokining zichlashtirilishi, 3 — diafragma tayanch elementi, 4 — bitummatlardan boʻlgan qoplama, 5 — beton tish
3-rasm. Gruntlarni poʻlat diafragmaga ishqalanish koeffitsiyentlarini ular yirikligi va namligiga bogʻliqligi.
1 — 2-7 foiz namlikdagi grunt. 2 — 10 foiz namlikdagi grunt, 3 — diafragmani bitum bilan qoplanishidagi grunt
19. Diafragmaning gorizontal siljishlari va egilishlarini aniqlash uchun uning tarang mayin asos ustidagi toʻla-toʻkis qattiqlik toʻsini sxemasi boʻyicha hisobi uslubini qoʻllash lozim. Unga toʻgʻonning pastki prizmasi sifatida qaraladi.
Pastki prizmaning mayinligi uning balandligi boʻyicha oʻzgaruvchi toʻshama koeffitsiyenti K orqali ifodalanadi.
20. Diafragma tayanchining siljishi hisobiy sxemada tayanch kesishishiga reaktiv ishqalanish kuchi To va momentini Mo ushbu ilovaning 4-rasmiga muvofiq kiritish orqali bajariladi.
21. Poʻlat diafragmali toʻgʻonning kuchlanish-deformatsiyalangan holati uning bosqichlar bilan barpo etilishi va suv omborining toʻldirilishini hisobga olgan holda tarang yoki tarang-qayishqoqlik boʻyicha boʻlgan vazifalarni berishdagi son uslublari orqali hisoblash lozim.
Qoʻzgʻaluvchi tayanchli diafragma bilan boʻlgan toʻgʻonni ushbu ilovaning 5-rasmiga muvofiq hisoblashda toʻgʻonning yon prizmalarini diafragma yaqinidagi asos ustida sirpanishini hisobiy sxemada koʻrsatilgan qismlarda sirpanuvchi tayanchlar kiritish kerak.
22. Hisoblashlarda suvning muallaqlashtiruvchi taʼsiri, gidrostatik bosim, yon prizmalarning diafragma va uning tayanch kesishishlaridagi ishqalanish kuchlarini ogʻirligi hisobga olinishi lozim.
23. Yupqa poʻlat diafragma amalda faol gorizontal yuklanishni pastki prizmaga uzatishidan kelib chiqqan holda, pastki prizmaning umumiy statik turgʻunligini asos yuzasi boʻylab silliq siljishini tekshirish lozim.
4-rasm. Tarang asos ustidagi toʻsin sifatida qaraluvchi diafragma hisobi sxemasi
Bu yerda:
P(x) — diafragmaga hisobiy yuklanish;
Op(x) — quyi prizma tuprogʻidagi reaktiv kuchlanishlar;
M0, T0 — diafragma tayanchida taʼsir qiluvchi muvofiq ravishdagi moment va ishqalanish kuchi;
Xi — diafragmaning surilishlari;
N — diafragmaning balandligi
5-rasm. Diafragmali toʻgʻonni, toʻgʻon jismi tuprogʻini asos va diafragma boʻylab sirpanishini hisobga olgan holda tugal elementlar uslubi boʻyicha hisoblash sxemasi, T — ishqalanish kuchi
6-rasm. Shimoliy qurilish-iqlimiy doiradagi suv-grunt muhitida poʻlat diafragma korroziyasi oʻrtacha tezligining oʻzgarishi
24. Poʻlat diafragma qalinligi, konstruksiyada poʻlatning uning oquvchanlik chegarasida ishlashiga yoʻl qoʻyiladi.
Korroziya avj olishi sharoitlarida diafragmani elektrkimyoviy (katodli) muhofaza qilish tizimi bilan jihozlash lozim.
Diafragmani montaj qilishda unda yalpi yerga ulanish tasmasini oʻrnatish lozim.
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
10-ILOVA
Qiyaliklar turgʻunligini oʻzaro taʼsir etuvchi nishab kuchlar usuli boʻyicha hisoblash
1. Erkin siljish yuzasi boʻlgan holda qulash prizmasining turgʻunligini baholash uchun teng taʼsir etuvchi faol kuchlar FE va qarshilik kuchlari RE proyeksiyalarini oʻzaro taʼsir kuchlari yoʻnalishiga solishtiriladi.
Yumaloq silindrik siljish yuzasi boʻlgan holda, bu teng taʼsir qiluvchi momentlar FO, siljish yuzasi oʻqiga nisbatan momentlari sifatida RO boʻlgani singari, ular proyeksiyalarini ham solishtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Qulash prizmasi turgʻunligi mezoni boʻlib quyidagi oʻzaro bogʻlanish xizmat qiladi
(1)
Bu yerda:
Yfc, Yc, Yn — inshoot masʼuliyati boʻyicha yuklanishlar, ishlash sharoitlari, ishonchliligi koeffitsiyenti.
Qulash prizmasining eng xavfli siljish yuzasidagi turgʻunligi taʼminlangan boʻlsa, bu qiyalik turgʻun hisoblanadi.
Ushbu ilovaning 1-rasmida keltirilgan teng taʼsir etuvchilar proyeksiyalari qulash prizmalari elementlari muvozanati shartlaridan quyidagi formula orqali aniqlanadi
(2)
Bu yerda:
Q=qdx — qulash prizmasi elementlariga taʼsir qiluvchi faol kuchlar teng taʼsir etuvchisi;
§ — Q kuchning vertikaldan ogʻish burchagi;
a — siljish yuzasi elementining gorizontga nisbatan ogʻish burchagi;
C = cdS — siljish yuzasi elementiga taʼsir etuvchi bogʻlanish kuchi.
1-rasm. Qulash prizmasi elementiga taʼsir qiluvchi kuchlar sxemasi.
Teng taʼsir etuvchilar momentlari quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:
(3)
Bu yerda:
r — siljish yuzasi radiusi;
b — Q kuch qoʻyiluvchi nuqtaning siljish yuzasidan koʻtarilishi.
B — burchakli har ikki holatlarda ham yaqinlashtirilgan bogʻlanish boʻyicha aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi
(4)
Yumaloq silindrik siljish yuzasi taxmin qilinishidagi qiyalik turgʻunligini 2 yoki 3-formulalar boʻyicha tekshirish mumkin.
nisbatlar turli mexanik tushunchalardir, shuning uchun ular boʻyicha turgʻunlik baholari turlicha boʻlib chiqadi. Ammo bu baholar boʻlganda bir-biriga toʻgʻri kelib qoladi va B boʻlganda ga juda yaqin, binobarin qiyalik turgʻunligi toʻgʻrisidagi muhokamada turli xil qarashlar kelib chiqmaydi.
Agar turgʻunlikni universal baholash sifatida nisbat olinsa, yaʼni mustahkamlikning RO = FO i RE = FE boʻlgandagi shunday tavsifli qiymatlari olinganda, har ikki usul orqali hisoblash natijalari bir biriga toʻgʻri kelishi lozim. Bunda, hisob B burchakni aniqlanishi toʻgʻri ekanligini, yaʼni topilgan eng xavfli siljish yuzasi uchun chegaraviy holatdagi qulash prizmasi muvozanati shartlarini rioya qilinishini nazorat qiluvchisi sifatida xizmat qiladi.
Qiyalikni toʻyintiruvchi suv taʼsiri ikki usul boʻyicha hisobga olinishi lozim:
a) birinchi usul — har qaysi element doirasidagi grunt ogʻirligini uning suv bilan toʻyinishi va kapillyar koʻtarilishi, shuningdek element shakl koʻrinishi boʻyicha esa (qiyalik yuzasi, siljish yuzasi va elementlar orasidagi qism tekisliklariga) filtratsion hisob bilan suv bosimi aniqlanadi;
b) ikkinchi usul — element tuprogʻi ogʻirligi uni suv bilan tortilishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Qiyalikka boʻladigan seysmik taʼsirlar har bir element tuprogʻi hajmiga taʼsir koʻrsatuvchi hajmiy seysmik kuchlar koʻrinishida, uning suv bilan toʻyinishini hamda element doirasida qiyalik yuzasiga boʻladigan suv bosimini oʻzgarishini hisobga olgan holda QMQ 2.01.03-19 muvofiq aniqlanishi lozim.
Seysmik taʼsirlarni hisobga olgan holda qiyaliklar hisoblarida, agar ular statik kuchlardan farq qilsa, gruntlar mustahkamligining dinamik tavsiflari kiritiladi.