Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari roʻyxati
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 23-apreldagi 7-son
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2581, 2014-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 219-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Odam qoni va (yoki) uning tarkibiy qismlarini tayyorlash, qayta ishlov berish hamda gemotransfuziya bilan bogʻliq kasblar.
2. Barcha turdagi jarrohlik amaliyoti bilan bogʻliq kasblar.
3. Tugʻruq bilan bogʻliq kasblar.
4. Quyidagi tibbiy muolajalar bilan bogʻliq kasblar: