1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qaroriga muvofiq:
suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari (keyingi oʻrinlarda — suv yetkazib berish xizmatlari) tashkil etilganligi;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizi suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish, ularga tegishli obyektlarni saqlash va texnik holatini yaxshilash xarajatlariga yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.01 Umumiy va maxsus, birgalikdagi va tanho, birlamchi va ikkilamchi suvdan foydalanish]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
suv yetkazib berish xizmatlarining maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini tashkil etish, uning huquqlari va javobgarligi;
suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda:
suv yetkazib berish xizmatlarining namunaviy tuzilmasini hamda xodimlari va xizmat avtotransport vositalarining (turlari boʻyicha) cheklangan sonini tasdiqlasin;
suv yetkazib berish xizmatlarining ish yuklamasidan kelib chiqqan holda, uning tuzilmasiga hamda xodimlari va xizmat avtotransport vositalarining cheklangan soniga oʻzgartirishlar kiritib borsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
tuman (shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yilgi tasdiqlangan mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini suv soligʻining prognoz qilingan summasini 40 foizga teng miqdorda oshirish yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga;
suv soligʻi tushumi past boʻlgan tuman (shahar)larda suv yetkazib berish xizmatlari xodimlari ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetishmaydigan mablagʻlarni irrigatsiya boʻlimlarini saqlash xarajatlari uchun mahalliy budjetlarda ajratilgan mablagʻlarni tuman (shahar)lar budjetlari oʻrtasida qayta taqsimlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga taklif kiritsin.
Bunda ushbu mablagʻlarni suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini saqlash xarajatlariga yoʻnaltirish belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti;
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Kadastr agentligi:
a) uch kun muddatda quyi boʻgʻindagi sugʻorish tarmoqlari va ulardagi inshootlarni xatlovdan oʻtkazish, tegishliligi boʻyicha balansga berish va himoya zonalarini inobatga olgan holda, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni tashkil qilish boʻyicha 2 va 3-ilovalarga muvofiq namunaviy tarkibda hududiy va tuman ishchi guruhlarini tashkil etsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
b) Suv xoʻjaligi vazirligining maʼlumotlar bazasini kengaytirish maqsadida xatlovdan oʻtkazilgan quyi boʻgʻindagi sugʻorish tarmoqlari va ulardagi inshootlar egalari kesimida klassifikatsiya va identifikatsiya qilinishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
v) xatlov natijasiga koʻra egasizligi aniqlangan:
bitta suv isteʼmolchisiga xizmat koʻrsatuvchi ichki sugʻorish tarmogʻi, undagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlarni, ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tegishli suv isteʼmolchisiga toʻlovlarsiz berilishini;
ikki va undan ortiq suv isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatuvchi ichki sugʻorish tarmogʻi, undagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlarni, ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tegishli xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga toʻlovlarsiz berilishini taʼminlasin;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
g) xatlov natijasiga koʻra sugʻorish tarmoqlaridagi koʻpriklar xizmat koʻrsatishiga qarab tegishli tashkilotlarga, xususan umumfoydalanuvdagi yoʻllarni bogʻlovchi koʻpriklarni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga, ichki yoʻllarni bogʻlovchi koʻpriklarni tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalariga hamda kanallarni nazorat qilishga xizmat qiladigan koʻpriklarni suv yetkazib berish xizmatlariga berish toʻgʻrisida 2024-yil 1-iyulga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hududiy ishchi guruhlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
6. Belgilansinki:
suv yetkazib berish xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari va Suv xoʻjaligining maxsus xizmatlari negizida tegishli tuman (shahar)larda, shuningdek, boshqa tuman (shahar)larda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi bilan tashkil etiladi;
iqtisodiy samaradorlik jihatidan suv yetkazib berish xizmatlarini tashkil etish zarurati mavjud boʻlmagan tuman (shahar)lardagi isteʼmolchilarga suv yetkazib berish va isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining tegishli tizim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish uchun berilgan xususiy sherik tomonidan taqdim etib boriladi;
suv yetkazib berish xizmatlari tashkil etilmagan tuman (shahar)larda suv soligʻi tushumining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan toʻliq oʻtkazib beriladi va ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Bunda ushbu maqsadli mablagʻlarga nisbatan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushadigan tushumlar uchun belgilangan taqsimot meʼyorlari qoʻllanilmaydi;
suv yetkazib berish xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari hamda Suv xoʻjaligi maxsus xizmatlarining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
suv resurslarini taqsimlash va yetkazib berish, suv yetkazib berish xizmatlarining moddiy-texnik resurslaridan foydalanishga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Suv yetkazib berish xizmatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan depozit gʻazna hisobvaragʻida shakllangan 150 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻ hisobidan 4-ilovaga muvofiq maxsus texnikalarni eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilardan yoki ularning rasmiy dilerlari va distribyutorlaridan xarid qilishga ruxsat berilsin.
Bunda eng yaxshi takliflarni elektron shaklda tanlash majburiy hisoblanmaydi hamda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish, tanlash ishtirokchilari tomonidan takliflarni berish, tanlash ishtirokchilarning takliflarini koʻrib chiqish va baholash, gʻolib va zaxiradagi gʻolibni aniqlash, tanlash natijalarini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-fevral,
79-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qaroriga 1-ILOVA
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining (keyingi oʻrinlarda — suv yetkazib berish xizmatlari) faoliyatini tashkil etish tartibi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
2. Suv yetkazib berish xizmatlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqildir va Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tuzilmasidagi tarkibiy boʻlinma sifatida faoliyat yuritadi hamda unga hisobdor boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7oktabrdagi 645-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
3. Suv yetkazib berish xizmatlari budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining gʻaznachilik boʻlinmalarida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhr, shtamp, blankalarga ega boʻladi.
Vazirlik suv yetkazib berish xizmatlarining muassisi hisoblanadi.
4. Suv yetkazib berish xizmatlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlik hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining buyruqlariga, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
5. Suv yetkazib berish xizmatlari oʻz faoliyatini Vazirlik rahbarligida, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Suv yetkazib berish xizmatlarining asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.04.00 Suv xoʻjaligi balanslari. Suvdan foydalanish uchun limitlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
6. Quyidagilar suv yetkazib berish xizmatlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
belgilangan limitlar asosida suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni himoya zonalari bilan birgalikda soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish;
oʻz hisobidagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisobotini yuritishni raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish.
Suv yetkazib berish xizmatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7 oktabrdagi 645-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.01 Umumiy va maxsus, birgalikdagi va tanho, birlamchi va ikkilamchi suvdan foydalanish]
7. Suv yetkazib berish xizmatlari oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlaydi, suv taqsimoti va hisob-kitobini yuritadi, sugʻorish ishlarini tashkil qiladi;
belgilangan limitlar asosida suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzadi va yetkazib berilgan suvning hajmi koʻrsatilgan dalolatnomalarni rasmiylashtiradi, shuningdek, “Suv hisobi” axborot tizimi orqali suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv isteʼmolchilari oʻrtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda toʻldirish hamda elektron raqamli imzo orqali tasdiqlab borilishini taʼminlaydi;
suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, ulardan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xoʻjaligi obyektlarini taʼmirlash-tiklash va modernizatsiya qilish choralarini koʻradi;
yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga koʻmaklashadi;
qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi, ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi, hisobi va monitoringini yuritadi, ularni joriy qilishda metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
suv xoʻjaligi inshootlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qiladi;
suv xoʻjaligi tizimini kompleks modernizatsiyalash, ilm-fan va texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribani joriy qilishga yoʻnaltirilgan suv xoʻjaligi siyosatini amalga oshiradi;
oʻzining hisobidagi kanallarni va ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tizimli ravishda oʻrganib boradi, ularni soz holatda saqlaydi va ishonchli ishlashini taʼminlaydi;
suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni, ularning samaradorligini oshirishni, suvdan foydalanish hamda suv isteʼmolining innovatsion texnologiyalari va mexanizmlarini joriy etishni taʼminlaydi;
suv resurslaridan foydalanishni tahlil qiladi va muvofiqlashtirib boradi;
suv xoʻjaligi obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha konsepsiyalar, strategiyalar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalari bilan talabalar va oʻquvchilarning oʻquv-tanishish hamda oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi;
suv xoʻjaligi obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, loyiha hujjatlarini tayyorlashda va monitoring qilib borishda ishtirok etadi.
Suv yetkazib berish xizmatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7 oktabrdagi 645-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
3-bob. Suv yetkazib berish xizmatining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.04.00 Suv xoʻjaligi balanslari. Suvdan foydalanish uchun limitlar]
8. Suv yetkazib berish xizmatlari quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida zarur statistika maʼlumotlari, tahliliy materiallar, hujjatlar va axborotlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlardan soʻrash va olish;
oʻz balansidagi suv xoʻjaligi obyektlarining himoya zonalarini asrash hamda oʻzboshimchalik bilan egallangan hududlarni qaytarish boʻyicha tegishli idoralar bilan birgalikda zarur choralarni koʻrib borish;
suv resurslaridan foydalanish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari boʻyicha kiritilgan qonunchilik hujjatlari loyihalari va takliflar boʻyicha xulosalar berish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida pudrat ishlarini bajarish va xizmatlar koʻrsatish.
Suv yetkazib berish xizmatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7 oktabrdagi 645-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
9. Quyidagilar Suv yetkazib berish xizmatlarining majburiyatlari hisoblanadi:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish;
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini taʼminlash;
xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish, texnika xavfsizligini taʼminlash hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlarni amalga oshirish;
Vazirlik tomonidan tasdiqlangan suv yetkazib berish xizmatlari faoliyati koʻrsatkichlarini aniqlash va nazorat qilish uchun asos hisoblangan talablarga muvofiq hisobotlarni yuritish;
suv yetkazib berish xizmatlarining mol-mulkidan maqsadli va samarali foydalanish;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosini taʼminlash;
oʻz faoliyati davomida suv isteʼmolchilari tomonidan irrigatsiya tarmoqlari va ulardagi gidrotexnika inshootlari hamda suvdan foydalanish qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlagan taqdirda, zarur choralar koʻrish uchun tegishli tashkilotlarni bu haqida xabardor qilish.
Suv yetkazib berish xizmatlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
10. Suv yetkazib berish xizmatlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari shaxsan javob beradi.
Suv yetkazib berish xizmatlari xodimlari oʻz majburiyatlari va funksiyalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
4-bob. Suv yetkazib berish xizmatlarini boshqarish va unga rahbarlik qilish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.14.00 Suvga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
11. Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatiga bevosita suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari rahbarlik qiladi.
suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlarining tavsiyalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
12. Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyati tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
13. Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari:
suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi, Vazirlikning hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri va tegishli irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining topshiriqlari belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
suv yetkazib berish xizmatlari oʻz faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlarni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyat darajalarini belgilaydi;
suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etadi, ish rejalarini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish prognozlarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
suv yetkazib berish xizmatlariga tegishli mol-mulk, moddiy-texnika vositalarining belgilangan tartibda hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan foydalanishni taʼminlaydi;
gerbli muhr va shtamplarning but saqlanishini taʼminlaydi;
suv yetkazib berish xizmatlari vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi va zarur hollarda boshqa idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
suv yetkazib berish xizmatlari xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
oʻz vakolati doirasida suv yetkazib berish xizmatlari xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
kadrlarni tanlaydi, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratadi, suv yetkazib berish xizmatlarining kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
xodimlarning oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish jarayonida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga qatʼiy amal qilinishini nazorat qiladi;
suv yetkazib berish xizmatlari xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga hamda ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qiladi, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqadi, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 24-moddasi.
suv yetkazib berish xizmatlariga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida boshqa tashkilotlar, loyiha tashkilotlari, ilmiy va taʼlim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini ekspert sifatida jalb qiladi.
5-bob. Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
14. Quyidagilar suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
pudrat ishlari va koʻrsatilgan xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda texnik koʻmaklari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdori:
tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlarini saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori saqlab qolingan holda har yili mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalanilgan suv hajmi, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan (keyingi oʻrinlarda — suv soligʻi) tegishli tuman yoki shahar budjetiga tushgan tushumning 40 foizi miqdorida aniqlanadi.
Ushbu mablagʻlar alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifining bir satrida ajratiladi va suv yetkazib berish xizmatlarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, uni saqlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar xarajatlari suv yetkazib berish xizmatlarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
16. Tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimlari mavjud boʻlmagan tumanlarda suv xoʻjaligining boshqa tegishli foydalanuvchi tashkilotlaridagi shtat birliklari qisqartirilib, ularni saqlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar ushbu tumanlarda tashkil etiladigan suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun yoʻnaltiriladi va ushbu mablagʻlarning miqdori saqlab qolingan holda, har yili mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi.
17. Suv yetkazib berish xizmatlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari boʻyicha xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvali belgilangan tartibda tuziladi va tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Suv soligʻining haqiqatda kelib tushgan tushumlaridan kelib chiqqan holda, xarajatlar smetasiga har oyda tegishli oʻzgartirishlar kiritib boriladi.
Ajratilgan mablagʻlar, birinchi navbatda, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, qolgan qismi ustuvor ravishda suv yetkazib berish xizmatlarining asosiy faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 105-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 — 4-boblari (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr).
18. Tuman budjetiga suv soligʻi tushumlarining 40 foizi suv yetkazib berish xizmatlari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladigan gʻazna memorial orderlariga asosan hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Bunda:
hisobot oyi uchun suv yetkazib berish xizmatlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib berilgan summa suv soligʻi tushumlarining 40 foizidan koʻp boʻlgan holda, ortiqcha oʻtkazib berilgan summa xarajatlar smetasining keyingi oy uchun rejasidan kamaytiriladi;
hisobot yilining oxirgi ish kunida xarajatlar smetasi suv soligʻi boʻyicha tushumning haqiqiy miqdoridan kelib chiqib aniqlashtiriladi va suv soligʻining tegishli qismi gʻazna memorial orderlariga asosan shu kunning oʻzida oʻtkazib beriladi.
19. Suv yetkazib berish xizmatlari xodimlarining ish haqini moliyalashtirishda vaqtincha mablagʻ yetishmovchiligi yuzaga kelganda, Vazirlikning tegishli hisob-kitoblariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan foizsiz ssuda mablagʻlari ajratilishi mumkin.
Bunda ajratilgan mablagʻlar Vazirlik tomonidan suv yetkazib berish xizmatlarining gʻaznachilik hisobvaraqlariga foizsiz va qaytarib berish sharti bilan yoʻnaltiriladi.
6-bob. Suv yetkazib berish xizmatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
20. Suv yetkazib berish xizmatlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida mehnatga haq toʻlash fondining 25 foizi miqdorida xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus jamgʻarma) tashkil etiladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7 oktabrdagi 645-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
21. Suv yetkazib berish xizmatlariga ajratilgan mablagʻlarning tegishli qismi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi:
lavozim maoshi;
bir yilda lavozim maoshining uch baravari miqdorida mukofot;
bir yilda lavozim maoshining bir baravari miqdorida moddiy yordam;
xodimlarni maxsus jamgʻarma hisobidan ragʻbatlantirish;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
22. Xodimlarning lavozim maoshlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan qoʻllaniladigan tarif koeffitsiyentlari asosida aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-dekabrdagi 1008-son qarori bilan tasdiqlangan Suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]
23. Xodimlarga bir yilda lavozim maoshining uch baravarigacha miqdorda beriladigan mukofot:
bayram kunlari uchun bir yilda oylik lavozim maoshining ikki baravarigacha miqdorda;
hisobot yili yakuni bilan suv yetkazib berish xizmatlari tomonidan olingan suv hajmi hamda yakuniy isteʼmolchilarga yetkazilgan suv hajmi orasidagi farqqa qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻiga asosan lavozim maoshining bir baravarigacha miqdorda beriladi.
24. Xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan xodimlarga maxsus jamgʻarmada nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda ustamalar toʻlanadi.
25. Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlarini ragʻbatlantirish miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri va tegishli irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari tomonidan, suv yetkazib berish xizmatlari xodimlarini ragʻbatlantirish miqdorlari suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari tomonidan suv yetkazib berish xizmatlarining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Suv yetkazib berish xizmatlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha hisob-kitobi va hisoboti tuman (shahar) suv yetkazib berish xizmati tomonidan budjet muassasalari uchun belgilangan tartibda yuritiladi.
27. Suv yetkazib berish xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining buyrugʻiga asosan qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizini Suv yetkazib berish xizmati faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Suv yetkazib berish xizmati
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochish uchun tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga ariza taqdim etadi.
Davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng bir ish kuni ichida
2-bosqich
Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari
Suv yetkazib berish xizmatlari uchun shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochilishini taʼminlaydi.
Bir ish kuni ichida
3-bosqich
Suv yetkazib berish xizmati, Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari
Suv soligʻi tushumining yillik prognozi miqdoriga qarab, xarajatlar smetasini tuzadi va roʻyxatdan oʻtkazadi.
Budjet qonunchiligiga muvofiq
4-bosqich
Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari
Suv soligʻining haqiqatda kelib tushgan tushumlaridan kelib chiqqan holda, xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlarni kiritib boradi.
Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasigacha
5-bosqich
Gʻaznachilik boʻlinmalari,
Suv yetkazib berish xizmati
Xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlar gʻazna memorial orderlariga asosan Suv yetkazib berish xizmatining budjetdan tashqari gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Har oy yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasigacha
6-bosqich
Suv yetkazib berish xizmati
Suv yetkazib berish xizmati faoliyatini moliyalashtirish, uni saqlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni Suv yetkazib berish xizmatining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qaroriga
2-ILOVA
Quyi boʻgʻindagi sugʻorish tarmoqlari va ulardagi inshootlarni xatlovdan oʻtkazish, tegishliligi boʻyicha balansga berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni tashkil qilish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarining
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, ishchi guruh rahbari
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshliqlari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
Lavozimiga koʻra
—
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
hududiy adliya boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshligʻi
Izoh. Zaruratga koʻra ishchi guruh rahbari tomonidan ishchi guruh tarkibiga boshqa tashkilotlarning vakillari ham kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qaroriga
3-ILOVA
Quyi boʻgʻindagi sugʻorish tarmoqlari va ulardagi inshootlarni xatlovdan oʻtkazish, tegishliligi boʻyicha balansga berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni tashkil qilish boʻyicha tuman (shahar) ishchi guruhlarining
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) hokimi, ishchi guruh rahbari
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
Lavozimiga koʻra
—
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali rahbari
Lavozimiga koʻra
—
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
tuman (shahar) suv yetkazib berish xizmati rahbari
Izoh. Zaruratga koʻra ishchi guruh rahbari tomonidan ishchi guruh tarkibiga boshqa tashkilotlarning vakillari ham kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qaroriga
4-ILOVA
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan xarid qilinadigan maxsus texnikalar
“Ellikqalʼa tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
2.
“Beruniy tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
3.
“Toʻrtkoʻl tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
4.
“Amudaryo tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
5.
“Xoʻjayli tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
6.
“Qonlikoʻl tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
7.
“Shumanay tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
8.
“Qoʻngʻirot tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
9.
“Moʻynoq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
10.
“Nukus tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
11.
“Taxiatosh tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
12.
“Chimboy tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
13.
“Boʻzatov tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
14.
“Kegeyli tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
15.
“Qoraoʻzak tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
16.
“Taxtakoʻpir tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
Jami:
7
Andijon viloyati
1.
“Andijon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
2.
“Asaka tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
3.
“Buloqboshi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
4.
“Baliqchi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
5.
“Boʻston tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
6.
“Xoʻjaobod tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
7.
“Jalaquduq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
8.
“Shaxrixon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
9.
“Marhamat tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
10.
“Ulugʻnor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
11.
“Qoʻrgʻontepa tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
12.
“Paxtaobod tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
13.
“Oltinkoʻl tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
14.
“Izboskan tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
Jami:
7
Buxoro viloyati
1.
“Buxoro tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
2.
“Vobkent tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
3.
“Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
4.
“Kogon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
5.
“Olot tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
6.
“Qorakoʻl tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
7.
“Qorovulbozor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
8.
“Peshku tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
9.
“Romitan tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
10.
“Shofirkon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
11.
“Gʻijduvon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
Jami:
11
Jizzax viloyati
1.
“Doʻstlik tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
2.
“Arnasoy tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
3.
“Baxmal tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
4.
“Gʻallaorol tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
5.
“Sh.Rashidov tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
6.
“Zomin tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
7.
“Zarbdor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
8.
“Zafarobod tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
9.
“Paxtakor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
10.
“Forish tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
11.
“Mirzachoʻl tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
Jami:
10
Qashqadaryo viloyati
1.
“Kasbi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
2.
“Nishon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
3.
“Dehqonobod tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
4.
“Kitob tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
5.
“Koson tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
6.
“Muborak tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
7.
“Shahrisabz tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
8.
“Qarshi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
9.
“Gʻuzor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
10.
“Chiroqchi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
11.
“Koʻkdala tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
12.
“Qamashi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
13.
“Yakkabogʻ tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
14.
“Mirishkor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
Jami:
10
Navoiy viloyati
1.
“Karmana tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
2.
“Navbahor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
3.
“Konimex tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
4.
“Qiziltepa tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
5.
“Xatirchi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
Jami:
5
Namangan viloyati
1.
“Mingbuloq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
2.
“Kosonsoy tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
3.
“Namangan tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
4.
“Norin tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
5.
“Pop tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
6.
“Toʻraqoʻrgʻon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
7.
“Uychi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
8.
“Uchqoʻrgʻon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
9.
“Chortoq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
10.
“Chust tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
11.
“Yangiqoʻrgʻon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
Jami:
6
Samarqand viloyati
1.
“Narpay tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
2.
“Ishtixon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
3.
“Oqdaryo tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
4.
“Pastdargʻom tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
5.
“Urgut tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
6.
“Toyloq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
7.
“Samarqand tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
8.
“Kattaqoʻrgʻon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
9.
“Bulungʻur tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
10.
“Jomboy tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
11.
“Payariq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
12.
“Paxtachi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
Jami:
10
Surxondaryo viloyati
1.
“Angor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
2.
“Muzrabot tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
3.
“Jarqoʻrgʻon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
4.
“Qiziriq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
5.
“Sherobod tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
6.
“Oltinsoy tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
7.
“Denov tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
8.
“Shoʻrchi tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
9.
“Termiz tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
10.
“Sariosiyo tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
11.
“Qumqoʻrgʻon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
12.
“Uzun tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
13.
“Boysun tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
14.
“Bandixon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
Jami:
10
Sirdaryo viloyati
1.
“Sardoba tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
2.
“Oqoltin tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
3.
“Boyovut tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
4.
“Guliston tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
5.
“Mirzaobod tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
6.
“Sayxunobod tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
7.
“Sirdaryo tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
8.
“Xovos tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
Jami:
7
Toshkent viloyati
1.
“Quyichirchiq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
2.
“Chinoz tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
3.
“Yuqorichirchiq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
4.
“Piskent tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
5.
“Boʻstonliq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
6.
“Oʻrtachirchiq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
7.
“Ohangaron tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
8.
“Yangiyoʻl tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
9.
“Bekobod tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
10.
“Qibray tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
11.
“Oqqoʻrgʻon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
12.
“Parkent tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
13.
“Boʻka tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
14.
“Toshkent tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
15.
“Zangiota tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
Jami:
6
Fargʻona viloyati
1.
“Quvasoy shahar suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
2.
“Quva tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
3.
“Toshloq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
4.
“Oltiariq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
5.
“Fargʻona tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
6.
“Bogʻdod tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
7.
“Buvayda tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
8.
“Yozyovon tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
9.
“Qoʻshtepa tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
10.
“Dangʻara tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
11.
“Uchkoʻprik tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
12.
“Rishton tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
13.
“Furqat tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
14.
“Oʻzbekiston tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
15.
“Beshariq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
16.
“Soʻx tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
Jami:
6
Xorazm viloyati
1.
“Gurlan tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
2.
“Bogʻot tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
3.
“Qoʻshkoʻpir tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
4.
“Urganch tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
5.
“Hazorasp tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
6.
“Xonqa tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
7.
“Xiva tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
8.
“Shovot tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
9.
“Yangiariq tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
10.
“Tuproqqalʼa tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
11.
“Yangibozor tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
1
Jami:
7
* Ekskavatorning texnik koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
** Talabga koʻra keyingi yillarda xarid qilinadigan maxsus texnikalar roʻyxati qoʻshimcha ravishda moliyalashtirish manbai koʻrsatilgan holda shakllantiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qarorida:
a) 2-banddagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari — suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan holda faoliyat yuritadigan hamda suv xoʻjaligi tashkilotlari va suv isteʼmolchilari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida suv yetkazib berish va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish uchun tashkil etilgan xizmat”;
4-banddagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari” soʻzlari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya boʻlimlari” soʻzlari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan — suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga — tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha belgilanadi”;
29-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan — har yili 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 1-aprelgacha — vegetatsiya davri uchun belgilanadi”;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari buyruqlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi”;
39-bandning birinchi xatboshidagi, 48-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi”;
“43. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari, shuningdek, boshqa suv xoʻjaligi organlari hamda oʻzga yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi”;
45-bandning birinchi xatboshidagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan (tabiiy suv obyektlaridan suv olishda), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan (tabiiy suv obyektlaridan suv olishda), Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-apreldagi 174-son qarorida:
a) 3-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda”;
“9. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi uch kun muddatda tumandagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari buyurtmanomalarini umumlashtiradi, tahlil qiladi hamda ushbu Nizomga 1b-ilovaga muvofiq yozma buyurtmanomani tumanlararo ahamiyatdagi suv xoʻjaligi obyektlaridan suv olish uchun tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga yuboradi”;
12 va 13-bandlardagi “tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimlari” soʻzlari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning ikkinchi xatboshidagi “uni xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot — tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimiga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimi suv isteʼmolchilari uyushmalarining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimi” soʻzlari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“________ “Suv yetkazib berish xizmati” DMga
________________________ suv isteʼmolchisining 20___ yil ________ oyining “____” sanasidan “____” sanasigacha suv olish boʻyicha
BUYURTMANOMASI
Suv manbai nomi
Suv olish joyining manzili
Suvdan foydalanish maqsadi
(sugʻorish, shoʻr yuvish, nam suv berish, baliqchilik, boshqalar)
Buyurtmanoma berilgan davr uchun sugʻoriladigan
Sugʻorish
(kuzgi-qishki) mavsumida (mln kub m)
Navbatdagi kunlik uchun talab
ekin turi
maydoni, gektar
suv olish limiti
amalda olingan suv
%
mln kub m
kub m/s
Jami:
_________ suv isteʼmolchisi rahbari (yoki vakolatli shaxs)_____ imzo ______ F.I.O”;
______________ “Suv yetkazib berish xizmati” DMning 20___ yil __________ oyining ______ oʻn kunligida suv olish boʻyicha
BUYURTMANOMASI
Suv manbai nomi
Suv olish joyining manzili
Suvdan foydalanish maqsadi
(sugʻorish, shoʻr yuvish, nam suv berish, baliqchilik, boshqalar)
Buyurtmanoma berilgan davr uchun sugʻoriladigan
Sugʻorish
(kuzgi-qishki) mavsumida (mln kub m)
Navbatdagi kunlik uchun talab
ekin turi
maydoni, gektar
suv olish limiti
amalda olingan suv
%
mln kub m
kub m/s
Jami:
_________ “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari _____ imzo ______ F.I.O”;
e) Nizomga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Suv isteʼmolchisi
(tomorqa yer egalaridan tashqari)
Suv olish uchun xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot — “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga yozma buyurtmanoma beradi.
Suv olishdan 10 kun oldin
2-bosqich
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
Oʻz xizmat koʻrsatish hududidagi suv isteʼmolchilarining, shuningdek, ayrim boshqa suv isteʼmolchilarining yozma buyurtmanomalarini umumlashtiradi, tahlil qiladi hamda yozma buyurtmanomani tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etadi.
Uch kun muddatda
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
Suv olish uchun buyurtmanomalarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va yozma buyurtmanomani Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Bir kun muddatda
4-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, shuningdek, tegishli xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv omborlari boshqarmalari, magistral kanal (tizim) boshqarmalari, alohida ahamiyatga ega suv xoʻjaligi tashkilotlari)ga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib, suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsat beradi yoki rad etadi.
Bir kun muddatda
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hamda ularga xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (irrigatsiya tizimi boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, suv omborlari boshqarmalari)ga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib, suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsat beradi yoki rad etadi.
Bir kun muddatda
6-bosqich
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
Suv isteʼmolchilariga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib, suv isteʼmoliga tayyorligini eʼtiborga olgan holda, suv isteʼmoli rejasiga asosan ajratilgan suv olish limiti doirasida ruxsat beradi yoki rad etadi.
Bir kun muddatda
7-bosqich
Suv isteʼmolchisi
Har kuni soat 17:00 gacha olingan suv miqdori va nima maqsadda ishlatgani toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tayyorlaydi hamda yozma yoki elektron aloqa vositasi orqali xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi)ga yuboradi.
Har kun soat 17:00 gacha
8-bosqich
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
Suv isteʼmolchilari tomonidan berilgan kunlik maʼlumotlar asosida har kuni soat 18:00 gacha olingan suvdan foydalanish boʻyicha kunlik maʼlumotni ushbu Nizomga 4a-ilovaga muvofiq tayyorlaydi va dasturiy taʼminotga kiritadi.
Har kuni soat 18:00 gacha
9-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suvdan foydalanish boʻyicha kunlik maʼlumotlarni dasturiy taʼminotga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishini nazorat qilib boradi.
Har kuni
10-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar
Dasturiy taʼminotning doimiy va uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.
Doimiy
11-bosqich
Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot, suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi
1. Olingan suv miqdori yuzasidan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi oʻrtasida yuritilgan kundalik suvning hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi.
2. Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi oʻrtasida ikki tomonlama dalolatnomani rasmiylashtiradi.
3. Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi oʻrtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomani tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etadi.
Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasigacha
12-bosqich
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi
Soliq bazasini aniqlash uchun:
qishloq xoʻjaligi, shu jumladan, baliqchilik boʻyicha suvni isteʼmol qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida suv isteʼmolchilariga;
Har yili joriy soliq davrining 10-dekabrdan kechiktirmay
dehqon xoʻjaliklari tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli soliq organiga taqdim qiladi.
Hisobot davri uchun keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan
Vegetatsiya va kuz-qish davri yakuni bilan — belgilangan tartibda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga elektron shaklda hisobot taqdim etadi.
Vegetatsiya davri yakuni bilan 15-oktabrgacha va kuz-qish davri yakuni bilan 15-aprelgacha
13-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
Vegetatsiya davri va kuz-qish davri yakunlari bilan belgilangan tartibda Suv xoʻjaligi vazirligiga elektron shaklda hisobot taqdim etadi.
Har yili 1-noyabrgacha 1-maygacha
”;
j) Nizomga 4a-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“__________________ “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 20___ yil “___” - ______ kuni olingan suvdan foydalanish haqida
MAʼLUMOT
T/r
Suv manbai nomi
(daryo, soy, kanal, sugʻorish tarmogʻi, suv ombori, kollektor, sugʻorish qudugʻi va boshqalar)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatiga doir ayrim qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 573-son qarorida:
4. Vazirlar Mahkamasining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 19-apreldagi 196-son qarorining 1 — 4 va 11-bandlari hamda1-ilova chiqarib tashlansin.