Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
2.
3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalarning sakson foizi.”.
3. 20-bandning
oltinchi xatboshisidagi “bankrot” degan soʻz “toʻlovga qobiliyatsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
39-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“432. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining va Markaziy bankining qimmatli qogʻozlari (bundan repo bitimi bilan sotilgan, shuningdek taʼminot sifatida berilgan qimmatli qogʻozlar mustasno) hamda bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablagʻlari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvaragʻidagi mablagʻlar mustasno) summasini ushbu Nizomning 3-ilovasidagi roʻyxatda keltirilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari — talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.”.
6.
3-ilova 4-pozitsiyasining “Balans hisobvaraqlari” ustuni “22628” raqamidan keyin “22642” raqami bilan toʻldirilsin.