1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qaroriga muvofiq:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
har yili “Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda — koʻrik-tanlov) oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilash;
koʻrik-tanlovning baholash mezonlari va shartlarini ishlab chiqish;
koʻrik-tanlovni oʻtkazishda ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillarini jalb qilish;
koʻrik-tanlov gʻolib va sovrindorlarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
eng faol ijtimoiy xodimni adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida aniqlash;
hududiy va respublika komissiyalari tomonidan koʻrik-tanlovning tegishlicha hududiy saralash va respublika final bosqichlarini oʻtkazish hamda gʻoliblarni aniqlash tartibi;
koʻrik-tanlov gʻoliblarini taqdirlash tartibi hamda ularga beriladigan imtiyozlar.
3. Belgilansinki:
a) koʻrik-tanlov hududiy saralash va respublika final bosqichlaridan iborat boʻladi;
b) koʻrik-tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ijtimoiy xodimlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlardagi xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori boʻyicha ijtimoiy xodimlar ishtirok etadi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
v) “Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha hududiy komissiyalar tarkibi Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari tomonidan, respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi esa Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi;
g) koʻrik-tanlovning respublika final bosqichi gʻolib va sovrindorlari bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan quyidagi miqdorda taqdirlanadi:
1-oʻrin uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravari miqdorida;
Agentlik tomonidan belgilangan har bir nominatsiya uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
d) Respublika komissiyasi koʻrik-tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarga vazirliklar va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilikni jalb etish, xodimlarning koʻrik-tanlovga boʻlgan qiziqishini oshirish va koʻtarinki ruhda oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
e) koʻrik-tanlovning adolatli va shaffof oʻtkazilishi, shuningdek, nomzodlar sifatli va xolisona tanlab olinishi, qoʻyiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik Respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
4. Agentlik:
ikki oy muddatda koʻrik-tanlovning yuqori darajada tashkil etilishi va oʻtkazilishi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
koʻrik-tanlovning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash, shu jumladan, ularga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotini va davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻqiganlik uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining tegishli qismini toʻlash hamda koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishini taʼminlasin;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
koʻrik-tanlovning respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlarining fotosuratlari hamda ular haqidagi maʼlumotlarni bir yil davomida barcha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining maʼmuriy binolarida joylashtirish, xizmat vazifalarini bajarish jarayoni va erishgan yutuqlarini Internet jahon axborot tarmogʻi orqali keng targʻib etish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ommaviy axborot vositalari orqali ushbu qaror ijrosi bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-fevral,
69-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-fevraldagi 69-son qaroriga
ILOVA
“Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ijtimoiy xodimlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlardagi xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori boʻyicha ijtimoiy xodimlar (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy xodimlar) oʻrtasida “Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda — koʻrik-tanlov) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
ijtimoiy xizmat — ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning turmush sifatini oshirishga, unga jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa shaxslar bilan teng boʻlgan imkoniyatlarni yaratishga va (yoki) oʻzining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
ijtimoiy xodim — ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni tashkillashtiruvchi yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga kompleks ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi shaxs.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
3. Koʻrik-tanlovda “Eng faol ijtimoiy xodim” nominatsiyasi boʻyicha ijtimoiy xodimlar ishtirok etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
4. Quyidagilar koʻrik-tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ijtimoiy xodimlarning ongida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish — oliy burchimiz!” konseptual gʻoyasini mustahkamlash;
ijtimoiy xodimlarning aholi orasidagi nufuzini yanada oshirish, xodimlarda sadoqat bilan vijdonan xizmat qilish tuygʻularini kuchaytirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish;
xodimlarning intellektual va professional salohiyatini oshirish hamda bu boradagi faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xodimlarda tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish;
yuksak bilimli va professional kasb mahoratiga ega boʻlgan isteʼdodli yosh kadrlarni aniqlash hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash maqsadida istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish.
5. “Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) tarkibi Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) boshliqlari tomonidan, respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi esa Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
6. Koʻrik-tanlov ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
2-bob. Koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
1-§. Koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazishning umumiy talablari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
7. Agentlik har yili 1-aprelga qadar koʻrik-tanlov oʻtkazilishi haqida oʻz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon beradi.
8. Koʻrik-tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali har yili 1-apreldan 30-aprelga qadar boʻlgan muddat davomida roʻyxatdan oʻtadi.
Bunda xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlaridagi ijtimoiy xodimlar koʻrik-tanlovda eksterritorial tamoyil asosida istalgan hududdan qatnashishi mumkin.
9. Roʻyxatdan oʻtish 30-aprel kuni yakunlanadi va roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar haqidagi barcha maʼlumotlar Agentlik tomonidan hududiy boshqarmalarga koʻrik-tanlovni oʻtkazish uchun yuboriladi.
Koʻrik-tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning boshqacha tarzda roʻyxatdan oʻtishiga yoki hududiy saralash bosqichida ishtirok etmasdan keyingi bosqichda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Koʻrik-tanlov har yili may-iyun oylarida quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
hududiy saralash bosqichi — may oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
respublika final bosqichi — iyun oyida hududiy saralash bosqichlari gʻoliblari oʻrtasida respublika miqyosida.
11. Koʻrik-tanlovning hududiy saralash bosqichini oʻtkazish uchun har yili aprel oyida hududiy boshqarmalarning tegishli sohaviy tarkibiy boʻlinmalari vakillaridan iborat tarkibda hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
Hududiy komissiyalar rais, uning oʻrinbosari, tegishli sohada ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tarkibiy boʻlinmalarning 1 nafardan malakali xodimlari, komissiya kotibi va 3 nafargacha nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
12. Koʻrik-tanlovning respublika final bosqichini oʻtkazish uchun har yili aprel oyida quyidagi tarkibda Respublika komissiyasi tashkil etiladi:
rais — Agentlikning tegishli sohaviy tarkibiy boʻlinmalariga rahbarlikni amalga oshiruvchi oʻrinbosari;
rais oʻrinbosarlari — Agentlik direktori maslahatchilari va Agentlik markaziy apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari (4 nafar);
aʼzolar — Agentlik markaziy apparatining tegishli sohaviy tarkibiy boʻlinmalari xodimlari (7 nafar) va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari (3 nafargacha);
kotib — Agentlik markaziy apparatining tegishli sohaviy tarkibiy boʻlinmasi xodimi.
13. Hududiy va respublika komissiyalari oʻz faoliyatini har yili 1-apreldan 10-iyulga qadar olib boradi.
14. Koʻrik-tanlovda hududiy komissiya aʼzolari bir vaqtning oʻzida Respublika komissiyasi tarkibida qatnashishi mumkin emas.
15. Koʻrik-tanlov quyidagi sinovlar asosida oʻtkaziladi:
ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy ish sohasidagi onlayn test sinovlari;
ishtirokchilarning IQ (intellektual koeffitsiyent) va individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;
ishtirokchilar bilan yakka tartibdagi suhbat.
16. Respublika komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan sinovlar asosida koʻrik-tanlovni oʻtkazish tartibi va baholash mezonlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda koʻrik-tanlov boshlanishidan kamida 15 kun oldin hududiy komissiyalarga yuboriladi.
17. Koʻrik-tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlari ishtirokchilarining sinov natijalari 100 balli tizim asosida ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq tasdiqlangan tartib boʻyicha baholanadi.
18. Koʻrik-tanlov ishtirokchilari oʻzaro teng huquqli boʻlib, ustunlik yoki imtiyozlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Koʻrik-tanlov adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari kuzatuvi ostida oʻtkaziladi hamda texnik vositalar orqali qayd etib boriladi.
2-§. Koʻrik-tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlarini oʻtkazish tartibi
20. Koʻrik-tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlarida ishtirokchilar mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan sinovlardan oʻtkaziladi va koʻp balli tizim asosida baholanadi.
Bunda koʻrik-tanlovning hududiy saralash bosqichida ijtimoiy ish sohasidagi onlayn test hamda IQ (intellektual koeffitsiyent) va individual psixologik xususiyatlari boʻyicha darajani aniqlashga qaratilgan sinovlardan 71 foizdan yuqori toʻplagan ishtirokchilar yakka tartibdagi suhbat sinoviga qoʻyiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
21.Sinovlar natijasi boʻyicha toʻplangan ballar qoʻshilib, har bir ishtirokchining yakuniy balli Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida shakllantiriladi.
22. Koʻrik-tanlovning gʻolib va sovrindorlari oʻtkazilgan sinovlar natijalari asosida toʻplangan ballar yigʻindisiga koʻra aniqlanadi.
23. Ikki va undan ortiq ishtirokchilarning toʻplagan yakuniy ballari teng boʻlgan hollarda yakka tartibdagi suhbat sinovlarida yuqori ball toʻplagan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
24. Hududiy komissiyalarning ishtirokchilarni gʻolib deb topish haqidagi qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Unda koʻrik-tanlovda qatnashgan ishtirokchilarning, shu jumladan, respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan gʻolib ishtirokchilarning roʻyxati keltiriladi.
Koʻrik-tanlovning hududiy saralash bosqichida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar koʻrik-tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Bayonnoma hududiy komissiyalar aʼzolarining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda respublika komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
25. Koʻrik-tanlovning respublika final bosqichi tegishli nominatsiyalar boʻyicha hududiy saralash bosqichida unda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkaziladi.
26. Respublika komissiyasining umumiy yigʻilishi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda koʻrik-tanlovning respublika final bosqichida gʻolib boʻlgan, shuningdek, sovrinli oʻrinlarni egallagan va faol ishtirok etgan xodimlarning roʻyxati koʻrsatiladi.
27. Koʻrik-tanlovning respublika final bosqichi yakuniy natijalari qarori bilan rasmiylashtiriladi va mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar roʻyxati ilova qilinadi.
3-bob. Koʻrik-tanlovning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash
28. Koʻrik-tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlarida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar gʻolib, 2 va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar sovrindorlar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
29. Koʻrik-tanlovning gʻolib va sovrindorlari har yili iyul oyining birinchi haftasida quyidagi tartibda taqdirlanadi:
a) hududiy saralash bosqichida:
1-oʻrin uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;
2-oʻrin uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;
3-oʻrin uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti.
Bunda agar ijtimoiy xodimlar davlat oliy taʼlim muassasalarining “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olayotgan boʻlsa, bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan birga bir yillik toʻlov-kontrakt summasining 1-oʻrin uchun 100 foizi, 2-oʻrin uchun 50 foizi hamda 3-oʻrin uchun 25 foizi miqdorida qoplab beriladi;
1-oʻrin uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;
Agentlik tomonidan belgilangan har bir nominatsiya uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida.
(29-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
30. Koʻrik-tanlovning respublika final bosqichida faol ishtirok etib, oʻzining bilimi va kasbiy mahoratini yuksak darajada koʻrsatgan ishtirokchilar qoʻshimcha ravishda bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki qimmatbaho sovgʻa bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. Koʻrik-tanlovning respublika final bosqichi gʻolib va sovrindorlari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
amaldagi intizomiy jazolarini muddatidan oldin bekor qilish;
yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish;
idoraviy va davlat mukofotlariga tavsiya qilish.
32. Koʻrik-tanlov natijalaridan norozi boʻlgan xodimlar natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun davomida apellyatsiya komissiyalariga apellyatsiya arizasi berish huquqiga ega. Apellyatsiya arizasi 5 kun ichida koʻrib chiqiladi.
33. Koʻrik-tanlovning hududiy saralash bosqichi apellyatsiya komissiyalari tegishli hududiy boshqarmalarning rahbarlari, respublika final bosqichi apellyatsiya komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Agentlik direktori tomonidan tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyalari tarkibiga koʻrik-tanlov komissiyalari faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar kiritiladi.
34. Koʻrik-tanlov natijalaridan norozi boʻlgan xodimlarning apellyatsiya arizalarini koʻrib chiqishda ularning oʻzi ham ishtirok etishi mumkin.
35. Apellyatsiya komissiyalari koʻrik-tanlov ishtirokchilarining apellyatsiya arizalarini koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
36. Koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
“Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
“Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
(Agentlik)
“Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik-tanlovi (koʻrik-tanlov)ning oʻtkazilishi toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon beradi.
Har yili 1-aprelga qadar
2-bosqich
Nomzodlar
Koʻrik-tanlovda qatnashish uchun Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Har yili 1-apreldan 30-aprelga qadar
3-bosqich
Hududiy komissiya
(hududiy saralash bosqichi doirasida)
1. Koʻrik-tanlovning “Eng faol ijtimoiy xodim” nominatsiyasi boʻyicha hududiy saralash bosqichini oʻtkazadi.
2. Hududiy komissiyalarning ishtirokchilarni gʻolib deb topish haqidagi qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
3. Bayonnoma hududiy komissiyalarning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda Respublika komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Har yili may oyida
4-bosqich
Respublika komissiyasi
(respublika final bosqichi doirasida)
1. Koʻrik-tanlovning hududiy saralash bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar oʻrtasida belgilangan tartibda sinovlar oʻtkaziladi.
2. Respublika komissiyasining umumiy yigʻilishi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda koʻrik-tanlovning respublika final bosqichida gʻolib boʻlgan, shuningdek, sovrinli oʻrinlarni egallagan va faol ishtirok etgan xodimlarning roʻyxati koʻrsatiladi.
Har yili iyun oyida
5-bosqich
Respublika komissiyasi
Koʻrik-tanlovning “Eng faol ijtimoiy xodim” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib va sovrindorlarni taqdirlaydi.
Har yili iyul oyining birinchi haftasida
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 09/24/69/0095-son; 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son; 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)