Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini taʼminlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda pensiya va nafaqalar miqdorlarining rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlmasligini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-120-son
Farmonida:
birinchi xatboshidagi “2023-yil 1-avgustdan boshlab” soʻzlari “2024-yil 1-fevraldan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b)
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-196-son Farmoni 2-bandining
oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilardagi “608 000 soʻm” soʻzlari “621 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-319-son qaroriga
2-ilovaning 6 va 7-pozitsiyalari “Ijro muddati” ustunidagi “yanvar” soʻzi “mart” soʻzi bilan almashtirilsin.