toggle_night_mode
Hujjat 01.02.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq:
qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi (keyingi oʻrinlarda — reyting) joriy etilganligi;
reyting Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantirilishi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilishi belgilanganligi;
Vazirlar Mahkamasiga reytingni yuritish tartibini tasdiqlash topshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Reytingni shakllantirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini baholash mezonlari, davriyligi va metodikasi hamda reytingni eʼlon qilish tartibini nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda joriy etilayotgan reytingning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida targʻib qilish hamda jamoatchilikda ijobiy fikrni shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-yanvar,
55-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qaroriga
ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom faqat yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi (keyingi oʻrinlarda — reyting) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi) “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Reyting texnik jihatdan Soliq qoʻmitasi tomonidan taʼminlanadi.
4. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini baholash koʻrsatkichlari boʻyicha umumiy ball baholash vaqtida amalda boʻlgan koʻrsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yigʻindisidan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Reyting shkalasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
6. Reytingga oid tadbirkorlik subyekti faoliyatini baholash koʻrsatkichlari va unga berilgan ballar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida real vaqt rejimida aks ettiriladi.
Tadbirkorlik subyektining reyting koʻrsatkichlari oʻzgarganda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi maʼlumotlar yangilanadi.
7. Reyting maʼlumotlari boʻyicha tadbirkorlik subyektining eʼtirozlari mavjud boʻlganda, oʻz shaxsiy kabineti orqali Soliq qoʻmitasiga murojaat qiladi.
8. Tadbirkorlik subyekti tomonidan reyting koʻrsatkichi yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar Soliq qoʻmitasi tomonidan bir ish kuni davomida koʻrib chiqiladi. Bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
eʼtirozlar asosli deb topilganda, maʼlumotlar bazasiga tegishli tuzatishlar kiritilgan holda qayta shakllantirilgan reyting yangilanadi;
eʼtirozlar asossiz deb topilganda, reyting koʻrsatkichlari oʻzgarishsiz qoldirilib, bu haqda tegishli tushuntirish soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat (keyingi oʻrinlarda — Savdo-sanoat palatasi) palatasi reyting maʼlumotlarini hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berilishini monitoring qilib boradi va maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi PQ-15-sonli “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
2-bob. Tadbirkorlik subyekti faoliyatini baholash mezonlari
10. Tadbirkorlik subyektining faoliyati quyidagi koʻrsatkichlar asosida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq davriylikda baholanadi:
a) umumiy koʻrsatkichlar:
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi;
EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi;
yer uchastkalari va (yoki) koʻchmas mulk obyektlari mavjudligi;
bir nafar xodimga toʻgʻri keladigan ish haqi jamgʻarmasi;
soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi;
hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda toʻlanishi;
hisoblangan soliqlarning toʻlov topshiriqnomasi orqali toʻlanganligi;
elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holati;
elektron hisobvaraq-fakturalar orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasi;
soliq organlari tekshiruvidan oldingi tahlil natijasida aniqlagan kamchiliklarning bartaraf etilish holati;
b) ballarni kamaytiruvchi koʻrsatkichlar:
joylashgan joy (pochta manzili) oʻzgarishi;
tadbirkorlik subyekti rahbarining qoʻnimsizligi;
tadbirkorlik subyekti taʼsischisi yoki rahbarining ishonchsizligi;
taqdim etilgan soliq hisobotlariga tuzatishlar soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan mustaqil kiritilishi;
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisining maxsus guvohnomasi holati;
soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirish;
soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining qoʻllanilganligi;
mahsulotlarning (tovarlar va xizmatlarning) identifikatsiya kodlaridan notoʻgʻri foydalanilganligi;
tadbirkorlik subyektlarining kreditorlik qarzdorligi mavjudligi;
v) qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar:
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini taʼminlash;
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining koʻpayishi;
qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda — QQS) boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli soha boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichga nisbati;
aylanmadan olinadigan soliq (keyingi oʻrinlarda-AOS) boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli soha boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichga nisbati;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilarni baholashda “AA” reyting shkalasidan yuqori boʻlmasligi lozim.
3-bob. Reytingni baholash metodikasi
1-§. Umumiy koʻrsatkichlar
12. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi tadbirkorlik subyektining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab faoliyat yuritish davridan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi (bunda tadbirkorlik subyektining harakatsiz holatga oʻtkazilgan davri hisobga olinmaydi):
faoliyat koʻrsatgan har bir yil uchun — 2 balldan;
5 yil va undan ortiq faoliyat koʻrsatganda — 10 ball beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyektining sof foydasiga foiz toʻlovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, hisoblangan foyda soligʻi summasi qoʻshilib, tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan sof tushumga boʻlish va 100 ga koʻpaytirish orqali aniqlanadi (EBITDA margin = EBITDA / daromad x 100%).
EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyekti faoliyat koʻrsatayotgan sohaning oʻrtacha koʻrsatkichidan:
70 foizdan yuqori boʻlsa — 10 ball;
50 — 70 foizgacha boʻlsa — 5 ball;
25 — 50 foizgacha boʻlsa — 2 ball beriladi.
Mazkur koʻrsatkichni baholashda moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlar va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaxslar boʻyicha koʻrsatkichlar foyda soligʻi hisoboti shakllarining oxirgi soliq davri maʼlumotlaridan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Yer uchastkalari va (yoki) koʻchmas mulk obyektlari mavjudligi tadbirkorlik subyekti foydalanayotgan yer uchastkalari (shu jumladan, qishloq xoʻjaligi uchun uzoq muddatli ijaraga ajratilgan) va (yoki) mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida koʻchmas mulk obyektlari mavjudligi (ijara shartnomalari hisobga qoʻyilganligi)) quyidagicha baholanadi:
mulk huquqi asosida boʻlsa — 10 ball;
ijara shartnomasi boʻyicha foydalanilayotganda — 7 ball beriladi.
Agar yer uchastkalari va (yoki) koʻchmas mulk obyektlari mavjud boʻlmaganda, shuningdek, tadbirkorlik subyektining u koʻrsatgan manzilda faoliyat yuritmayotganligi aniqlansa — 5 ball chegiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Bir nafar xodimga toʻgʻri keladigan ish haqi jamgʻarmasini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nafar xodimga hisoblangan ish haqi summasi tegishli hududdagi iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha hisoblangan oʻrtacha ish haqi miqdoridan:
100 foiz va undan yuqori boʻlsa — 10 ball;
75 — 100 foizgacha boʻlsa — 8 ball;
50 — 75 foizgacha boʻlsa — 6 ball;
25 — 50 foizgacha boʻlsa — 4 ball;
25 foizgacha boʻlsa — 2 ball beriladi.
Bunda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nafar xodimga hisoblangan ish haqi summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlsa — 5 ball chegiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi soliq turlari boʻyicha soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:
soliq turlari boʻyicha hisobotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilganda — 10 ball beriladi;
hisobot kechiktirib taqdim etilganda yoki taqdim etilmaganda — ball berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur koʻrsatkichni baholashda kalendar oyda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi.
17. Hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda toʻlanish koʻrsatkichi hisoblangan soliq summalarining belgilangan muddatda toʻlanganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:
belgilangan muddatda toʻlanganda — 10 ball beriladi;
kechiktirib toʻlanganda yoki toʻlanmaganda — ball berilmaydi.
Bunda har oyda toʻlov muddati kelgan hisoblangan soliq summasi inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Hisoblangan soliqlarning toʻlov topshiriqnomasi orqali toʻlanganligi hisoblangan soliq summasi toʻlov topshiriqnomasi orqali toʻlanganligi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi asosida undirilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:
toʻlov topshiriqnomasi bilan toʻlangan boʻlsa — 10 ball beriladi;
soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilgan boʻlsa — 5 ball chegiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holatini baholashda hisobot davrida tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilgan kalendar sanada rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar summasining jami elektron hisobvaraq-fakturalar boʻyicha tovar aylanmasidagi ulushi (foizi):
100 foiz boʻlsa — 10 ball;
75 — 99 foizgacha boʻlsa — 7 ball;
50 — 75 foizgacha boʻlsa — 5 ball;
25 — 50 foizgacha boʻlsa — 2 ball;
25 foizgacha boʻlsa — 1 ball beriladi;
rasmiylashtirilmagan boʻlsa — ball berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Elektron hisobvaraq-fakturalar orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasini baholashda elektron hisobvaraq-fakturalar orqali kalendar yil davomida xarid qilingan (shu jumladan, import qilingan) tovarlar yoki xomashyoga mutanosib ravishda amalga oshirilgan tovarlar realizatsiyasi (jumladan, eksport qilingan tovarlar summasi):
70 foizdan koʻp boʻlganda — 10 ball.
50 foizdan 70 foizgacha boʻlganda — 5 ball beriladi.
Bunda yil davomida 70 foizdan ortiq xarid qilingan tovarlar yoki xomashyo qoldiqda qolganda — 5 ball chegiriladi.
Mazkur koʻrsatkichni hisoblashda 1-yanvar (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun — roʻyxatdan oʻtgan davr) va 31-dekabr sanasidagi tovar yoki xomashyo qoldigʻi inobatga olinadi. Bunda asosiy vositalar summasi hisobga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Soliq organlari tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlagan kamchiliklarning bartaraf etilish holati soliq organlari axborot tizimlaridan foydalangan holda oʻtkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida kamchilik aniqlanmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligidan kelib chiqib quyidagicha baholanadi:
kamchilik aniqlanmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilgan boʻlsa — 10 ball;
kamchiliklar ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan boʻlsa — 7 ball beriladi.
Bunda kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilmagan boʻlsa — 5 ball chegiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Ballarni kamaytiruvchi koʻrsatkichlar
22. Joylashgan joy (pochta manzili) oʻzgarishi koʻrsatkichini baholashda tadbirkorlik subyekti joylashgan joyi (pochta manzili) oxirgi 12 oy davomida 3 va undan koʻp marotaba oʻzgartirilgan boʻlsa, ballar yigʻindisidan 5 ball chegiriladi.
23. Tadbirkorlik subyekti rahbarining qoʻnimsizligi koʻrsatkichini baholashda oxirgi 12 oy davomida tadbirkorlik subyekti rahbari 3 va undan koʻp marotaba oʻzgartirilgan boʻlsa, ballar yigʻindisidan 5 ball chegiriladi.
24. Tadbirkorlik subyekti taʼsischisi yoki rahbarining ishonchsizligi koʻrsatkichini baholashda oxirgi 36 oy davomida tadbirkorlik subyektining taʼsischisi yoki rahbari jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa yoki bankrotlik asosida tugatilgan tadbirkorlik subyektiga rahbarlik qilgan boʻlsa, ballar yigʻindisidan 5 ball chegiriladi.
25. Taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan mustaqil tuzatishlar kiritilishi koʻrsatkichini baholashda soliq (hisobot) davrida avval taqdim etilgan hisobotlarga:
bir marotaba oʻzgartirish kiritilgan boʻlsa — 1 ball;
ikki marotaba oʻzgartirish kiritilgan boʻlsa — 2 ball;
uch marotaba oʻzgartirish kiritilgan boʻlsa — 3 ball;
toʻrt marotaba oʻzgartirish kiritilgan boʻlsa — 4 ball;
besh va undan ortiq oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa — 5 ball chegiriladi.
Mazkur koʻrsatkich boʻyicha baholashda kalendar yilda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi. Bunda bir soliq davri uchun oʻsib boruvchi yakuni bilan topshirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari bir marotaba taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisining maxsus guvohnomasi holatini baholashda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisining maxsus guvohnomasi bekor qilingan yoki toʻxtatilgan taqdirda, ballar yigʻindisidan 10 ball chegiriladi.
27. Soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirish koʻrsatkichini baholashda tadbirkorlik subyektining soliq qarzini undirish boʻyicha mol-mulkiga qaratilganlik holatlari aniqlansa, ballar yigʻindisidan 5 ball chegiriladi.
Bunda soliq qarzi toʻliq toʻlangandan keyin kamaytirilgan ballar olib tashlanadi.
28. Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari qoʻllanilganligi koʻrsatkichini baholashda tadbirkorlik subyekti mansabdor shaxslariga nisbatan oxirgi 12 oyda soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun:
maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilgan boʻlsa — 2 ball;
jinoiy javobgarlik qoʻllanilgan boʻlsa — 5 ball chegiriladi.
Bunda maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan tartibda bekor qilingan yoki jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksiga asosan tugatilgan yoki oqlov hukmi chiqarilgan hollarda chegirilgan ballar olib tashlanadi.
Mazkur koʻrsatkich huquqbuzarlik (jinoyat) sodir etilgan tadbirkorlik subyekti reytingini hisoblashda inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) identifikatsiya kodlaridan notoʻgʻri foydalanish holatini baholashda bir oyda kamida ikki marotaba hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish holatlari aniqlanganda, ballar yigʻindisidan 5 ball chegiriladi.
30. Tadbirkorlik subyektlarining kreditorlik qarzdorligi mavjudligi koʻrsatkichini baholashda kreditorlar tomonidan oxirgi oʻn ikki oyda qarzdorlikni undirish boʻyicha sudga daʼvo arizalari ikki va undan ortiq marotaba kiritilib, qanoatlantirilgan boʻlsa, ballar yigʻindisidan 10 ball chegiriladi.
3-§. Qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar
31. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini taʼminlash koʻrsatkichini baholashda tadbirkorlik subyekti xodimlarining umumiy sonida “Yagona ijtimoiy reyestr”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va nogironligi boʻlgan shaxslar ulushi:
Keyingi tahrirga qarang.
20 foizdan yuqori boʻlganda — 10 ball;
10 foizdan 20 foizgacha boʻlganda — 5 ball beriladi.
32. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining ortishi koʻrsatkichini baholashda oʻn ikki oy oldingi hisobot davriga nisbatan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi olgan xodimlar sonining yillik oʻrtacha soni:
50 foiz va undan yuqori boʻlsa — 15 ball;
40 — 50 foizgacha boʻlsa — 10 ball;
30 — 40 foizgacha boʻlsa — 8 ball
20 — 30 foizgacha boʻlsa — 6 ball;
10 — 20 foizgacha boʻlsa — 4 ball;
1 — 10 foizgacha boʻlsa — 2 ball beriladi.
Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu koʻrsatkich faoliyat davrining ikkinchi oyidan boshlab oʻtgan oyga nisbatan solishtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. QQS boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir oy davomida toʻlangan QQS summasi har bir tuman (shahar) miqyosida u faoliyat yuritayotgan soha boʻyicha oʻrtacha hisoblangan QQS summasidan 1,1 barobar yuqori boʻlsa yoki eksport qilishdan olingan daromadlar jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa — 10 ball beriladi.
Bunda bir oylik toʻlov summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobaridan kam boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
34. AOS boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir oy davomida toʻlangan AOS summasi har bir tuman (shahar) miqyosida u faoliyat yuritayotgan soha boʻyicha oʻrtacha hisoblangan AOS summasidan 1,1 barobar yuqori boʻlsa yoki eksport qilishdan olingan daromadlar jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa — 10 ball beriladi.
Bunda bir oylik toʻlov summasi bazaviy hisoblash miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
35. Mazkur Nizom bilan belgilangan koʻrsatkichlar va ularni baholash metodikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining takliflari asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
36. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
37. Sohalar boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichlar yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boʻyicha alohida, tumanlar (shaharlar) kesimida alohida, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar boʻyicha alohida hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XIII bobi.
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi
SHKALASI

Barqarorlik darajasi

Reyting koʻrsatkichi

Baho

Yuqori

AAA

96-100 balllar

AA

91-95 ballar

A

86-90 ballar

Oʻrta

BBB

76-85 ballar

BB

66-75 ballar

B

56-65 ballar

Qoniqarli

CCC

51-55 ballar

CC

36-50 ballar

C

26-35 ballar

Quyi

D

25 ballgacha

Izoh. Oʻzbekiston, Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda ushbu shkalaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi
KOʻRSATKICHLARI

T/r

Koʻrsatkich nomi

Hisoblash davriyligi

Masʼul tashkilot

a) Umumiy koʻrsatkichlar

1.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi

Yillik

Adliya vazirligi

2.

EBITA boʻyicha rentabellik darajasi

Yillik

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

3.

Yer uchastkalari va (yoki) koʻchmas mulk obyektlari mavjudligi

Oylik

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

4.

Bir nafar xodimga toʻgʻri keladigan ish haqi jamgʻarmasi

Oylik

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

5.

Soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi

Oylik

6.

Hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda toʻlanishi

Oylik

7.

Hisoblangan soliqlarning toʻlov topshiriqnomasi orqali toʻlanganligi

Oylik

8.

Elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holati

Oylik

9.

Elektron hisobvaraq-fakturalar orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasi

Yillik

10.

Soliq organlari tekshiruvidan oldingi tahlil natijasida aniqlagan kamchiliklarning bartaraf etilish holati

Kunlik

b) Ballarni kamaytiruvchi koʻrsatkichlar

11.

Joylashgan joy (pochta manzili) oʻzgarishi

Yillik

Adliya vazirligi

12.

Tadbirkorlik subyekti rahbarining qoʻnimsizligi

Yillik

Adliya vazirligi

13.

Tadbirkorlik subyekti taʼsischisi yoki rahbarining ishonchsizligi

Yillik

Oliy sud, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

14.

Taqdim etilgan soliq hisobotlariga tuzatishlar soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan mustaqil kiritilishi

Oylik

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

15.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisining maxsus guvohnomasi holati

Kunlik

16.

Soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirish

Yillik

17.

Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining qoʻllanilganligi

Yillik

Oliy sud, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

18.

Mahsulotlarning (tovarlar va xizmatlarning) identifikatsiya kodlaridan notoʻgʻri foydalanilganligi

Oylik

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

19.

Tadbirkorlik subyektlarining kreditorlik qarzdorligi mavjudligi

Yillik

Oliy sud

v) Qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar

20.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini taʼminlash

Oylik

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

21.

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining koʻpayishi

Oylik

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

22.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli soha boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichga nisbati

Oylik

23.

Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli soha boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichga nisbati

Oylik

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 09/24/55/0076-son; 02.08.2024-y., 09/24/467/0568-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 18.06.2025-y., 09/25/371/0512; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 24.02.2026-y., 09/26/75/0172-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son; 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)