Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan vazifalar ijrosini sifatli taʼminlash, sohani samaradorlik va natijadorlik indikator koʻrsatkichlariga erishish uchun zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) tartibining 29-bandi
ikkinchi va
uchinchi xatboshilari “suv xoʻjaligi budjet tashkilotlarida” soʻzlaridan keyin Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazida,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.