O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash, sohani samaradorlik va natijadorlik indikator ko‘rsatkichlariga erishish uchun zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 29-bandi
ikkinchi va
uchinchi xatboshilari “suv xo‘jaligi budjet tashkilotlarida” so‘zlaridan keyin Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.