1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning taʼlim olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarining roʻyobga chiqarilishini taʼminlash, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularning taʼlim olishlarini tashkil etishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 51-moddalari.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni bilan 2024-yil 1-avgustdan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) tuzilmasiga oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
a) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya hamda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yoʻllash boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar negizida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarni (keyingi oʻrinlarda — PTPK);
b) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan “Gʻamxoʻrlik” guruhlarini:
2024-yil 1-fevraldan Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;
2024-yil 1-apreldan Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;
2024-yil 1-avgustdan respublikaning qolgan hududlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda tashkil etish;
v) 2024-yil 1-apreldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi boʻlimlarini (keyingi oʻrinlarda — Reabilitatsiya boʻlimlari) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
LexUZ sharhi
Qarang.: Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) bolalarning alohida taʼlim ehtiyojlariga muhtojligi PTPK tomonidan aniqlanadi. Bunda:
PTPK xulosasini olish uchun bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — qonuniy vakillar) yashash joyidagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki hududga biriktirilgan ijtimoiy xodimga, 2026-yil 1-iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
bolalarni PTPK koʻrigidan oʻtkazish uchun hujjatlarni shakllantirishda bolaning tugilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi, qonuniy vakillarining biometrik pasporti/identifikatsiyalovchi ID-karta maʼlumotlari hamda bolaning taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali olinadi;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
b) 2024-yil 1-avgustdan boshlab:
PTPK tomonidan hujjatlar qabul qilingandan soʻng PTPK koʻrigi oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin qonuniy vakillarga aloqa vositalari, shu jumladan, “SMS” xabarnoma orqali bolani koʻrikdan oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan xabar yuboriladi;
PTPK xulosasi asosida PTPK kotibi tomonidan bola uning qonuniy vakillari bilan kelishgan holda, tegishli taʼlim muassasasiga yoʻnaltiriladi;
(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
v) “Gʻamxoʻrlik” guruhlari faoliyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlari hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarini maqbullashtirish munosabati bilan boʻshayotgan mablagʻlar hisobidan, 2025-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda “Gʻamxoʻrlik” guruhlari uchun shtat birliklari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
g) Reabilitatsiya boʻlimlariga bolalar pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosasi asosida yuboriladi.
Bunda Reabilitatsiya boʻlimlari uchun shtat birliklari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
31. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyunga qadar PTPK xulosasini olish uchun Davlat xizmatlari markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaatlar qabul qilish hamda xizmatlar koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
4. Quyidagilar:
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
“Gʻamxoʻrlik” guruhlari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarining bolalar reabilitatsiya boʻlimlari uchun zarur jihozlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2024-yil 1-avgustga qadar:
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan dasturiy taʼminotni takomillashtirish va oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda PTPKlar va “Gʻamxoʻrlik” guruhlari faoliyatini amalga oshirish uchun zarur jihozlar va inventar bilan taʼminlasin;
Reabilitatsiya boʻlimlarini zarur jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan PTPK aʼzolariga har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida respublika budjeti mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida PTPKlar faoliyatini raqamlashtirish, bolaning PTPKdan oʻtish toʻgʻrisidagi “SMS” xabarnomani yuborish va ushbu qarorning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi PTPKga jalb qilingan mutaxassislarga ustamalar toʻlash, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida tashkil etilayotgan Bolalar reabilitatsiyasi boʻlimlarini saqlash va jihozlash uchun zarur mablagʻlarni har yili Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetini shakllantirishda nazarda tutsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-yanvar,
46-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga
1-ILOVA
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan (keyingi oʻrinlarda — alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan) bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, maktab, maktab-internatlarga, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarga yoʻllash boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda — PTPK) yoʻnalishi, maqsad va vazifalari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
2. PTPKlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) huzurida tashkil etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-sonli “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
3. PTPKlar oʻz faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiradi:
bolalarda alohida taʼlimga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash;
kompleks psixologik-tibbiy-pedagogik tekshiruv oʻtkazish va tekshiruv natijalari boʻyicha ularni tegishli taʼlim muassasalariga joylashtirish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni davlat taʼlim muassasalariga yuborish uchun xulosa berish;
nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy xizmatlarga yuborish uchun xulosa berish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
4. PTPKlar oʻz faoliyatini:
xolislik, shaffoflik, oshkoralik va bamaslahat ishlash tamoyillari asosida;
yuridik shaxs maqomisiz, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi kollegial organ shaklida olib boradi.
5. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim muassasalariga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida yoʻllanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
6. 1 yoshdan 18 yoshgacha alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni kompleks psixologik-tibbiy-pedagogik tekshiruvdan oʻtkazish hamda davlat taʼlim muassasalariga, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarga yuborish uchun xulosa berish PTPKning asosiy maqsadi hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
bolaning alohida taʼlimga hamda ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash uchun ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — qonuniy vakillar) ishtirokida koʻrikdan oʻtkazadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
bolalar koʻrikdan oʻtkazishda u bilan bevosita muloqot qiladi va undagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni oʻrganadi;
bolaning rivojlanishidagi jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari haqida yashash joyidagi shifoxona vrachlari tomonidan qoʻyilgan tashxisning ishonchliligini oʻrganadi;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni kompleks ravishda tekshirish natijalari asosida uning imkoniyatlarini aniqlaydi;
bolaning alohida taʼlimga boʻlgan ehtiyojlari asosida uni tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti, qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi ixtisoslashtirilgan va inklyuziv guruhlariga, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, inklyuziv sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim tashkilotiga va umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarga, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatiga, Ilk rivojlanish markazlarining “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeliga, “Erta aralashuv” xizmatiga, uzoq muddat parvarishga muhtoj bolalarni uy sharoitida qarab turish xizmatiga hamda uy sharoitlarida yakka tartibda taʼlim olishga yuborish uchun xulosa beradi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni davlat taʼlim muassasasidan boshqa muassasaga (boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga, inklyuziv sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga va umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga, sogʻliqni saqlash muassasalariga) oʻtkazish hamda uyda yakka tartibda taʼlim berish tashkil qilinishi yuzasidan xulosa beradi;
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan ishlaydigan pedagog, psixolog, tibbiyot xodimlari hamda qonuniy vakillarga zarur maslahatlar beradi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
8. PTPK uning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi, hududiy boshqarma masʼul xodimi va PTPK aʼzolaridan iborat 12 kishilik tarkibda tuziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
9. PTPK tarkibi Agentlikning, sogʻliqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi hududiy boshqarmalari tomonidan har yili 20-mayga qadar qoʻshma qarorga asosan tuziladi va tasdiqlanadi.
10. PTPKga rais — Agentlikning hududiy boshqarma boshligʻining nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha oʻrinbosari PTPK raisining oʻrinbosari etib tayinlanadi.
PTPK tarkibiga oliy psixologik, tibbiy, pedagogik maʼlumotga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar — pediatr, nevrolog, psixonevrolog, ortoped, oftalmolog, otolaringolog vrachlar, maxsus pedagoglar, psixolog kiritiladi.
Hududiy boshqarma masʼul xodimi PTPK tekshiruvidan oʻtkaziladigan bolalar va ularning oilalarining ijtimoiy holatini soʻrovnoma asosida baholashdan oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
11. PTPK raisi:
ushbu Nizomga muvofiq PTPK ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga rahbarlik qiladi;
PTPK aʼzolariga bajarish majburiy boʻlgan topshiriqlar beradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
PTPKning ish jadvalini tasdiqlaydi, yigʻilish oʻtkazishning vaqti va joyini belgilaydi;
PTPK ishini tashkil etishni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi.
12. PTPK raisi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
PTPK faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq tashkil etish;
vazifalarni bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan va bolalar hamda ularning qonuniy vakillari huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etmaslik;
tekshiruv oʻtkazishda bolalar hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash.
13. PTPK yigʻilishini oʻtkazish davriyligi PTPK raisi tomonidan soʻrovnomalar sonidan kelib chiqib (agar arizalar soni kamida 70 ta boʻlsa), lekin har oyda kamida bir marta yigʻilish oʻtkazilishini hisobga olgan holda tasdiqlanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
PTPK barcha aʼzolari yigʻilishda ishtirok etishlari shart. Tasdiqlangan roʻyxatda koʻrsatilgan mutaxassis boʻlmagan taqdirda, ushbu sohadagi boshqa mutaxassis hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishonchnoma asosida yuboriladi. Bu haqda komissiya raisi va kotibi oldindan xabardor qilinadi.
PTPK kotibi PTPK aʼzolarini va bolaning qonuniy vakillarini PTPK koʻrigi oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin xabardor qiladi.
PTPK sayyor yigʻilishlar oʻtkazishga haqli.
14. PTPK yigʻilishida PTPK aʼzolarining xulosalari asosida qaror qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma PTPKning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
PTPK aʼzolari yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatlarini boshqa shaxslarga yuklatish huquqisiz ishtirok etadi.
15. Bolani taʼlim muassasalariga yuborish boʻyicha xulosa qabul qilingan taqdirda, unda ushbu muassasalarda bola bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiya va davolash-tuzatish ishlari boʻyicha tavsiyalar ham koʻrsatilishi mumkin.
16. Tekshiruv natijalari, shuningdek, PTPKda bolalarni tekshirish bilan bogʻliq maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi. Bolalarning qonuniy vakillari roziligisiz ushbu maʼlumotlarning boshqa shaxslarga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
17. Bolalarni tekshirish, ularning qonuniy vakillariga PTPK mutaxassislari tomonidan maslahat berish bepul amalga oshiriladi.
18. PTPK kotibi bolani tekshirish bayonnomasining asl nusxasini saqlanishini taʼminlaydi.
19. PTPK faoliyatini amalga oshirish uchun Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan zarur jihozlar va inventar bilan jihozlangan xona ajratiladi.
4-bob. Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish va PTPKning xulosasini berish tartibi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
1-§. Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish va PTPKga yuborish
(1-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
20. PTPK xulosasini olish uchun qonuniy vakillar yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki hududga biriktirilgan ijtimoiy xodimga, 2026-yil 1-iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
201. Qonuniy vakil PTPK tekshiruvidan oʻtish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, hududga biriktirilgan ijtimoiy xodim yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoxud xizmatdan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Soʻrovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda soʻrovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni vakolatli organga tushgan va ular tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Qonuniy vakil oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi, hududga biriktirilgan ijtimoiy xodim yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, qonuniy vakil mustaqil ravishda ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
202. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda ilova qilinadi:
a) bolaning oʻqish joyidan taʼlim muddati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda koʻmak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan maʼlumotnoma va tavsifnoma (taʼlim muassasalarida oʻqigan bolalar uchun);
b) davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan batafsil koʻchirma, quyidagi mutaxassislarning xulosalari bilan birga:
bolaning umumiy rivojlanish holati toʻgʻrisidagi pediatr xulosasi;
psixonevrologik markazning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan psixonevrolog xulosasi (faqat nutqiy, ruhiy va aqliy rivojlanishda nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun);
otolaringologning xulosasi (faqat eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun) hamda quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi, nutq va shivirlab aytilgan gapni qabul qilish haqidagi maʼlumotlar, audiogramma maʼlumotlari;
oftalmologning xulosasi (faqat koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun) hamda tashxisning keng izohi bilan koʻrish organlarining tavsifi;
ortoped-travmatologning xulosasi (faqat tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun) hamda tashxisning keng izohi bilan rentgenologik tadqiqot maʼlumotlari;
defektolog-logopedning xulosasi (faqat nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun) hamda til tizimining har bir komponenti shakllanish darajasi koʻrsatilgan holda nutq rivoji tavsifi;
v) bolalarni nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga joylashtirishga oid soʻrovnomaga mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda mazkur Nizomning 1b-ilovasida koʻrsatilgan hujjatlar.
Qonuniy vakildan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
203. Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng qonuniy vakil maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Qonuniy vakil YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
204. PTPK tekshiruvini oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi.
205. Qonuniy vakil PTPK tekshiruvini oʻtkazishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Qonuniy vakil PTPK tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortgan taqdirda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
(201 — 205-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
22. Soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab har bir bola boʻyicha shakllantirilgan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi avtomatik ravishda PTPKga koʻrib chiqish uchun yoʻnaltiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
23. Mazkur Nizomning 202-bandida koʻrsatilgan hujjatlari shakllantirilgan bola PTPKning navbatdagi yigʻilishida tekshiruvdan oʻtkaziladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
24. PTPK kotibi shakllantirilgan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi asosida har bir bolani PTPKning navbatdagi yigʻilishiga kiritadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
25. Tekshiruvga olib kelingan bolalar PTPK tomonidan ularning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, jismoniy va ruhiy holatini hisobga olgan holda kompleks tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
26. Bolaning tibbiy kartasida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida bolalar PTPKning har bir mutaxassisi tomonidan yakka tartibda yoki bir nechta mutaxassislar tomonidan bir vaqtda tekshiruvdan oʻtkaziladi.
27. PTPK tomonidan mazkur Nizomning 202-bandida koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni talab etish taqiqlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
28. PTPK aʼzolari tomonidan bolalarni koʻrikdan oʻtkazish, ular bilan bevosita muloqot qilish va ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni oʻrganish natijasida ularning alohida taʼlimga boʻlgan ehtiyojlari asosida tegishli taʼlim muassasalariga yuborish yoki yuborishni rad etish yuzasidan xulosa beriladi.
PTPK tomonidan bolalarni koʻrikdan oʻtkazish natijasida ularni taʼlim muassasasiga yuborishni rad etish yuzasidan xulosa berilgan taqdirda, ushbu xulosa uch ish kunida qonuniy vakillarga taqdim etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
29. PTPKning tegishli taʼlim muassasalariga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasida quyidagilar koʻrsatiladi:
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi maʼlumotlari;
bola qonuniy vakillarining pasportiga oid maʼlumotlar;
bolaning yashash manzili;
xulosa, bolaga qoʻyilgan tashxis bilan (Xalqaro kasalliklar tasnifi “10-qayta koʻrish” shifrini koʻrsatgan holda);
bolaning taʼlim muassasalarida boʻlish muddati (oʻquv yili koʻrsatiladi);
(29-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
bola inklyuziv taʼlim sinfi, boshlangʻich tayanch korreksion sinfga yoʻnaltirilganda, maxsus pedagog yoki yordamchi xodim (assistent) shtatini ajratish zarurligi;
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
bola umumtaʼlim muassasasiga yoʻnaltirilganda, maxsus pedagog yoxud yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi) shtatini ajratish zaruriyati;
inklyuziv taʼlim sinfiga tavsiya etilgan bola uchun uning qonuniy vakili tomonidan taʼminlanadigan yordamchi jihozlar roʻyxati.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
30. 1 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga xulosa bolaning rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonining ogʻirlik darajasiga qarab 6 oy yoki 1 yil muddatga beriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Agarda bola joriy oʻquv yili davomida 7 yoshga toʻlsa yoki PTPK xulosasining amal qilish muddati joriy oʻquv yili davomida tugasa, uning tashkilotda qolish muddati joriy oʻquv yilining 1-avgustiga qadar amal qiladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Bolani ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yoki inklyuziv taʼlim tashkil etilgan umumtaʼlim muassasalarga yuborish boʻyicha xulosada bolaning maxsus taʼlimga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, ushbu muassasalarda boʻlish muddatlari koʻrsatiladi. Bunda, mazkur muddat 3 oʻquv yilidan oshmasligi kerak.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
Bu muddat davomida bola taʼlim muassasasining pedagogik kengashi yoki psixologik-tibbiy-pedagogik kengashi tavsiyasi boʻyicha PTPK tomonidan qayta tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin.
Xulosada koʻrsatilgan bolaning taʼlim muassasasida boʻlish muddati tugaganidan keyin ushbu tashkilotda uning boʻlish muddatini uzaytirish yoki uni umumiy turdagi taʼlim muassasasiga (guruh/sinf) oʻtkazish masalasi PTPK tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda qaytadan tekshiruvdan oʻtkazish natijasida belgilanadi. Bunda PTPK xulosasining amal qilish muddati joriy oʻquv yili davomida tugasa, bolaning ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar, umumtaʼlim muassasalarining korreksion yoki inklyuziv sinfda qolish muddati joriy oʻquv yili yakuniga qadar amal qiladi.
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
31. PTPKning davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
eshitishda ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan bolalarga — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
ruhiy rivojlanishda kechikayotgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
aqliy rivojlanishda nuqsonlari boʻlgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
tugʻma va irsiy kasalliklar (Daun sindromi, Shereshev-Terner sindromi, Klaynfelter sindromi, spinal amiotrofiyalar, Kornellii-de Lange sindromi, Vilyams sindromi, Pradera-Villi sindromi, Nunan sindromi) tufayli rivojlanishda nuqsonlari boʻlgan bolalarga — 2 yoshdan 7 yoshgacha.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
32. Quyidagi nuqsonlari mavjud boʻlgan bolalarga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining toʻliq kunlik guruhlariga yuborishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa beriladi:
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
ogʻir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
33. PTPKning ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yoki inklyuziv taʼlim tashkil etilgan umumtaʼlim muassasalarga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalarga — 6 yoshdan 18 yoshgacha (6 yoshdan tayyorlov guruhiga);
eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalarga — 6 yoshdan 18 yoshgacha (6 yoshdan tayyorlov guruhiga);
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan bolalarga — 7 yoshdan 18 yoshgacha;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
34. Quyidagi nuqsonlari mavjud boʻlgan bolalarga maktab, maktab-internatlar sinflariga yuborishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa beriladi:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
ogʻir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari;
asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi.
35. PTPKning ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etilgan qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan “Gʻamxoʻrlik” guruhlariga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
ogʻir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4-5 darajadagi Bolalar serebral falaji (G80) boʻlgan bolalarda yengil va moʻtadil darajadagi aqliy zaiflik — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan ruhiy yoki aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar boʻlgan bolalar — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
koʻr-kar-soqovlik — 3 yoshdan 7 yoshgacha.
PTPKning ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarida tashkil etilgan qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan “Gʻamxoʻrlik” guruhlariga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
ogʻir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4-5 darajadagi Bolalar serebral falaji (G80) boʻlgan bolalarda yengil va moʻtadil darajadagi aqliy zaiflik — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar boʻlgan bolalar — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
koʻr-kar-soqovlik — 6 yoshdan 16 yoshgacha.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
351. PTPKning bolalarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatiga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu Nizomga 3a-ilovada koʻrsatilgan tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha beriladi.
352. PTPKning bolalarni nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga joylashtirish toʻgʻrisidagi xulosasi nogironligi boʻlgan bolalarda quyidagi tashxislardan biri boʻlganida qabul qilinadi:
moʻtadil darajadagi aqliy zaiflik (F71);
ogʻir darajadagi aqliy zaiflik (F72);
chuqur darajadagi aqliy zaiflik (F73).
353. Bolalarni nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga joylashtirishga quyidagilar qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
tez-tez, har oyda 5-martadan koʻp tutqanoq xurujlari sodir boʻladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, namozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan qoʻpol va xulqiy buzilishlar sabab boʻladigan ruhiy kasalliklar;
ular bilan kasallanganda bolani umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqitish mumkin boʻlgan har qanday ruhiy kasalliklar;
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari.
354. PTPKning uch yoshgacha boʻlgan bolalarni “Erta aralashuv” xizmatiga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu Nizomga 4-ilovada koʻrsatilgan tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha beriladi.
355. PTPKning uzoq muddat parvarishga muhtoj bolalarni uy sharoitida qarab turish xizmatiga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu Nizomga 5-ilovada koʻrsatilgan tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha beriladi.
(351 — 355-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
36. PTPKning bayonnomalari va xulosasi tekshiruv oʻtkazilgan kun rasmiylashtiriladi hamda uning aʼzolari tomonidan imzolanadi.
37. PTPKning xulosasi asosida PTPK kotibi tomonidan:
a) bola uning qonuniy vakillari bilan kelishgan holda bir ish kunida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti, qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti, inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etilgan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, maktab-internat yoki inklyuziv taʼlim tashkil etilgan umumtaʼlim muassasasiga yoʻnaltiriladi hamda bu toʻgʻrisida aloqa vositalari, shu jumladan, “SMS” xabarnoma, elektron pochta hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qonuniy vakillar xabardor qilinadi;
b) nogironligi boʻlgan bolalarni nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga joylashtirish yoki uy sharoitida qarab turish xizmatiga yoʻnaltirishga qaratilgan IPTKning xulosasi rasmiylashtirilganda mazkur xulosa bir ish kuni ichida YAMIH AT orqali nogironligi boʻlgan bolaning yashash manzilidagi “Inson” markaziga yuboriladi hamda bu toʻgʻrisida aloqa vositalari, shu jumladan, “SMS” xabarnoma, elektron pochta hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qonuniy vakillar xabardor qilinadi.
Qonuniy vakillar xabarni olgandan soʻng, bola bilan birgalikda tegishli taʼlim muassasasiga yoki nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga oʻn besh ish kuni ichida kelishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
371. Qonuniy vakillar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng bolani bir inklyuziv taʼlim tashkil etilgan umumtaʼlim muassasasidan boshqa shu turdagi umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish huquqiga ega.
Qonuniy vakillar bolani bir inklyuziv taʼlim tashkil etilgan umumtaʼlim muassasasidan boshqa shu turdagi umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda murojaat qiladi. Bunda soʻrovnomaga ilovalar talab etilmaydi.
Soʻrovnoma ilgari xulosa berilgan PTPK raisi tomonidan ikki ish kunida koʻrib chiqilib, xulosaga tegishli oʻzgartirish kiritiladi va ushbu xulosa oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan umumtaʼlim muassasasiga yoʻnaltiriladi hamda bu toʻgʻrisida “SMS” xabarnoma yuborish orqali qonuniy vakillar xabardor qilinadi.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. PTPK faoliyati ustidan nazorat Agentlik, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim muassasalariga yoʻllash
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini olish uchun yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki hududga biriktirilgan ijtimoiy xodimga, Davlat xizmatlari markazi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
1. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari,
Davlat xizmatlari markazi
1. Soʻrovnomani toʻldirib, uni Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga yoʻnaltiradi.
Avtomatik ravishda
2. YIDXP
2. Elektron toʻldirilgan soʻrovnoma Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga yuboriladi.
3-bosqich
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya kotibi
1. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini olish uchun nomzod bola toʻgʻrisidagi hujjatlarni Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning navbatdagi yigʻilishiga kiritish.
1. Hujjatlar taqdim etilgan kuni
2. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning yigʻilishi vaqti, sanasi va joyi toʻgʻrisida bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni xabardor qilish.
2. PTPK yigʻilishi oʻtkaziladigan sana haqida kamida uch kun oldin
4-bosqich
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya
1. Bolani uning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, jismoniy va ruhiy holatini hisobga olgan holda kompleks tekshiruvdan oʻtkazish.
1. 1 kun ichida
2. Tekshiruv natijasida bolaning alohida taʼlimga boʻlgan ehtiyojlari asosida tegishli taʼlim muassasalariga yuborish yoki yuborishni rad etish yuzasidan xulosa beriladi.
2. Tekshirish davomida
3. PTPK tomonidan bolalarni koʻrikdan oʻtkazish natijasida ularni taʼlim muassasasiga yuborishni rad etish yuzasidan xulosa berilgan taqdirda, ushbu xulosa uch ish kunida qonuniy vakillarga taqdim etiladi.
3. Uch ish kuni ichida
5-bosqich
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya kotibi
PTPKning xulosasi asosida bolani uning qonuniy vakillari bilan kelishgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti, qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti, inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etilgan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, maktab-internat yoki inklyuziv taʼlim tashkil etilgan umumtaʼlim muassasasiga yoʻnaltiriladi va bu toʻgʻrisida aloqa vositalari, shu jumladan, “SMS” xabarnoma, elektron pochta hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni xabardor qilish.
Bir ish kuni ichida
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan oʻtish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot*:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
5. Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami:
II. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bola toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
5. Tugʻilganlik haqida guvohnoma seriyasi va raqami:
6. Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma raqami va sanasi:
7. Ariza beruvchining qonuniy vakilligini asoslovchi maʼlumot:
8. Taʼlim tashkiloti:
* Tutingan (foster) oila yoki ixtisoslashtirilgan tarbiya va ijtimoiy himoya muassasalarida tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar manfaatida toʻldiriladigan soʻrovnomada “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining masʼul xodimi maʼlumotlari koʻrsatiladi.
** Pasport (identifikatsiya ID-karta) va tugʻilganlik haqidagi maʼlumotlar hamda nogironlik toʻgʻrisida maʼlumotlar mustaqil ravishda “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomga 1b-ILOVA
“Gʻamxoʻrlik” markazlariga joylashtirish uchun talab etiladigan nogironligi boʻlgan bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar
ROʻYXATI*
1. Tibbiy muassasadagi bemorning tibbiy kartasidan koʻchirma (ambulator/statsionar) 027-shakl.
2. Kasallik tarixidan koʻchirma (Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonalarida davolanayotgan shaxslar uchun.
3. Qonning umumiy tahlili.
4. Siydik umumiy tahlili.
5. Qonning RW (Vasserman reaksiyasi) tahlili.
6. “V” va “S” gepatitlarning (NVsAg, NCV) markerlarini aniqlovchi qon tahlili.
7. Qonning OIV bilan zararlanishi toʻgʻrisida tahlili (OITSga qarshi kurash markazidan).
8. Koʻkrak qafasi aʼzolarining flyuorografiyasi (tekshiriluvchining familiyasi, ismi sharifi hamda tekshiruvning tartib raqami va oʻtkazilgan sana koʻrsatiladi).
9. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallari Tibbiy-maslahat komissiyasi xulosasi.
1. Ushbu roʻyxatda koʻrsatilgan hujjatlarning amal qilish muddati 3 oyni, koʻkrak qafasi aʼzolarining flyuorografiyasi 6 oyni tashkil etadi.
2. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun quyidagi hujjatlar qoʻshimcha ravishda talab qilinadi:
homiylik yoki vasiylikni belgilash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
ota-onasining vafot etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, ota-onasining uzoq davom etgan kasalligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va ota-onasining yoʻqligini yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalashga imkoniyat yoʻqligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
ota-onasidan qolgan mol-mulkining (agar bor boʻlsa) roʻyxati, mol-mulkning joylashgan manzili (uy-joyning kadastr hujjatlari), uni saqlash uchun koʻrilgan chora-tadbirlar va uning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
alimentlar toʻlashga oid maʼlumotlar (agar bor boʻlsa);
tijorat banklarida bolalarning nomiga ochiladigan omonat hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar bor boʻlsa).
3. Quyidagi maʼlumot va hujjatlar ““Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi orqali olinadi:
nogironligi boʻlgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi (16 yoshdan katta bolalar uchun biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta) toʻgʻrisidagi maʼlumot;
qonuniy vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumot;
pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumot;
ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligini tasdiqlovchi hujjat;
nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Mazkur bandda nazarda tutilgan maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasidan olish imkoni boʻlmaganda, tegishli hujjatlar qonuniy vakildan talab qilib olinishi mumkin.
(1b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
e) Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G80
j) Boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari tugʻma va irsiy kasalliklar (Daun sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, Klaynfelter sindromi, Kornellii-de Lange sindromi, Vilyams sindromi, Pradera-Villi sindromi, Nunan sindromi)
Q90
Q96
Q98
Q87.1
z) Serebrovaskulyar kasalliklarining oqibatlari+Boʻshashgan paraplegiya yoki Spastik paraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
I69.2+ G82.0/ G82.1
i) Spinal mushak atrofiyasi va unga yaqin sindromlar (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G12
k) Mushaklarning birlamchi shikastlanishlari (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G71
l) Paraplegiya va tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G82
Gemiplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G81
m) Spina bifida (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
Q05
n) Osteomiyelit asoratlari (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar)
M86
o) Ortopediyadagi suyak skeletining tizim kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya)
Q77.4
p) Boldir va tovonning tugʻma yoʻqligi
Q72.2
r) Tovon va tovon panjalarining tugʻma yoʻqligi
Q72.3
s) Qoʻl panja va barmoq(larning) tugʻma yoʻqligi
Q71.3
t) Bilak va qoʻl panjalarning tugʻma yoʻqligi
Q71.2
u) Tovonning borligi holda son va boldir tugʻma yoʻqligi
Q72.1
f) Qoʻl panjalarning borligi holda yelka va bilak suyaklari (ning) tugʻma yoʻqligi
Q71.1
x) Aniqlanmagan oyoq-qoʻl(lar) tugʻma anomaliyalari (tugʻma rivojlanish anomaliyasi oqibatida amputatsion choʻltoqlik (tayanch-harakat funksional yetishmovchiligiga olib keladigan).
Q74.9
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
e) Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G80
j) Boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari tugʻma va irsiy kasalliklar (Daun sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, Klaynfelter sindromi, Kornellii-de Lange sindromi, Vilyams sindromi, Pradera-Villi sindromi, Nunan sindromi)
Q90
Q96
Q98
Q87.1
z) Serebrovaskulyar kasalliklarining oqibatlari + (Boʻshashgan paraplegiya yoki Spastik paraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
I69.2+ G82.0 G82.1
i) Osteomiyelit asoratlari (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar)
M86
k) Spinal mushak atrofiyasi va unga yaqin sindromlar (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G12
l) Mushaklarning birlamchi shikastlanishlari (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G71
m) Paraplegiya va tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G82
n) Gemiplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
G81
o) Spina bifida (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3 yoki 4 daraja)
Q05
p) Ortopediyadagi suyak skeletining tizim kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya);
Q77.4
r) Aniqlanmagan oyoq-qoʻl(lar) tugʻma anomaliyalari (tugʻma rivojlanish anomaliyasi oqibatida amputatsion choʻltoqlik (tayanch-harakat funksional yetishmovchiligiga olib keladigan)
Q74.9
s) Boldir va tovonning tugʻma yoʻqligi
Q72.2
t) Tovon va tovon panjalarining tugʻma yoʻqligi
Q72.3
u) Qoʻl panja va barmoq(larning) tugʻma yoʻqligi
Q71.3
f) Bilak va qoʻl panjalarning tugʻma yoʻqligi
Q71.2
x) Tovonning borligi holda son va boldir tugʻma yoʻqligi
Q72.1
s) Qoʻl panjalarning borligi holda yelka va bilak suyaklari (ning) tugʻma yoʻqligi
Q 71.1
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ILOVA
Kunduzgi parvarish xizmatiga psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar
ROʻYXATI
T/r
Kasallik nomi
Xalqaro Kasalliklar Tasnifi
(XKT-10)
1.
Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4 yoki 5 daraja) + yengil darajadagi aqliy zaiflik
G80+F70
2.
Serebrovaskulyar kasalliklarining oqibatlar+ Spastik tetraplegiya yoki Boʻshashgan tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4-5 yoki 5-daraja) + yengil darajadagi aqliy zaiflik
I69.2+G82.3 /G 82.4+F70
3.
Tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4-5 yoki 5 daraja) + yengil darajadagi aqliy zaiflik
G 82+ F70
4.
Moʻtadil aqliy zaiflik
F71
5.
Ogʻir darajadagi aqliy zaiflik
F72
6.
Chuqur aqliy zaiflik
F73
7.
Koʻr-kar-soqovlik
N90.3+N54.0
8
Nim oʻtkir sklerozlovchi panensefalit
(Oʻtkir osti sklerozlashgan panensefalit)
A81.1
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Gemiplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 2 yoki 3 yoki 4 yoki 5 daraja)
G81
35.
Boshqa notravmatik kalla suyagi ichi qon quyilishi oqibatida paraplegiya va tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 2 yoki 3 yoki 4 yoki 5 daraja)
I69.2+G82-G82.4
36.
Boldir va tovonning tugʻma yoʻqligi
Tovonning borligi holda son va boldir (suyaklari)ning tugʻma yoʻqligi
Q72.2
Q72.1
37.
Tovon va tovon panjalarining tugʻma yoʻqligi
Q72.3
38.
Qoʻl panja va barmoq(larning) tugʻma yoʻqligi
Q71.3
39.
Bilak va qoʻl panjalarning tugʻma yoʻqligi
Q71.2
40.
Tovonning borligi holda son va boldir tugʻma yoʻqligi
Q72.1
41.
Oyoqlar(ning) tugʻma toʻliq yoʻqligi
Q72.0
42.
Qoʻl (qoʻllar)ning tugʻma toʻliq yoʻqligi
Q71.0
43.
Qoʻl panjalarning borligi holda yelka va bilak suyaklari (ning) tugʻma yoʻqligi
Q 71.1
VII. Psixologik rivojlanishning buzilishlari: (2-3 yoshgacha)
44.
Autizmga xavf
F84.0
Psixonevrolog xulosasi
45.
Psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlariga xavf
F83
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Kech bosqichlar, yurish va soʻz qobiliyatini yoʻqotish, epilepsiya, nafas yetishmovchiligi
8.
Ley kasalligi, mitoxondrial ensefalopatiyalar
G31.8, G31.9
Progressirlovchi mushak kuchsizligi, nafas yetishmovchiligi, hayotiy markazlarning zararlanishi
9.
Leykodistrofiyalar
E75.2
Koʻrish, eshitish, motor va kognitiv funksiyalarni yoʻqotish
III. Genetik va asab-mushak kasalliklari
10.
Orqa miya mushak atrofiyasi
G12.0-G12.1
I-II turi, boshni tuta olmaslik, oʻtira olmaslik va yura olmaslik; nafas yetishmovchiligi, oʻpka sunʼiy nafasi; gastrostomiya
11.
Zoʻrayib boruvchi mushak distrofiyalari
G71.0-G71.9
Yurish qobiliyatini yoʻqotish, nafas yetishmovchiligi, kardiomiopatiya, oʻpka sunʼiy nafasi
12.
Qon ivishning buzilishlari
D 65 — 68
Ogʻir kechishi
13.
Mukovissidoz
E84.0 — E84.9
Ogʻir bosqichlari: nafas yetishmovchiligi, tez-tez uchraydigan infeksiyalar, kaxeksiya, “oʻpka” yuragi
14.
Bullyoz epidermoliz
Q81.0 — Q81.9
Surunkali bitmaydigan yaralar, kuchli ogʻriq sindromi, sepsis, ovqatlanishning buzilishi
15.
Markaziy asab tizimining sekin kechuvchi virusli infeksiyalari (Sklerozlanuvchi nim oʻtkir panensefalit)
A81.1
Xulq-atvorning oʻzgarishi, intellektual qobiliyatlarning pasayishi, mioklonik tutqanoqlar (mushaklarning keskin tortishishi), progressiv demensiya, ataksiya (koordinatsiyaning buzilishi) va koʻrlik rivojlanishi
IV. Tugʻma rivojlanish nuqsonlari
16.
Aʼzolarining koʻp sonli tugʻma nuqsonlari
Q20-Q28
Q00-Q 07
Q35-Q37-38
Q 60 — Q 64
Q 65 — Q 79
Jarrohlik yoʻli bilan tuzatilmaydi, ogʻir yurak-nafas va ovqat hazm qilish yetishmovchiligi. Mustaqil harakat buzilishi.
17.
Qisqa ichak sindromi
K91.2
Uzoq muddatli/umrbod parenteral oziqlanishga bogʻliqlik
18.
Xromosoma anomaliyalari, oʻlimga olib keladigan
Q90 — Q99
Edvards sindromi (Q 91), Patau sindromi (Q 93), kutilayotgan umr koʻrish davomiyligining juda pastligi. Oʻz oʻzini xizmatni bajara olmaslik.
V. Terminal organ yetishmovchiligi
19.
Surunkali yurak yetishmovchiligi
I50.0 — I50.9
Tinch holatda nafas qisilishi, assit, faollikning cheklanishi
(N 2A-N3 darajasi)
20.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi
N18.5-N18.6
Terminal bosqich, dializ mumkin emas yoki doimiy, intoksikatsiya
21.
Jigar yetishmovchiligi
K72.*, K70.3,
Dekompensatsiyalangan sirroz, assit, qon ketishlar, jigar ensefalopatiyasi
22.
Surunkali nafas yetishmovchiligi
J 45;
J96.0 — J96.9
Ogʻir daraja bronxial astma, Tinch holatdagi gipoksiya, uzoq muddatli kislorod terapiyasi yoki oʻpka sunʼiy nafas apparatida (II-III darajasi)
23.
Odam immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqariladigan kasallik
B20 — V 24
Ogʻir kechishi, yuqori virusli yuklama CD 4+ limfotsitlarning keskin pasayishi (200 xujayra/mkl dan kam).
VI. Jarohatlar va reanimatsiyadan keyingi holatlar
24.
Ogʻir bosh miya jarohatidan soʻng asoratlari
S06.0 — S06.9
Qoʻpol harakat buzilishlari, kognitiv buzilishlar, vegetativ holat
25.
Uzoq muddatli oʻpka sunʼiy nafas apparatidan keyingi holatlar
Z 93
Z99.1
Nafas olish zaifligi, apparatga qaramlik
26.
Vegetativ holat (koma holati), minimal ong
G93.4
R40.2
Parvarishga toʻliq bogʻliqlik, zondli oziqlantirish, oʻpka sunʼiy nafas apparatida
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarma boshligʻining nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi
2.
Lavozimi boʻyicha
—
Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
pediatr
4.
Lavozimi boʻyicha
—
nevrolog
5.
Lavozimi boʻyicha
—
psixonevrolog
6.
Lavozimi boʻyicha
—
ortoped-travmatolog
7.
Lavozimi boʻyicha
—
oftalmolog
8.
Lavozimi boʻyicha
—
otolaringolog
9.
Lavozimi boʻyicha
—
maxsus pedagog
10.
Lavozimi boʻyicha
—
psixolog
101.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmasining tegishli sohaviy tarkibiy boʻlinmasi masʼul xodimi
11.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmasining tegishli sohaviy tarkibiy boʻlinmasi masʼul xodimi, komissiya kotibi
( 2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Izoh. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tarkibiga tegishli soha vakillari va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga 3-ILOVA
“Gʻamxoʻrlik” guruhlari toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
1. Ushbu Nizom davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, davlat ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari) “Gʻamxoʻrlik” guruhlarning (keyingi oʻrinlarda — “Gʻamxoʻrlik” guruhi) maqsadlari, vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Gʻamxoʻrlik” guruhi faoliyati mazkur Nizom va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari ustavi, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
3. “Gʻamxoʻrlik” guruhi faoliyati jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, biroq sogʻligʻining holatiga koʻra alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti, qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi ixtisoslashtirilgan va inklyuziv guruhlariga, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, inklyuziv sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim tashkilotiga, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarda taʼlim olishga ruxsat etilmagan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar) qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berish hamda parvarishlash maqsadida tashkil etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
4. Quyidagi nuqsonlari mavjud 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etilgan “Gʻamxoʻrlik” guruhlariga qabul qilinadi:
ogʻir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan ruhiy yoki aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar boʻlgan bolalar;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari;
koʻr-kar-soqovlik.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
5. Quyidagi nuqsonlari mavjud 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarida tashkil etilgan “Gʻamxoʻrlik” guruhlariga qabul qilinadi:
ogʻir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar boʻlgan bolalar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari;
6. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Gʻamxoʻrlik” guruhida bolalarga taʼlim va tarbiya berish hamda parvarishlash bepul amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
2-bob. “Gʻamxoʻrlik” guruhining maqsadlari va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
7. “Gʻamxoʻrlik” guruhining maqsadlari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul qilinmaydigan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni parvarishlash, taʼlim-tarbiya berish hamda ularni jamiyatga moslashishiga koʻmaklashishdan iborat.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
8. “Gʻamxoʻrlik” guruhining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash, bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
bolaning yoshi, imkoniyatlari, qobiliyati va ehtiyojlariga qarab kamol topishida koʻmaklashish;
bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va jamiyatga moslashishida oilaga yordam berish;
bolalarga oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish koʻnikmalarini shakllantirish;
ota-onalar uchun “ijtimoiy hordiq” imkoniyatini yaratish.
3-bob. “Gʻamxoʻrlik” guruhini tashkil etish, guruhga qabul qilish va undan chiqarish tartibi
1-§. “Gʻamxoʻrlik” guruhini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalaridagi boʻsh oʻrinlarni va “Gʻamxoʻrlik” guruhlariga ehtiyojni inobatga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga buyurtma yuboradi.
“Gʻamxoʻrlik” guruhi hududiy boshqarmaning buyurtmasiga koʻra ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
10. “Gʻamxoʻrlik” guruhlari ehtiyojni inobatga olgan holda ikkita smenada tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
11. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida “Gʻamxoʻrlik” guruhlari:
davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun;
davlat ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarda 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun faoliyat koʻrsatadi.
12. Har bir “Gʻamxoʻrlik” guruhiga 6 — 8 nafar bola qabul qilinadi. “Gʻamxoʻrlik” guruhi teng yoki turli yoshdagi bolalardan iborat boʻladi.
2-§. “Gʻamxoʻrlik” guruhiga qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
13. Bolalar “Gʻamxoʻrlik” guruhiga ularning qonuniy vakillarining (ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) arizasi hamda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi oʻrinlarda — PTPK) xulosasi asosida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
Buyruqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda taʼlim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida Agentlik hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy shaklda shartnoma tuziladi.
Qonuniy vakillar arizani bevosita tegishli hududiy boshqarmaga yoki yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga taqdim etadi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari kelib tushgan arizani bir ish kuni ichida tegishli hududiy boshqarmaga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
14. Hududiy boshqarmalar ariza kelib tushgandan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida bolani “Gʻamxoʻrlik” guruhi uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritadi.
“Gʻamxoʻrlik” guruhini tashkil etish uchun yetarlicha arizalar kelib tushganidan soʻng, hududiy boshqarmalar tegishli ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga guruh tashkil etish boʻyicha buyurtma kiritadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
15. “Gʻamxoʻrlik” guruhi tashkil etilganidan soʻng, tegishli hududiy boshqarma bir ish kuni ichida qonuniy vakillarni guruh tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
“Gʻamxoʻrlik” guruhida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida xabar olgandan soʻng, bolaning qonuniy vakili tegishli ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga oʻn besh ish kuni ichida kelishi shart.
3-§. “Gʻamxoʻrlik” guruhidan chiqarish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
16. Bolalar “Gʻamxoʻrlik” guruhidan quyidagilar asosida chiqariladi:
qonuniy vakilning arizasi;
sogʻliqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy koʻrsatmalari;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tibbiy-psixologik-pedagogik yoki pedagogik kengashining xulosasi;
taʼlim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillarning oʻrtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi;
PTPKning xulosasida koʻrsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasada boʻlish muddatining tugashi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
17. Bolalarni “Gʻamxoʻrlik” guruhidan chiqarish ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Bola “Gʻamxoʻrlik” guruhidan chiqarilgach, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi rahbari hududiy boshqarmani xabardor qiladi.
4-bob. “Gʻamxoʻrlik” guruhida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
18. “Gʻamxoʻrlik” guruhidagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni davlat taʼlim standartlari, dasturlari va talablari asosida ishlab chiqiladigan variativ maxsus dasturga muvofiq tegishli hududiy boshqarma bilan kelishgan holda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.
19. “Gʻamxoʻrlik” guruhida dars mashgʻulotlarining davomiyligi sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
20. “Gʻamxoʻrlik” guruhida oʻqitish davomiyligi va muddati har bir bolaga uning sogʻligʻining holati hamda PTPK xulosasi asosida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi taʼlim-reabilitatsiya dasturiga muvofiq belgilanadi.
5-bob. “Gʻamxoʻrlik” guruhini moliyalashtirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
21. “Gʻamxoʻrlik” guruhlar faoliyati ayrim ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarini maqbullashtirish munosabati bilan boʻshayotgan mablagʻlar hisobidan, 2025-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
“Gʻamxoʻrlik” guruhi faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoida
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga
4-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarining bolalar reabilitatsiya boʻlimlari uchun zarur jihozlar
ROʻYXATI
T/r
Asbob-uskunalar nomi
Oʻlchov birligi
Soni
1.
Mobil stenderlar
Kichik vertikalizator — boʻyi 76 sm dan 102 sm gacha bolalar uchun
dona
1
Oʻrta vertikalizator — boʻyi 93 sm dan 132 smgacha bolalar uchun
dona
1
Katta vertikalizator
dona
1
2.
Yurish uchun trenajyorlar
Yurish uchun ortopedik trenajyor (dinamik ustki qavat ramasi, standart negizi odometrsiz, qoʻl ushlab turuvchisi (tirsak asoslari), kichik hajmdagi koʻkrak qafasini ushlab turuvchisi, kichik oʻlchamdagi chanoq tutqichi, son tutqichi: kichik oʻlchamdagi boldir va boldir-tovon tutqichi)
dona
1
3.
Yurish uchun ortopedik trenajyor (dinamik ustki qavat ramasi, yugurish yoʻlakchasi uchun negiz, qoʻl fiksatorlari (tirsak asoslari: juft), kichik hajmdagi koʻkrak qafasi fiksatori, kichik oʻlchamdagi chanoq fiksatori, chanoq tutqichi uchun yumshoq yostiq, son tutqichi: juft, kichik oʻlchovli tyaga, kichik oʻlchovli koʻp pozitsiyali oʻrindiq)
dona
1
4.
Boʻyi 95 smdan 140 smgacha boʻlgan bolalarga yurish uchun oʻrta oʻlchovli ortopedik trenajyor (dinamik yuqori rama, standart negizi odometrsiz, qoʻllar (tirsak asoslari) uchun tutqich, oʻrta hajmdagi koʻkrak qafasi tutqichi (koʻkrak qafasi diametri 56 — 102 sm), oʻrta oʻlchovli chanoq tutqichi, chanoq tutqichi uchun yumshoq yostiq, son tutqichi: juft, kichik oʻlchamdagi boldir-tovon tutqichi, qoʻl tormozi)
dona
1
5.
Boʻyi 95 smdan 140 smgacha boʻlgan bolalarga yurish uchun oʻrta oʻlchovli ortopedik trenajyor (dinamik yuqori rama, yugurish yoʻlakchasi uchun negiz, qoʻllar uchun tutqich (tirsak asoslari: juft), oʻrta hajmdagi koʻkrak qafasi tutqichi (koʻkrak qafasi diametri 56 — 102 sm), oʻrta oʻlchovli chanoq tutqichi, chanoq tutqichi uchun yumshoq yostiq, son tutqichi: juft, kichik oʻlchamdagi boldir-tovon tutqichi, qoʻl tormozi koʻp pozitsiyali oʻrindiq)
dona
1
6.
Yurish uchun katta oʻlchovli ortopedik trenajyor (dinamik yuqori ramasi, yugurish yoʻlakchasi uchun negiz, qoʻllar uchun tutqich (tirsak asoslari: juft), oʻrta hajmdagi koʻkrak qafasi tutqichi (koʻkrak qafasi diametri 56 — 102 sm oʻrta oʻlchovli chanoq tutqichi, chanoq tutqichi uchun yumshoq yostiq, son tutqichi: juftlik, kichik oʻlchamdagi boldir-tovon tutqichi, qoʻl tormozi koʻp pozitsiyali oʻrindiq)
Boʻyi 97 smdan 127 smgacha boʻlgan bolalar uchun kichik oʻlchovli ortopedik velosiped
dona
1
10.
Boʻyi 127 smdan 161 smgacha boʻlgan bolalar uchun oʻrta oʻlchovli ortopedik velosiped
dona
1
11.
Djetmobil — yotoq samokat
Boʻyi 102 smgacha boʻlgan bolalar uchun djetmobil (yarim doira shaklidagi qoʻshimcha moslamalar (juftda), abduktor — nogironlar aravachasi oʻrindigʻiga oʻrnatilgan, oyoqlarini (sonlarini) bir-biridan ajratish uchun moʻljallangan qurilma, yostiqcha)
dona
1
12.
Boʻyi 152 smgacha boʻlgan bolalar uchun djetmobil (yarim doira shaklidagi qoʻshimcha moslamalar (juft), abduktor — nogironlar aravachasi oʻrindigʻiga oʻrnatilgan, oyoqlarini (sonlarini) bir-biridan ajratish uchun moʻljallangan qurilma, yostiqcha)
dona
1
13.
Tambl Forms 2-kreslo “Delyuks”
Tambl Forms 2-kreslo “Delyuks” (shu jumladan, statsionar moslama) boʻyi 91 smgacha boʻlgan bolalar uchun “S” oʻlchamdagi barcha oʻlchamlariga moslashuvchan kreslo-stolcha bilan
dona
1
14.
Tambl Forms 2-kreslo Delyuks (shu jumladan, statsionar moslama) boʻyi 122 smgacha bolalar uchun “M” oʻlchamdagi mobil baza bilan
dona
1
15.
Koʻp funksiyali adaptiv kreslo — (“Hi/Lo” bazasi bilan)
Koʻp funksiyali adaptiv kreslo — (“Hi/Lo” bazasi bilan) “S” oʻlchamdagi boʻyi 81 smdan 122 sm gacha bolalar uchun (oʻrindiq va suyanchiq, bazasi “Hi-Lo” “S” oʻlchamdagi, tirsak osti moslamasi, yumshoq qoplamalari oʻrindiq va yostiqlar, pnevmatik bulogʻi, moslashuvchan bosh suyanchigʻi, quvvatlovchi yon bloklar tasma bilan, patnis — stolcha, stolchaga mahkamlanuvchan tutqich, tanani mustahkamlanuvchi moslama “kapalak”, sonlar uchun tasma, tos holatini abduksiyasi va korreksiyasi uchun har bir son uchun juft tasmalar, sonlar uchun yon bloklar, abduktor — nogironlar aravachasi oʻrindigʻiga oʻrnatilgan, oyoqlarini (sonlarini) bir-biridan ajratish uchun moʻljallangan qurilma, oyoqni mahkamlash moslamasi, boldir-tovon tasmachasi, oyoq kiyim (sandal), takozlar
dona
1
16.
Koʻp funksiyali adaptiv kreslo — (“Hi/Lo” bazasi bilan) “M” oʻlchamdagi boʻyi 102 smdan 142 smgacha bolalar uchun (oʻrindiq va suyanchiq, bazasi “Hi-Lo” “M” oʻlchamdagi, tirsak osti moslamasi, yumshoq qoplamalari oʻrindiq va yostiqlar, pnevmatik prujina, moslashuvchan bosh suyanchigʻi, quvvatlovchi yon bloklar tasma bilan, patnis — stolcha, stolchaga mahkamlanuvchan tutqich, tanani mustahkamlanuvchi moslama “kapalak”, sonlar uchun tasma, tos holatini abduksiyasi va korreksiyasi uchun har bir son uchun juft tasmalar, sonlar uchun yon bloklar, abduktor, oyoqni mahkamlash moslamasi, boldir-tovon tasmachasi, oyoq kiyim (sandal), takozlar
dona
1
17.
Sensorli integratsiya uchun mahsulotlar
Qoʻshimcha sezgir impuls uchun chuqur bosim taʼsirini koʻrsatadigan “Siqish” roll trenajyori
dona
1
18.
Ilgakli tizim — “Uya” argʻimchoq
(Shiftga mahkamlash moslamalari toʻplami alohida xarid qilinadi)
dona
1
19.
Shiftga mahkamlash moslamalari toʻplami quyidagilar:
ilish uchun kronshteyn;
xavfsizlik mahkamlagichi;
xavfsiz aylanadigan moslama;
uzunligi 3 m boʻlgan arqon;
balandlikni sozlash moslamasi.
toʻplam
1
20.
Tuxumsimon-espander — 3 ta donali toʻplam
toʻplam
3
21.
“Vestibulyator II” tizim toʻplami — sensor integratsion terapiya uchun. Vertikal stimulyatsiya va aylanish harakatlarini taʼminlash uchun. Balandligi moslashuvchan konstruksiya. Toʻplam: erkin turuvchi rama, argʻimchoq, egiluvchan disk, argʻimchoq-gʻildirak, qorin bilan yotishga moʻljallangan argʻimchoq-setka, oʻrindiqli argʻimchoq-setka, ipli arkon, asenderli mat
toʻplam
1
22.
Tristender Tumble Forms — universal stender
Universal vertikalizator, Tristender toʻplami aksessuarlar bilan (rama, tos suyagi fiksatori, bola tanasi fiksatori, tizza fiksatorlari, boʻyin-yelka fiksatorlari) va boʻyi 81 — 114 sm boʻlgan bolalar uchun kichik oʻlchamdagi erkin turish uchun moslashuvchan stoli bilan
toʻplam
1
23.
Universal vertikalizator, Tristender toʻplami aksessuarlar bilan (rama, tos suyagi fiksatori, tana fiksatori, tizza fiksatorlari, boʻyin-yelka fiksatorlari) va boʻyi 109 — 147 sm boʻlgan bolalar uchun katta oʻlchamdagi erkin turish uchun moslashuvchan stoli bilan
toʻplam
1
24.
Abduksionli vertikalizator “Stendz”, toʻliq toʻplamda, oldinga va orqaga egilishda foydalanish uchun
toʻplam
2
25.
Langarlar
Oʻng qoʻl bilagini fiksatsiya qilish uchun tutqich “Langar”
dona
1
26.
Chap qoʻl bilagini fiksatsiya qilish uchun tutqich “Langar”
dona
1
27.
Oʻng tirsakni fiksatsiya qilish uchun moslama “Langar”
dona
1
28.
Chap qoʻl bilagini fiksatsiya qilish uchun tutqich “Langar”
dona
1
29.
Tutqich “Langar”
dona
1
30.
Qoʻl bilagiga tayanch va fiksatsiya qiluvchi tutqich “Langar”
dona
1
31.
Gorizontal tutqich “Langar”
dona
1
32.
Tutqich “Langar”
dona
1
33.
Vertikalizator stoli (bolalar uchun), quvvati AS220; 50/60 Gs. quvvat koeffitsiyenti 60 Vt. Toʻshak yuzasining oʻlchamlari 1600*630 mm. Toʻshak yuzasining balandligi 550 mm. Moslanuvchi tik turish burchagi 0° — 90°.
dona
1
34.
Parallel bar (bolalar uchun) oʻlchamlari — 300*61* 50 — 90 sm, bar balandligi — 50 — 85 sm, yuklamasi — 80 kg
dona
1
35.
Bolalarga taʼlim jarayonida foydalanadigan zinapoya (yuqoridan-pastga, pastdan-yuqoriga bola bilan kunlik mashgʻulotlar oʻtkazish uchun)
dona
1
36.
Bolalar uchun ramka. Oʻlchamlari — 80*65*124 sm, ogʻirligi — 24 kg, orqa yostiqni balandlik diapazoni > 20 sm, tos-son boʻgʻimni balandlik diapazoni >20 sm, tizza yostiqni balandlik diapazoni: orqa va oldi 0 — 12 sm, yuqoriga va pastga > 20 sm, oʻng va chap 23 — 40 sm, yuklamasi — 60 kg (doimiy disfunksiyasi mavjud 10 yoshgacha boʻlgan bolalarga taʼlim jarayonida foydalanish uchun)
dona
1
37.
Vertikalizator stoli (bolalar uchun), doimiy disfunksiyasi mavjud 10 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim jarayonida foydalaniladi. Oʻlchami — 98*70* 90 — 122 sm, tizza moslashuvchan diapazoni (sm): orqa va oldi 0 — 15, oʻng va chap 15 — 38. Stolning moslashuvchan diapazoni (sm): orqa va oldi 16 — 36, oʻng va chap 67 — 87, yostiqning buriladigan burchagi — 90°, yuklanmasi — 60 kg
dona
2
38.
Moslashuvchan doska. Oʻlchamlari — 53*65* 108 sm, ogʻirligi — 43 kg, burchaklar diapazoni — 0° — 50° (qoʻllarni muvofiqlashtirish qobiliyati hamda qoʻl mushaklari va boʻgʻimlari mashqlari uchun)
dona
2
39.
Individual moslashtirish funksiyali nogironligi boʻlgan bolalar uchun xavfsiz kreslo
dona
10
40.
Barmoqlar kontrakturasi va adduksiyalarni bartaraf etish uchun doska
dona
1
41.
Barmoqlar uchun moslashtiruvchan doska (universal gʻildiragi bilan) (barmoqlarni kontraktura va adduksiyalarni tuzatish uchun)
dona
1
42.
Nogironligi boʻlgan bolalar uchun yurish moslamasi (xodunok)
dona
10
43.
Oyoq-qoʻl harakatini qayta tiklash uchun moslama
dona
1
44.
Gidravlik bolalar tayoqchasi (oyoqlar harakati va mushaklar mashqi uchun)
dona
1
45.
Akrobatik bochka. Oʻlchamlari: F60 x 76 sm (tik turgan poza buzilishining oldini olish va tuzatish)
dona
1
46.
Bolalar uchun trenajyor (kuch mashqlari tos-son boʻgʻim abduksiya va adduksiyasi uchun)
dona
1
47.
Bolalar uchun trenajyor. Oʻlchamlari: 91*75*99 sm, ogʻirligi — 31 kg, yostiq balandligi — 45 sm, tirsak osti tirgovuch balandligi — 60 sm, koʻtaruvchi rama diapazoni — 0-10 sm, burchaklar diapazoni > 120°, bogʻlovchi yuklamalari — 120 kg 4 ogʻirligi*, 8 kg
dona
1
48.
Boldir-oshiq boʻgʻimi bukilish va yozilish harakatlarini reabilitatsiya qilishda faol va passiv mashqlar uchun trenajyor
dona
1
49.
Taʼlim jarayonida foydalanish uchun harakatlanuvchi zinapoyalar
dona
1
50.
Quoiti oʻquv toʻplami. Qoʻl-koʻz va idrokni muvofiqlashtirishni oʻrgatishda foydalanish uchun
dona
1
51.
Yoʻlakcha. Qizil, sariq, koʻk va yashil ranglar (bir-biri bilan bogʻliq boʻlishi mumkin)
dona
4
52.
Koptok F46
dona
10
53.
Koptok F56
dona
10
54.
Yumshoq koptok F12
dona
5
55.
Massajli koptok F10
dona
10
56.
Bolalar uchun gantellar (3 kg, 5 kg va 8 kg)
dona
6
57.
Stressga qarshi rezinali koptoklar (mushaklarni shakllantirish uchun)
dona
10
58.
Otcha mashinasi 80*40* 100
dona
1
59.
Eshkak trenajyori 90*37*65
dona
1
60.
Belni burish mashinasi 52*38*100
dona
1
61.
Yurish koʻnikmalarini rivojlantirish uchun simulyator “Havoli pedallar” 68*41*85
dona
1
62.
“S” oʻlchamli bolalarga moʻljallangan nogironlar aravachasi (boʻyi 94 smdan 120 smgacha boʻlgan bolalar uchun)
dona
5
63.
“M” oʻlchamli bolalarga moʻljallangan nogironlar aravachasi (boʻyi 120 smdan 165 smgacha boʻlgan bolalar uchun)
dona
5
64.
Shiftdagi relslar va bolaning tanasini ushlab turish uchun uskunasi bilan yurgizuvchi trenajyor “SOLO STEP”
dona
1
65.
“Bin beg” yumshoq puflar (yechiladigan qoplamli).
dona
4
66.
Sport matlari
dona
10
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi uchinchi xatboshisidagi “xalq taʼlimi hududiy organlari huzuridagi psixologik-tibbiyot-pedagogik komissiya” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari qoshidagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarorida:
34-bandning beshinchi xatboshisi va 38-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
393-bandning birinchi xatboshisi, 396-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 3912-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“395. Maktabgacha taʼlim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazilganda va unda tarbiyalanuvchilarda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatida koʻrsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari aniqlanganda, tarbiyalanuvchi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan oʻrnatilgan tartibda oʻtish uchun yuboriladi”;
25-bandning uchinchi va oʻn birinchi xatboshilari hamda 26-banddagi tegishli kelishikdagi “tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
271-bandning oltinchi xatboshisi hamda 78-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga 3-ilovaning 2-boʻlimi 3 — 5-bandlaridagi “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatida (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 4-ilova)” soʻzlari “Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarorida:
“b” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 13-bandidagi “hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning 18-bandi beshinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — xalq taʼlimi boshqarmalari)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomi va muqaddimasidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “hududiy xalq taʼlimi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(5-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi “keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari va “Inson” markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — YAMIH AT) orqali murojaat qiladilar”;
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi va Agentlik bilan birgalikda:
a) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab:
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmati YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida vakolatli organlar va fuqarolar tomonidan murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
b) 2024-yil 1-fevraldan boshlab keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun sanatoriylarga yoʻllanmalarni berish boʻyicha davlat xizmati YAMIH AT orqali ham joriy etilishini taʼminlasin.
Bunda, sanatoriylarga yoʻllanma berish boʻyicha davlat xizmati “Inson” markazlari tomonidan koʻrsatiladi.
“Inson” markazlarining ijtimoiy xodimlariga bevosita fuqarolarning roziligi bilan ularning nomidan Agentlik tizimidagi sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha elektron shaklda ariza berish huquqi beriladi”;
“2. Davlat xizmati Agentlikning tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ), Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — YAMIH AT) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi”;
3-band quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yoʻllanma beriladigan shaxslarning ushbu bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan toifaga kirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladi”;
“7. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki vakolatli organga kelib murojaat etadilar yoxud davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP yoki YAMIH ATda roʻyxatdan oʻtadilar”;
8-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari markazi xodimi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar nomidan, YIDXP” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ xodimi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar nomidan, YIDXP yoki YAMIH AT” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“14. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organga kelib murojaat etganda, ularning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ xodimi tomonidan toʻldirilib, tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organning “IHMA Sanatoriya” moduliga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP yoki YAMIH AT orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organning “IHMA Sanatoriya” moduliga yuboriladi.
15. “IHMA Sanatoriy” modulida kelib tushgan soʻrovnomalarning elektron reyestri yuritiladi. Bunda, fuqarolar soʻrovnomalarning koʻrib chiqish holati va navbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organga murojaat qilish yoki YIDXP yoxud YAMIH AT orqali real vaqt rejimida olishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻllanma amal qilish muddati boshlanishidan 20 kun oldin, biroq 10 kundan kam boʻlmagan muddatda “IHMA Sanatoriy” moduli orqali elektron shaklda (elektron pochta manzillari mavjud boʻlganda), aloqa vositalari orqali qisqa matnli xabar (SMS) orqali yoki vakolatli organning xodimlari tomonidan sanatoriyga joylashish navbati kelishi haqida xabardor qilinadi.
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin ularga shakllantiriladigan yoʻllanmadan foydalanishni rad etishi yoki yoʻllanma amal qilish muddatini bir oyga uzaytirish haqida vakolatli organga murojaat qilishi mumkin.
Bunda, foydalanishni rad etgan yoki yoʻllanma amal qilish muddatini bir oyga uzaytirish boʻyicha murojaat qilgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻrniga keyingi navbatdagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida belgilangan tartibda xabardor qilinadi”;
“20. Agentlik keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy soni, imtiyoz toifasi va yoʻllanmalarning berish davriyligiga muvofiq respublika sanatoriylariga yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini har chorakda tasdiqlaydi.
Bunda, 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini inobatga oladi”;
21 va 22-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“28. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga koʻra, shu jumladan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha chiqib ketishi sababli yoʻllanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, yoʻllanmada koʻrsatilgan sanatoriyga kelish muddatidan kamida uch kundan kech boʻlmagan muddatda bu haqida Davlat xizmatlari markaziga yoki vakolatli organga xabar berishi va yoʻllanmani qaytarishi lozim. Davlat xizmatlari markazi xodimi bu haqida 1 soat mobaynida vakolatli organni xabardor qiladi.
Yoʻllanma olish navbati kelgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha chiqib ketgan, shuningdek, yoʻllanmadan foydalanish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida murojaat qilgan boʻlsa, fuqarolarning navbat muddati faqat bir marotaba keyingi oyga koʻchiriladi”;
“34. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) adliya boʻlimlari Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Bunda, “Inson” markazlari va YAMIH AT orqali davlat xizmatini koʻrsatishda mazkur Reglament talablariga rioya etilishi Agentlik va Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi”;
Yoʻllanma olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish
Xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
Soʻrovnomani axborot tizimida shakllantirish hamda “IHMA Sanatoriy” moduliga yuborish
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
“IHMASanatoriy” moduli
1. Soʻrovnoma tushganidan soʻng uni elektron reyestrda qayd etish.
1. Avtomatik tarzda
2. Yoʻllanma berish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablarini tegishli Davlat xizmatlari markaziga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron tarzda yuborish.
2. Avtomatik tarzda
3. Yoʻllanma rasmiylashtirilgan taqdirda, tegishli Davlat xizmatlari markaziga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, YIDXP va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron tarzda yuborish.
3. Navbati kelganda
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
1. Yoʻllanma tushganidan soʻng uni keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron manziliga yuborish (mavjud boʻlganda) va ularni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilish.
2. Murojaatchi yoʻllanmani yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida yuklab oladi.
3. Oʻzi (yoki ishonchli vakili) kelib murojaat qilganda yoʻllanmani elektron yoki qogʻoz shaklida berish.
4. Yoʻllanma berish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari toʻgʻrisida keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni xabardor qilish.