1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Samarqand shahar jamoat transportini kompleks rivojlantirish, yoʻlovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlarini koʻrsatish, samarali va ekologik toza transport turlariga bosqichma-bosqich oʻtish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
6.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) oʻrtasida 2023-yil 17-may kuni “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 18 yil muddatga qiymati 49 mln AQSH dollari miqdorida qarz bitimi imzolanganligi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-son qarori bilan tasdiqlangan Samarqand shahrida jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”.
b) loyihaning umumiy qiymati 61,99 mln AQSH dollarini, shu jumladan:
YETTB qarzi mablagʻlari — 49 mln AQSH dollarini;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — 12,99 mln AQSH dollarini tashkil etishi, shu jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona imtiyozlarini berish koʻrinishida hamda loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlari Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishi;
v) loyiha doirasida Samarqand shahrida haydovchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazini oʻz ichiga olgan, harakat tarkibini saqlash, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan avtobus saroyini rekonstruksiya qilish va tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurish ham nazarda tutilganligi;
g) Samarqand viloyati transport boshqarmasi “Samarqandyoʻlovchitrans” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Samarqandyoʻlovchitrans” DK) va xalqaro tender natijalari boʻyicha gʻolib deb topilgan Xitoy Xalq Respublikasining “Yutong Bus Co., Ltd” kompaniyasi oʻrtasida 100 ta elektrobus va 50 ta quvvatlash qurilmasini xarid qilish boʻyicha umumiy qiymati 29,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan shartnoma imzolanganligi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
mazkur shartnoma doirasida 2023-yil may oyida 6 ta elektrobus va 3 ta quvvatlash qurilmasi olib kelinganligi hamda elektrobuslar shahar jamoat transporti yoʻnalishlariga qoʻyilganligi;
d) loyihani amalga oshirish davri 3 yilni (2023 — 2025-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
2. Belgilab qoʻyilsinki:
loyiha YETTB tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Transport vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi YETTB tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihaning oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishi uchun masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
“Samarqandyoʻlovchitrans” DK loyiha benefitsiari hisoblanadi;
loyiha doirasida YETTBning asosiy qarzini qaytarish, unga hisoblangan foizlar, bir martalik boshlangʻich va majburiy toʻlovlar Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
loyiha doirasida xarid qilinadigan elektrobuslar va quvvatlash qurilmalari xususiy sektorga (tashuvchilarga) eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan moliyaviy ijaraga beriladi;
xarid qilinadigan elektrobuslar loyiha doirasida tanlab olingan muntazam shahar avtobus yoʻnalishlariga brutto-shartnoma asosida, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri 7 yil muddatga biriktiriladi. Bunda, yoʻnalishlar narxi belgilangan tartibda shakllantiriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-son qarori bilan tasdiqlangan Muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”.
moliyaviy ijaraga beriladigan elektrobuslar va quvvatlash qurilmalari loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtobus saroyida “Samarqandyoʻlovchitrans” DK va tashuvchilar oʻrtasida belgilangan tartibda shartnoma asosida saqlanadi va xizmat koʻrsatiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi.
loyiha doirasida oʻzlashtirilgan mablagʻlar va erishilgan natijalar yuzasidan maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda Transport vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib boriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
3. Elektrobuslar va quvvatlash qurilmalarini moliyaviy ijaraga berish boʻyicha idoralararo ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
moliyaviy ijaraga berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartib-taomillarini va tanlov ishtirokchilari uchun qoʻyiladigan minimal talablarni belgilash;
moliyaviy ijaraga berish shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
tanlov oʻtkazish va tanlov ishtirokchilarining takliflarini baholash hamda gʻoliblarni aniqlash;
moliyaviy ijaraga berish boʻyicha namunaviy shartnomani ishlab chiqish va tasdiqlash;
tashuvchilar (tanlov gʻoliblari) tomonidan “Samarqandyoʻlovchitrans” DK avtobus saroyidan foydalanish shartlarini belgilash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
4. Belgilansinki:
moliyaviy ijaraga beriladigan elektrobuslar va quvvatlash qurilmalari loyiha doirasida tanlab olingan muntazam shahar avtobus yoʻnalishlari kesimida lotlar boʻyicha tanlov savdolariga chiqariladi;
moliyaviy ijara shartnomasi 10 yil muddatga tuziladi hamda ijara tushumlari Samarqand viloyati jamoat transportini moliyalashtirish boʻyicha maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
ijarachi tomonidan moliyaviy ijara shartnomasida belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilgan taqdirda, elektrobuslar va quvvatlash qurilmalari ijarachining mulkiga oʻtkaziladi;
loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtobus saroyi tashuvchilarga (tanlov gʻoliblariga) ijara asosida xizmat koʻrsatadi hamda uchinchi shaxslarga sotilishi va begonalashtirilishiga ruxsat etilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
5. Quyidagilar:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
“Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasi boʻyicha jalb qilingan YETTBning asosiy qarzini qaytarish, unga hisoblangan foizlar, bir martalik boshlangʻich va majburiy toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar va quvvatlash qurilmalarini yetkazib berish grafigi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Oʻzbekiston Respublikasi hamda YETTB oʻrtasidagi qarz bitimiga belgilangan tartibda yuridik xulosa berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
7. Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov) loyiha doirasida obyektlar qurilishi rejalashtirilgan hududlardagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini koʻchirish va mulkdorlarga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 13-bobi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
8. Transport vazirligi (I. Maxkamov) YETTB bilan kelishgan holda bir oy muddatda Transport vazirligi huzurida loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilishini taʼminlasin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Nukus shahri va viloyatlar markazlari jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilish loyihalarini ishlab chiqsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
10. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (S. Samadov) loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari]
11. Quyidagilarga:
Transport vazirligiga (I. Maxkamov) Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) bilan birgalikda obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va vakolatli organlardan belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga (Sh. Xidoyatov) — obyektlarda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga (A. Abduhakimov) — obyektlarning loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi va loyiha doirasida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Madaniy meros agentligiga (B. Abdikarimov) — loyiha doirasida madaniy meros obyektlari bilan bogʻliq amalga oshiriladigan ishlar belgilangan tartibda kelishilishi va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish vazifalari yuklansin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
12. Transport vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan:
xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, zarur hollarda, I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini taʼminlash — Tashqi ishlar vazirligiga (B. Saidov);
xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi (muddati uzaytirilishi) hamda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlash — Ichki ishlar vazirligiga (P. Bobojonov);
xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlash — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga (B. Musayev) yuklatilsin.
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-yanvar,
PQ-37-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PQ-37-son qaroriga 1-ILOVA
Elektrobuslar va quvvatlash qurilmalarini moliyaviy ijaraga berish boʻyicha idoralararo ishchi guruh
TARKIBI
I.R. Maxkamov
—
transport vaziri, Idoralararo ishchi guruh rahbari
A.Gʻ. Shukurov
—
Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari, Idoralararo ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
B.B. Xodjayev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
D.T. Axmedov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari
A.E. Miraliyev
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari
O.Ch. Saidov
—
Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi
A.S. Ashurov
—
Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshligʻi, Idoralararo ishchi guruhkotibi
Izoh: Idoralararo ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PQ-37-son qaroriga 2-ILOVA
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining
* Yakuniy xarajatlar koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash natijalari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha tenderlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PQ-37-son qaroriga 3-ILOVA
“Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasi boʻyicha jalb qilingan YETTBning asosiy qarzini qaytarish, unga hisoblangan foizlar, bir martalik boshlangʻich va majburiy toʻlovlarni amalga oshirishning