toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni saralab olish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Bugungi kunda yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu bilan birgalikda, axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda yoshlar ongiga yot gʻoyalarni singdirish bilan bogʻliq tahdidlar ham kuchayib borayotganligi ularni tarbiyalashda qoʻshimcha choralar koʻrishni taqozo etmoqda.
Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor boʻlgan jismonan sogʻlom va maʼnaviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni saralab olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻqishga nomzodlarni saralab olish va oʻrganish bilan bogʻliq barcha tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshirilishini belgilash;
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga nomzodlarni saralab olish tadbirlarini takomillashtirish;
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish va tibbiy koʻrik tadbirlarini Davlat xavfsizlik xizmati va Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qaroriga asosan amalga oshirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisiga zarur hollarda, Davlat xavfsizlik xizmatining umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi tashkiliy-shtat tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-yanvar,
38-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-son qaroriga

ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga

1-ILOVA

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining
TAShKILIY-ShTAT TUZILMASI

Direktor

1 (0-0-0-1)

Ilmiy-pedagogik kengash

Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari*

1 (1-0-0-0)

Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari


1 (0-0-0-1)

Direktorning maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari


1 (0-0-0-1)

Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻlimi

214 (2-10-200-2)

Oʻquv-metodik boʻlinmasi

2 (0-0-0-2)

Maʼmuriy boʻlinma

3 (0-0-0-3)

Kadrlar boʻlinmasi

2 (0-1-0-1)

Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi

11** (0-0-0-11)

Avtomobil seksiyasi

5 (0-1-0-4)

Moliya xizmati

3 (0-1-0-2)

Axborot-resurs markazi

3 (0-0-0-3)

Aloqa va axborot texnologiyalari boʻlinmasi

3 (0-0-0-3)

Psixolog

1 (0-0-0-1)

Toʻgaraklar

4 (0-0-0-4)

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

6** (0-0-0-6

Kotibiyat

1 (0-0-0-1)

Tibbiyot boʻlinmasi

5 (0-0-0-5)

Kasbiy va amaliy fanlar kafedrasi

6** (0-0-0-6)

Xoʻjalik boʻlinmasi

14 (0-0-0-14)

Tillar kafedrasi

10** (0-0-0-10)

Laboratoriya

3 (0-0-0-3)

Izoh: * fuqaro xodimlar egallashi mumkin boʻlgan lavozim;
** oʻquv yuklamasidan kelib chiqqan holda soni oʻzgartirilishi mumkin;
qavsda koʻrsatilgan: 1-raqam — kontrakt boʻyicha ofitserlar tarkibi; 2-raqam — kontrakt boʻyicha serjantlar tarkibi; 3-raqam —oʻquvchilar; 4-raqam — ishchi va xizmatchilar.

Shaxsiy tarkib soni

Jami

Ofitserlar

Serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar

Oʻquvchilar

Ishchi va xizmatchilar

300

3

13

200

84

”;

9-banddagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-bob. Litseyga nomzodlarni saralash tartibi
15. Litseyga umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim maktablari) 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasining erkak jinsli fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.
Litsey faoliyati va oʻqishga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (keyingi oʻrinlarda — Chegara qoʻshinlari) rasmiy veb-saytlariga joylashtirib boriladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali litseyga qabul boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon beriladi.
16. Saralash tadbirlari dastlabki tanlov, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Saralash tadbirlarini oʻtkazish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan kelishilgan holda belgilanadi.
17. Nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur material va hisobotlarni tayyorlash uchun litseyda qabul komissiyasi tuziladi, uning tarkibi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini litseyning ustavi asosida amalga oshiradi.
18. Harbiy-kasbiy tanlov tadbirlari Chegara qoʻshinlari harbiy qismlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining boshqa manfaatdor boʻlinmalari bilan hamkorlikda oʻtkaziladi.
19. Dastlabki tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad nomzodlarning keyinchalik oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi, davlat xizmatchisi boʻlish istagida boʻlgan shaxslarga sogʻligʻi, shaxsiy-psixologik sifatlari, jismoniy tayyorgarligi boʻyicha qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini, shuningdek, yuqori intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlarni aniqlash hisoblanadi.
20. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy tadbirlari hisoblanadi:
litsey bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablarida targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish;
umumtaʼlim maktablarining maʼmuriyati bilan hamkorlikda 9-sinf oʻquvchilari orasidan fanlarni oʻzlashtirish darajasi yuqori boʻlgan, vatanparvar va sogʻlom muhitda tarbiyalanayotgan oʻquvchilarni tanlab olish hamda ularning roʻyxatini shakllantirish;
nomzodga tegishli hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash;
nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va boshqalar), nomzodning litseyga oʻqishga kirishni tanlashiga asoslari va sabablarini aniqlash;
nomzoddan ariza qabul qilish.
21. Nomzodlar uchun dastlabki tanlov ularning yashash va oʻqish joyi boʻyicha Chegara qoʻshinlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmalarining boʻlinmalari, tuman va shahar boʻlinmalari (boʻlimlari) tomonidan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi masʼul xodimlari bilan birgalikda oʻtkaziladi.
Dastlabki tanlov natijalari boʻyicha Chegara qoʻshinlarining chegarani qoʻriqlash vzvodlari, Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmalarining boʻlimlari, tuman va shahar boʻlinmalari (boʻlimlari) tomonidan litseyga oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilaridan 5-sentabrdan 5-oktabrga qadar arizalar qabul qilinib, Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻlinmalariga taqdim etiladi.
22. Quyidagilar litseyga oʻqishga kirish uchun rad javobining berilishiga asos boʻladi:
nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;
nomzodga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv oʻtkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda koʻrib chiqilayotganligi;
jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qoʻllanilganligidan qatʼi nazar, sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;
yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi;
nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelmasligi.
23. Nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati litsey ustavi bilan belgilanadi.
24. Harbiy-kasbiy tanlovning bosh maqsadi oʻzining psixofiziologik xususiyatlari va sogʻligining holati boʻyicha belgilangan talablarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining maxsus talablariga mos keladigan, yetakchilik sifatlariga, ichki ishonchga, mustahkam maʼnaviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega, kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining munosib harbiy xizmatchisi va xodimlari hamda davlat xizmatchilari boʻla oladigan nomzodlarni aniqlashdir.
25. Harbiy-kasbiy tanlovning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻrganish;
nomzodni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
nomzodning psixofiziologik xususiyatlarini aniqlash;
nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
nomzodning savodxonlik darajasini baholash (ijodiy bayon olish);
nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelishini aniqlash;
nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat oʻtkazish va uni test sinovlariga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilish.
26. Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi boʻyicha Chegara qoʻshinlari harbiy qismlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli boʻlinmalari va litseyning malakali xodimlari bilan birgalikda 5-oktabrdan 1-fevralga qadar oʻtkaziladi.
27. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan tartibda Chegara qoʻshinlari Harbiy gospitali va Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmalari harbiy-tibbiy muassasalarida Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshligʻi va hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi tasdiqlagan harbiy-tibbiy komissiya (keyingi oʻrinlarda — HTK) tomonidan oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrikni oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar oʻsmirlar dispanseri, viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari huzuridagi oʻsmirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimi mutaxassis-shifokorlari jalb qilinadi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida mutaxassis-shifokorlar xulosalariga koʻra HTK nomzodning litseyga oʻqishga kirishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi.
28. Salomatligiga koʻra litseyga oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
29. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan metodikaga muvofiq noyabr-dekabr oylarida Davlat xavfsizlik xizmati organlari mutaxassis-psixologlaridan iborat psixologlar guruhi tomonidan oʻrganiladi.
Psixologlar guruhi tarkibiga oliy taʼlim muassasalarining mutaxassislari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish natijalariga koʻra quyidagi xulosalar chiqariladi:
oʻqishga kirish uchun tavsiya etiladi;
oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
30. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish natijasi boʻyicha oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
31. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarida noyabr-dekabr oylarida aniqlanadi.
32. Jismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
33. Nomzodlarning savodxonlik darajasini ijodiy bayon olish orqali baholash tadbiri litseyning pedagog xodimlaridan iborat komissiya tomonidan yanvar oyida oʻtkaziladi.
Ijodiy bayon sinovi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi va baholanadi.
Ijodiy bayon olish komissiyasi tarkibiga taʼlim muassasalarining tegishli mutaxassislari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
34. Ijodiy bayon yakuni boʻyicha qoniqarsiz baho olgan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
35. Nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelishi Chegara qoʻshinlari tomonidan aniqlanadi.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelmaydigan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarining oʻquv-metodik komissiyasi tomonidan nomzodlarning yetakchilik sifatlari, mantiqiy fikrlash va savodxonlik darajasi, aqliy qobiliyatlari, shuningdek, harbiy xizmatchi va davlat xizmati xodimi uchun muhim kasbiy sifatlarini aniqlash maqsadida 1-fevralga qadar oʻtkaziladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra nomzodlarni test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilinadi.
38. Psixofiziologik xususiyatlarni oʻrganish natijalariga koʻra litseyga oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan, salomatligiga koʻra oʻqishga yaroqsiz deb topilgan va maxsus talablarga mos kelmagan nomzodlarga saralash natijalarining sabablari oshkor etilmaydi.
39. Test sinovlariga qatnashishga tavsiya etilgan nomzodlarning Chegara qoʻshinlari harbiy qismlari tomonidan rasmiylashtirilgan shaxsiy yigʻmajildlari 15-martga qadar litseyning qabul komissiyasiga yuboriladi.
40. Test sinovlarida qatnashishga tavsiya etilgan nomzodlarga Chegara qoʻshinlari harbiy qismlari tomonidan maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnoma umumtaʼlim maktabidan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomani olish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
41. Shaxsiy yigʻmajildlarni oʻrganish natijalariga koʻra test sinovlariga qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlarning roʻyxatlarini Chegara qoʻshinlari harbiy qismlariga yetkazish uchun litseyning qabul komissiyasi masʼul hisoblanadi.
42. Test sinovlarini oʻtkazish sanasi, joyi va vaqtini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Agentlik bilan kelishilgan holda belgilaydi.
43. Test sinovlari oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida nomzodlarni oʻz vaqtida xabardor qilish uchun javobgarlik ularni oʻrgangan harbiy qism komandirlari zimmasiga yuklanadi.
44. Litseyga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bogʻliq xarajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
45. Test sinovlari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
46. Test sinovlari oʻtkaziladigan umumtaʼlim fanlari bloki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodlar test sinovlarini oʻz ixtiyoriga koʻra uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
47. Agentlik tomonidan oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda mazkur komissiyaga hamda litsey qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
48. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.
49. Litseyga qabul qilinmagan (saralashdan oʻtmagan) nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari (boshqa hujjatlari bilan birgalikda) dalolatnoma asosida ularni oʻrgangan Chegara qoʻshinlari harbiy qismlariga yuboriladi.
50. Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim fanlarining (5 — 9-sinflar kesimida) davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.
51. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan nomzodlar, ularning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi eʼlon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi oʻtkazilgan Agentlikning hududiy boʻlimlarida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari boʻyicha apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega boʻlib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
52. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan kuyidagi nomzodlar litseyga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi:
xalqaro va respublika fan olimpiadalarining gʻoliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari — kvotadan tashqari;
yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, davlat va jamiyat yordamiga muhtoj boʻlgan, joriy yilda umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tamomlagan voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining qarorlari asosida — kvotadan tashqari belgilangan kvotaning 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda.
53. Oʻzbekiston Respublikasi Eshlar siyosati va sport vazirligi rahbarligida oʻtkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining gʻoliblariga Agentlik tomonidan litseyga kirish uchun oʻtkazilayotgan test sinovlarida ular toʻplagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi”;
54-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
74-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“74. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi.”;
quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA

Ijodiy bayon sinovini oʻtkazish va baholash
METODIKASI
1. “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga saralash tadbirlarida nomzodlar ona tili fanidan ijodiy bayon yozadilar.
Nomzodning ona tili taʼlimi jarayonida egallagan koʻnikma va malakalari u yozgan bayonda aks etadi. Yozma ishda asosiy koʻrsatkich fikrni mantiqiy izchillikda ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ravon va toʻgʻri bayon eta olish malakasi, fikr bayon etilayotgan soha boʻyicha nomzodning bilimlari kengligi va chuqurligi, tuzgan matnining imloviy, uslubiy savodlilik darajasi bilan belgilanadi.
2. Ijodiy bayonda nomzodlarning tanlagan matnni badiiy jihatdan aniq va puxta, mantiqiy izchil, ijtimoiy hayot va voqelik bilan bogʻliq holda yoritishi, mustaqil ijodiy fikrlashi, ona tilining boy ifoda vositalaridan unumli foydalanish koʻnikmasi va savodxonlik darajasi baholanadi.
3. Ijodiy bayonning mavzusi va namunaviy matnlari 1-yanvarga qadar ishlab chiqiladi va litsey direktori tomonidan tasdiqlanadi.
4. Ijodiy bayonning tasdiqlangan mavzusi va namunaviy matnlari “Yosh chegarachilar” HAL direktorida saqlanadi. Direktor ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
5. Ijodiy bayon oʻtkazilayotgan auditoriyaga kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
6. Ijodiy bayon boshlanishidan oldin komissiya aʼzolari tomonidan nomzodlarga sinov oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda raqamlangan daftarlar tarqatiladi.
7. Nomzod raqamlangan daftarning ustki qismiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi.
8. Nomzodlarga oʻqib eshittiriladigan ijodiy bayon namunaviy matnining hajmi 150 — 200 ta soʻzdan iborat boʻladi.
9. Ijodiy bayon namunaviy matnlari 3 variantda tayyorlanadi.
10. Bir nomzod 3 ta variantdan (konvertdan) bittasini tanlab oladi. Tanlab olingan konvertdagi matn mavzusi doskaga yozib qoʻyiladi.
11. Komissiya aʼzolari tomonidan ijodiy bayon namunaviy matni ikki marta oʻqib eshittiriladi.
Nomzodlarga namunaviy matnni oʻqib eshittirish uchun komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʻlimidan mutaxassis jalb etilishi mumkin.
12. Nomzod eshitgan namunaviy matn yuzasidan reja tuzadi va ijodiy bayon yozadi.
13. Ijodiy bayon hajmi kamida 3 — 3,5 bet boʻlishi lozim.
14. Ijodiy bayon yozish uchun 2 astronomik soat beriladi.
15. Nomzod ijodiy bayonni yozib tugatganidan keyin raqamlangan daftarini komissiya aʼzosiga topshirib, auditoriyani tark etadi.
16. Nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlar tekshirish uchun mutaxassislarga topshiriladi.
17. Mutaxassislar nomzodlarning yozgan ijodiy bayonlarini ikki kun ichida tekshiradi. Bayon matnini oʻqib eshittirgan mutaxassis tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan ijodiy bayonlarini tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Nomzodlarning yozgan ijodiy bayonlarini tekshirgan mutaxassis ijodiy bayonlarga va har bir raqamlangan daftarga oʻzining familiyasi, ismi, otasining ismini yozadi va imzo qoʻyadi.
19. Ijodiy bayon natijalari litsey tomonidan uch kun muddatda harbiy qismlarga nomzodlar eʼtiboriga yetkazish uchun taqdim etiladi.
20. Nomzodlarga ijodiy bayonni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
21. Nomzodlar tomonidan yozilgan bayon “5” balli tizimda baholanadi.

T/r

Bilim, koʻnikma, malakalar

ball

1.

Reja mavzuga muvofiq tuzilgan, matn mazmuni toʻgʻri bayon qilingan boʻlsa; bayon mantiqli va izchil boʻlsa; soʻz boyligi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til talablariga mos boʻlsa; mazmun va ifodada bir-ikki xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; savodxonlikda qoʻpol boʻlmagan bitta imlo yoki ikkita ishoraviy xatosi boʻlsa; uslubiy xato boʻlmasa.

5 ball

2.

Matn reja asosida yoritilib, lekin kichik xatolarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; fikr bayonida izchillik qisman buzilgan boʻlsa; soʻz tanlashda va ifoda qurilishida har xillik boʻlsa; mazmun va ifodada 2-3 xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; savodxonlikda 2 ta imlo, 2 ta ishoraviy va 2 tagacha uslubiy xato mavjud boʻlsa.

4 ball

3.

Mavzu toʻliq yoritilmagan, mavzudan qisman chetga chiqilgan boʻlsa; aniq voqealar izohida xatolarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; soʻz boyligi va ifoda tuzilishida sayozlik sezilib tursa; savodxonlikda 3 tagacha imlo, 4 tagacha ishoraviy, 3 tagacha uslubiy xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa.

3 ball

4.

Matn mazmuni koʻp buzilgan boʻlsa; ish rejaga mos boʻlmasa, fikr bayoni va qurilishida kamchilik boʻlsa, fikrlar bir-biriga bogʻlanmasa; soʻz boyligi sayoz boʻlsa; mazmun va ifodada 5-6 tagacha xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; savodxonlikda 7 tagacha imlo, 7 tagacha ishoraviy va 7 tagacha uslubiy xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa.

2 ball

5.

Matndagi xatolar miqdori baholashning “2” ball uchun belgilangan mezonidan oshgan taqdirda

1 ball

Izoh. Baʼzan oʻquvchining ijodiy bayondagi xatolar miqdori yuqoridagi mezonga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda ikkita ishoraviy xatoni bitta imlo xato oʻrnida, 2-3 ta imlo xatoni bitta uslubiy xato sifatida baholash mumkin.
22. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, “tushmoq” soʻzi ayrim oʻrinlarda toʻgʻri, ayrim oʻrinlarda xato yozilgan boʻlsa);
takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” soʻzi 5 tagacha oʻrinda “qutilmoq” tarzida qoʻllanilgan boʻlsa);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Choʻlpon ota — Choʻpon ota).
Ijodiy bayondagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, tegishli ravishda pasaytiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 11-avgustdagi 508-son qarorida:
a) nomidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “DXX,” soʻzi chiqarib tashlansin;
v) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
nomidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Mudofaa vazirligi), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — IIV), Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — FVV), Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy gvardiya) tarkibidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga (keyingi oʻrinlarda — “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari) oʻqishga kirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda — nomzodlar);
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarida tahsil olayotgan oʻquvchilarni (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan fuqarolar hamda tahsil olayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi Davlat xavfsizlik xizmati va Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qaroriga muvofiq belgilanadi”;
2-banddagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “DXX,” soʻzi chiqarib tashlansin;
6-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8, 9 va 10-bandlarning beshinchi xatboshilaridagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
19-banddagi “(DXX HTK raisi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “(DXX HTKga)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
22-bandning uchinchi xatboshisidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “(DXX HTK)”, “(DXX HTK raisi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “(DXX HTK)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “(DXX HTK)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilardagi “yoki “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
25-banddagi “, shuningdek, DXX hududiy organlari (boʻlimlari)”, “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
26-banddagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
29-bandning birinchi xatboshisidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
30-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “yoki “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
31-bandning birinchi xatboshisidagi “yoki “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “va “Yosh chegarachilar” hamda DXX” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “, DXX” va “yoki “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
33-banddagi “yoki “Yosh chegarachilar” hamda “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
34-banddagi “, DXX” soʻzi chiqarib tashlansin;
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
39-banddagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
40-bandning birinchi xatboshisidagi “yoki “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
41-banddagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 2-ilovaning 1-bandidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 3-ilovada:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-bobning yettinchi xatboshisidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bobning oʻttiz beshinchi xatboshisidagi “va DXX” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 4-ilovada:
“va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi” ustuni chiqarib tashlansin;
izohning ikkinchi xatboshisidagi “yoki “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 6-ilovada:
nomidagi “va “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4, 7 va 8-bandlardagi “yoki “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 7 — 11-ilovalardagi “yoki “Yosh chegarachilar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)