1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 3-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3028-8]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-son qarori (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2018-y., 10/18/3028/1418-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-noyabr,
39/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“11. Mazkur Yoʻriqnoma maqsadlari uchun tijorat banki, bank va bank filiali deganda qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda xos raqam (bank kodi)ga ega boʻlgan tijorat banki filiallari, amaliyot boshqarmalari, bank xizmatlari ofislari (markazlari) va boshqa alohida boʻlinmalar tushuniladi.”.
2. 18-bandning birinchi xatboshidagi “hisobi Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga (roʻyxat raqami 1602, 2006-yil 24-iyul)” degan soʻzlar “oʻtkazmalari hisobi Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 83-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, mazkur ish kuni mobaynida qayta sanash kassasining nazoratchisi tomonidan yuk xatlari bank boʻlinmasining buxgalteriya boʻlimiga topshirilishi hamda buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilishi lozim.”.
“aylanma kassadagi xorijiy davlatlarning naqd valyutalari qoldiqlarini 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi har bir xorijiy valyuta qoldigʻiga hamda mazkur Yoʻriqnomaning 32-ilovasida keltirilgan 121-shakldagi naqd chet el valyutasi va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari qoldigʻini qayd etish kitobi va 32a-ilovasida keltirilgan 121A-shakldagi eskirgan naqd chet el valyutalari qoldigʻini qayd etish kitobida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;”.
5. 296-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bunda, shubhali naqd pullar Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali kuzatuv xatiga ilova qilingan holda, konvertga solinib, muhrlangan holatda yuboriladi hamda yuborilgan shubhali naqd pullar Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi HKKMga kirim qilinadi.
Qabul qilingan va yuborilgan shubhali naqd pullar boʻyicha Markaziy bankning bosh boshqarmalari XHKM tomonidan tegishli buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti tomonidan shubhali naqd pullar tegishli farmoyish asosida “Davlat belgisi” DUKga ekspertizadan oʻtkazish uchun yetkaziladi.
“Davlat belgisi” DUK tomonidan oʻtkazilgan ekspertiza natijalariga koʻra, naqd pullar haqiqiy deb topilsa, ekspertiza xulosasi ushbu naqd pullarni ekspertizaga yuborgan Markaziy bankning bosh boshqarmasi HKKMga va Naqd pul muomalasini tashkil etish departamentiga yuboriladi.
Haqiqiy deb topilgan naqd pullar kuzatuv xatiga ilova qilingan holda, konvertga solinib, muhrlangan holatda Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi HKKMga yetkaziladi.
“Davlat belgisi” DUK tomonidan shubhali naqd pullar “haqiqiy emas” yoki “qalbaki” deb topilgan hollarda, kuzatuv xati orqali ekspertiza xulosasi va shubhali naqd pullar konvertga solinib, muhrlangan holatda Ichki ishlar boʻlinmalariga xabar berish uchun naqd pullarni yuborgan Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi HKKMga joʻnatiladi.”.
6. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 32a-ilova bilan toʻldirilsin.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 32a-ILOVA
121A-shakl
________________________________________
(bank / filial nomi)
ESKIRGAN NAQD ChET EL VALYUTALARI QOLDIGʻINI QAYD ETISh K I T O B I
20__ yil “___” _________________ da boshlandi.
20__ yil “___” _________________ da yakunlandi.
Eskirgan nakd chet el valyutalarining nomlari
Eskirgan naqd chet el valyutalarining qoldiqlari (nominal qiymatlari boʻyicha)
___.___ 20__
___.___ 20__
___.___ 20__
___.___ 20__
___.___ 20__
AQSh dollari
Yevro
...
Boshqaruvchi:
Bosh buxgalter:
Kassa mudiri:
(imzolar)
(imzolar)
(imzolar)
(imzolar)
(imzolar)
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)