toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2019
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyalilik asosida besh yil muddatga o‘tkaziladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
2-modda. Umumiy saylov huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
3-modda. Teng saylov huquqi
Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
4-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar.
5-modda. Yashirin ovoz berish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohishi-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
6-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, deputatlikka nomzodlar xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida ma’lum qiladilar.
(6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi mandatni kuzatuvchi uchun beradi.
(6-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonlarini tuzishda hozir bo‘lish;
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
basharti saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori saylov komissiyasiga ma’lum qilish.
(6-moddaning yettinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
(6-moddaning sakkizinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
Oldingi tahrirga qarang.
saylovchilardan ularning kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
(6-moddaning sakkizinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
II. SAYLOV OKRUGLARI VA SAYLOV UChASTKALARI
7-modda. Saylov okruglari tuzish
Deputatlar saylovini o‘tkazish uchun:
xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga deputatlar saylashda – oltmishtadan ko‘p bo‘lmagan;
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylashda — o‘ttiztadan ko‘p bo‘lmagan hududiy saylov okrugi tuziladi.
(7-moddaning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Har bir saylov okrugidan tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta deputat saylanadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari soni aholining, saylovchilarning sonini, hududni va boshqa mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda ushbu Qonunda belgilangan normalar doirasida tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur moddaning birinchi qismi.
Saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov okruglari ro‘yxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin e’lon qiladi.
(7-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq tumanga bo‘ysunadigan shaharlarda, xalq deputatlari Kengashlari va tegishli Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari tuzilmaydi, deputatlar saylanmaydi.
(7-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
8-modda. Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi
Saylov uchastkalari saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi.
Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan yerdagi saylov okruglari tarkibiga kiradi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan, harbiy qismlarda — harbiy qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
Saylov uchastkalari saylovdan kamida oltmish kun oldin tuziladi. Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa — istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va ko‘pi bilan uch ming nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
(8-moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Tuman, shahar saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining manzilini ko‘rsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
III. SAYLOV KOMISSIYALARI
9-modda. Saylov komissiyalari tizimi
Saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun:
xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi;
xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi;
xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi;
okrug saylov komissiyalari;
uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalarining faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
10-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasini tuzish
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganida komissiyaning raisi va olti — o‘n to‘rt nafar boshqa a’zosidan iborat tarkibda tuziladi hamda o‘z vakolatlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlariga saylov yuzasidan navbatdagi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingunga qadar amalga oshiradi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Komissiya raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiyaning birinchi majlisida uning a’zolari orasidan saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi o‘z tarkibi, joylashgan manzili va telefon raqamlariga doir ma’lumotlarni rasmiy mahalliy matbuot organlarida e’lon qiladi.
11-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi:
1) tegishli hududda ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi, uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi va saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan izohlar berib boradi;
2) tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;
3) tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
4) tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlarini, basharti, bu qarorlar ushbu Qonunga zid bo‘lsa, mustaqil tarzda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
5) deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
(11-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
6) tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga oladi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
7) deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar ta’minlaydi;
8) pul mablag‘larini tegishli saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalari, binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
9) tegishli xalq deputatlari Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlari, saylovchilar ro‘yxatlari, saylov komissiyalari bayonlari, saylov varaqalari, o‘z muhri, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
10) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
(11-moddaning 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
11) tegishli xalq deputatlari Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, saylov yakunlariga doir ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatini matbuotda e’lon qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
12) deputatlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi;
(11-moddaning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
13) takroriy saylov o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
14) tegishli saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
15) ushbu Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
16) saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga yoki idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;
(11-moddaning 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
17) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
12-modda. Okrug saylov komissiyasini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va olti — sakkiz nafar boshqa a’zosidan iborat tarkibda tuziladi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Okrug saylov komissiyasi:
1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning 11 va 12-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
2) saylov uchastkalarining manzilini okrug saylovchilari e’tiboriga yetkazadi;
3) deputatlikka nomzodlarning saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar ta’minlaydi;
4) tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlarga guvohnomalar beradi;
5) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
6) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
(13-moddaning yettinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
8) saylovchilarning ro‘yxatlari tuzilishi va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
9) saylov okrug bo‘yicha saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi va uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan ta’minlaydi;
10) saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;
11) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
12) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
13) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Uchastka saylov komissiyasi:
1) uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini tuzadi;
2) saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
3) saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilardan saylov varaqasi solingan yopiq holdagi konvertlarni qabul qilib oladi;
4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;
5) ovoz berish binosi va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
8) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
9) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
16-modda. Saylov komissiyalariga a’zolik
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat va okrug saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarining a’zolari, shuningdek uchastka saylov komissiyalarining a’zolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq birinchi va ikkinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgani yoki o‘z vazifalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgani taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi.
Zarurat bo‘lganida saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlari.
Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishlari mumkin emas. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar saylov komissiyalariga a’zo bo‘lishlari mumkin emas.
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin.
17-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati
Basharti, saylov komissiyasining majlisda komissiyaning majlis o‘tkazilayotgan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolati hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bildirishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.
Saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalarining, shuningdek tegishli mahalliy davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarining, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki a’zolaridan boshqa biri komissiyaning qaroriga binoan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda saylovni o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan uning o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishlari shart.
(17-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular ko‘pi bilan uch kun ichida komissiya o‘rtaga qo‘ygan masalani qarab chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatlarini to‘xtatadilar.
(17-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
171-modda. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘z a’zolari orasidan vakolatli vakil tayinlashga haqli;
(171-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
18-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni qarab chiqish
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida shikoyat bilan murojaat etishlari mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi lozim. Shikoyat bergan shaxslar shikoyat ko‘rib chiqilishida bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
IV. SAYLOV KAMPANIYASI BOShLANGANLIGINI E’LON QILISh. XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN, ShAHAR KENGAShLARI DEPUTATLIGIGA NOMZODLAR KO‘RSATISh VA ULARNI RO‘YXATGA OLISh
(IV-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
19-modda Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligi deputatlarning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
20-modda. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari egadirlar.
(20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishi mumkin.
(20-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
21-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
siyosiy partiyaning tegishli viloyat, tuman, shahar organi rahbari imzolagan saylovda qatnashish to‘g‘risidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
(21-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilganidan keyin tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiya vakiliga ariza qabul qilingan kun qayd etilgan ma’lumotnoma beradi. Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish yoki bermaslik to‘g‘risida besh kun muddatda uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalar kelib tushishi navbatiga qarab tegishli viloyat, tuman, shahar matbuotida e’lon qilinadi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
22-modda. Deputatlikka siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan nomzodlar ko‘rsatish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugallanadi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning viloyat organlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning tegishli tuman, shahar organlari tomonidan hamda fuqarolar yig‘inlarida (vakillari yig‘ilishlarida) ko‘rsatiladi.
Siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga vakolatlidir. Agar tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okrugi hududida fuqarolarning ikki va undan ortiq o‘zini o‘zi boshqarish organi joylashgan bo‘lsa, deputatlikka nomzod fuqarolar vakillarining yig‘ilishlarida ko‘rsatiladi. Yig‘ilishda ishtirok etadigan vakillar normasini tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi.
Deputatlikka, qoida tariqasida, tegishli viloyat, tuman yoki shahar hududida ishlovchi yoki yashovchi fuqarolar nomzod etib ko‘rsatiladi. Bir shaxs tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlar tanlash tartibini siyosiy partiyalarning va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zlari belgilaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o‘ttiz foizini tashkil etishi lozim.
(22-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Siyosiy partiyalar faqat o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatadi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari esa, shaxslarni u yoki bu partiyaga mansubligidan qat’i nazar, deputatlikka nomzod etib ko‘rsatishga haqlidir. Deputatlikka nomzod etib fuqarolar orasidan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida, tegishli viloyat, tuman, shahar iqtisodiyotini rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning, fermerlik harakatining samaradorligini oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslar ko‘rsatiladi. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
(22-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(221-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
222-modda. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar
Siyosiy partiya tegishli organining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining rahbari deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
siyosiy partiya tegishli organining, fuqarolar yig‘inining (vakillari yig‘ilishining) deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;
siyosiy partiya tegishli organi majlisining, fuqarolar yig‘ini (vakillari yig‘ilishi) deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami ko‘rsatiladi;
deputatlikka nomzodning o‘z nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;
ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning, basharti ular deputat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo‘shash to‘g‘risidagi arizalari.
(222-moddaning birinchi qismini birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rahbarlariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.
(222-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
(211 va 222-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
23-modda. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
(23-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan shaxslar;
(23-moddaning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Davlat xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
(23-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.
Sudyalar, prokuratura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlari bundan mustasno) deputat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo‘shash to‘g‘risida ariza berganlari taqdirdagina xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadilar.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
24-modda. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida to‘xtatadi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ushbu Qonunga muvofiq deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilgan shaxsga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 21 va 22-moddalari.
Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida to‘xtatiladi.
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi deputatlikka nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin besh kun ichida deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashg‘ulotining turini), ish va turar joyini, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini ko‘rsatgan holda ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni mahalliy matbuotda e’lon qiladi.
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
V. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI. DEPUTATLIKKA NOMZODLAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI
25-modda. Saylovoldi tashviqoti
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
251-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari
Saylovoldi tashviqoti quyidagi tarzda olib boriladi:
siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni o‘zining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
deputatlikka nomzod to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.
Saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, so‘zga chiqishlar, saylovchilarning yig‘ilishlari, deputatlikka nomzod, siyosiy partiya to‘g‘risidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Saylovoldi tashviqoti:
ommaviy axborot vositalari, shuningdek televideniye, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i) orqali;
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.
(251-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
252-modda. Saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vositalari orqali olib borish
Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.
Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos bo‘lishi, deputatlikka nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek deputatlikka nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(252-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
253-modda. Saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish
Siyosiy partiyalarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi to‘g‘risidagi axborot.
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo‘yiladi.
(253-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
254-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borish
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Ularni o‘tkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda yordam ko‘rsatishi shart.
Deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakillari boshqa deputatlikka nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud boshqa deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
(254-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
26-modda. Ishonchli vakillar
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.
Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z ishonchli vakillarini o‘zi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni ro‘yxatga olib, ularga guvohnoma beradi.
Deputatlikka nomzod okrug saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda saylovga qadar o‘z ishonchli vakilini istagan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Ishonchli vakil saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
261-modda. Deputatlikka nomzodlarni saylovoldi tadbirlarida ishtirok etishlari uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ozod qilish
Deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, saylovoldi yig‘ilishlarida so‘zga chiqish, televideniye ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida, o‘rtacha oylik ish haqi saylov o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bo‘lish huquqiga ega.
(261-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
27-modda. Deputatlikka nomzodning transportda tekinga yurish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat passajir transportining barcha turlarida (shahar yo‘lovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yo‘nalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega bo‘ladi. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod ham saylov okrugiga kelish va undan turar joyiga qaytishda ana shunday huquqdan foydalanadi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
28-modda. Deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etish. Deputatlikka nomzodlikdan voz kechish
Siyosiy partiya, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs tegishli viloyat, tuman yoki shahar saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish muddati tugaguniga qadar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi taklif kiritishi mumkin.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi deputatlikka nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Deputatlikka nomzod saylovga qadar istagan vaqtida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
VI. SAYLOVChILARNING RO‘YXATLARI. SAYLOV BYuLLETENI
29-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov kuniga qadar yoki saylov kunida o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Saylovchilar ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuzilib, uni komissiya raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishida qatnashishga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.
Tumanlar va shaharlarning hokimliklari saylovchilarni hisobga olishni ta’minlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi saylovchilar to‘g‘risida saylovchilar ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.
Harbiy qismlardagi saylov-harbiy xizmatchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila a’zolarining va boshqa saylovchilarning ro‘yxatlari, basharti, ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining turar joylari bo‘yicha umumiy asoslarda saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladilar.
Sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlarining taqdim etgan ma’lumotlari asosida tuziladi.
(29-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Saylovchilarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatida ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili aks ettiriladi.
(29-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
30-modda. Fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlari bilan tanishtirish
Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga o‘n besh kun qolganida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa — saylovga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etadi.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.
31-modda. Saylovchilar ro‘yxatlari xususida bahslashuv
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi saylovchilar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida bunday arizani ko‘rib chiqishi va xatoni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma berishi shart.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
32-modda. Saylov byulleteni
Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ko‘rsatiladi.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bo‘lishi kerak.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Byulletenlar davlat tilida, shuningdek tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugi aholisining ko‘pchiligi muomala qiladigan tillarda nashr etiladi.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 1-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
33-modda. Saylov byulletenlarini yetkazib berish
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan kechi bilan saylovga uch kun qolganida oladilar. Byulletenlar berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Saylov byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
VII. OVOZ BERISh VA SAYLOV NATIJALARINI ANIQLASh
34-modda. Ovoz berish binosi
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdordagi kabina yoki xonalar jihozlangan, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida bo‘ladi.
35-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Oldingi tahrirga qarang.
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni kechi bilan saylovga o‘n kun qolganida xabardor qiladi.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida, basharti, ro‘yxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
36-modda. Ovoz berishning boshlanishi
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgandagina ochiladi. Rais saylov komissiyasining a’zolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlarini, saylovchilarning ro‘yxatlarini saylov komissiyasi a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini e’lon qiladi. Byulletenlarning umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
37-modda. Saylovchining shaxsini aniqlash
Ovoz berish binosiga kelgan, saylovchi uchastka saylov komissiyasi a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Biror-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.
38-modda. Ovoz berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Saylovda saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan deputatlikka nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi — krestik qo‘yadi.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
To‘ldirilgan saylov byulletenini ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi.
(38-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining e’tiboriga yetkaziladi.
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligi sabablari (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida o‘z yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Saylov varaqasi maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi.
Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Saylov varaqasining shakli va uni tayyorlash tartibi, shuningdek saylov varaqalarini saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(38-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan beshinchi — o‘ninchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmaganligi taqdirida, uchastka saylov komissiyasi ularning iltimosiga ko‘ra komissiya a’zolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.
39-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining a’zolari ishtirokida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov qutilari komissiya raisi ovoz berish tugaganini e’lon qilganidan keyin uchastka saylov komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish qat’iyan taqiqlanadi.
(39-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulleteni va varaqasi olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi.
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov bo‘yicha har bir saylov okrugi va har bir nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Saylov qutilaridagi saylov byulletenlari va varaqalariga asosan uchastka saylov komissiyasi(mazkur saylov uchastkasi doirasidagi har bir saylov okrugi bo‘yicha):
(39-moddaning beshinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini;
Oldingi tahrirga qarang.
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
(39-moddaning beshinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovchilar tomonidan saylov byulletenlari va varaqalariga qo‘shimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
(39-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga belgi — krestik qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov byulletenlari va varaqalari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulleteni, varaqasining haqiqiyligi shubha tug‘dirsa, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.
(39-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi va saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomada aks ettiriladi. Shundan keyin bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam bo‘lmagan muddatga osib qo‘yiladi. Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi tegishli okrug saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi bilan tanishish huquqiga ega.
(39-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni muvofiq sakkizinchi — o‘ninchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
40-modda. Okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash
Saylov okruglari bo‘yicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
(40-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
okrug bo‘yicha saylovchilarning umumiy soni;
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Oldingi tahrirga qarang.
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlarning sonini;
(40-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Okrug bo‘yicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
41-modda. Deputatlar saylovining natijalarini aniqlash
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida:
viloyat, tuman, shahar bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini;
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Oldingi tahrirga qarang.
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlarning sonini;
(41-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti, saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa — saylov o‘tmagan deb topiladi.
(41-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Saylov chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman viloyat, tuman, shahar bo‘yicha yoki ayrim saylov okruglari, yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha o‘tmagan deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topishga doir qaror tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha saylov haqiqiy emas deb topilgani taqdirda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalari, basharti, bu natijalarsiz ham saylov umuman haqiqiy deb topilishi mumkin bo‘lsa, saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov yakunlari bo‘yicha bayon tuzadi va qaror qabul qiladi.
42-modda. Takroriy ovoz berish
Basharti, saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan birortasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berish o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi va bu xususda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor qiladi. Takroriy ovoz berish ikki hafta ichida ushbu Qonunning talablariga rioya etgan holda o‘tkaziladi.
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
(42-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
(42-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
43-modda. Takroriy saylov
Quyidagi hollarda:
a) basharti, saylov okrugi bo‘yicha saylov o‘tmagan yoxud haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
b) basharti, takroriy ovoz berish saylangan deputatni aniqlash imkonini bermagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
v) basharti, saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ko‘pi bilan ikki nomzod ovozga qo‘yilgan bo‘lsa va ulardan birortasi ham saylanmagan bo‘lsa takroriy saylovlar o‘tkaziladi;
(43-moddaning birinchi qismi “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-moddaning birinchi qismi “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Takroriy saylov tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining topshirig‘iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Takroriy saylov asosiy saylovdan keyin kechi bilan bir oy ichida o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
44-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi o‘tkazish
Tegishli xalq deputatlari Kengashi ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan taqdirda, boshqa sabablarga ko‘ra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov o‘tkaziladi. Saylov tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kechi bilan bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganida, uchastka saylov komissiyalari esa — o‘n besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganida to‘xtatiladi.
(44-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
VIII. DEPUTATLARNI RO‘YXATGA OLISh VA SAYLOV YAKUNLARINI E’LON QILISh
45-modda. Deputatlarni ro‘yxatga olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi va bu haqda ularni xabardor etadi.
Ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati etib saylansalar, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga deputatning maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmalaridan soqit qilganliklari to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(45-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
46-modda. Deputatlar saylovining yakunlarini e’lon qilish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va saylangan deputatlarning ro‘yxatini tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi alifbo tartibida deputatlarning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashg‘ulotining turini), ish va turar-joyini, saylov okrugining tartib raqami va nomini ko‘rsatgan holda ko‘pi bilan o‘n kun ichida matbuotda e’lon qilinadi.
IX. YAKUNIY QOIDALAR
47-modda. Deputatning guvohnomasi va ko‘krak nishoni
Deputatga xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
48-modda. Saylovning moliyaviy ta’minoti
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Deputatlikka nomzodlarni boshqa mablag‘lar hisobidan moliyaviy ta’minlash va o‘zga tarzda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o‘z mablag‘larini ixtiyori ravishda saylov o‘tkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablag‘larni viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari saylov kampaniyasida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
(48-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
49-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risidagi Qonunni buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu Qonunni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 512–519-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-147-moddalari.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-may,
1050-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 125-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 9-10-son, 134-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2012-y., 51-son, 574-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2017-y., 35-son, 914-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)