Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415-son qaroriga
1-ILOVA
Milliy raqamli sogʻliqni saqlash tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari
| T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Moliyalashtirish manbasi | Loyiha qiymati | Masʼul vazir oʻrinbosari |
| 1. | Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini avtomatlashtirish talablarini ishlab chiqish, “Elektron poliklinika” axborot tizimini takomillashtirish. | 1. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi mavjud axborot tizimlarini oʻrganib chiqish va ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan axborot tizimlariga texnik talablarni shakllantirish. | 2024-yil may | Davlat budjeti mablagʻlari | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil avgust | |||||
| 3. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | 2025-yil fevral | |||||
| 2. | “Elektron shifoxona” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | 1. Statsionar tibbiyot muassasalaridagi mavjud axborot tizimlarini oʻrganib chiqish va ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan axborot tizimlariga texnik talablarni shakllantirish. | 2024-yil iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil sentyabr | |||||
| 3. Statsionar tibbiyot muassasalari axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | 2025-yil fevral | |||||
| 3. | Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini avtomatlashtirish. | 1. Markazlarda mavjud axborot tizimlarini oʻrganib chiqish va ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan axborot tizimlariga texnik talablarni shakllantirish. | 2024-yil dekabr | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2025-yil fevral | |||||
| 3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | 2025-yil sentyabr | |||||
| 4. | Sogʻliqni saqlash vazirligining mobil ilovasini takomillashtirish. | 1. Mobil ilovadagi interaktiv xizmatlarni xatlovdan oʻtkazish. | 2024-yil mart | Xalqaro moliya institutlari kreditlari, Davlat budjeti mablagʻlari | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Xatlov yakunlari yuzasidan mobil ilovada yangi interaktiv xizmatlarni ishlab chiqish. | 2024-2025-yillar | |||||
| 5. | Respublika raqamli sogʻliqni saqlashning FNIR (Fast Nealthcare Interoperability Resources) xalqaro standarti asosida sogʻliqni saqlash axborot tizimining yagona platformasini yaratish. | 1. Tibbiy maʼlumotlarni uzatish tizimlarini yaratish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. | 2024-yil fevral | “KfW” bankining kredit mablagʻlari | 15,6 mln yevro (“KfW” banki bilan kelishil-gan holda) | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil iyul | |||||
| 3. Sogʻliqni saqlash yagona platformasini ishga tushirish. | 2024 — 2026-yillar | |||||
| 6. | Tibbiyot muassasalari uchun asosiy funksionallarini qamrab oluvchi tibbiy axborot tizimini yaratish (“Elektron shifoxona” axborot tizimi). | 1. Loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil avgust | “KfW” bankining kredit mablagʻlari | 4,5 mln yevro (“KfW” banki bilan kelishil-gan holda) | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. “Elektron shifoxona” axborot tizimini markaziy shifoxonalarga joriy etish. | 2024 — 2026-yillar | |||||
| 7. | “Diagnostik tasvirlar almashinuvi, arxivi va teleradiologiya” milliy axborot tizimini yaratish. | 1. Respublika boʻyicha tibbiy tasvirlar arxivi tizimi (keyingi oʻrinlarda “PACS”) serverlar arxitekturasini yaratish. | 2025-yil sentyabr | “KfW” bankining kredit mablagʻlari | 6,6 mln yevro (“KfW” banki bilan kelishil-gan holda) | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish. | 2025-yil dekabr | |||||
| 3. “Diagnostik tasvirlar almashi�uvi, arxivi va teleradiologiya” milliy axborot tizimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2026-2027-yillar | |||||
| 8. | “Elektron retsept” tizimini joriy etish. | 1. “Elektron retsept” tizimi doirasida faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari roʻyxati hamda davlat va xususiy dorixonalarni ushbu tizimga ulash tartiblarini tasdiqlash. | 2024-yil iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Davlat va xususiy dorixonalarda “Elektron retsept” tizimini joriy etish. | 2024-2025-yillar | |||||
| 9. | Ftiziatriya kasalliklarining yagona elektron reyestrini yaratish. | Elektron reyestrni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | 2024-yil dekabr | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 10. | Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron roʻyxatini yuritishga moʻljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini rivojlantirish va joriy etish. | 1. Onkologik kasalliklarga chalingan mavjud bemorlarning maʼlumotlarini raqamlashtirish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqish. | 2024-yil oktyabr | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Axborot tizimini reja grafikka asosan joriy etish. | 2024-2025-yillar | |||||
| 11. | “Elektron tibbiy taʼlim” platformasini yaratish. | 1. Raqamli sogʻliqni saqlash tizimi doirasida “Elektron tibbiy taʼlim” platformasining texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish. | 2025-yil iyul | Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Elektron platformani ishlab chiqish va joriy etish. | 2025-2026-yillar | |||||
| 12. | “Laboratoriya” axborot tizimini joriy etish. | Axborot tizimini dastlabki talqinini ishlab chiqish va joriy etish. | 2024-2025-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 13. | Sogʻliqni saqlash vazirligi yagona platformasida yaratilayotgan maʼlumotlar monitoringini olib borish, “BI” dashbordlarni joriy etish. | 1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish va texnik talablarni ishlab chiqish. | 2024-yil sentyabr | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. “BI” dashbordlarni joriy etish. | Reja grafikka asosan | |||||
| 14. | Tibbiyot muassasalari xodimlarining kompyuter savodxonligi va tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish yuzasidan oʻqitish ishlarini yoʻlga qoʻyish. | 1. Kompyuter savodxonligi boʻyicha oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish. | 2024-yil iyun | “KfW” bankining grantlari | 1,5 mln yevro | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Hududlar kesimida reja-jadval ishlab chiqib tasdiqlash. | 2024-yil noyabr | |||||
| 3. Reja asosida oʻqitish ishlarini tashkil etish. | Reja-jadval asosida | |||||
| 15. | Amalda mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha imkoniyatlarni kengaytirish. | Xodimlarning raqamli texnologiyalar boʻyicha koʻnikmalarini oshirish maqsadida ularni rivojlangan mamlakatlarning oʻquv kurslari va amaliy treninglarida oʻqitish choralarini koʻrish. | Reja-jadval asosida | “KfW” bankining grantlari | 1,0 mln yevro | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 16. | Barcha hududlardagi statsionar davolash muassasalarida ichki lokal tarmoqlarni tashkil etish ishlarini yakunlash. | Bosqichma-bosqich statsionar davolash muassasalarida ichki lokal tarmoqlarni tashkil etish. | 2025-yil davomida | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, respublika va mahalliy budjet mablagʻlari | Hisob-kitoblar asosida | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (N. Xolmurodov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 17. | Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish doirasida Tibbiyot axborot tizimining yangilangan shaklini hududlarda joriy etish. | 1. Hududlarda ambulator tibbiyot muassasalarida aholini oilaviy shifokorlarga biriktirish, onlayn qabulga yozish, qabullarni amalga oshirish jurnallarini yuritishni elektron shaklga oʻtkazish, oilaviy shifokorlardan tor doiradagi mutaxassislarga va ambulator tashkilotlardan shifoxonalarga yoʻllanmalar berish imkoniyatlarini yaratish. | 2024-yil sentyabr | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (N. Xolmurodov) |
| 2. Hududlarda statsionar muassasalarda bemorlarni yotqizish, tibbiy statistik shaklini elektron toʻldirish, Davlat tibbiyot sugʻur�a jamgʻarmasiga maʼlumotlar uzatish imkoniyatlarini yaratish. | 2024-yil oktyabr | |||||
| 3. Sinov natijalariga asosan Tizimni respublikaning barcha ambulator va statsionar tibbiyot muassasalarida toʻliq joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib Loyiha ofisiga kiritish. | 2024-yil dekabr | |||||
| 18. | “Tibbiy asbob-uskuna va jihozlarning hisobi va nazorati” axborot tizimini yaratish. | Respublikadagi barcha davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy asbob-uskuna va jihozlarni xatlovdan oʻtkazish va tizimga kiritish. | 2024-yil davomida | Davlat budjeti mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 19. | “Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati” axborot tizimini yaratish. | 1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish. | 2024-yil mart | Xalq�ro moliya institutlari mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (N. Xolmurodov) |
| 2. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil sentyabr | |||||
| 3. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish. | 2024-2025-yillar | |||||
| 20. | Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish. | 1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil fevral | Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grant va kreditlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (N. Xolmurodov) |
| 2. Homiladorlik paytida va tugʻuruqdan keyingi birinchi yilda oʻtkazilgan tekshiruvlar va diagnostika maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish. | 2024-yil sentyabr | |||||
| 3. Axborot tizimining Raqamli sogʻliqni saqlash yagona platformasiga integratsiyalashuvini amalga oshirish. | 2024-2025-yillar | |||||
| 21. | “Nefrologik kasalliklar yagona reyestri va gemodializ uchun sarflov m�teriallari monitoringi” axborot tizimini ishlab chiqish. | 1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil iyul | Davlat budjeti mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish. | 2024-yil noyabr | |||||
| 3. Axborot tizimini tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish. | 2024-yil dekabr | |||||
| 22. | “Mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarning reyestri va sarflov materiallari monitoringi” axborot tizimini ishlab chiqish. | 1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil iyul | Davlat budjeti mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish. | 2024-yil noyabr | |||||
| 3. Axborot tizimini tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish. | 2024-yil dekabr | |||||
| 23. | Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralari transplantatsiya qilingan bemorlarni reyestri va sarflov materiallari monitoringi axborot tizimini ishlab chiqish. | 1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2024-yil iyul | Davlat budjeti mablagʻlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
| 2. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish. | 2024-yil noyabr | |||||
| 3. Axborot tizimini tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish. | 2024-yil dekabr | |||||
| 24. | Yagona portalda dori vositalari va ularning analoglari toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoniyatini yaratish. | 1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish. | 2024-yil mart | Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grant va kreditlari | Hisob-kitoblarga asosan | Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (N. Xolmurodov) |
| 2. Texnologik yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2024-yil may | |||||
| 3. Dori vositalari va ularning analoglari toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoniyatini yaratish. | 2024-yil iyul |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari