1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMINI RIVOJLANTIRIShNI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bank infrastrukturasini yanada rivojlantirish va banklar ishi samaradorligini xalqaro standartlar talablari darajasiga koʻtarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Barcha tijorat banklari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shu jumladan, xorijiy sarmoya ishtirokidagi tijorat banklari, shuningdek, chet el banklarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va vakolatxonalari 1996-yil 1-yanvargacha budjetga ilovaga muvofiq soliq toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, boʻshatilayotgan mablagʻlar banklar tomonidan:
bank ichki lokal kompyuter tarmoqlari va filiallararo modem aloqa liniyalari barpo etishga, bank operatsiyalarini avtomatik qayta ishlash va hisobga olish boʻyicha zamonaviy dasturlarni ishlab chiqish va sotib olishga;
naqd pullarni hisobga olish va inkassatsiya qilishni avtomatlashtirishni taʼminlovchi elektron pochtani joriy etishga;
banklararo hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini yaratishga;
moddiy-texnik bazami mustahkamlashga, filiallar va almashtirish punktlari tarmogʻini kengaytirishga;
xorijiy maslahatchilarni jalb etishga;
bank xodimlarini oʻqitish va tayyorlashni tashkil etishga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bank infrastrukturasini rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda yilning har choragida respublika Hukumatiga axborot bersin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda soliq solish masalalari boʻyicha yoʻriqnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
13-iyul 1994-y.,
362-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyuldagi 362-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.09.00 (Кучини йукотган) Boshqa umumdavlat soliqlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.07.00 (Кучини йукотган) Boshqa mahalliy soliqlar va yigʻimlar]
Tijorat banklari 1996-yil 1-yanvargacha budjetga toʻlashdan ozod qilinadigan soliqlar
ROʻYXATI
1. Korxonalar daromadidan olinadigan soliq
2. Korxonalar mol-mulkiga solinadigan soliq
3. Yer soligʻi
4. Transport vositalari egalaridan olinadigan soliq