toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish tizimi tubdan isloh qilinib, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Soliq maʼmuriyatchiligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining ish samaradorligini oshirish, vaqtini tejash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qarori ijrosini taʼminlash, tovar-moddiy boyliklarni tashish uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-oktabrdagi 807-son qaroriga asosan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimini joriy etish boʻyicha Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida tajriba oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining respublika hududida 2024-yil 1-apreldan boshlab yirik soliq toʻlovchilar uchun, 2024-yil 1-iyuldan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimini majburiy tartibda joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi” davlat unitar korxonasi elektron yuk xatlarini markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va ularning hisobini yuritish boʻyicha vakolatli rouming operatori etib belgilansin.
3. 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda elektron shaklda rasmiylashtirilgan tovar-transport yuk xatlarini yoʻllarda nazorat qilish tartibini;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Transport vazirligi va Energetika vazirligi bilan birgalikda eksport va import operatsiyalari boʻyicha xalqaro yuk tashish, shuningdek, quvur transportida tashish hujjatlarini raqamlashtirish va oʻzaro axborot almashish tizimini joriy etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-apreldagi 249-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-oktabrdagi 807-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Transport vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, transport vaziri I.R. Maxkamov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-dekabr,
673-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 673-son qaroriga

ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-apreldagi 249-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
toʻrtinchi xatboshidagi “tasdiqlansin” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 31-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. Quyidagi mazmundagi 31-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qaroriga
31-ILOVA
Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tovar-transport yuk xatlarini elektron hujjat aylanish tizimi operatorlarining axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tovar-transport yuk xati — tovar-moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarish, ularni olib oʻtish yoʻlida hisobini yuritish, kirim qilish, omborxona operatsiyalarini va buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, yukni tashish uchun hisob-kitoblar qilish hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish uchun moʻljallangan hujjat;
elektron tovar-transport yuk xati — belgilangan tartibda elektron shaklda rasmiylashtiriladigan tovar-transport yuk xati;
buyurtmachi — transport xizmatlarini koʻrsatish haqidagi talabnoma bilan murojaat qilgan yukni joʻnatuvchi, yukni oluvchi, ekspeditor;
mijoz — ekspeditorga oʻz hisobidan belgilangan yuk tashish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish yoki koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha tuzilgan transport ekspeditsiya shartnomasi tomoni — yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi;
elektron tovar-transport yuk xati tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — Operator) — qonunchilik hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan talablarni bajargan ETTYuXilarning aylanishi va ularni saqlash faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etilgan yuridik shaxs maqomiga ega axborot vositachisi;
rouming operatori — markazlashtirilgan holda saqlanishi, operatorlararo uzatilishi va hisobi yuritilishini taʼminlaydigan yuridik shaxs;
tasdiqlangan ETTYuX — yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi va yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlangan elektron hujjat;
haydovchi — mehnat shartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida faoliyatini amalga oshirayotgan, transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs, shuningdek, yukni yetkazib beruvchi shaxs;
ekspeditor — transport ekspeditsiyasi shartnomasi tomoni — tovarlarni tashishni tashkil etish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;
ETTYuXni rasmiylashtirish jarayoni ishtirokchilari (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchilar) — yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi va yukni yetkazib beruvchi (tashuvchi) masʼul shaxslar;
yuk joʻnatuvchiyuk tashish jarayonida yuk egasi yoki shartnoma (vositachilik, topshiriq) asosida uning nomidan ish yurituvchi ishonchli vakil;
yuk oluvchi — yukni va yukka ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilganlarni olishga vakil qilingan yuridik yoki jismoniy shaxs;
yuk tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega boʻlgan, yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi yoki yuk tashish shartnomasi asosida yukni belgilangan manzilga yetkazib beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, ekspeditor;
yukni yetkazib beruvchi — yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi yoki ekspeditor;
yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs — mehnat shartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida faoliyatini amalga oshirayotgan, yuklarni qabul qilish, kuzatib borish va topshirish boʻyicha transport-ekspeditorlik operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs;
QR-kod — elektron tovar-transport yuk xatlariga biriktiriladigan, dasturiy mahsulotlar orqali oʻqish (skanerlash) vaqtida elektron tovar-transport yuk xatlari haqida barcha maʼlumotlarga havola boʻladigan maxsus matritsali shtrix kod.
3. Yuk tashish quyidagi tartiblarda amalga oshiriladi:
yuk joʻnatuvchi tomonidan oʻz transport vositasi (yoki ijaraga olingan transport vositasi) orqali tashish;
yuk oluvchi tomonidan oʻz transport vositasi (yoki ijaraga olingan transport vositasi) orqali tashish;
ekspeditor tomonidan oʻz transport vositasi (yoki ijaraga olingan transport vositasi) orqali tashish;
yuk tashish shartnomasi asosida yuk tashish xizmatini koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan oʻz transport vositasi (yoki ijaraga olingan transport vositasi) orqali tashish.
4. Ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovar-transport yuk xati yuk joʻnatuvchi tomonidan elektron shaklda shakllantirilishi shart.
5. Elektron tovar-transport yuk xati elektron raqamli imzodan foydalangan holda, elektron hujjat aylanish tizimi operatorlarining axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
6. Elektron tovar-transport yuk xatini shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va saqlash boʻyicha xizmatlar xoʻjalik yurituvchi subyekt va operator oʻrtasida tuzilgan shartnoma (ommaviy oferta) asosida koʻrsatiladi.
7. Tovar-transport yuk xatlari shaklda elektron ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
8. Mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklda elektron rasmiylashtirilgan tovar-transport yuk xati tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, tovar-moddiy boyliklarning kirim qilinishiga, shartnomalar (yuk tashish va transport-ekspeditorlik) asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob qilishga, transport ishini hisobga olish, haydovchiga (yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxsga) ish haqi yozish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
9. Axborot tizimida elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar yuzaga kelganda, tovar-transport yuk xati qogʻoz shaklida rasmiylashtiriladi. Bunda, texnik nosozliklar elektron tovar-transport yuk xati tizimi operatori tomonidan rasman tasdiqlangan boʻlishi lozim va axborot tizimidagi nosozliklar bartaraf etilgandan soʻng besh kalendar kuni ichida qogʻoz shaklida koʻrsatilgan sana bilan tovar-transport yuk xati elektron shaklda axborot tizimiga kiritilishi shart.
10. Soliq toʻlovchilar tomonidan davlat siriga taalluqli boʻlgan yuk tashishlar amalga oshirilganda, tovar-transport yuk xati belgilangan tartibda qogʻoz shaklida rasmiylashtiriladi.
11. Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni kiritgan holda rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xati bilan yuklarni tashish — soxta hujjatlar boʻyicha tashish hisoblanadi hamda qonunchilik hujjatlariga asosan javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
2-bob. Elektron tovar-transport yuk xatini shakllantirish tartibi
12. Yukni avtomobil, temir yoʻl, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlari uygʻunligida tashishga elektron tovar-transport yuk xati yuk joʻnatuvchi tomonidan belgilangan tartibda har bir transportning qatnoviga alohida har bir yukni oluvchining nomiga tuziladi.
13. Tovar-transport yuk xati ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Tovar-transport yuk xati tartib raqami va sanasi kiritiladi;
tashish turi (“Ombordan omborga” yoki “Sotuvchidan sotib oluvchiga”) tanlanadi;
tashish turi “Sotuvchidan sotib oluvchiga” rejimi tanlanganda, oldi-sotdi shartnomasi raqami va sanasi kiritiladi;
transport turi (avtomobil, temir yoʻl, havo, suv) tanlanadi;
“Yuk joʻnatuvchi” katakchasiga yuk joʻnatuvchi nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami kiritiladi;
“Yuk oluvchi” katakchasiga yuk oluvchi nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami kiritiladi;
tashish turi “Ombordan omborga” rejimi tanlanganda, yuk joʻnatuvchi yuk oluvchi sifatida ham ishtirok etadi;
“Yukni yetkazib beruvchi” katakchasiga yukni yetkazib beruvchining nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami kiritiladi;
“Mijoz”ning STIRi kiritiladi hamda tuzilgan “Shartnoma raqami va sanasi” toʻldiriladi (yukni yetkazib berish ekspeditor tomonidan amalga oshirilgan taqdirda);
“Yuk tashuvchi” katakchasiga yuk tashuvchi nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami kiritiladi;
“Buyurtmachi”ning STIRi kiritiladi hamda yuk tashuvchi va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan “Shartnoma raqami va sanasi” toʻldiriladi (yuk tashish xizmati yuk tashish shartnomasi asosida boshqa (yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi va ekspeditordan tashqari) yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan koʻrsatilgan taqdirda);
transport turidan kelib chiqib, transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (avtomobil, tirkama, yarim tirkama davlat raqami va rusumi, vagon raqami va turi (yopiq, yarim ochiq, platforma, tsisterna va boshqalar), havo kemasi raqami va rusumi, kema raqami va rusumi) kiritiladi;
haydovchi va yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs maʼlumotlari (F.I.O va JShShIR) kiritiladi;
yuk tashilayotgan transport turidan kelib chiqib, “Yuklash manzili” va “Yukni yetkazish manzili” toʻldiriladi;
yuklash va yetkazish manzilining oraliq masofasi (km) toʻldiriladi;
tovar-transport yuk xati shaklining jadval qismiga tashilayotgan yukning rekvizitlari (“Tovarlar tartib raqami”, “Tovarlar nomi”, “Tovarlarning Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi va nomi”, “Oʻlchov birligi”, “Miqdori”, “Narxi”, “Etkazib berish qiymati (QQSsiz)”, “Yuk tashish narxi”, “Ogʻirligi (brutto, netto, tonnada)” toʻldiriladi.
Yuklar yuklash manzili va yukni yetkazish manzili boʻyicha toʻldiriladi, agar qoʻshimcha yuklash yoki yetkazish manzillari mavjud boʻlsa, qoʻshish (+) tugmasi orqali amalga oshiriladi.
14. Vositachi tomonidan komitentning manfaatida vositachilik xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq shartnoma (vositachilik yoki topshiriq) asosida yuk joʻnatilganda, vositachi (ishonchli vakil) yuk oluvchiga ushbu Nizomga 2-ilovadagi tovar-transport yuk xati shaklining jadval qismi 1-ustunidan avval 1a-“Komitentning (yuk egasining) nomi”, 1b-“Komitentning (yuk egasining) STIRi”, 1v-“QQS raqami” qoʻshimcha ustunlarni kiritgan holda tovar-transport yuk xati shakllantirilishi shart.
15. Yirik gabaritli yuk bir nechta transportda tashilganda, har bir transport qatnoviga alohida elektron tovar-transport yuk xati shakllantiriladi.
3-bob. Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish, yuborish va qabul qilish tartibi
16. Yuk joʻnatuvchi tomonidan shakllantirilgan elektron tovar-transport yuk xati elektron raqamli imzo bilan imzolagandan soʻng elektron hujjat aylanish tizimi tomonidan avtomatik tarzda QR-kodi biriktirilgan holda ishtirokchilarga yuboriladi va rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xati ishtirokchilarning shaxsiy kabinetida aks etadi.
17. Mazkur Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuk avtomobil, temir yoʻl, havo, suv transportlarida yoki ushbu transport turlari uygʻunligida tashilganda, elektron tovar-transport yuk xati rasmiylashtirilmagan yuklar yuk joʻnatuvchi tomonidan taqdim etilishi, yukni yetkazib beruvchi (yuk tashuvchi) esa uni tashish uchun qabul qilib olishi taqiqlanadi.
18. Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs yukni olganda va yetkazib berganda, yuk oluvchi esa yuk tashish jarayoni yakunlanganda oʻz elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlaydi yoki yukni olish jarayonida aniq sababi koʻrsatilgan holda elektron tovar-transport yuk xatini rad etishi mumkin.
19. Avval rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xatiga qoʻshimcha va tuzatish kiritish mazkur Nizom talablari asosida yuk oluvchi tomonidan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
20. Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan elektron hujjat belgilangan tartibda elektron shaklda rasmiylashtirilib tasdiqlansa, qogʻoz shaklida talab etilmaydi va u asl nusxa hisoblanadi.
21. Elektron shaklda rasmiylashtirilgan yuk xatlarida keltirilgan maʼlumotlar himoya qilinadi hamda Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasida kamida 5 yil davomida saqlanishi taʼminlanadi.
Bunda yuk xatlarining amal qilish muddati 5 yildan koʻp boʻlganda, shartnomaning amal qilish muddatidan kam boʻlmagan davrda saqlanadi.
22. Elektron shaklda rasmiylashtirilgan yuk xatiga biriktirilgan QR-kodning haqqoniyligi mobil ilova yoki rasmiy veb-sayt orqali tekshirishi mumkin.
23. Soliq organlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlarning yozma soʻroviga asosan elektron tovar-transport yuk xatida keltirilgan maʼlumotlarni taqdim etadilar.
24. Mazkur bobda qayd etilgan jarayonlar avtomatlashtirilgan tarzda va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
25. Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirishda ushbu Nizomning 13-bandida qayd etilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi shart.
4-bob. Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtiruvchilarning huquq va majburiyatlari
26. Ishtirokchilar quyidagi huquqlarga ega:
elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari axborot tizimidan foydalangan holda rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xatini qabul qilish yoki rad qilish;
elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish boʻyicha tegishli yoʻriqnomalar bilan tanishish va soliq organlaridan amaliy yordam olish;
elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish jarayonida elektron hujjat aylanish tizimidagi nosozliklar boʻyicha soliq organlariga murojaat qilish.
elektron tovar-transport yuk xati mazkur Nizom talablari asosida yuk oluvchi tomonidan tasdiqlangunga qadar unga qoʻshimcha va tuzatish kiritilishi mumkin.
27. Ishtirokchilarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
yuk joʻnatuvchi tomonidan elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish bilan bir vaqtda elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish;
elektron shaklda rasmiylashtiriladigan yuk xatlarini imzolashda ishtirokchilar albatta elektron raqamli imzoga ega boʻlishi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Soliq organlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
29. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Yuk joʻnatuvchi

Elektron tovar-transport yuk xati ishtirokchilari, tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagandan soʻng operator orqali rouming operatoriga yuboradi.

Real vaqt rejimida

2-bosqich

Rouming operatori

1. Elektron tovar-transport yuk xati reyestrga kiritilgandan keyin unga ID va QR kodlarini biriktirish hamda kelib tushgan elektron tovar-transport yuk xatining ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshirib, ishtirokchilarga uning operatori orqali yetkazadi.

2. Toʻldirilishida xatolar yoki kamchiliklar mavjudligi aniqlangan elektron tovar-transport yuk xatini qabul qilmasdan, tegishli operator orqali uni shakllantirgan subyektga qaytaradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs

1. Oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini tasdiqlaydi.

2. Toʻldirilishida xatolar yoki kamchiliklar mavjudligi aniqlangan elektron tovar-transport yuk xatini qabul qilishni rad etadi.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs

Yuklar yuk oluvchiga yetkazib berilganligini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Yuk oluvchi

Oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron tovar-transport yuk xatini yuk qabul qilish jarayonida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi yoki sababi koʻrsatilgan holda tasdiqlashni rad etadi.

Real vaqt rejimida

Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

ID:

20__ yil “___” ____________ dagi ____-son shartnomaga

20__ yil “___” ____________ dagi ____-son

TOVAR-TRANSPORT YuK XATI

Tashish turi: ___-ombordan omborgacha; ___-sotuvchidan xaridorga

Yuk joʻnatuvchi: __________________________

Yuk oluvchi: ________________________________

STIR (JShShIR): ________________________

STIR (JShShIR): __________________________

Yukni yetkazib beruvchi: _____________________

Yuk oluvchi: ________________________________

STIR (JShShIR): _________________________

STIR (JShShIR): __________________________

Mijoz: ___________________________________

Buyurtmachi: _______________________________

STIR (JShShIR): __________________________

STIR (JShShIR): __________________________

Shartnoma raqami va sanasi: __________________

Shartnoma raqami va sanasi: __________________

Transport turi: ________________________

Avtomobil

davlat raqami: ______________

Rusumi: __________________________________

Yarim tirkama

davlat raqami: ______________

Rusumi: __________________________________

Tirkama

davlat raqami: ______________

Rusumi: __________________________________

vagon raqami: ________

Turi: ____________________________________

Havo kemasi raqami: _________

Rusumi: __________________________________

Kema raqami: _______________

Rusumi: __________________________________

Haydovchi F.I.O: ___________________________

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs

JShShIR: ________________________

F.I.O: __________________

JShShIR: ________________________

Yuklash manzili: ___________________________

Yukni yetkazish manzili: __________________________

Oraliq masofa (km): ____________

T/r

Tovarlar nomi

Tovarlarning Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi va nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori (soni)

Narxi

Etkazib berish qiymati

(QQSsiz)

Yuk tashish narxi

Ogʻirligi (tn)

brutto

netto

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Yuk joʻnatuvchi

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs

Yuk oluvchi

(Yuk omboridan chiqishda tasdiqlanadi)

(Yuk qabul qilib olinganda tasdiqlanadi)

(Yukni yetkazib berganda tasdiqlanadi)

(Yukni qabul qilganda tasdiqlanadi)

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 09/23/673/0974-son)