Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
1. ShNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik
normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur buyruq ilovasining
1-bandi 2024-yilning 1-yanvaridan amalga kiritiladi.
“Shahar hududida quriladigan turar joy binosining umumiy maydoni (er ustidagi barcha qavatlar maydonlarining toʻplami) ushbu turar joy binosini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi maydonining toʻrt yarim barobaridan oshmasligi lozim.”.
2.
99-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“99. Umumiy oʻrta (oʻrta maxsus) taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami ushbu ShNQning 21-jadvaliga muvofiq belgilanishi lozim.”.
3. 21-jadvalning
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4.
99.1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.