1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 221]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 4-martdagi 21-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.09.06-98 “Yogʻoch materiallari omborlari. Yongʻindan saqlash loyihalash meʼyorlari” qurilish meʼyorlari va qoidalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2009-yil 18-sentabrdagi 97-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.09.12-09 “Ombor binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-noyabr,
368-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2023-yil 20-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2023-yil 21-oktabr
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2023-yil 27-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal hoʻjaligi vazirining 2023-yil 10-noyabrdagi 368-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) namlik darajasi nazorat qilinadigan, ayvon turidagi, yogʻoch va yogʻoch materiallarni (yogʻoch-taxta, dumaloq yogʻochlar, mayda yogʻoch, qatronlangan yogʻoch, oʻtin, payrahalar, qipiqlar va chiqindi yogʻochlar) saqlash omborlarini, shuningdek omborlarning umumiy maqsadlarda foydalaniladigan qoʻshimcha xonalari va binolarini loyihalash hamda ularni rekonstruksiya qilishga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQda belgilangan talablar yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, oʻq-dorilar, xavfli chiqindilar, quruq mineral oʻgʻitlar, kimyoviy vositalar, radioaktiv, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli moddalar, yonuvchan gazlar, 70 kPa (0.7 kgf/cm²) bosim ostida boʻlgan yonmaydigan gazlar, neft va neft mahsulotlari, kauchuk, selluloid, yonuvchan plastmassa, kinoplyonka, sement, paxta, un, kombikorm, jun, teri va teri mahsulotlari, don, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari saqlanadigan hamda sovutgich omborlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari,normalari va gigiyena normativlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.07.04-19 “Qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarini meʼmoriy rejalashtirish va tashkil qilish”;
SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash”;
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SanQvaN 0103-25 “Sanitariya-muhofaza zonasiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari.
(1-bob Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
mobil bino — konstruksiyasi bir joydan ikkinchi joyga koʻchirishga imkon beruvchi hamda zavoddan komplekt holda yetkazib beriladigan vaqtinchalik bino yoki inshoot;
platforma — ikki tomondan kelish yoʻllari tashkil etilgan (bir tomondan temir yoʻlga tutashishi mumkin) yuklash va yukni tushirish uchun moʻljallangan inshoot;
dok — binoning yuk mashinalari yoki temir yoʻl vagonlari uchun yuklash va yukni tushirishga moʻljallangan qismi;
rampa — bir tomondan ombor binosiga, ikkinchi tomondan avtomobil kelish yoʻliga yoki temir yoʻliga tutashgan hamda yuklash va yukni tushirish uchun moʻljallangan inshoot;
texnik qavat — binoning muhandislik uskunalarini joylashtirish uchun moʻljallangan qavat;
stellaj — omborda yuklarni saqlash uchun qoʻllaniladigan, metall ustunlar, toʻsinlar va koʻndalang balkalar, yoki balkalarga qotirilgan koʻp quvvatli toʻshamalar (tokchalar)dan iborat boʻlgan maxsus qurilma;
3. Ombor binolarini joylashtirish SanQvaN 0103-25 hamda SHNQ 2.07.01-23 da belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
4. Qishloq hoʻjalik korxonasi hududidagi ombor binolarini loyihalash SHNQ 2.07.04-19da belgilangan talablarga asosan amalga oshirilishi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
5. Seysmik hududlarda joylashgan ombor binolarini loyihalash QMQ 2.01.03-19da belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
6. Ishlab chiqarish binolaridagi omborxonalarni SHNQ 2.09.02-23da belgilangan talablarga asosan loyihalash lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
7. Ishlab chiqarish binolarida ish jarayonida sarflanadigan materiallarning (xomashyo, yarimfabrikat) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot loyiha topshirigʻida keltirilmagan boʻlsa, ushbu materiallarning ishlab chiqarish binosida saqlanadigan miqdori bir ishchi smena davomida sarflanadigan miqdordan koʻp boʻlmasligi kerak.
8. Ombor binolarining maʼmuriy va maishiy xonalari SHNQ 2.09.02-23da belgilangan talablarga muvofiq loyihalanishi kerak.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
9. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin boʻlgan ombor binolari va ularning xonalarining bloklarini loyihalashda SHNQ 2.07.02-24da belgilangan talablarni hisobga olish lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
10. Binolarda omborxonalarni joylashtirish, ularni bir-biridan yongʻinga qarshi toʻsiqlar (devorlar, pardadevorlar) bilan ajratish, evakuatsiya yoʻllarini oʻrnatish, zinapoya kataklarini, tambur-shlyuzlarni, tutunni chiqarish moslamalarini, binoning tashqarisiga va tomiga chiqish joylarini oʻrnatish SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.01.19-22 va SHNQ 2.04.05-22da belgilangan talablarga asosan amalga oshirilishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
11. Ombor binolarining tomlari va tom qoplamalari SHNQ 2.03.10-24da belgilangan talablarga muvofiq loyihalanishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
12. Ombor binosi uchun qoʻyiladigan talablar omborning vazifasiga muvofiq belgilanishi lozim.
4-bob. Omborlarning hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlariga qoʻyiladigan talablar
13. Ombor binolarining hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarini tanlash mazkur SHNQ hamda SHNQ 2.07.01-23, SHNQ 2.01.01-22, SHNQ 2.01.19-22, SHNQ 2.01.02-04 talablari va QR 03.01-23 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
14. Ombor binosi ichidagi ustunlar orasidagi masofa kamida 6 m va undan kata qilib loyihalanishi lozim, bunda ombor maydonidan maksimal darajada samarali foydalanish uchun ustunlar orasidagi masofa 12 — 15 m oraligʻida qabul qilinishi mumkin.
15. Ombor binosining umumiy va qurilish hajmini hisoblash SHNQ 2.09.02-23da belgilangan talablarga asosan amalga oshirilishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
16. Ombor binosidagi saqlash xonalari, ekspeditsiya, yuklarni qabul qilish, saralash va komplektlash xonalari hamda maʼmuriy, maishiy va boshqa xonalarni birlashtirish (agar bunday birlashtirish texnologik, sanitariya-gigiyena va yongʻinga qarshi xavfsizlik talablariga zid boʻlmasa) mumkin.
17. Muhandislik, energetik, sanitariya-texnika jihozlarini asosiy binoga qoʻshib qurilgan yoki qoʻshimcha qurilma koʻrinishida qurilgan binolarda, antresollarda, stellajlarda yoki ochiq maydonlarda (zarur boʻlganda ayvonlar, toʻsuvchi konstruksiyalar qoʻllaniladi) joylashtirish mumkin.
18. Energetik va sanitariya-texnika uskunalarini ochiq maydonchalarda joylashtirishga ruxsat etiladi, bunda yuklarni saqlash va ekspeditsiyalash maydoni muhandislik uskunalari bilan band qilinmasligi zarur.
19. Odamlar doimiy oʻtib turadigan joylarda va evakuatsiya yoʻllarida pol sathidan konstruksiyalarning tagigacha hamda muhandislik kommunikatsiyalari va uskunalarning boʻrtib turadigan elementlarigacha boʻlgan balandlik kamida 2 m boʻlishi lozim.
20. Texnik jihatdan asoslangan hollarda bir qavatli ombor binolarida stellaj konstruksiyalarini (ustunlar va toʻsinlar) tomyopma ustunlari hamda tashqi devorlarning toʻsuvchi konstruksiyalarini mahkamlashda qoʻllash mumkin.
21. Omborxonalarning transport vositalari harakatlanadigan joylarida ustunlar, deraza va eshik oʻrnilarining qirralari mexanik shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi hamda daraklovchi ranglar va xavfsizlik belgilari bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
22. Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan stellajlar va yuzalar SanQvaN 0027-22dagi qoʻllashga ruxsat etilgan materiallardan tayyorlanishi lozim.
23. Ombor binosining oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan xonalaridagi pol qoplamalarida qatronli mastikalardan foydalanish mumkin emas.
24. Omborlardagi pol asoslari va qoplamalari uchun qoʻllaniladigan konstruksiyalar va materiallar ombordagi ishlarni bajarish texnologiyasi, shuningdek SHNQ 2.03.13-24da belgilangan talablarga muvofiq tanlanishi, bunda omborda saqlanadigan yuklarning ogʻirligi, mexanik taʼsirlar, pol yuzasidan yuradigan transport vositasining ogʻirligi hisobga olinishi lozim.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
25. Omborning darvozalari, yorugʻlik oʻtkazuvchi shiftlari, tashqi yongʻin zinalari, tomga chiqish joylari, parapetlar, deraza va yorugʻlik shiftlarini tozalash hamda taʼmirlash uchun moslamalarni oʻrnatishda SHNQ 2.09.02-23 talablariga rioya etilishi kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
26. Omborda ishlatiladigan transport vositalarining harakatlanishi uchun panduslarning kengligi yuklangan transport vositasining kengligidan kamida 0.6 m ga enliroq boʻlishi lozim.
27. Xonalar ichidagi panduslarning nishabligi 16 foizdan, bino tashqarisidagi panduslarning nishabligi 10 foizdan yuqori boʻlmasligi kerak.
28. Yuklash va yukni tushirish uchun rampalar va platformalar ombordagi ishlarni bajarish texnologiyasi va SHNQ 2.09.02-23 talablariga muvofiq loyihalanishi, bunda rampalar va platformalarda kamida ikkita zina yoki pandus boʻlishi zarur.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
29. Avtoyuklagichlardan foydalanilganda, rampa va platformaning eni 4.5 m dan kichik boʻlmasligi, ularning uzunligi transport vositasining oʻlchamiga toʻgʻri keladigan yuklash zonasi uzunligi boʻyicha belgilanishi lozim.
30. Yuklash va yukni tushirish rampalari va platformalarining koʻndalang nishabligi 1 foizga teng boʻlishi kerak.
31. Avtomobil transporti uchun yuklash va yukni tushirish rampasining avtomobil kelish tomonidagi sathi yoʻlning qatnov qismi yoki yuklash va yukni tushirish maydonchasi sathidan 1.2 m balandlikda boʻlishi lozim.
32. Rampa va platformalar ustidagi ayvonlarning konstruksiyalari ombordagi ishlarni bajarish texnologiyasi va SHNQ 2.09.02-23 talablariga muvofiq boʻlishi, bunda ular yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi zarur.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
33. Rampa yoki platforma cheti boʻylab ayvonlarning tayanch ustunlari orasidagi masofalar quyidagicha boʻlishi kerak:
avtomobil rampalari va platformalari uchun kamida 6 m;
temir yoʻl rampa va platformalari uchun kamida 12 m.
34. Avtomobil rampalari va platformalari ustidagi ayvon rampa chetidan avtomobil oʻtish yoʻliga kamida 1.5 m gacha, temir yoʻl yuklash va yuk tushirish rampalari ustidagi ayvon temir yoʻl oʻqiga kamida 0.5 m gacha chiqib turishi zarur.
35. Ombor tarhini va yoʻlaklarini loyihalashda, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirib oʻtish yoʻllarida transport vositasining erkin harakatlanishga xalaqit beradigan toʻsiqlar (ustunlar, toʻsinlar, sath farqlari) boʻlmasligi kerak.
36. Omborning sigʻimidan samarali foydalanish uchun uning binosini loyihalashda yuklarning qadoqlash va tashish oʻlchamlari hisobga olinishi lozim.
37. Xavfli materiallar saqlanadigan omborlarda yuklarni saqlash balandligi 7620 mm dan oshmasligi kerak.
38. Yuklarni taxlash balandligini belgilashda ustma-ust taxlangan yuklarning ogʻirligi, polning yuk koʻtarish qobiliyati hisobga olinishi, bunda sanchqili avtoyuklagich koʻtara oladigan masofagacha boʻlgan palet stellajlarining balandligi mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq belgilanishi zarur.
39. Benzin, dizel yoki propan yoqilgʻisida ishlaydigan avtoyuklagichlarga yoqilgʻi quyish ombor binosi tashqarisida amalga oshirilishi, bunda benzin yoki dizelda ishlaydigan avtoyuklagichlar uchun yoqilgʻi quyish joyida tasodifan toʻkilgan yoqilgʻining yoyilib ketishini oldini oluvchi “toʻgʻoncha” boʻlishi kerak.
40. Paletlarda saqlanadigan yuklarni xavfsiz saqlash uchun palet stellajlari GOST 33757-2016da belgilangan oʻlchamlarga asoslangan holda loyihalanishi, ushbu GOSTga muvofiq boʻlmagan oʻlchamdagi paletlar saqlanadigan ombor rejasi palet stellajlarining oʻlchamlari va sanchqili avtoyuklagichlarning turiga (ikki qatorli palet stellajlari, konsolli tokchalar, ichidan sanchqili avtoyuklagich oʻtadigan palet stellajlari tizimi, sirpantirib yuklovchi sanchqili avtoyuklagichlar, sanchqisi uzayadigan yuklagichlar va boshqalar) muvofiq boʻlishi zarur.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
41. Oʻlchamlari kichik boʻlgan, yuklash va tashishda texnika talab qilinmaydigan, qoʻlda taxlanadigan yuklar uchun omborda tokchalar va qutilar oʻrnatilishi mumkin.
42. Yordamchi xonalarning oʻlchamlari va maydonlari mazkur SHNQning 2-ilovasida keltirilgan talablar boʻyicha loyihalanilishi kerak.
43. Yuklarni qabul qilish va chiqarish ofisining tarhiga misol mazkur SHNQning 3-ilovasida keltirilgan.
5-bob. Yuklash va yukni tushirish doklarini loyihalashga qoʻyiladigan talablar
44. Yuklash va yukni tushirish uchun platforma hamda rampalarning loyiha yechimlarini belgilashda SHNQ 2.05.01-23da belgilangan talablarga rioya qilinishi zarur.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
45. Omborlarning yuklash va yukni tushirish doklarida transport vositalari manyovrlash joylarining oʻlchamlariga misol mazkur SHNQning 4-ilovasidagi 1-rasmda keltirilgan. Shuningdek, bino burchaklari va dok qismlarining transport vositasi urilishidan himoyalash uchun beton bilan toʻldirilgan quvurdan yasalgan ustunchalari Ushbu SHNQning 4-ilovasining 2-rasmida keltirilgan oʻlchamlarga muvofiq loyihalanilishi kerak.
46. Dokda xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq boʻlgan hamda mazkur SHNQning 6-ilovasidagi 2-rasmda koʻrsatilgan himoya vositalari va yiqilishdan himoyalovchi toʻsiqlar boʻlishi lozim.
47. Yuklash va yukni tushirish dokining yuk mashinasi oʻlchamiga bogʻliq boʻlgan balandliklari mazkur SHNQning 5-ilovasida keltirilgan oʻlchamlarga muvofiq boʻlishi kerak.
48. Yuk mashinasini dokga tutashtirish maqsadida tutashtiruvchi qurilmadan foydalanish mumkin, bunda tutashtiruvchi qurilmaning sxemasi ushbu SHNQning 7-ilovasidagi 1-rasmda keltirilgan.
49. Yuk mashinalari uchun yuklash va yukni tushirish dokining koʻrsatkichlari mazkur SHNQning 7-ilovasidagi 1 — 3-rasmlarda keltirilgan oʻlchamlarga mos ravishda olinishi mumkin.
50. Dokda oʻlchamlari yuk mashina oʻlchamlariga mos boʻlgan darvozalar hamda nishabligi binodan teskari tarafga qaragan dok maydonchasi boʻlishi lozim, bunda ularning oʻlchamlariga misol ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 4-rasmda keltirilgan.
51. Barcha tashqi tayanch ustunlarida himoya toʻsiqlari boʻlishi zarur.
52. Relsli platformalarning oxirida va omborning yuk mashinalar uchun moʻljallangan bitta eshigida transport vositasi kirishi uchun nishabligi 10 foizdan katta boʻlmagan rampalar boʻlishi kerak.
53. Omborlarda (isitiladigan, havosi moʻtadillashtiriladigan va havosi quruq boʻladigan) dok va platformani ob-havo taʼsiridan himoyalash maqsadida yopish uchun dok chodiri yoki eshik zichlagichi boʻlishi, shuningdek barcha doklarda yogʻingarchilikdan toʻsish uchun dokning butun eni boʻylab soyabon va yomgʻir suvlarini chiqarib yuboruvchi drenaj tizimiga ulangan tarnovlar oʻrnatilishi lozim.
Dok soyabonining sxemasi mazkur SHNQning 7-ilovasidagi 2-rasmda keltirilgan.
6-bob. Isitish, shamollatish va konditsiyalash tizimi
54. Ombor binolari va xonalarining isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlari SHNQ 2.09.02-23, SHNQ 2.04.05-22, SHNQ 2.08.02-23da keltirilgan talablarni hisobga olgan holda loyihalanilishi lozim.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
55. Ombor binolaridagi jamoat va maʼmuriy hamda maishiy maqsadlarda foydalaniladigan xonalardagi harorat va havoning nisbiy namligi SHNQ 2.08.02-23da belgilangan talablar boʻyicha qabul qilinishi lozim.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
56. Omborlarda mahalliy isitish moslamalariga ega boʻlgan suvli isitish tizimlari boʻlishi, shuningdek SHNQ 2.04.05-22ga muvofiq boshqa isitish tizimlari qoʻllanilishi mumkin.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
57. Omborlarda 1 h ichida kamida bir marta havo almashinuvini taʼminlaydigan tabiiy umumiy shamollatish (ventilyatsiya) boʻlishi, bunda zararli moddalar ajralib chiqishi yoki oʻtkir va yoqimsiz hidlar chiqishi mumkin boʻlgan omborxonalarda SHNQ 2.04.05-22ga muvofiq sunʼiy ravishda ishga tushiriladigan ventilyatsiya tizimi boʻlishi lozim.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
58. Omborda benzin, dizel yoki propan yoqilgʻisida ishlaydigan yuklagichlardan foydalanish rejalashtirilgan boʻlsa, omborning shamollatish va/yoki iqlim nazorat tizimini loyihalashda omborda ishlaydigan avtoyuklagichlar soni va ularning ombor ichida ishlash vaqti davomiyligi hisobga olinishi kerak.
59. Tabiiy shamollatish tizimi yuklarni saqlash texnologiyaga muvofiq belgilangan koʻrsatkichlarni taʼminlay olmasa, omborxonalarda sunʼiy shamollatish tizimi loyihalanishi lozim.
60. Omborda elektr tokidan quvvatlanadigan mexanizmlarni quvvatlash uchun maxsus jihozlangan va tabiiy yoki sunʼiy shamollatish tizimiga ega boʻlgan xona loyihalanilishi lozim.
61. Xoʻjalik va maishiy ehtiyojlar uchun qoʻshimcha ravishda SHNQ 2.04.16-23 va SHNQ 2.04.15-23da keltirilgan talablarga muvofiq quyosh issiqligi, suv taʼminoti qurilmalari va fotoelektrik stansiyalar oʻrnatilishi mumkin.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
7-bob. Yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Omborlar uchun umumiy talablar
62. Ombor binosi yoki xonasining portlash va yongʻin xavfi boʻyicha toifasi SHNQ 2.01.19-22da keltirilgan talablarga muvofiq belgilanishi lozim.
63. Binolar orasidagi yongʻin xavfsizligi boʻyicha ajratish masofalari SHNQ 2.01.02-04da belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
64. Yordamchi xonalar xavfli materiallarni saqlash xonalaridan 2 h ga moʻljallangan olovbardosh devorlar bilan, yonuvchan va alangalanuvchan materiallar saqlanadigan xonalardan 4 h ga moʻljallangan olovbardosh devor bilan ajratilgan boʻlishi, bunda yordamchi xonalar va xavfli materiallarni saqlash xonalari orasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish joylari boʻlmasligi kerak.
65. Portlash xavfi boʻlgan toifaga kiruvchi ombor binolarining tashqi toʻsuvchi konstruksiyalari portlash sodir boʻlganda oson ajralib tushadigan qilib loyihalanishi lozim.
66. Ombor binolarining olovbardoshlilik darajasi, bino balandligi, qavatlar soni va yongʻin boʻlinmasi chegaralaridagi qavat maydoni mazkur SHNQning 8-ilovasidagi jadvalga muvofiq qabul qilinishi zarur.
67. Tutash qavatlarning orayopmalarida ochiq texnologik tuynuklar mavjud boʻlsa, ushbu qavatlarning maydonlari mazkur SHNQning 8-ilovasidagi jadvalda koʻrsatilgan qavat maydonidan katta boʻlmasligi kerak.
68. Omborning xonalarini avtomatik yongʻin oʻchirish moslamalari bilan jihozlashda mazkur SHNQning 8-ilovasidagi jadvalda koʻrsatilgan qavat maydonlarini 100 foizga oshirish mumkin (olovbardoshlilik darajasi IV va yongʻin xavfi boʻyicha barcha sinflarga mansub binolar bundan mustasno).
69. Binoning birinchi qavat orayopmasini olovbardoshlik darajasi REI 150 1-turda boʻlsa, koʻp qavatli bino birinchi qavatining maydonini bir qavatli bino uchun qoʻllaniladigan talablar boʻyicha qabul qilish mumkin.
70. B va V toifaga mansub boʻlgan koʻp qavatli ombor binolari 60 m dan katta boʻlmagan kenglikda loyihalanilishi kerak.
71. Yuklar baland stellajlarda saqlanadigan V toifaga mansub boʻlgan ombor binolarining tomyopmasida tutunni chiqarish uchun havo tortish shaxtalari yoki fonarlar oʻrnatilishi va SO sinfli va olovbardoshlilik darajasi I — III boʻlgan bir qavatli bino sifatida loyihalanilishi lozim.
72. Stellajlarda yonmaydigan materiallardan qurilgan va balandlik boʻylab 4 m dan katta boʻlmagan ekranlar boʻlishi, bunda ekranlar stellajning toʻliq gorizontal kesimini va juftlangan stellajlar orasidagi tirqishlarni yopishi hamda yuklash va yukni tushirish ishlari uchun toʻsiq hosil qilmasligi kerak.
73. Idishlar (tara) va tagliklarning (poddon) ekranlari va tublarida diametri 10 mm boʻlgan va bir tekis joylashgan teshiklar boʻlishi lozim.
74. Stellajlarda har 40 m da balandligi kamida 2 m va kengligi kamida 1.5 m boʻlgan koʻndalang oʻtish yoʻllari boʻlishi, bunda stellajlar oldidagi oʻtish yoʻllari stellaj konstruksiyalaridan yongʻinga qarshi pardadevorlar bilan ajratilishi hamda stellajlarning koʻndalang oʻtish yoʻllari oʻrnatilgan joylardagi tashqi devorlarda eshik oʻrinlari boʻlishi kerak.
75. Stellajlar orasidagi oʻtish yoʻllarining tepasida tutunni chiqarib yuborish uchun havo tortish shaxtalari (lyuklar) oʻrnatilishi lozim.
76. Stellajlarning quvursimon shakldagi yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini mustahkamligi yetarli boʻlsa, ular orqali olovni oʻchiruvchi moddalarni yuborish uchun foydalanish mumkin.
V1-V3 toifasidagi ishlab chiqarish binolarining omborxonalarini boshqa xonalardan olovbardoshlik darajasi 1-tur EI 45 boʻlgan pardadevorlar hamda olovbardoshlik darajasi 3-tur REI 45 boʻlgan orayopmalar (ombor tagidan va ustidan) bilan, mahsulotlar baland stellajlarda saqlanganda olovbardoshlik darajasi 1-tur REI 150 boʻlgan devor va olovbardoshlik darajasi 1-tur REI 150 boʻlgan orayopmalar bilan ajratilishi kerak.
Ishlab chiqarish binolari ichida tayyor mahsulotlarni saqlash uchun moʻljallangan V1-V3 toifadagi omborxonalar tashqi devorlar yaqinida joylashtirilishi lozim.
77. Omborxonada va qoʻshimcha xonalardagi deraza maydonlari yongʻin vaqtida tutunni chiqarib yuborish boʻyicha bajarilgan hisoblarda aniqlanadigan maydondan kam boʻlmasligi, bunda ushbu hisoblar SHNQ 2.04.05-22 va SHNQ 2.01.05-24da keltirilgan talablarga muvofiq bajarilishi lozim.
Omborxonalarda deraza oʻrnatilmasligi mumkin, bunda SHNQ 2.04.05-22da keltirilgan talablarga muvofiq tutunni chiqarib yuborish shaxtalari boʻlishi kerak.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
78. Ombor binosining avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi va yongʻin signalizatsiyasi tizimlari SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
79. Quyidagi turdagi yuklar saqlanadigan omborxonalar avtomatik yongʻin oʻchirish moslamalari bilan jihozlanishi lozim:
1) 1000 m² va undan ortiq maydonni egallagan yonuvchan yuklar yoki 1500 m² va undan ortiq maydonni egallagan yonuvchan qadoqdagi yonmaydigan yuklar;
2) 700 m² va undan ortiq maydonga ega boʻlgan yertoʻla va sokol qavatlarida joylashgan yonmaydigan yuklar yoki yonuvchan qadoqdagi yonmaydigan yuklar;
3) jun mahsulotlari.
Shuningdek, yonuvchan yoki yonadigan qadoqdagi yonmaydigan yuklar saqlanadigan balandligi 5.5 m va undan ortiq boʻlgan stellajlar avtomatik yongʻin oʻchirish moslamalari bilan jihozlanishi zarur.
80. Yongʻin avtomatikasi moslamalarini SHNQ 2.04.09-21ga muvofiq loyihalash kerak.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
81. Stellajlar (shtabellar, saqlash joylari) orasidagi oʻtish yoʻllari toʻsiqsiz boʻlishi, bunda stellajlar (shtabellar, saqlash joylari) orasida kengligi kamida 1 m boʻlgan yoʻlaklar, maydoni 300 m2 dan ortiq boʻlgan omborxonalarda esa devor bilan stellajlar (shtabellar, saqlash joylari) orasida qoʻshimcha ravishda 0.8 m yoʻlaklar qoldirilishi lozim.
2-§. Yogʻoch materiallar omborlari uchun umumiy talablar
82. Ochiq turdagi yogʻoch materiallar omborlarida ombor toʻsigʻidan yogʻoch materiallar shtabellari va uyumlarigacha boʻlgan masofa 15 m dan kam boʻlmasligi, bunda shtabel va uyumlarning balandligi 15 m dan yuqori boʻlsa, ushbu masofa shtabel va uyumning balandligidan kam boʻlmasligi kerak.
83. Shtabellar uchun ajratilgan joylar qum, grunt yoki shagʻal bilan kamida 0,15 m qalinlikda qoplanishi lozim.
84. Yogʻoch materiallar ombori hududi balandligi kamida 2 m boʻlgan toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
85. Yogʻoch materiallar omborlarida yongʻin-qutqaruv depolari va postlari SHNQ 2.09.21-22 talablariga muvofiq joylashtirilishi zarur.
86. Yongʻin uskunalarini saqlash uchun yongʻin oʻchirish gidrantlari bilan kolonkalar oʻrnatilgan joylarda uzunligi kamida 200 m va xizmat radiusi 200 m dan katta boʻlmagan shlang bilan jihozlangan postlar boʻlishi kerak.
87. Elektr uzatish liniyalarini yogʻoch materiallarning shtabellari va uyumlari ustidan oʻtkazib loyihalash mumkin emas.
88. Yogʻoch materiallar omborlarida yashindan himoya tizimi boʻlishi lozim.
89. Ochiq turdagi yogʻoch materiallar omborlaridan binolar va inshootlargacha, shuningdek boshqa omborlargacha boʻlgan masofalar ombordagi yogʻochlarning zich kubometri 10000 m³ gacha boʻlganda SHNQ 2.09.21-22ga muvofiq hisoblanishi, 10000 m³ dan ortiq boʻlganda mazkur SHNQning 9-ilovasiga muvofiq belgilanishi zarur.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
90. Yogʻoch omborlariga tutashgan binolar ombordan yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan himoyalanmagan boʻlsa, ushbu binolar avtomatik yongʻin oʻchirish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
91. Yogʻoch materiallar omborlari hududida shtabel yoki uyum guruhlarining uzunligi boʻylab yongʻin-qutqaruv avtomobillari harakatlanishi uchun kengligi kamida 6 m boʻlgan yoʻllar loyihalanishi, bunda shtabel yoki uyum guruhining kengligi 18 m gacha boʻlsa, ushbu yoʻllar shtabel yoki uyum guruhining bir tomonidan, 18 m dan ortiq boʻlsa, uning ikki tomonidan oʻtkazilishi lozim.
92. Yogʻoch materiallar ombori hududidagi koʻpriklar yonmaydigan materiallardan qurilishi zarur.
3-§. Ochiq turdagi yogʻoch-taxta omborlari
93. Yogʻoch-taxta materiallar ochiq holda saqlanganida ular mustahkam shtabellarga ajratilishi hamda har bir shtabelning balandligi 6 m dan, hajmi esa 4000 m³ dan oshmasligi kerak.
94. Yogʻoch-taxta materiallarning shateballari guruhlari maydoni 1200 m2 dan oshmasligi lozim.
95. Shtabel guruhlari kamida 30 m kenglikdagi boʻylama va koʻndalang yoʻllar yordamida ajratilishi kerak.
96. Shtabel guruhi toʻplamining maydoni 1 ha dan, kengligi 100 m dan oshmasligi lozim.
97. Shtabel guruhlari toʻplamlari orasidagi yongʻinga qarshi masofa quyidagicha boʻlishi kerak:
shtabellarning balandligi 7 m gacha boʻlsa, 40 m;
shtabellarning balandligi 7 m dan 10 m gacha boʻlsa, 50 m;
shtabellarning balandligi 10 m dan 12 m gacha boʻlsa, 60 m.
98. Yogʻoch-taxta omborlarida toʻplamlarning umumiy maydoni 9 ha dan katta boʻlsa, omborni 9 ha dan katta boʻlmagan qismlarga ajratuvchi va kengligi 100 m boʻlgan yongʻinga qarshi zonalar loyihalanishi lozim.
4-§. Ochiq turdagi dumaloq yogʻoch omborlari
99. Dumaloq yogʻochlarning shtabel guruhlari maydoni 0.45 ha dan, har bir shtabel guruhning kengligi 50 m dan, guruh toʻplamining kengligi 100 m dan oshmasligi kerak.
100. Toʻplamdagi shtabel guruhlari bir-biridan boʻylamasiga kengligi 20 m dan va koʻndalangiga 10 m dan kam boʻlmagan oʻtish yoʻllari bilan ajratilishi lozim.
101. Shtabel guruhlari toʻplamining maydoni 1 ha dan oshmasligi kerak.
102. Shtabel guruhlari toʻplamlari orasidagi masofalar quyidagicha boʻlishi kerak:
shtabellarning balandligi 8 m gacha boʻlsa, 30 m;
shtabellarning balandligi 8 m dan 10 m gacha boʻlsa, 40 m;
shtabellarning balandligi 10 m 12 m gacha boʻlsa, 50 m.
103. Dumaloq yogʻoch omborlarida toʻplamlarning umumiy maydoni 18 ha dan kata boʻlsa, omborni 18 ha dan katta boʻlmagan qismlarga ajratuvchi va kengligi 70 m boʻlgan yongʻinga qarshi zonalar loyihalanishi lozim.
104. Dumaloq yogʻoch uyumlarni toʻplash maydonlarida uyumning oʻlchamlari quyidagicha boʻlishi kerak:
uzunligi kamida 150 m;
eni kamida 90 m;
balandligi kamida 6 m.
5-§. Ochiq turdagi mayda yogʻoch, qatronlangan yogʻoch va oʻtin omborlari
105. Tarhda toʻgʻri burchak shaklidagi mayda yogʻoch, qatronlangan yogʻoch va oʻtinlarning uyumlari orasida masofa quyidagicha boʻlishi zarur:
boʻylamasiga kamida 30 m;
koʻndalangiga kamida 20 m.
Tarhda dumaloq shakldagi uyumlar orasidagi masofa kamida 20 m boʻlishi kerak.
106. Uyum toʻplamlarining maydoni 1 ha dan katta boʻlmasligi lozim.
107. Uyum toʻplamlari orasidagi masofalar quyidagicha loyihalanishi kerak:
toʻplamdagi uyumning yigʻindi zich kubometri 500000 m³ gacha boʻlsa — 50 m;
uyumning zich kubometri 500000 m³ dan ortiq boʻlsa — 100 m.
6-§. Ochiq turdagi payrahalar, qipiqlar, poʻstloqlar va yogʻoch chiqindilari omborlari
108. Tarhda toʻgʻri burchak shaklidagi payrahalar, qipiqlar, poʻstloqlar va yogʻoch chiqindilari uyumlari orasidagi masofa quyidagicha boʻlishi zarur:
boʻylamasiga kamida 40 m;
koʻndalangiga kamida 30 m.
Tarhda dumaloq shakldagi uyumlar orasidagi masofa kamida 30 m boʻlishi kerak.
109. Payrahalar, qipiqlar, poʻstloqlar va yogʻoch chiqindilar uyumlari toʻplamining maydoni 1 ha dan oshmasligi kerak.
110. Uyumlar toʻplamlari orasidagi masofalar quyidagicha loyihalanishi kerak:
toʻplamdagi uyumlarning yigʻindi zich kubometri 500000 m³ gacha boʻlsa — 50 m;
500000 m³ dan katta boʻlsa — 70 m.
111. Payrahalar, qipiqlar, poʻstloqlar va yogʻoch chiqindilarni saqlash uyumlarining oʻlchamlari quyidagicha boʻlishi lozim:
balandligi kamida 18 m;
eni kamida 90 m;
uzunligi kamida 150 m.
7-§. Yopiq turdagi yogʻoch-taxta omborlari
112. Yopiq turdagi yogʻoch-taxta omborlari yogʻoch-taxta toʻplamining perimetri boʻylab joylashtirilishi, yopiq turdagi omborlardan yogʻoch-taxta shtabeligacha boʻlgan masofalar quyidagicha loyihalanishi kerak:
olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan binolargacha — 15 m;
olovbardoshlik darajasi III boʻlgan binolargacha — 20 m;
olovbardoshlik darajasi III va IV boʻlgan binolargacha — 25 m;
olovbardoshlik darajasi IV va V boʻlgan binolargacha — 30 m.
113. Yogʻoch-taxta shtabel guruhining maydoni 180 m² dan, shtabel balandligi 5.5 m dan katta boʻlmasligi lozim.
114. Yogʻoch-taxta ombori binosining maydoni 500 m² va undan ortiq boʻlsa, bino avtomatik yongʻin oʻchirgich qurilmalari bilan, 500 m² dan kichik boʻlsa, avtomatik yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
8-§. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti
115. Yogʻoch materiallar omborlari uchun yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimini loyihalashda mazkur paragrafda keltirilgan talablar hisobga olinish lozim.
116. Zich kubometri 10000 m³ gacha boʻlgan ochiq va yopiq turdagi yogʻoch materiallar omborlarida past bosimli yongʻinga qarshi suv quvuri, zich kubometri 10000 m³ dan katta boʻlgan omborlarda yuqori bosimli yongʻinga qarshi suv quvuri loyihalanishi zarur.
117. Ochiq turdagi yogʻoch materiallar omborlarida yongʻinni oʻchirishga ketadigan suv sarfi ushbu SHNQning 10-ilovasidagi jadvalda keltirilgan qiymatlarga muvofiq belgilanishi kerak.
118. Yongʻin oʻchirish uchun talab etiladigan suv sarfi 150 dan 180 l/s gacha boʻlganda yongʻinga qarshi suv quvuri bir vaqtning oʻzida uchta lafet dastaklarini ishlashini, talab etilgan suv sarfi 180 l/s va undan katta boʻlganda toʻrtta lafet dastaklarini ishlashini taʼminlashi lozim.
119. Yongʻin gidrantlardan yogʻoch materiallar shtabellari va uyumlarining asoslarigacha boʻlgan masofa 8 m dan kam boʻlmasligi hamda gidrantlarga oʻtish yoʻli loyihalanishi kerak.
120. Ombor hududida sigʻimi kamida 500 m³ boʻlgan yongʻinga qarshi rezervuarlar yoki suv havzalari SHNQ 2.04.02-19da keltirilgan talablarga muvofiq joylashtirilishi zarur.
121. Ombor tabiiy yoki sunʼiy suv manbaining qirgʻogʻi boʻylab joylashtirilganda, qirgʻoq chizigʻida har 200 m da qirgʻoq chizigʻiga olib keluvchi yongʻin oʻchirish avtomobillari uchun yoʻllar va oʻlchamlari kamida 12x24 m li maydonchalar loyihalanilishi lozim.
122. Tarkibida yongʻin oʻchirish nasoslari boʻlgan nasos stansiyasi yogʻoch materiallar shtabellari va uyumlari asosidan kamida 40 m masofada joylashtirilishi kerak.
123. Yongʻin oʻchirish lafet dastaklarining turlari GOST 9029-95 boʻyicha tanlanishi zarur.
124. Yongʻin oʻchirishga talab etiladigan suv sarfi 45 l/s dan koʻp boʻlsa, statsionar lafet qurilmalari oʻrnatilishi lozim.
125. Statsionar lafet dastaklarining soni va ularni joylashuvi yogʻoch materiallar shtabeli yoki uyumining har bir nuqtasiga kamida ikkita lafet dastagidan suv sepish shartidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
126. Lafet dastaklari uchlarining diametri kamida 38 mm boʻlishi lozim.
127. Statsionar lafet dastaklarini yuqori bosimli suv quvuri tarmogʻiga ulashda ikkita joʻmrak loyihalanishi, bunda bittasi asosiy suv quvuridan tarmoqlanish joyida va ikkinchisi bevosita lafet dastagi oldida oʻrnatilishi zarur.
Yongʻinga qarshi koʻchma nasoslarni ulash uchun lafet dastaklarining vertikal quvurlari teskari klapanlar hamda diametri 80 mm boʻlgan ulanish kallaklari bilan jihozlanishi kerak.
128. Qoʻlda boshqariladigan joʻmraklar lafet dastaklaridan 20 m dan kata boʻlmagan masofada oʻrnatilishi, bunda ushbu masofa 20 m dan katta boʻlsa, bevosita lafet dastagining oʻzidan masofada boshqariladigan joʻmraklar oʻrnatilishi lozim.
Lafet dastagining vertikal quvuridan suvni chiqarib yuborish uchun diametri kamida 50 mm boʻlgan nazorat-chiqarish joʻmragi koʻzda tutilishi zarur.
129. Lafet dastagiga asosiy suv quvuriga ulanuvchi taqsimlovchi quvur diametri dastak orqali oʻtadigan suv sarfiga bogʻliq ravishda hisoblanishi, shuningdek 100 mm dan kichik boʻlmasligi kerak.
130. Lafet dastaklarini yogʻoch materiallarning shtabellari yoki uyumlari asosidan kamida 15 m masofada maxsus lafet minoralarda yoki tagliklarda oʻrnatish lozim.
Lafet minoralarning balandligi yogʻoch materiallarning shtabellari yoki uyumlarining balandligi, qiyalik burchaklari va lafet dastaklaridan shtabel yoki uyum asoslarigacha boʻlgan masofalarga bogʻliq holda grafik usulda aniqlanishi lozim.
131. Lafet minoralari yonmaydigan materiallardan qurilishi, bunda lafet dastaklarini oʻrnatish uchun maydonchalarning tarhdagi oʻlchami kamida 2.5 x 2.5 m yoki radiusi kamida 1.5 m boʻlishi hamda balandligi 1.2 m boʻlgan toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
132. Lafet minoralariga metall narvonlar oʻrnatilishi, ushbu narvonlarning ikkala tomonida yonmaydigan materiallardan qurilgan yongʻinga qarshi ekranlar boʻlishi lozim.
133. Lafet dastaklarini binoning olovbardoshlilik darajasi II boʻlgan qoplamalariga oʻrnatish mumkin, bunda lafet dastaklariga oʻtish uchun zina katagidan tomga chiqish joyi yoki tashqi metall narvon loyihalanishi lozim.
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Paletlarni qoʻp qavatli tarzda joylashtirishda vertikal va gorizontal oʻlchamlar
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Yordamchi xonalar uchun tavsiya etiladigan maydonlar
Xona nomi
Xona uzunligi (m)
Xona kengligi (m)
Xona maydoni (m²)
Yopiq turdagi (alohida xonalar) ofis xonalari
Ombor boshqaruvchisining xonasi
6.1
4.9
29.7
Kadrlar boʻlimi xonasi
4.3
3.7
15.6
Ochiq turdagi (umumiy xonada joylashgan) ofis joylari
Menejerlar joyi
3.7
3.7
13.4
Menedjer yordamchilari joyi
3.0
2.4
7.4
Buxgalteriya xodimlari joyi
1.5
2.1
3.3
Inventarizatsiya qilish joyi
1.5
2.1
3.3
Xaridlar boʻlimi xodimlari joyi
1.8
2.4
4.5
Ombordagi ish jarayonlarini boshqaruvchi xodimlar joyi
1.8
1.8
3.3
Uchrashuvlar joyi
3.0
3.0
9.3
Intervyu qilish joyi
2.4
2.4
5.9
Programmistlar joyi
2.4
2.4
5.9
Ochiq turdagi yordamchi xizmatlar xonalari
Fayllarni saqlash joyi
0.3
1.5
0.5
Resepshn uchun joy
9.1
6.1
55.7
Asosiy yoʻlaklar uchun ajratilgan joylar
-
-
-
Ikkilamchi yoʻlaklar uchun ajratilgan joylar
-
-
-
Yopiq turdagi yordamchi xizmatlar xonalari
Pochta xonasi
7.6
3.7
27.9
Hojatxonalar*
7.3
2.4
17.8
Farrosh jihozlarini saqlash xonasi*
1.8
1.2
2.2
Kiyim javonlari xonasi*
3.0
0.6
1.8
Taʼminot xonasi*
5.5
3.7
20.1
Konferensiya zali
7.6
6.1
46.5
Ovqatlanish xonasi*
18.3
6.1
111.5
Tibbiy yordam xonasi
4.9
3.7
17.8
* Izoh:omborxonada loyihalanishi shart boʻlgan alohida xonalar, ularning maydonlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
1-rasm. Yuklarni qabul qilish ofisining tarhdagi koʻrinishiga misol.
2-rasm. Yuklarni chiqarish ofisining tarhdagi koʻrinishiga misol.
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
1-rasm. Yuk mashinasi uchun dok maydonchasining funksional oʻlchamlari. Tarhdagi koʻrinishi.
2-rasm. Yuk mashinasi urilishidan binoni himoyalash qurilmalari. Tarhdagi koʻrinishi.
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Turli yuk mashinalari uchun dok balandliklari
Yuk mashinasi turi
Dok ostonasi balandligi
(mm)
Yuk mashinasining umumiy balandlik (mm)
Dokning balandligi
(mm)
Tutashtiruvchi qurilmaning uzunligi (m)
min
maks
min
maks
Konteynerli yuk mashinasi
1420
1570
3710
4110
1320
1.8 — 3.0
Refrijeratorli yuk mashinasi
1270
1520
3810
4110
1320
1.8 — 2.4
Bort platformali yuk mashinasi (1)
1220
1520
-
-
1320
1.8 — 3.7
Ikki oʻqli yarimpritsep (2)
1170
1420
3660
4110
1220
1.8 — 2.4
Toʻgʻri yarimpritsep (2)
1120
1320
3660
4110
1220
2.4
Shahar ichida yuk yetkazib beruvchi yuk mashinasi
1070
1220
3350
3810
1220
1.8 — 2.4
Bortli yuk mashinasi
1070
1220
-
-
1220
1.8 — 2.4
Baland furgon
810
960
3960
4110
1220
2.4 — 3.7
Mebel tashuvchi furgon (3)
610
910
3960
4110
1090
2.4
Multistop furgon (3)
510
760
2590
3050
760
1.8 — 3.0
Panelli yuk mashinasi (3)
510
610
2440
2740
760
2.4 — 3.0
Past treylerli yuk mashinasi (3)
510
610
-
-
760
2.4 — 3.0
Yopiq vagon (4)
1040
1120
-
-
760
1.8
Refrijeratorli vagon (4)
1170
1320
-
-
1120
1.5 — 1.8
Izoh:
(1) dok balandligi 1220 — 1320 mm oraligʻida;
(2) dok balandligi (1270 mm), agar faqat yarimpritseplarga xizmat koʻrsatsa;
(3) 760 mm dok nominal balandligini taʼminlash uchun tashqi rampali 1220 — 1270 mm dok balandligi tavsiya etiladi;
(4) dokga tutashtiruvchi qurilmaning minimal uzunligi temir yoʻl vagoni va dok orasidagi talab etiladigan minimal tirqish boʻyicha belgilanadi.
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
1-rasm. Yuk mashinasi dokining tarhdagi oʻlchamlari.
2-rasm. Yuk mashinasi dokining koʻndalang kesimiga misol.
3-rasm. Yuk mashinalari uchun dok maydonchasining koʻndalang kesim koʻrinishi.
4-rasm. Dok darvozasining oʻlchamlari.
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
1-rasm. Tutashtiruvchi qurilma sxemasi.
2-rasm. Yuk mashinasi doki uchun soyabon.
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
Binoning yongʻin toifasiga muvofiq uning qavatlar soni, balandligi va maydonini aniqlash jadvali
Ombor toifasi
Binoning balandligi*, (m)
Omborning olovbardoshlilik darajasi
Binoning konstruktiv yongʻin xavfi boʻyicha sinfi
Yongʻin boʻlinmasi chegaralaridagi qavat maydoni (m2)
Bir qavatli
Ikki qavatli
Koʻp qavatli (uch va undan ortiq qavat)
1
2
3
4
5
6
7
A portlash va yongʻin xavfi
-
-
-
-
I, II
III
IV
IV
SO
SO
SO
S2, S3
5200
4400
3600
75**
-
-
-
-
-
-
-
-
B portlash va yongʻin xavfi
18
-
-
-
I, II
III
IV
IV
SO
SO
SO
S2, S3
7800
6500
5200
75**
5200
-
-
-
3500
-
-
-
V1-V4 yongʻin xavfi
36
24
-
-
-
I, II
III
IV
IV
V
SO
SO
SO, S1
S2, S3
normalashtirilmaydi
10400
10400
7800
2600
2200
7800
2800
-
-
-
5200
2600
-
-
-
D
cheklanmagan
36
12
-
9
I, II
III
IV
SO
SO, S1
SO, S1
cheklanmagan
cheklanmagan
cheklanmagan
5200
2200
10400
7800
2200
7800
5200
-
* Binoning balandligi 1-qavat pol sathidan yuqori qavat shifti sathigacha (texnik qavat ham qoʻshiladi) hisoblanadi, shift balandligi oʻzgaruvchan boʻlsa, qavatning oʻrtacha balandligi olinadi.
Olovbardoshlilik chegarasi I, II va III boʻlgan SO sinfli bir qavatli binolarning balandligi uchun SO normalashtirilmaydi.
Olovbardoshlilik chegarasi IV boʻlgan SO va S1 sinfli bir qavatli binolarning balandligi 25 m dan, S2 va S2 sinfli binolarning balandligi 18 m dan kam boʻlmagan qiymatda (pol sathidan ustundagi yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar tomyopmasigacha) qabul qilinadi.
**Mobil binolar.
Izoh: V va V1-V4 toifadagi xonalarning tag boʻlinmasi uchun koʻrsatkichlar SHNQ 2.01.19-22da keltirilgan talablar boʻyicha qabul qilinadi.
Mazkur jadvaldagi koʻrsatkichlar material va moddalar issiq, choʻgʻlangan yoki eritilgan issiq holatda saqlanadigan G toifadagi xonalarga tatbiq etilmaydi.
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 9-ILOVA
Ochiq turdagi yogʻoch materiallar omborlaridan turli maqsadlardagi obyektlar hamda boshqa omborlargacha boʻlgan eng kichik masofalar
Yogʻoch materiallar omborlaridan obyektlargacha hamda omborlar orasida ularning sigʻimiga (zich m3) bogʻliq holda eng kichik masofalar
dumaloq yogʻoch
yogʻoch-taxta
mayda yogʻoch, katronlangan yogʻoch va oʻtin
payraha, qipiq, poʻstloq va yogʻoch chiqindilar
10000 gacha
10000 dan ortiq 500000 gacha
500000 dan ortiq
10000 gacha
10000 dan ortiq 500000 gacha
500000 dan ortiq
10000 gacha
10000 dan ortiq 500000 gacha
500000 dan ortiq
10000 gacha
10000 dan ortiq 500000 gacha
500000 dan ortiq
1. Qaragʻay va aralash turdagi yogʻochlar
40
50
75
60
50
120
100
180
150
60
120
180
50
75
100
2. Aholi yashaydigan manzillardagi turar-joy va jamoat binolari
40
60
80
50
40
100
80
150
120
50
100
150
50
75
100
3. A va B toifadagi binolar:
qoʻshni korxonaniki
40
50
75
60
50
100
75
120
100
60
100
120
40
50
60
oʻz korxonasiniki
30
40
50
50
40
75
60
100
80
50
75
100
30
40
50
4. Qoʻshni yoki oʻz korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoniga bogʻliq boʻlmagan V1 va V3 toifadagi binolar, turli olovbardoshlilik darajasiga ega boʻlgan omborlar:
I, II, III va SO
20
25
30
30
25
40
30
50
35
30
40
50
20
25
30
IV va SO, S1
25
30
35
40
30
50
40
60
50
40
50
6
25
30
35
IV va S2, SZ
30
35
40
50
40
60
50
70
60
50
60
70
30
35
40
V, normalashtirilmagan
35
40
45
60
50
70
60
80
70
60
70
80
35
40
45
5. Qoʻshni yoki oʻz korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoniga bogʻliq boʻlmagan V4, G va D toifadagi binolar, turli olovbardoshlilik darajasiga ega boʻlgan omborlar:
I, II, III va SO
20
25
30
30
25
40
30
50
35
30
40
50
20
25
30
IV va SO, S1
25
30
35
40
30
50
40
60
50
40
50
60
25
30
35
IV va S2, SZ
30
40
50
50
40
60
50
70
60
50
60
70
30
35
40
V, normalashtirilmagan
40
50
60
60
50
70
60
80
70
60
70
80
35
40
45
6. Qoʻshni yoki oʻz korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoniga bogʻliq boʻlmagan V, G va D toifadagi binolar, turli olovbardoshlilik darajasiga ega boʻlgan omborlar
I, II, III va SO
15
20
25
25
20
30
25
35
30
25
30
35
20
25
30
IV va SO, S1
20
25
30
30
25
35
30
40
35
30
40
35
40
25
30
35
IV va S2, SZ
25
30
35
35
30
40
35
45
40
35
40
45
30
35
40
V, normalashtirilmagan
30
35
40
40
35
45
40
50
45
40
45
50
35
40
45
7. Temir yoʻl platformalari sathida joylashgan yogʻochni yuklash va tushirish maydonchalari va yogʻoch tayyorlash korxonalarining yogʻoch kesish estakadalari
10
15
20
8. Transport estakadalari va inshootlari, omborda ishlab chiqarish jarayoniga bogʻliq boʻlmagan muhandislik tarmoqlarining (ombor yonida joylashgan) yongʻinga chidamlilik darajasi va konstruktiv yongʻin xavfi sinflari:
I, II, III va SO
15
20
25
20
15
25
20
30
25
20
25
30
15
20
25
IV va SO, S1
20
25
30
25
20
30
25
35
30
25
30
35
20
25
30
IV va S2, SZ
25
30
35
40
35
30
40
35
45
40
35
40
25
30
35
V, normalashtirilmagan
30
35
40
35
30
40
35
45
40
35
40
45
30
35
40
9. 1000 V dan yuqori boʻlgan kuchlanishli elektr uzatish liniyalari
Elektr uzatish liniyasining kamida bir yarim balandligi
10. Temir yoʻllar:
umumiy tarmoqlar (ajratuvchi yoʻllargacha) bekatlardagi tarmoqlar
30
40
50
70
50
80
60
100
70
70
80
100
30
40
50
kichik bekatlar va platformalarda
20
25
30
50
40
70
50
80
60
50
70
80
20
25
30
oraliq yoʻllardagi xususiy liniyalar (yoʻl oʻqigacha)
kamida 10 m
11. Kema toʻxtash va bogʻlash joyi (kema toʻxtash joyining chizigʻigacha):
umumiy foydalanishdagi
30
40
50
50
40
75
60
100
80
50
75
100
30
40
50
qoʻshni korxonaga tegishli boʻlgan
xususiy
kamida 20 ms
12. Barcha toifadagi yoʻllar va qoʻshni korxonalarning umumiy tarmogʻidagi magistral yoʻllarining qatnov qismi cheti
20
25
30
30
20
40
30
50
40
30
40
50
20
25
30
13. Yonuvchan suyuqliklar omborlari (m3):
1000 dan 2000 gacha
50
75
100
50
40
100
80
150
120
50
100
150
40
60
80
600 dan 1000 gacha
40
60
80
60
40
80
50
120
70
60
80
120
35
40
50
300 dan 600 gacha
30
40
50
50
30
60
40
80
60
50
60
80
30
35
45
300 gacha
20
30
40
40
20
50
30
60
40
40
50
60
25
30
35
14. Ochiq turdagi qirqilgan va boʻlaklangan torf omborlari (t):
10 000 gacha
40
50
60
50
40
60
50
70
60
50
60
70
30
40
50
10 000 dan koʻp
45
55
65
60
50
70
60
80
70
60
70
80
40
50
60
15. Ochiq turdagi tosh koʻmir omborlari (t):
100 000 gacha
30
40
50
50
45
60
50
70
60
50
60
70
35
45
55
100 000 dan ortiq
40
50
60
50
45
60
50
70
60
50
60
70
35
45
55
16. Ochiq turdagi dumaloq yogʻoch omborlarining (zich m3)
10000 gacha
-
-
-
30
20
40
30
50
40
30
40
50
30
35
40
10 000 dan 500000 gacha
-
-
-
40
30
50
40
60
50
40
50
60
35
40
45
500 000 dan koʻp
-
-
-
50
40
60
50
70
60
50
60
70
40
45
50
17. Mayda yogʻoch katronlangan yogʻoch va oʻtin omborlari (zich m3)
10000 gacha
30
20
40
30
50
40
-
-
-
40
30
50
40
60
50
20
15
30
20
40
25
10 000 dan 100000 gacha
40
30
50
40
60
50
-
-
-
50
40
60
50
70
60
30
20
45
25
50
30
100 000 dan koʻp
50
40
60
50
70
60
-
-
-
60
50
70
60
80
70
40
25
50
30
60
40
18. Ochiq turdagi payraha va qipiq omborlari (zich m3):
10000 gacha
30
40
50
40
30
50
40
60
50
40
50
60
20
30
40
10 000 dan 500000 gacha
40
30
50
40
60
50
50
40
60
50
70
60
50
60
70
30
45
50
500 000 dan koʻp
50
40
60
50
70
60
60
50
70
60
80
70
60
70
80
40
50
60
19. Ochiq turdagi payraha va qipiq omborlari (zich m3):
10000 gacha
30
40
50
40
30
50
40
60
50
40
50
60
-
-
-
10 000 dan 500000 gacha
40
50
60
50
40
60
50
70
60
50
60
70
-
-
-
500 000 dan koʻp
50
60
70
60
50
70
60
80
70
60
70
80
-
-
-
20. Poʻstloq va yogʻoch chiqindilari
40
50
60
50
40
60
50
70
60
50
60
70
30
40
50
21 Toʻsiqlar
15
15
15
20
20
20
20
20
20
15
15
15
15
15
15
22 . Magistral quvurlar, bosimi 12 MPa (12 kgf/cm2) dan yuqori boʻlmagan gaz quvurlari, neft va neft mahsulotlarining quvurlari.
SHNQ 2.05.06-22 boʻyicha
Izoh:
1. Ochiq va yopiq turdagi yogʻoch omborlaridan yonuvchan suyuqlik omborlariga masofalar hisoblar yordamida aniqlanadi.
2. Koʻmir omborlaridan ochiq va yopiq turdagi yogʻoch omborlarigacha boʻlgan masofalar 25 foizga koʻpaytirilishi kerak.
3. Iqlim zonalarini hisobga olgan holda masofalarni 10 — 15 foizga oshirish mumkin.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 10-ILOVA
Ochiq turdagi yogʻoch materiallar omborlarida bitta yongʻinni oʻchirishga ketadigan suv sarflari
Ochiq turdagi yogʻoch materiallar omborining zich kubometrida, m3, yongʻin oʻchirishga suv sarfi ( l/s)
5000 gacha
5000 dan ortiq 50000 gacha
50000 dan ortiq 250000 gacha
250000 dan ortiq
Yogʻoch-taxta shtabeli:
bogʻlangan oddiy
SHNQ 2.04.02-19 boʻyicha; lekin ombor zich kubometri 5000 m³ boʻlsa, kamida 45 l/s
90
120
120
150
150
180
Dumaloq yogʻoch materiallar shtabeli
“-”
90
120
150
Mayda yogʻoch, qatronlangan yogʻoch va oʻtin uyumi
“-”
150
180
240
Payraha va qipiq uyumi
“-”
90
120
150
Poʻstlar va yogʻoch chiqindilari uyumi
“-”
60
90
120
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-sonli buyrugʻi (hisob raqami 382, 20.01.2026-y.) tahririda)