Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining
“Temir yoʻllarda pochtani tashish va pochta vagonlarini ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” hamda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2006-yil 17-iyuldagi GI 1/6-7-16-son va 01-8/2319-son “Temir yoʻllarda pochtani tashish va pochta vagonlarini ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1613, 2006-yil 16-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 336-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 12-apreldagi 37-son va 16/1-mx-son “Temir yoʻllarda pochtani tashish va pochta vagonlarini ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1613-1, 2013-yil 10-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 19-son, 249-modda).