Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-iyuldagi 10-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065, 2018-yil 5-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/3065/1849-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 1-bandning
oltinchi xatboshisidan “hamda tegishli pasportga ega boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3.
2-banddagi “Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” va “oʻtkazish talablariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” va “oʻtkazish qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.