1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.09 Erkin bojxona zonasi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4931-son Farmoni bilan tashkil etilgan “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda import oʻrnini bosuvchi, eksportbop ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.08 Zaxira yerlar]
1. Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Kadastr agentligining ushbu qarorga ilovada keltirilgan Buxoro viloyatining Buxoro tumani “Toʻdakoʻl” massividagi tuman hokimligi zaxirasiga olingan 69,5 gektar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini ajratish hisobidan “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2. Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga asosan Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
3. “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi Buxoro viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi yer maydonlarini elektron onlayn-auksionda sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan uch oy muddatda yangi hududlarning bosh rejasi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasidagi yangi hududlarning tasdiqlangan bosh rejasiga asosan 2024 — 2026-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlgan obyektlar roʻyxatini tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-noyabr,
PQ-372-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PQ-372-son qaroriga ILOVA
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga oʻtkazilayotgan Buxoro viloyatining Buxoro tumani “Toʻdakoʻl” massividagi tuman hokimligi zaxirasiga olingan 69,5 gektar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari koordinatalari
ROʻYXATI
Yer uchastkalarining koordinatalari
Kontur raqami
Yer maydoni
(gektar)
I qism
9836q
29,0 gektar
69,5 gektar
1-nuqta (shimol):
39°40'10.08''S 64°38'27.47''V
39°40'7.90''S 64°38'30.17''V
39°40'10.17''S 64°38'33.43''V
2-nuqta (janub):
39°39'53.71''S 64°38'55.77''V
39°39'50.85''S 64°38'48.82''V
39°39'46.88''S 64°38'53.39''V
3-nuqta (sharq):
39°39'42.88''S 64°38'45.81''V
4-nuqta (gʻarb):
39°40'5.97''S 64°38'21.91''V
II qism
40,5 gektar
1-nuqta (shimol):
39°39'33.87''S 64°38'27.33''V
39°40'6.01''S 64°37'57.21''V
39°40'5.42''S 64°37'51.96''V
2-nuqta (janub):
39°40'0.69''S 64°37'41.95''V
39°39'37.50''S 64°38'3.08''V
3-nuqta (sharq):
39°39'42.14''S 64°38'11.63''V
4-nuqta (gʻarb):
39°39'31.06''S 64°38'21.49''V
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 07/23/372/0881-son)