1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda avtomototransport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, ular bilan bogʻliq notarial harakatlarni raqamlashtirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish boʻyicha eskirgan tartib saqlanib qolinayotganligi aholining ortiqcha ovoragarchiligiga sabab boʻlmoqda.
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni raqamlashtirish orqali tizimni yanada takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyuldagi PQ-311-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma (keyingi oʻrinlarda — ishonchnoma) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi;
ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga koʻra bir oy, olti oy va uch yilgacha muddatga berilishi;
soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlar axborot tizimlari yordamida avtomatik tekshirilishi va maʼlumotlar aniqlanmaganda yoki notoʻgʻri ekanligi aniqlanganda, bu haqda ariza beruvchi elektron shaklda ogohlantirilishi;
toʻlov amalga oshirilgach, ishonchnoma real vaqt rejimida YIDXP orqali 24/7 rejimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtirilishi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma.
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
bir hafta muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
3. Ichki ishlar vazirligi:
ishonchnomani rasmiylashtirish doirasida avtomototransport vositasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga toʻliq va uzluksiz taqdim etib borsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
oʻn kun muddatda YIDXP orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalarning mavjudligini Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tekshirish imkoniyati yaratilishini taʼminlasin.
4. Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mazkur qarorga muvofiq davlat xizmati koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatini koʻrsatish tartiblarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-noyabr,
613-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 613-son qaroriga ILOVA
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini (sotish va boshqarish vakolatini boshqa shaxsga oʻtkazish huquqisiz) boshqa shaxslarga berish boʻyicha ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish xizmatini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
2. Reglament asosiy ishonchnoma (sotish va boshqarish vakolatini boshqa shaxsga oʻtkazish huquqi bilan berilgan ishonchnoma) asosida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — avtomototransport vositasini boshqarish huquqini boshqa shaxsga berish yoxud boshqarish huquqini bekor qilish maqsadida YIDXP orqali murojaat qilgan avtomototransport vositasining mulkdori;
vakolatli organlarning axborot tizimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Notarius” AAT), Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining Jismoniy shaxslar markaziy maʼlumotlar bazasi, Ichki ishlar vazirligining “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
davlat xizmati — jismoniy shaxsga tegishli boʻlgan avtomototransport vositasini YIDXP orqali boshqa shaxsga boshqarish huquqini rasmiylashtirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
ishonchnoma — jismoniy shaxsga tegishli boʻlgan avtomototransport vositasini boshqarish huquqini boshqa shaxsga berish uchun YIDXP orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan hujjat.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
4. Avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YIDXPdan foydalangan holda, oʻzining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSHSHIR) maʼlumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
5. Davlat xizmati “Notarius” AATdan foydalangan holda YIDXP orqali koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
6. Davlat xizmati Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
7. Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga koʻra bir oy, olti oy va uch yil muddatgacha beriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
2-bob. Davlat xizmatini YIDXP orqali koʻrsatish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda mustaqil toʻldiradi.
Ishonchnoma “Notarius” AAT orqali roʻyxatga olinadi.
Bunda ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov oʻrnatilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
10. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vakolatli organlarning axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi va yuboriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
11. Ariza beruvchi soʻrovnoma toʻgʻri toʻldirilganligini mustaqil tekshiradi va maʼlumotlar toʻgʻriligiga ishonch hosil qilingandan soʻng uni tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
12. Soʻrovnoma maʼlumotlarida ariza beruvchi yoki ishonchnomaga kiritilgan shaxs(lar) maʼlumotlari vakolatli organlarning axborot tizimlari yordamida aniqlanmagan taqdirda, bu haqda ariza beruvchi elektron shaklda ogohlantiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
13. Ishonchnomani rasmiylashtirish quyidagi holatlarda rad etiladi:
soʻrovnomaga Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan talabga mos kelmaydigan maʼlumotlar kiritilganda;
ariza beruvchi va ishonchnoma berilayotgan shaxs ayni bir shaxs boʻlganda;
soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlar ularni taqdim etishga vakolatli organlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshirilib, tasdiqlanmagan taqdirda;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali ariza beruvchining qarzdorlik holati tekshirilib, qarzdorlik mavjudligi aniqlangan taqdirda.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
14. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi vakolatli organlarning axborot tizimlari vositasida tasdiqlangach, ariza beruvchiga elektron toʻlov varaqasi (invoys) shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
15. Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
bir oygacha boʻlgan muddatga — 10 foiz;
bir oydan ortiq va olti oygacha boʻlgan muddatga — 50 foiz;
olti oydan ortiq va uch yilgacha boʻlgan muddatga — 100 foiz.
Davlat boji ishonchnoma rasmiylashtirilishidan oldin toʻlanadi.
Ariza beruvchining aybi bilan ishonchnoma notoʻgʻri rasmiylashtirilganda yoki unga kiritilgan shaxs(lar) toʻgʻrisida maʼlumotlarda xatolik mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek, Reglamentning 13-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻla turib, ishonchnoma elektron rasmiylashtirilgan hollarda, toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
16. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
16 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
17. Davlat boji toʻlovi amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat bojini toʻlashda 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
18. Soʻrovnoma ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanib, davlat boji toʻliq toʻlanganidan soʻng avtomatik ravishda roʻyxatga olish uchun “Notarius” AATga yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
19. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlar “Notarius” AATda roʻyxatga olinadi va Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha real vaqt rejimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ishonchnoma shakllantiriladi.
Ishonchnomalarga ketma-ketlikda tartib raqami beriladi.
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ishonchnoma real vaqt rejimida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga va u haqdagi maʼlumotlar “Notarius” AAT orqali Ichki ishlar vazirligining “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga elektron shaklda yuboriladi.
“Notarius” AATda roʻyxatga olingan (shakllangan) ishonchnoma ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (agar mavjud boʻlsa) yuborilishi mumkin.
Elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
20. Berilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumot “Notarius” AATda ularning turi boʻyicha alohida yuritiladigan reyestrga avtomatik ravishda kiritiladi va reyestr shakllantirib boriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
21. Ishonchnomaning amal qilish muddati uzaytirilmaydi va muddati tugagandan soʻng ariza beruvchining xohishiga koʻra yangidan rasmiylashtirilishi mumkin.
3-bob. Ishonchnomani bekor qilish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
22. Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:
ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;
ishonchnomani bergan shaxs tomonidan bekor qilinganda;
ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan soʻng ishonchnomani bergan shaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
ishonchnoma berilgan shaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
23. Ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Ishonchnomani uni bergan shaxs tomonidan amal qilishi muddatidan oldin bekor qilinganda yoki takroriy ishonchnoma rasmiylashtirilganda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
24. Ishonchnomani bekor qilish uchun YIDXP orqali ariza Reglamentga 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
25. Ishonchnomani bekor qilish uchun ariza beruvchi tomonidan Reglamentga 5-ilovada keltirilgan soʻrovnoma shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
26. Ishonchnomani bekor qilish uchun toʻlov talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
27. Ishonchnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot “Notarius” AATda qayd qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga elektron shaklda yuboriladi.
Bekor qilingan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar “Notarius” AATda yuritiladigan ishonchnomalarning alohida reyestriga kiritiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
28. Ishonchnoma bekor qilinganda, ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga va ishonchnoma berilgan shaxs(lar)ning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (mavjud boʻlganda) xabarnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
29. Ishonchnoma shakllantirilganda yoki bekor qilinganda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”da avtomototransport vositasini hisobga olish maʼlumotlariga (ishonchnomaning raqami, boshqarish huquqiga ega shaxs(lar)ning maʼlumotlari, amal qilish muddati, bekor boʻlishi kabi) avtomatik tarzda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
30. Ishonchnomaning amal qilish muddati tugashidan 15 kun avval YIDXP orqali ariza beruvchi va ishonchnomaga kiritilgan shaxs(lar)ning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda xabarnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.04 Kasb siri]
31. Hujjatlar almashinuvida va ishonchnoma rasmiylashtirilishida ishtirok etgan vakolatli organlar xodimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi jarayonida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
32. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan ishonchnomalar planshetlar, planshet mavjud boʻlmagan taqdirda, mobil qurilma vositalari yordamida mustaqil ravishda tekshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 399-son “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Bu jarayonda ishonchnoma rasmiylashtirilishida vakolatli organlarning axborot tizimlari orqali taqdim etilgan ishonchnomadagi maʼlumotlarni aniqlash imkoni boʻlmasa, avtomototransport vositasini boshqarayotgan shaxsga nisbatan javobgarlik qoʻllanilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
33. Fuqarolar oʻz xohishiga koʻra rasmiylashtirilgan ishonchnoma nusxasini Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga taqdim etishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
34. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
35. Ishonchnomaning rasmiylashtirilishi yoki davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organ xodimlari va mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.14.00 Odil sudlovga, jamoat tartibiga va boshqaruvning oʻrnatilgan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
36. Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Avtomototransport vositasiga ishonchnoma rasmiylashtirish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
2. Ishonchnomani rasmiylashtirish uchun soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi real vaqt rejimida avtomatik ravishda tekshiriladi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Yagona billing tizimi
Elektron toʻlov varaqasini (invoys) shakllantiradi.
Avtomatik ravishda
4-bosqich
Ariza beruvchi yoki ishonchnoma berilayotgan shaxs
Ishonchnoma uchun davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.
Istalgan vaqtda
5-bosqich
YIDXP
Ishonchnomani roʻyxatdan oʻtkazadi va reyestr raqamini berish uchun “Notarius” AATga yuboradi.
Real vaqt rejimida
6-bosqich
“Notarius” AAT
Ishonchnomani roʻyxatdan oʻtkazadi va reyestr raqami berib, Ichki ishlar vazirligining “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga va YIDXPga yuboradi.
Real vaqt rejimida
7-bosqich
YIDXP
QR kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ishonchnoma shakllantiriladi va elektron shaklda quyidagilarga yuboriladi:
ariza beruvchiga;
Ichki ishlar vazirligining “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga;
“Notarius” AATga;
ishonchnoma berilgan shaxs(lar)ning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (mavjud boʻlganda).
Real vaqt rejimida
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish huquqi beriladi (berilmaydi)
ha
yoʻq
* Ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali avtomatik ravishda toʻldiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Avtomototransport vositasining mulkdori haqida maʼlumot
Ishonchnoma beruvchining ismi
Ishonchnoma beruvchining familiyasi
Ishonchnoma beruvchining otasining ismi
Ishonchnoma beruvchining JSHSHIR
Boshqarish huquqi berilgan avtomototransport vositasi haqida maʼlumot
Avtomototransport vositasining davlat raqami belgisi
Avtomototransport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi va raqami
Avtomototransport vositasining rusumi
Avtomototransport vositasining ishlab chiqarilgan yili
Ishonchnoma berilgan shaxsda avtomototransport vositasini chet elga olib chiqish huquq mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumot
Mavjud
Mavjud emas
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani bekor qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi elektron shaklda rasmiylashtirilgan ishonchnomani bekor qilish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
2. Ishonchnomani bekor qilish uchun soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va aniqligi avtomatik ravishda tekshiriladi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
YIDXP
Bekor boʻlgan ishonchnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron shaklda quyidagilarga yuboriladi:
ariza beruvchiga;
Ichki ishlar vazirligining “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga;
“Notarius” AATga;
ishonchnoma berilgan shaxs(lar)ning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (mavjud boʻlganda).
Real vaqt rejimida
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani bekor qilish boʻyicha