Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 462-son “Oʻzbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi tomonidan 2000-yil 30-noyabrda 01/960-son bilan tasdiqlangan Daryo transportini texnik ishlatish
qoidalari (roʻyxat raqami 990, 2000-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 23 son).
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2011-yil 25-fevraldagi 33-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-1, 2011-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 107-modda).
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2012-yil 8-avgustdagi 142-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-2, 2012-yil 7-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 36-son, 420-modda).
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 26-martdagi 56-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-3, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 232-modda).
5. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2015-yil 21-maydagi 30-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-4, 2015-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y, 21-son, 282-modda).
6. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2016-yil 15-dekabrdagi 50-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-5, 2016-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 592-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 2-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-6, 2019-yil 25-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/990-6/2817-son).