Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Zargarlik sanoatiga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va ularning mehnati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son
qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son
qarorida zargarlik sanoati uchun mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolariga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berishda undiriladigan yigʻim miqdorini kamaytirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona
nizomga ilovaga muvofiq zargarlik sanoatiga oid kasblar va lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan chet el fuqarolariga tasdiqnoma berishda undiriladigan yigʻim miqdorini kamaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov zimmasiga yuklansin.
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“zargarlik sanoatiga oid kasblar va lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida”;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.