Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 30-dekabrdagi 62-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1443, 2005-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 2-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining Qisqartirishlar roʻyxati
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ixtisoslashtirilgan tashkilot — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8, 109-son qarori (roʻyxat raqami 1878, 2008-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 487-modda) bilan tasdiqlangan Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
1)
5-banddagi “Moliya vazirligining” va “Gʻaznachiligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” va “Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2)
18-banddagi “Moliya vazirligining Gʻaznachiligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3)
20-banddagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.