1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.04.00 Protsessual majburlov (ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimidan chetlatish, majburiy keltirish va boshqalar)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 19-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2456-6]
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456, 2013-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-oktabr,
517-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 5-banddagi “IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda JIEBB deb yuritiladi)” degan soʻzlar “IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (bundan buyon matnda JIED deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaning sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish uchun oʻz vakolatlari doirasida THga moneliksiz kirish va zarur hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega.
THning maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlariga ularning oʻz vazifalarini bajarishi va tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart”.
3. 9-bandning yettinchi xatboshisidagi “JIEBB” qisqartmasi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
4. 18-banddagi “Saqlash muddati” degan soʻzlar “Qamoqda saqlash muddati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 72-bandning uchinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“96. Zarur hollarda, THda saqlanayotgan tibbiy yordamga muhtoj shaxslar JIED maʼmuriyati bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish tizimidagi mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga belgilangan tartibda yuboriladi.”
7. 100-banddagi “eng kam ish haqi miqdorining oʻttiz foizigacha” degan soʻzlar “mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ellik foizigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 107-banddagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 161-bandning birinchi xatboshisidagi “JIEBBga” qisqartmasi “JIEDga” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
10. 189-banddagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 194-banddagi “JIEBBga” qisqartmasi “JIEDga” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
12. 197-banddagi “JIEBB” qisqartmasi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
13. 234-banddagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 10-ilovalardagi “UYa-64/___ ” degan soʻzlar “___ -son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)