1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-55-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash, farmatsevtika tarmogʻiga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-55-son Farmonigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-oktabr,
PF-168-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-oktabrdagi PF-168-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-55-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“3. 2024-yil 1-yanvardan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat budjeti mablagʻlari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida oʻn yilgacha boʻlgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etilsin. Bunda:
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan kafolatli xarid uchun farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan talab ishlab chiqiladi;
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha komissiya tomonidan avval respublika hududida ishlab chiqarilmagan, istiqbolda mahalliylashtiriladigan substansiyalar, dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlari (bunday nom boʻlmagan taqdirda, mansub dori vositalari guruh nomlari), tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — farmatsevtika mahsulotlari roʻyxati) tasdiqlanadi;
farmatsevtika mahsulotlari roʻyxati Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi hamda yangilanib boriladi;
Komissiya huzurida doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan talab asosida texnik topshiriqlar ishlab chiqiladi;
texnik topshiriqlar asosida kafolatli xarid qilish shartnomalarini imzolash uchun gʻoliblar ochiq tanlovlar orqali aniqlanadi va Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu tanlovlarda davlat buyurtmachisi va benefitsiar mulkdor hisoblanadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarga tuzilayotgan kafolatli xarid qilish shartnomalari doirasida oldindan boʻnak toʻlovlarini oʻtkazishga ruxsat beriladi”.
2. 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori
4.
A.B. Voitov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
5.
N.Q. Xolmurodov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
B.B. Xodjayev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
7.
N.J. Bakirov
—
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori
8.
B.T. Norqobilov
—
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi
9.
D.S. Kasimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
10.
D.N. Sattarov
—
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori
11.
A.A. Akbarjonov
—
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi
12.
U.S. Salixbayeva
—
“Dori-darmon” kompaniyasi boshqaruv raisi
13.
K.S. Rizayev
—
Toshkent farmatsevtika instituti rektori
14.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmalari boshliqlari
15.
D.T. Sultanov
—
Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, Komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2023-y., 06/23/168/0767-son)