Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻtgan davr mobaynida telekommunikatsiya sohasida maʼmuriy tartib-taomillarni soddalashtirish va mazkur yoʻnalishda xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Jumladan, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlarga yengilliklar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2023-yil 14-iyundagi OʻRQ-846-son
Qonuni bilan teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga litsenziya berganlik uchun davlat boji miqdori ikki barobarga kamaytirildi hamda tarmogʻiga ega boʻlmagan uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar)ga litsenziya berganlik uchun alohida davlat boji miqdori belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2023-yil 14-iyundagi OʻRQ-846-son
Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar sohasidagi, xususan, koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish va teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatishga doir litsenziya uchun davlat bojining miqdorini uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan xizmatlar koʻrsatish uchun maqbullashtirish;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatishga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojining miqdorini kamaytirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mazkur qarorga muvofiq takomillashtirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
15-ilovada:
a) 4-pozitsiyadagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“m” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“m) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish — BHMning 140 000 baravari (bunda uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish — BHMning 25 000 baravari**)”;
“s” va “t” kichik bandlardagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
“u” va “f” kichik bandlardagi “150” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;
v) 12-pozitsiya quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“**Agar uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini toʻlash davridan oldingi moliya yili uchun koʻrsatilgan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshsa, “m” kichik bandda nazarda tutilgan faoliyat turi uchun davlat bojining summasiga koʻrsatilgan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlari qiymatining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha belgilanadi.”
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
a) 4-bandning
birinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v)
101-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g)
23-band va 25-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.