toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2025
Hujjat 18.09.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 18 sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1921-4]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 3-iyuldagi 15-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3637, 07.07.2025-y.) asosan 2025-yil 10-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-avgustdagi OʻRQ-862-son “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-martdagi 69-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1921, 2009-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 12-son,134-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A.TASHKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-sentabr,
10-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 16-sentabrdagi 10-mh-son buyrugʻiga

ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan

OʻZGARTIRISHLAR
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq buyuraman:”.
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) vakolatlarini va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.”;

22-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmasa, shu jumladan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2023-y., 10/23/1921-4/0709-son)