1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.04 Tibbiy ko‘rik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOg‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO‘LLARDA YuK VA YO‘LOVChILAR TAShISh XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI “O‘ZDAVTEMIRYO‘LNAZORAT”NING
Qarori
LOKOMOTIV BRIGADALARI XODIMLARINING REYS OLDI TIBBIY KO‘RIGINI TAShKIL ETISh VA O‘TKAZISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 21-iyulda 1498-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Transport vazirligining 2022-yil 31-avgustdagi 19 va 15-sonli “Temir yo‘l transporti xodimlarining tibbiy ko‘rigini tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3390, 30.09.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Temir yo‘l yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan “Lokomotiv brigadalar xodimlarining reys oldi tibbiy ko‘rigini tashkil etish va o‘tkazish qoidalari” tasdiqlansin.