Keyingi yillarda mamlakatimizda kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, qonunchilik hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini, mazkur sohada faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalar berganlik uchun davlat boji miqdorlarini va uni toʻlash tartibini belgilovchi, kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ etib belgilangan.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat turlari sifatida mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati belgilangan hamda faoliyatning mazkur turlari litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari asosida amalga oshirilishi qayd etilgan. Xizmatlar provayderlari turlari sifatida kripto-birja, mayning-pul, kripto-depozitariy va kripto-doʻkon belgilangan.
Shu munosabat bilan “
Davlat boji toʻgʻrisida”gi va “
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga litsenziyalanadigan faoliyatning yangi turlari va kichik turlari (kripto-birja, mayning-pul, kripto-depozitariy va kripto-doʻkon) hamda ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat asosida amalga oshiriladigan mayning faoliyati belgilanishini, Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish masalalariga doir vakolatlari mustahkamlanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun kripto-aktivlar aylanmasi sohasini yanada rivojlantirishga hamda mazkur sohada litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, №2, 103-modda, №3, 186-modda, №4, 265, 269-moddalar)
24-moddasi kuyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan belgilanadigan miqdorda va tartibda toʻlaydi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi URQ-701-sonli
Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, №3, 185-modda) kuyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1)
1-modda kuyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Qonunning 1 va 2-ilovalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli boʻlgan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
2)
1-ilovaning 7-pozitsiyasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
3)
2-ilova kuyidagi mazmundagi 122-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
I boʻlimining 6-pozitsiyasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
II boʻlimi kuyidagi mazmundagi 112-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.