toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarga beriladigan “Ibratli oila” koʻkrak nishoni taʼsis etilganligi hamda uni 15-may — Xalqaro oilalar kunida topshirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari tegishlicha 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining buyurtmasiga asosan “Ibratli oila” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Ibratli oila” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-sentabr,
437-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 437-son qaroriga
1-ILOVA
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Ibratli oila” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan namunali oilalar taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan ibratli oilalarning vakillari — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Ibratli oila” koʻkrak nishonini olish uchun nomzod oila har yili 1-martga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ushbu Nizomga 1a-ilovada keltirilgan soʻrovnomani toʻldiradi hamda unga oilaning erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qiladi.
Nomzod oilaning arizasi mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi bilan birgalikda koʻrib chiqilib, har yili 10-martga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar shakllantiriladi va “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar boʻlimlariga maxsus axborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboriladi.
Nomzod oila boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida mazkur oila haqida maʼlumotnoma, soʻnggi uch yil davomida oila aʼzolari tomonidan oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari koʻkrak nishoniga tavsiya qilinayotgan nomzod oilalarni ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy tarkibda tuziladigan “Ibratli oila” koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash tuman (shahar) komissiyasi tomonidan har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, ularning faoliyatiga oid barcha maʼlumotlarni tegishli yigʻilish qarorlari asosida har yili 15-martga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalariga maxsus axborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Nomzod oilalarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan tarkibda tuziladigan “Ibratli oila” koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasi tomonidan har tomonlama oʻrganilib, tegishli qaror qabul qilinadi. Mazkur taklif va qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari tomonidan har yili 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) maxsus axborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
7. Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tasdiqlanadi.
Komissiya tarkibiga fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari, shuningdek, davlat va jamoat arboblari kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisida namunaviy nizomning 7-bobi.
8. Komissiya yigʻilishida nomzodlarning tegishli hujjatlari oʻrganilib, ushbu Nizomning 4-ilovasida belgilangan mezonlarga muvofiq baholanadi va har yili 15-aprelga qadar eng munosib nomzod oilalar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
9. Nomzod oilalar tanlanayotganda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
oilada va jamoat joylarida kutubxonalar tashkil etgan, oila aʼzolari ilmli, ziyoli boʻlgan, shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlgan, risola, kitob, qoʻllanma va asarlar yaratgan hamda ilm-fan, taʼlim, adabiyot rivojiga hissa qoʻshib kelayotgan, farzandlari turli nufuzli tanlovlar, musobaqalar, fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishayotgan, aholi, ayniqsa xotin-qizlarga huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, psixologik, tibbiy maslahatlar berishda faol ishtirok etayotgan, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda tashabbuskorlik koʻrsatayotgan oilalar;
ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka olgan, voyaga yetkazish, oʻqitish va tarbiyalashda ijobiy natijaga erishayotgan, ularning hayotda oʻz oʻrnini topishiga munosib hissa qoʻshayotgan, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgan, aholining muammolarini aniqlash, hal etishga koʻmaklashayotgan, jamoatchilik tomonidan ijobiy tavsiflangan oilalar;
ijodi (artist, meʼmor, rassom, haykaltarosh, amaliy bezak ustasi, dizayner, shoir, yozuvchi, bastakor, sanʼatshunos va h.k.) bilan xalq orasida tanilgan, ushbu sohada milliy va madaniy qadriyatlarni targʻib etish orqali jamiyat rivojiga hissa qoʻshayotgan, yoshlarga ijod sohasida ustozlik qilib, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotgan oilalar;
oilaviy kulolchilik, kosibchilik, naqqoshlik, kashtachilik, chevarchilik, zargarlik va hunarmandchilikning boshqa turlari bilan shugʻullanib, uning rivojiga hissa qoʻshib kelayotgan, shogirdlar tayyorlagan oilalar;
oilaviy sport bilan shugʻullanib, respublika va xalqaro darajadagi yutuqlarga erishgan, shogirdlar yetishtirgan, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilgan, xususan, mahallada sportning rivojlanishi va ommaviyligini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, jamoatchilik tomonidan ijobiy tavsiflangan oilalar;
oila qurganiga 10 yilgacha boʻlgan, qaynona, qaynota va boshqa oila aʼzolari bilan ahil va hamjihatlikda yashab, ijtimoiy hayotning turli sohalarida yutuqlarga erishayotgan namunali yosh oilalar;
oilaviy qadriyatlarni ulugʻlagan, oʻzi va farzandlari Vatan himoyasi, yurt tinchligini saqlash yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilayotgan, uning taraqqiyotiga hissa qoʻshayotgan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot organlarida faoliyat yuritayotgan, jamoatchilik tomonidan ijobiy tavsiflangan oilalar;
oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshayotgan, salmoqli darajada ish oʻrinlari yaratgan, “ustoz-shogird” anʼanasini targʻib qilgan, innovatsion loyihalarini joriy qilib, xotin-qizlarni hamda nogironlarni ish bilan taʼminlagan, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari mahalliy, respublika va xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan, aholini tadbirkorlikka yoʻnaltirish, milliy hunarmandchilik turlarini yoshlarga oʻrgatish, ayniqsa tomorqadan daromad topish yoʻllarini koʻrsatishda, oʻzini oʻzi band qilishda oʻrnak boʻlayotgan, jamoatchilik tomonidan ijobiy tavsiflangan oilalar;
oila aʼzolari oʻz faoliyati davomida mahallalar va oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, xotin-qizlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilishga munosib hissa qoʻshayotgan, sogʻlom turmush tarzini faol targʻib etib kelayotgan, xalqimiz salomatligi yoʻlida halol mehnat qilayotgan, yangicha yondashuvlari bilan jamoatchilik orasida munosib eʼtirof etilgan, oʻz faoliyatida faol va fidoyi boʻlgan, yashab turgan xonadoni va mahallasida mevali va manzarali daraxt va gul yetishtirib, koʻchat tarqatib, “Yashil makon” yaratayotgan, hudud obodligiga yuqori eʼtibor qaratgan oilalar.
10. Komissiya xulosasi asosida har yili 5-mayga qadar Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqariladi.
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
11. Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotini ulugʻlash va eʼzozlash maqsadida koʻkrak nishoni, qoida tariqasida, oila bekasi boʻlgan ayol kishi nomiga rasmiylashtirilib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Nomzod oilaning koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma 10-mayga qadar mazkur Nizomga 3a-ilovaga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi mukofotlangan oilalarga 15-may — Xalqaro oila kuni bayrami arafasida Qoʻmita raisi (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Qoʻmita raisining buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
14. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
15. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan ibratli oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
16. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan oilalarning ibratli faoliyatini keng targʻib qilish maqsadida koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shakldagi “Ibratli oila” belgisi oʻrnatiladi.
17. Bir oila koʻkrak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.
18. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
181. Qoʻmitaning maxsus axborot tizimida taqdim etilgan “Ibratli oila” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari raqamli koʻrinishda yuritiladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Qoʻmita va komissiya aʼzolari ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzod oilalar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
1-ilova
“Ibratli oila” koʻkrak nishoniga nomzod oilalarni taqdirlash
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Xotin-qizlar faoli, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, mahalla yettiligi

1. Nomzod oila YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi va ariza yuboradi.

2. Takliflarni “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlariga maxsus axborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali taqdim etadi.

Har yili 1-martga qadar

2-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari, “Ibratli oila” koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash tuman (shahar) komissiyasi

Nomzod oilalarni har tomonlama oʻrganadi (har bir komissiya aʼzosi oʻz xulosasini ERI bilan imzolaydi) va yigʻilish qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalariga maxsus axborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboradi.

Har yili 15-martga qadar

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, “Ibratli oila” koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash hududiy komissiyasi

Nomzod oilalarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqadi (har bir komissiya aʼzosi oʻz xulosasini ERI bilan imzolaydi), tegishli qarorlar qabul qiladi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga maxsus axborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboradi.

Har yili 1-aprelga qadar

4-bosqich

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish komissiyasi

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzod oilalar haqidagi hujjatlarni koʻrib chiqadi (har bir komissiya aʼzosi oʻz xulosasini ERI bilan imzolaydi) va yakuniy xulosani qabul qiladi.

Har yili 15-aprelga qadar

5-bosqich

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

Komissiyaning xulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini chiqaradi.

Har yili 5-mayga qadar

6-bosqich

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

Nomzod oila koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishi yuzasidan YIDXPdagi arizachining shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi.

Har yili 10-mayga qadar

7-bosqich

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar)

Koʻkrak nishoni bilan tantanali tarzda taqdirlaydi.

Har yili 15-may — Xalqaro oila kuni arafasida

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ilova
Nomzod oila tomonidan “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlashning saralash bosqichida ishtirok etish uchun
SOʻROVNOMA

T/r

Talab etiladigan maʼlumotlar*

Erning maʼlumotlari

1.

JSHSHIR

2.

Pasport (ID-karta) seriyasi raqami

3.

Ish joyi

Xotinning maʼlumotlari

4.

JSHSHIR

5.

Pasport (ID-karta) seriyasi raqami

6.

Ish joyi

Oilaning maʼlumotlari

7.

Nikoh guvohnomasining seriyasi raqami

8.

Er-xotinning erishgan yutuqlari (ilova qilinadi)

9.

Oila aʼzolarining oʻqish joyi va oʻqishda erishgan yutuqlari (ilova qilinadi)

10.

Oila aʼzolarining ilmiy darajasi (agar boʻlsa, maʼlumot ilova qilinadi)

11.

Oila aʼzolarining bandlik holati

12.

Agar boʻlsa, vasiylikka yoki homiylikka olgan voyaga yetmaganlar haqida maʼlumot (ilova qilinadi)

13.

Davlat mukofoti hamda koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangani (guvohnoma nusxasi ilova qilinadi)

14.

Kitob, qoʻllanma va asarlar yaratgani hamda ilm-fan, taʼlim, adabiyot rivojiga hissa qoʻshayotgani (asoslovchi maʼlumotlar ilova qilinadi)

15.

Oila aʼzolarining narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi (“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi)

16.

Hunarmand, sport, tadbirkor, ijodkor, harbiy xizmatchi (rasmli maʼlumotlar ilova qilinadi)

17.

Oila aʼzolarining sudlangan yoki sudlanmagani toʻgʻrisida maʼlumotnoma (“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi)

18.

Oila aʼzolarining oʻrtasida ajrim holatlari mavjudligi (Oila tarkibi boʻyicha)

19.

10 yildan ortiq qaynona va qaynota (boshqa qarindoshlar) bilan birga namunali yashab kelayotgan oila, uning mahalladagi oʻrni va “Yashil makon” loyihasi doirasida qilingan ishlari (rasmli maʼlumotlar ilova qilinadi)

Farzandlari toʻgʻrisida maʼlumot

20.

JSHSHIR

21.

Pasport (ID-karta)/tugʻilganlik guvohnomasi, seriya raqami

22.

Ish yoki oʻqish joyi

23.

Farzandlari erishgan yutuqlari (ilova qilinadi)

* Soʻrovnomadagi shaxsga doir maʼlumotlar “Raqamli hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
2-ilova
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash tuman (shahar) komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi deputati (kelishuv asosida)

3.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari

5.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

Savdo-sanoat palatasi tuman (shahar) boʻlimi rahbari (kelishuv asosida)

7.

Lavozimiga koʻra

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlinmasi rahbari

8.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) kasaba uyushmasi kengashi raisi (kelishuv asosida)

9.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

10.

Lavozimiga koʻra

“Oqila ayollar” harakati yetakchisi (kelishuv asosida)

11.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar boʻlimi mutaxassisi, ishchi guruh masʼul kotibi

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar kengashi deputati (kelishuv asosida)

3.

Lavozimiga koʻra

hududiy Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

hududiy Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

hududiy Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi rahbari (kelishuv asosida)

7.

Lavozimiga koʻra

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimi rahbari

8.

Lavozimiga koʻra

hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi (kelishuv asosida)

9.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi

10.

Lavozimiga koʻra

“Oqila ayollar” harakati yetakchisi (kelishuv asosida)

11.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmalari mutaxassisi, komissiya masʼul kotibi

(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
3a-ILOVA

NAMUNA

“Ibratli oila” koʻkrak nishoni boʻyicha yuborilgan arizaning natijasi yuzasidan xabarnoma

Fuqaroning F.I.O:

Arizaning natijasi

Tavsiya etildi/Rad etildi

*agar tanlov boʻyicha gʻolib deb topilgan oilaga:

Yashash manzilidagi Oila va xotin-qizlar boʻlimiga murojaat qiling

Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun my.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod

(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
“Ibratli oila” koʻkrak nishoniga nomzod oilalarni baholash mezonlari
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball tizimi

I. Ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar

1.1

Xonadonning obod va sarishtaligi, xonadon, uning yordamchi xoʻjalik binolarining shaharsozlik, yongʻin xavfsizligi va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida qurilgani, xonadonda qulay va zamonaviy yashash sharoiti (umumiy xona, oshxona, kattalar va bolalar uchun qulay va ixcham xona kabilar) yaratilgani, tomorqa madaniyatining mavjudligi

1 balldan 5 ballgacha

1.2

Oila aʼzolarining taʼlim-tarbiyaviy salohiyati, ilmli, ziyoli ekanligi, ilmiy darajaga va kasbiy koʻnikmalarga egaligi, risola, kitob, qoʻllanma va asarlar yaratgan hamda ilm-fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat rivojiga hissa qoʻshib kelayotgani

1 balldan 5 ballgacha

1.3

Oilaning farovonlik darajasi, oila aʼzolarining bandligi, davlat yoki xususiy sektorda ishlashi, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgani

1 balldan 5 ballgacha

1.4

Oilaning jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faolligi, siyosiy jarayonlar, rasmiy va jamoatchilik tadbirlarida ishtirok etishi

1 balldan 5 ballgacha

1.5

Oilada sogʻlom turmush tarzi yaxshi yoʻlga qoʻyilgani, oila aʼzolarining sport bilan muntazam shugʻullanishi, zarur sharoit va jihozlar bilan taʼminlangani

1 balldan 5 ballgacha

1.6

Oilaning tadbirkorligi va tashabbuskorligi, amalga oshirayotgan saxovat va homiylik ishlari (kamida bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida), xususan, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani, aholining muammolarini aniqlash va hal etishga koʻmaklashayotgani, shuningdek, olis hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratayotgani (kamida 5 ta)

1 balldan 5 ballgacha

1.7

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama rivojlantirishga, jumladan, kitob oʻqishga, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga oʻrgatgani, shuningdek, yoshlarga ijod sohasida ustozlik qilib, adabiyot, madaniyat va sanʼatga doir isteʼdod va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga hissa qoʻshgani

1 balldan 5 ballgacha

1.8

Oilaviy jamoa sifatida turli sohalarda oʻtkazilgan tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgani, farzandlari nufuzli koʻrik-tanlovlar, musobaqalar, fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishayotgani

1 balldan 5 ballgacha

II. Maʼnaviy-axloqiy koʻrsatkichlar

2.1

Oila aʼzolari adolat, haqgoʻylik, oʻzgalarga hurmat, samimiylik, muloyimlik, saxovatpeshalik, maʼnaviy yetuklik, sabr-toqat, kamtarlik kabi insoniy fazilatlarga ega ekani

1 balldan 5 ballgacha

2.2

Oilaning mahalla va jamiyatda tutgan oʻrni, qarindoshlari va qoʻshnilari bilan munosabati, ichki tartib-qoidalar va qonunlarga hurmati, huquqiy ongi va madaniyati, bilimdonligi, kitobxonlik darajasi

1 balldan 5 ballgacha

2.3

Oilada jinoyatchilikning yoʻqligi, notinch, noqobil oila sifatida oldin roʻyxatga olinmagani, oila aʼzolarining birortasi probatsiya va profilaktik hisobda turmasligi, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etmagani, giyohvandlik, ichkilikka ruju qoʻymagani va oilaviy ajralish holatlari qayd etilmagani

1 balldan 5 ballgacha

2.4

Anʼanaviy oilaviy qadriyatlar (anʼanalar, urf-odatlar va boshqa moddiy va maʼnaviy qadriyatlar)ga hurmati va sadoqati, oila aʼzolarining milliylikni asrash hamda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini taʼminlash yoʻlida sidqidildan xizmat qilayotgani

1 balldan 5 ballgacha

2.5

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash, homiylik yordamlarini koʻrsatish, vasiylik qilish, yetim bolalarni asrab olgani, ularni voyaga yetkazish, oʻqitish va tarbiyalashda ijobiy natijaga erishayotgani va ular uchun toʻlaqonli hayot tarzini tashkil etgani

1 balldan 5 ballgacha

2.6

Mahallada yoshlarning maʼnaviy-axloqiy kamol topishida, ularning Vatanga sadoqat, azaliy anʼanalarga hamda oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishida oʻzining boy hayotiy tajribasi bilan oʻrnak boʻlayotgani va faol qatnashayotgani

1 balldan 5 ballgacha

Izoh. Nomzodlarning erishgan natijalari boʻyicha qoʻyilgan ballari jamlanib, eng yuqori koʻrsatkichni qayd etganlar koʻkrak nishoniga nomzod sifatida tavsiya etiladi.
*Mazkur baholash mezonlarining koʻrsatkichlari davr talabidan kelib chiqqan holda doimiy komissiyaning tavsiyalari asosida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga oʻrnatiladigan belgi
TAVSIFI
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga oʻrnatiladigan belgi 210x90 millimetr oʻlchamli toʻrtburchak shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Belgining chap tomonida “Ibratli oila” koʻkrak nishoni tasviri aks etgan. Ushbu tasvirning eni 55 millimetrni tashkil etadi.
Belgining oʻng tomonida harflarning balandligi 5,6 millimetr boʻlgan besh satrli matn joylashgan.
Birinchi satrda “Bu xonadonda” soʻzi, ikkinchi satrda “IBRATLI OILA” uchinchi satrda “koʻkrak nishoni”, toʻrtinchi satrda “bilan taqdirlangan oila” va beshinchi satrda “istiqomat qiladi” soʻzlari yoziladi.
Belgining qalinligi 1,5 millimetr.
Tasvirlar va yozuvlar botiq shaklda boʻlib, belgining chetlari toʻgʻri chiziqlar bilan oʻralgan.
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga oʻrnatiladigan belgi”
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 437-son qaroriga
2-ILOVA
“Ibratli oila” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida diametri 24 millimetr boʻlgan kumush rangdagi doira ichida quyosh nurlari fonida ota va ona ikki nafar farzandini qoʻllaridan tutgan holda ibratli oila timsoli sifatida zarhal rangda aks ettirilgan.
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan doiraning yuqori qismida balandligi 2,4 millimetr boʻlgan “IBRATLI OILA” soʻzlari hamda oʻrtada ajratib turuvchi ikkita sakkiz qirrali yulduzning quyi qismida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaprogʻi va uning oʻrtasida mustahkam oila ramzi boʻlgan nikoh uzuklari tasvirlangan.
Koʻkrak nishonining orqa tomonida, aylana markazida, toʻrt qatorda harflarning balandligi 1,8 millimetr boʻlgan “Oilalarni mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi uchun” soʻzlari yozilgan.
Koʻkrak nishonining qalinligi — 3,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishon halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 12 millimetrli yashil yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 1 millimetrli qizil, 2 millimetrli oq va 2 millimetrli koʻk rangdagi yoʻllar tushirilgan.
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 437-son qaroriga
3-ILOVA
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) och yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “IBRATLI OILA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda, “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan oila boshligʻi (vakili)ning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi”, ikkinchi satrda “Oila va xotin-qizlar”, uchinchi satrda “qoʻmitasi raisining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Ibratli oila” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda, “Qoʻmita raisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
“Ibratli oila” koʻkrak nishonining
GUVOHNOMASI
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/437/0670-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)