toggle_night_mode
Hujjat 24.08.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi yillarda mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Xususan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi instituti joriy etildi.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha malaka talablariga javob beradigan hamda malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar malaka shahodatnomasiga ega boʻldi va ular tomonidan kadastr yigʻmajildlari tayyorlanmoqda.
Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish boʻyicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida oʻtkazilgan tajriba-sinov natijalarini inobatga olib, kadastr muhandisi institutini bosqichma-bosqich joriy etish orqali aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 596 -sonli “Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish tizimini joriy qilish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son, “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarorlariga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrga qadar tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi instituti joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan:
2023-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida;
2024-yil 1-iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
kadastr muhandisi faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan mutaxassislik yoʻnalishlarini kengaytirish;
kadastr muhandislari tomonidan shahodatnoma olish uchun ariza topshirishdan malaka imtihonigacha boʻlgan vaqtni qisqartirish;
malaka imtihonini topshirish vaqtini uzaytirish;
koʻp yillik dov-daraxtlarga kadastr yigʻmajildini tayyorlash muddatini belgilash.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-avgust,
411-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga 1-ilova quyidagi mazmundagi 89-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

89.

Kadastr muhandislari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar

”.

2. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorida:
a) 1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5v-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda — filiallar) kadastr yigʻmajildini shakllantirib, uning natijasi boʻyicha kadastr pasportini taqdim etadi.
Davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha kadastr pasportini tayyorlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri filiallarga murojaat qilinadi”;
7-banddagi “DK filiallari” soʻzlari “filiallar” soʻzi bilan almashtirilsin;
12-banddagi “DK filialiga” soʻzlari “filialga” soʻzi bilan almashtirilsin;
14-banddagi va 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DK filiali” soʻzlari “filial” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Kadastr pasporti obyektning murakkabligiga qarab, quyidagi muddatlarda tayyorlanadi:
a) koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha:
koʻp kvartirali uydagi kvartira uchun — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy uchun — 5 ish kunigacha;
b) koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit koʻp kvartirali uylar boʻyicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha boʻlganda — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha boʻlganda — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha boʻlganda — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha boʻlganda — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha boʻlganda — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq boʻlganda — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari boʻyicha — 3 ish kunigacha;
v) koʻp yillik dov-daraxtlarga oid qismi boʻyicha:
koʻp yillik dov-daraxtlar uchun — 10 ish kunigacha.
Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi”;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Malaka shahodatnomasiga ega boʻlgan koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi tomonidan oʻtkazilgan texnik xatlov natijasiga koʻra tayyorlangan yigʻmajildga asosan koʻchmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berish filial tomonidan 3 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi”;
18-banddagi “DK filiali” soʻzlari “filial” soʻzi bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari “Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari “Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari “Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-banddagi “DK filiallari” soʻzlari “filiallar” soʻzi bilan almashtirilsin;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Maʼmuriy reglament koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi”;
3 — 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kadastr munosabatlari sohasidagi tayyorlash kurslarida oʻqish Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — oʻquv markazi) tomonidan tashkil etiladi.
4. Malaka imtihonini topshirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha kamida bir yil ish stajiga ega boʻlishi yoki ish stajiga ega boʻlmagan holda, kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari boʻyicha taʼlim olgan boʻlishi.
5. Kadastr muhandisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hududida faoliyat yuritadi.
Bunda kadastr muhandisi oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzadi yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.”;
6-7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktorining buyrugʻi bilan besh kishidan kam boʻlmagan toq sonli tarkibda malaka imtihoni komissiyasi tuziladi.
Agentlik direktori malaka imtihoni komissiyasi raisi hisoblanadi.
Malaka imtihoni komissiyasining tarkibi Agentlik va Agentlikning Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Palata) masʼul xodimlari hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining masʼul vakillaridan shakllantiriladi.
7. Malaka imtihoni komissiyasining tarkibi doimiy hisoblanadi.
Agentlik malaka imtihoni komissiyasining tarkibini shakllantirish uchun Palata va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga yozma shaklda murojaat qiladi.
Komissiya ishchi organi vazifasi Palata tomonidan amalga oshiriladi.”;
11-banddagi “9” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻn besh” soʻzlari “besh” soʻzi bilan almashtirilsin;
28-bandning ikkinchi xatboshisidagi “45” raqami “60” raqami bilan almashtirilsin;
41-banddagi “va Toshkent viloyatining barcha hududlarida” soʻzlari “va butun respublika boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-2-ilovalarning ilova belgisidagi “Toshkent viloyati va Toshkent shahrida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining
‎Davlat gerbi tasviri

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

KADASTR MUHANDISINING
‎MALAKA ShAHODATNOMASI
‎______-son

20___ yil “___” ___________

Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan
‎________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________ga

(kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olgan shaxsning F.I.O.)

malaka imtihon komissiyasining 20___ yil “___” ___________dagi qaroriga asosan berildi.

___________________________

(vakolatli shaxsning F.I.O.)

QR-code”;

4-ilovaning ilova belgisidagi “Toshkent viloyati va Toshkent shahrida” soʻzlari chiqarib tashlansin”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) koʻp yillik dov-daraxtlarga oid qismi boʻyicha:
koʻp yillik dov-daraxtlar — 10 ish kunigacha”;
12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “hududiy boshqarmasiga” soʻzlari “tuman (shahar) filialiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “hududiy boshqarmasiga” soʻzlari “tuman (shahar) filialiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “hududiy boshqarmalari” soʻzlari “tuman (shahar) filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
41-bandning birinchi xatboshisidagi “hududiy boshqarmasi” soʻzlari “tuman (shahar) filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-bandning birinchi xatboshisidagi “hududiy boshqarmasi” soʻzlari “tuman (shahar) filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)