Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 27 va 103-son “Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2522, 2013-yil 13-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 608-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Qarorning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-son “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:”.
a) VIII boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VIII. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar, 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941 — 1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari, Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogironligi boʻlgan shaxslar, baynalmilalchi jangchilar, harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar uchun”.
b)
izohdagi “urush nogironlari va qatnashchilari” degan soʻzlar “urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.