Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-oktabrdagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 3197, 2019-yil 19-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2019-y., 10/19/3197/4037-son) bilan tasdiqlangan Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
5-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
16-banddagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
20-banddagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining” degan soʻzlar “Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.