Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 19-sentabrdagi 135-son “Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2940, 2017-yil 24-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 10/17/2940/0177-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruq
muqaddimasidagi “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga” degan soʻzlar “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida” gi Qonunining 10-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ilova
muqaddimasidan “Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.