Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-son “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4899-son “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 12-maydagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3303, 2021-yil 12-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 10/21/3303/0456-son) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari
nomenklaturasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 3-pozitsiyaning “Qoʻshimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etadigan mutaxassisliklar” ustunidagi “Tibbiy-mehnat ekspertizasi” degan soʻzlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 25-pozitsiyaning “Qoʻshimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etadigan mutaxassisliklar” ustuni quyidagi tahrirdagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
3. 54-pozitsiyaning “Qoʻshimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etadigan mutaxassisliklar” ustuni quyidagi tahrirdagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin: