toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahridagi Inxa universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Toshkent shahridagi Inxa universiteti boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish orqali uning sifatli faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 5-avgustdagi 228-son “Toshkent shahridagi Inxa Universitetining faoliyatini tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasini moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
1. Toshkent shahridagi Inxa universitetining Vasiylik kengashi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Toshkent shahridagi Inxa universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet)ni tashkil etish boʻyicha idoralararo komissiyani uning Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻqitish uchun malakali professor-oʻqituvchilarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni jalb etish vazifasini Universitetga hamda har oʻquv yilida Universitetga qabul kvotalarini belgilash vazifasini Universitetning Vasiylik kengashiga oʻtkazgan holda tugatish;
Universitetning Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilariga belgilangan namunadagi Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) diplomini hamda Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplomni berish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi “Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2155-son qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi ikki oy muddatda Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda Universitetning taʼsis hujjatlari qayta koʻrib chiqilishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-iyul,
PQ-243-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi “Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2155-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻqitish uchun malakali professor-oʻqituvchilarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni jalb etish”.
beshinchi xatboshidan “kunduzgi shaklda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Universitetning Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilariga belgilangan namunadagi Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) diplomini hamda Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi”.
3. 6 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahridagi Inxa universitetining Vasiylik kengashi
TARKIBI

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi

K.X. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

A.R. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

R.O. Karimjonov

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari

Sh.Sh. Usmanov

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi direktori

N.N. Xasanov

Oʻzbektelekom AK boshqaruvi raisi

M.M. Djalalov

Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kengash tarkibiga kiritiladi”.
5. 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)