1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Baxolash faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-son Farmoniga muvofiq, davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-sonli “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.10 (Кучини йукотган) Boshqaruvchi kompaniya]
davlat aktivlarini xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga berish, xoʻjalik jamiyatlari ustav fondiga kiritish, davlat aktivlarini tasarruf etish va butligini saqlash bilan bogʻliq boshqa holatlarda ularni baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-sonli “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 3-bandi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotish maqsadida baholashda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi.
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-iyul,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 312-son qaroriga ILOVA
Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.10 (Кучини йукотган) Boshqaruvchi kompaniya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
1. Ushbu Nizom davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda (xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga berish, xoʻjalik jamiyatlari ustav fondiga kiritish, davlat aktivini tasarruf etish va butligini saqlash bilan bogʻliq boshqa holatlarda hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini sotishda) ularni baholash hamda baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish uchun baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Mazkur Nizom qoidalari davlat aktivini baholash, shuningdek baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishda budjet buyurtmachisi tomonidan baholovchi tashkilotlarni (xorijiy baholovchi tashkilotlar va ularning Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan shuʼba korxonalari bundan mustasno) jalb qilish va ular koʻrsatgan xizmatlarning qiymati belgilangan tartibda aniqlanishini taʼminlash maqsadlari uchun tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
3. Davlat aktivlarini samarali boshqarishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi budjet buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-bob. Davlat aktivini baholash boʻyicha baholovchi tashkilot xizmatining boshlangʻich qiymatini aniqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati mazkur bobda nazarda tutilgan formulalar, koeffitsiyentlar hamda kalkulyatsiyalarga muvofiq aniqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Bunda, baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash usuli baholash obyektining quyidagi tiplariga bogʻliq boʻladi:
davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari hamda davlatga tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiya (ulush)lar (keyingi oʻrinlarda — davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar);
davlatga tegishli mulkiy majmua, mulkiy majmuaning bir qismi (keyingi oʻrinlarda — mulkiy majmua);
davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan);
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
davlatga tegishli qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi;
mazkur bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan davlatga tegishli boshqa aktivlar (inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, instrumentlar, ashyo-inventarlar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqa asosiy vositalar).
Davlatga tegishli baholash obyekti tarkibida yer uchastkasi boʻlgan taqdirda, baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymatiga mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan tartibda aniqlanadigan davlatga tegishli qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini mulk yoki ijara huquqi asosida sotish maqsadida baholash xizmatlarining boshlangʻich qiymati qoʻshiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Qua = [(BHM x K1) + (BHM x K2)] x Kyo x Kh, bunda:
Qua— davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati;
BHM — boshlangʻich qiymat aniqlanayotgan kunda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori;
K1 — mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;
K2 — mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;
Kyo — baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, quyidagiga teng:
bitta yondashuv qoʻllanilganda — 1,0;
ikkita yondashuv qoʻllanilganda — 1,3;
uchta yondashuv qoʻllanilganda — 1,5;
Kh— baholash obyekti joylashgan hududni (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, bunda:
agar baholash obyekti respublikaning ikkitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,05;
agar baholash obyekti respublikaning uchtadan oltitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,1;
agar baholash obyekti respublikaning yettitadan oʻntagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,15;
agar baholash obyekti respublikaning oʻn bir va undan ortiq hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,2 ni tashkil etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
6. Davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Qbi = (BHM x K1) x Kyo x Kh, bunda:
Qbi — davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati.
BHM — boshlangʻich qiymat aniqlanayotgan kunda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori;
K1 — mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;
Kyo— baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, quyidagiga teng:
bitta yondashuv qoʻllanilganda — 1,0;
ikkita yondashuv qoʻllanilganda — 1,3;
uchta yondashuv qoʻllanilganda — 1,5;
Kh— baholash obyekti joylashgan hududni (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, bunda:
agar baholash obyekti respublikaning ikkitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,05;
agar baholash obyekti respublikaning uchtadan oltitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,1;
agar baholash obyekti respublikaning yettitadan oʻntagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,15;
agar baholash obyekti respublikaning oʻn bir va undan ortiq hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,2 ni tashkil etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
7. Davlatga tegishli qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini mulk yoki ijara huquqi asosida realizatsiya qilish maqsadida baholanganda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati baholanayotgan yer uchastkasining umumiy maydonidan kelib chiqqan holda, boshlangʻich qiymat aniqlanayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining:
1 000 kv.m.gacha — 1,5 baravari;
1 000 kv.m.dan 10 000 kv.m.gacha — 2 baravari;
10 000 kv.m. va undan yuqori boʻlganda — 3 baravari etib belgilanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Davlatga tegishli boshqa aktivlar baholanganda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Qba = BHM x (K3 x S) x Kyo x Kh, bunda:
Qba — davlatga tegishli boshqa aktivlar baholanganda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati;
BHM — boshlangʻich qiymat aniqlanayotgan kunda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori;
K3— mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;
S — baholash obyektlari soni;
Kyo— baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, quyidagiga teng:
bitta yondashuv qoʻllanilganda — 1,0;
ikkita yondashuv qoʻllanilganda — 1,3;
uchta yondashuv qoʻllanilganda — 1,5;
Kh— baholash obyekti joylashgan hududni (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, bunda:
agar baholash obyekti respublikaning ikkitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,05;
agar baholash obyekti respublikaning uchtadan oltitagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,1;
agar baholash obyekti respublikaning yettitadan oʻntagacha hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,15;
agar baholash obyekti respublikaning oʻn bir va undan ortiq hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent — 1,2 ni tashkil etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Davlatga tegishli baholash obyektlari baholanganda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati mazkur Nizomning 5, 6, 7 va 8-banlarida koʻrsatilgan formulalarga muvofiq aniqlanib, quyidagi kalkulyatsiyalarga asosan hisoblab chiqariladi:
davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan kalkulyatsiyaga muvofiq;
davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan kalkulyatsiyaga muvofiq;
davlatga tegishli boshqa aktivlar baholanganda mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan kalkulyatsiyaga muvofiq aniqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
10. Baholash obyekti talab qilish huquqi, majburiyat (qarz) boʻlganda baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati baholash obyektining (xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar), mulkiy majmua, bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) va boshqa aktivlar) yuzaga kelish manbaidan kelib chiqib belgilanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymati quyidagicha belgilanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
a) davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar), mulkiy majmua, davlatga tegishli bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan), davlatga tegishli boshqa asosiy vositalar boʻyicha:
tahliliy ekspertiza oʻtkazilganda, mazkur Nizomga muvofiq baholash xizmatlari boshlangʻich qiymatining 20 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
joyiga chiqqan holda ekspertiza oʻtkazilganda, mazkur Nizomga muvofiq hisoblangan xizmatlar boshlangʻich qiymatining 25 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
b) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi boʻyicha tahliliy ekspertiza yoki joyiga chiqqan holda ekspertiza oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.
12. Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar taqdim etilmaganligi sababli tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, budjet buyurtmachisi mazkur Nizomga asosan aniqlangan baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymatini eng koʻpi bilan bir yarim baravarga oshirgan holda takroran eʼlon berishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoida
13. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar
T/r
Baholash obyektining maydoni — bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)*
K1
1.
100 m2 gacha
5
2.
101 dan 300 m2 gacha
9
3.
301 dan 600 m2 gacha
13
4.
601 dan 1000 m2gacha
17
5.
1001 dan 2000 m2 gacha
21
6.
2001 dan 3500 m2 gacha
25
7.
3501 dan 5000 m2 gacha
29
8.
5001 dan 7000 m2 gacha
33
9.
7001 dan 9500 m2 gacha
37
10.
9501 dan 12500 m2gacha
41
11.
12501 dan 20000 m2gacha
45
12.
20001 dan 30000 m2 gacha
49
13.
30001 dan 40000 m2 gacha
53
14
40001 dan 50000 m2 gacha
57
15
50001 dan 60000 m2 gacha
61
16
60001 m2 va undan ortiq
65
* Xizmatlar boshlangʻich qiymatini aniqlashda bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) maydoni baholanayotgan hamma binolar (shu jumladan, qurilishi tugallanmaganlari) maydonlarining yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar
T/r
Binolardan (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) tashqari asosiy fondlar soni*
K2
1.
50 donagacha
8
2.
51 dan 200 donagacha
10
3.
201 dan 400 donagacha
15
4.
401 dan 700 donagacha
30
5.
701 dan 1100 donagacha
40
6.
1101 dan 1500 donagacha
50
7.
1501 dan 2000 donagacha
70
8.
2001 dan 3000 donagacha
100
9.
3001 dan 4000 donagacha
130
10.
4001 dan 5000 donagacha
160
11.
5001 dan 6000 donagacha
200
12.
6001 dan 7000 donagacha
230
13.
7001 dan 8000 donagacha
260
14.
8001dan 9000 donagacha
280
15.
9001 va undan ortiq
300
* Xizmatlar boshlangʻich qiymatini aniqlashda bir xil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir xil boʻlgan baholash obyektlari baholanayotgan obyektning bitta birligi sifatida qaraladi.
Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar
* Xizmatlar boshlangʻich qiymatini aniqlashda bir xil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir xil boʻlgan baholash obyektlari baholanayotgan obyektning bitta birligi deb qaraladi;
** Debitor qarzdorligi mavjud tashkilotlar soni.
Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda xizmatlar boshlangʻich qiymatini aniqlash boʻyicha
K A L K U L Ya S I Ya
(soʻm)
T/r
Baholash obyekti
Oʻlchov birligi
Koef-t (K1, K2)
Qiymat
Baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash sanasida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm):
1.
Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)
100 m2gacha
5
K1 x BHM
101 dan 300 m2 gacha
9
301 dan 600 m2gacha
13
601 dan 1000 m2 gacha
17
1001 dan 2000 m2 gacha
21
2001 dan 3500 m2 gacha
25
3501 dan 5000 m2 gacha
29
5001 dan 7000 m2 gacha
33
7001 dan 9500 m2 gacha
37
9501 dan 12500 m2 gacha
41
12501 dan 20000 m2gacha
45
20001 dan 30000 m2 gacha
49
30001 dan 40000 m2 gacha
53
40001 dan 50000 m2 gacha
57
50001 dan 60000 m2 gacha
61
60001 m2 va undan ortiq
65
2.
Binolardan (shu jumladan, qurilishi tugallanmaganlari) tashqari asosiy fondlar
Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo)
= 8 satr x tegishli koeffitsiyent
10.
Baholash obyekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh)
= 9 satr x tegishli koeffitsiyent
11.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida sotish maqsadida baholanganda
BHMning tegishli baravari
12.
Xizmatlar qiymati
= 10satr yoki (10satr+11satr)
Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda xizmatlar boshlangʻich qiymatini aniqlash boʻyicha
K A L K U L YaS I Ya
(soʻm)
T/r
Baholash obyekti
Oʻlchov birligi
Koef-t (K1)
Qiymat
Baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash sanasida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm):
1.
Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)
100 m2gacha
5
K1 x BHM
101 dan 300 m2 gacha
9
301 dan 600 m2gacha
13
601 dan 1000 m2 gacha
17
1001 dan 2000 m2 gacha
21
2001 dan 3500 m2 gacha
25
3501 dan 5000 m2 gacha
29
5001 dan 7000 m2 gacha
33
7001 dan 9500 m2 gacha
37
9501 dan 12500 m2 gacha
41
12501 dan 20000 m2gacha
45
20001 dan 30000 m2 gacha
49
30001 dan 40000 m2 gacha
53
40001 dan 50000 m2 gacha
57
50001 dan 60000 m2 gacha
61
60001 m2 va undan ortiq
65
2.
Summa
= 1 satr
Koʻrsatkichlar
3.
Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo)
= 2 satr x tegishli koeffitsiyent
4.
Baholash obyekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh)
= 3 satr x tegishli koeffitsiyent
5.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida sotish maqsadida baholanganda
BHMning tegishli baravari
6.
Xizmatlar qiymati
= (4 satr + 5 satr)
Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Boshqa davlat aktivlari baholanganda xizmatlar boshlangʻich qiymatini aniqlash boʻyicha
K A L K U L Ya S I Ya
(soʻm)
T/r
Baholash obyekti
Oʻlchov birligi
Koef-t (K3)
Soni (S)
Qiymat
Baholovchi tashkilot xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash sanasida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm):
1.
Inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunlar
1 birlik
2
1 birlik
K3 x BHM x S
2.
Yengil avtomototransport va elektr transport vositalari
1 birlik
1,5
1 birlik
K3 x BHM x S
3.
Yirik yuk tashish transport va elektr transport vositalari, temir yoʻl teplovozlari, vagonlari
1 birlik
2,5
1 birlik
K3 x BHM x S
4.
Instrumentlar, ashyo-inventar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqa asosiy fondlar