Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Normativ-huquqiy hujjatlardagi bir-birini takrorlovchi hamda huquqni qoʻllash amaliyotiga taʼsir koʻrsatuvchi normalarni bartaraf etish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son
Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi PF-2114-son
Farmonida:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5446-son Farmonining 7-bandi
beshinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “boshqa majburiy toʻlovlar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “yigʻimlar” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son
Farmonida:
a)
5-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Farmonning 5-bandida koʻrsatilgan talablar tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek, jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida oʻtkaziladigan taftishga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
“Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari)” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishonchli axborotlar mavjud boʻlganida tegishli ruxsatnomasiz yoki qalbaki aksiz markali yoxud aksiz markasiz alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqish va sotish holatlarini tekshirish”;
“Nazorat qiluvchi organ” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
21-pozitsiyaning “Nazorat qiluvchi organ” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
19-pozitsiya chiqarib tashlansin;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5929-son Farmoni 1-ilovasining
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6252-son
Farmonida:
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4438-son qarorining 1-bandi
uchinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tekshiruvni oʻtkazish vakolatli organ bilan kelishgan yoki uni xabardor etgan holda Axborot tizimida roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi, bundan tezkor-qidiruv tadbirlari hamda jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida oʻtkaziladigan taftish mustasno”.