Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2009-yil 3-martdagi 19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1936, 2009-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 192-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati toʻgʻrisida
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom avtotransport vositasida yoʻlovchi va yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektlarning foydalanish xizmati hamda texnika xizmatiga oid vazifalarni belgilaydi.”;
“d) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy transport boshqarmalariga yangi yoʻnalishlar ochish va/yoki mavjudlarini oʻzgartirish, harakat yoʻnalishi, yoʻnalish masofasi va harakatlanish jadvaliga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar beradi;”.