1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.06 Havo kemalarining parvozi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 19-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1773-3]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 30-yanvardagi 16-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1773, 2008-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-iyun,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“SPNB — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining Sertifikatlash va parvozlarni amalga oshirishni nazorat qilish boʻlimi.”;
4. 2-bobning 2-paragrafi nomidagi va 12-bandning birinchi xatboshisidagi “Davavianazorat” inspeksiyasida” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“271. “Oʻzaviatsiya” agentligi uchuvchi-inspektorlik tarkibining uchish faoliyati ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.”.
“273. “Oʻzaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi, ekspluatantning HK ekipajlari tarkibidagi parvozlari “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvallar asosida bajariladi. “Oʻzaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi “Oʻzaviatsiya” agentligi rahbariyatining topshiriqlari boʻyicha, avval tasdiqlangan reja-jadvalga qoʻshimcha ravishda ekspluatant HK ekipajlarining parvoz topshirigʻiga kiritilishi mumkin.”.
“278. Davlat tomonidan oʻrnatilgan HKning parvozlari xavfsizligini taʼminlovchi qoidalar va normalarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida, ekspluatant tomonidan bajariladigan parvoz yoʻnalishlari boʻyicha “Oʻzaviatsiya” agentligining parvoz ekspluatatsiyasi inspeksiyasi oʻtkaziladi. Parvoz topshirigʻida uchuvchilar kabinasi va yoʻlovchilar saloni (yuk kabinasi)da ekipaj aʼzolarining ishini kuzatish uchun, HK ekipaji tarkibiga “Oʻzaviatsiya” agentligidan kuzatuvchi kiritilishi mumkin.”.
“319. Parvozlar xavfsizligi holatining tahlili uchish ishini tashkil etish tahlilining asosiy qismi hisoblanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar asosida UOda, OʻMda, OʻMMda, aviakompaniya (aviakorxona)larda hamda “Oʻzaviatsiya” agentligida oʻtkaziladi.”.
16. 321-banddagi “Davavianazorat” inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)