Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 28-dekabrdagi 144-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2075, 2010-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchisining maʼlum yoʻnalishdagi muntazam xalqaro parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzaviatsiya” agentligi deb yuritiladi) tomonidan tayinlangandan soʻng amalga oshiriladi”.
2. 5-bandning
birinchi xatboshisidagi “Davavianazoratga” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
6,
7,
10 va
11-bandlardagi “Davavianazorat” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Ilova
matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktoriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.