Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
1. Parvoz xavfsizligi nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nozirligi boshligʻining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186, 2002-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
7-banddagi “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining” degan soʻzlar “Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
677-banddagi “Davavianazoratiga” degan soʻz “Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-ilovaning
matnidagi “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (The State Inspection of the Republic of Uzbekistan for Flight Safety Oversight)” degan soʻzlar “Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (Civil aviation Agency under the Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 10-ilovaning
matnidagi “Davavianazorat” degan soʻz “Fuqaro aviatsiyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.