256-moddasida ish haqi milliy valyutada (soʻmda) toʻlanishi hamda mehnatga natura shaklida haq toʻlash taqiqlanganligi, bundan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno ekanligi nazarda tutilganligi;
269-moddasida umumiy qoidaga koʻra xodimning yozma roziligi bilan ish haqidan ushlab qolinishi mumkinligi nazarda tutilganligi, shuningdek, xodimning yozma roziligidan qatʼi nazar, ish haqidan ushlab qolish hollari belgilanganligi;
270-moddasiga muvofiq har bir toʻlov chogʻida ish haqidan ushlab qolingan mablagʻlarning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining ellik foizidan oshishi mumkin emasligi, bunda aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni ushlab qolish, shuningdek, axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emasligi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
2. Belgilansinki, mehnatga natura shaklida haq toʻlanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin:
xodim yoki uning oilasi isteʼmoli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;
oʻziga xizmat koʻrsatilishi va uy xoʻjaligini yuritishda koʻmaklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan taʼminlash shaklida hisob-kitob qilish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) ish haqini natura shaklida toʻlash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida koʻrsatiladi. Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 269 va 270-moddalarida belgilangan talablarga asosan xodimning yozma roziligidan qatʼi nazar uning ish haqidan:
50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa — xodimga natura shaklida toʻlanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas;
50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa — xodimga ish haqini natura shaklida toʻlash taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.05 Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqi]
4. Ish haqini natura shaklida toʻlashda quyidagilar taqiqlanadi:
xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlganda, ish haqini natura shaklida toʻlash;
qishloq xoʻjaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;
alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis oʻsimligi hamda qonunchilikda realizatsiya qilish (berish) taqiqlangan oʻsimlik va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;
uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.
Bunda qishloq xoʻjaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar sifatsiz yoki isteʼmolga yaroqsiz qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oziq-ovqatlarni, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq kelmaydigan uy-joyni taqdim etishi mumkin emas.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-iyul,
286-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 09/23/286/0470-son)