Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son “Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya
qoidalariga (OʻzR AQ-91)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Uchuvchisiz uchadigan apparat — uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki toʻliq boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoxud dasturlashtirilgan va parvozda toʻliq avtonom boʻlgan havo kemasi (havo kemalari modellari va oʻyinchoq havo kemalari modellari bundan mustasno). Uchuvchisiz uchadigan apparat oʻzida odatda yaxlit tizim sifatida foydalaniladigan uchuvchisiz va masofadan boshqariladigan havo kemalarini birlashtiradi.
Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparat operatori — uchuvchisiz uchadigan apparatni bevosita boshqaruvchi shaxs.”;
“UUA — uchuvchisiz uchadigan apparat.”
2. XVII
1-bobning
nomidagi “uchish qurilmalarining” degan soʻzlar “uchadigan apparatlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
7891-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7891. UUA parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparat operatorida ushbu apparatni uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qoʻllanma boʻlishi shart.”.
5.
7893-banddagi “UUQlarining” degan qisqartma “UUAlarning” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
6.
7894-banddagi “UUQni” degan qisqartma “UUAni” degan qisqartma bilan almashtirilsin.