toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatda kambagʻallikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish hamda ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Dasturda yangi ish oʻrinlarini yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlarining hamkorlik shartnomalari asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi;
hamkorlik shartnomalari loyihalari Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi;
Savdo-sanoat palatasi hamkorlik shartnomalarini tuzgan tadbirkorlik subyektlariga Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat berishi va ularga hamkorlik shartnomalari toʻliq bajarilishi yuzasidan har tomonlama koʻmaklashishi;
Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga tabaqalashgan miqdorlarda imtiyoz va preferensiyalar berish;
2023-2024-yillarda Dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ochish.
2. “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
3. Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov):
Dasturni amalga oshirish doirasida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududlarga biriktirilgan masʼullar faoliyati muvofiqlashtirib borilishini;
bir oy muddatda Dastur bilan qamrab olinadigan tadbirkorlik subyektlarining hududlar kesimidagi soni va ular tomonidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlari parametrlari tasdiqlanishini;
har oy yakuni bilan Dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar tanqidiy muhokama qilib borilishini;
Dastur ishtirokchilari faoliyatida yuzaga keladigan muammolar tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlasin.
4. Quyidagilar:
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Amaliy monomarkazlar faoliyatini tashkil etish, ularni qurish va jihozlash xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Dasturni amalga oshirish boʻyicha barcha jarayonlarni raqamlashtirish imkoniyatlariga ega “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Mazkur qarorga 5-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralar ikki hafta muddatda maʼlumotlar bazalarining “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
6. Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlari Dasturda ishtirok etish uchun “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi, “Onlayn mahalla” elektron platformasi yoki soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali murojaat qilishi mumkin;
Dasturda ishtirok etishi mumkin boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ularning murojaatlari boʻyicha “Hamkor tadbirkor” axborot tizimida avtomatlashtirilgan holda saralanadi;
tadbirkorlik subyekti saralab olingandan soʻng ikki kun muddatda vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektining murojaatida koʻrsatilgan maʼlumotlar va takliflar asosida belgilangan namuna boʻyicha “Hamkor tadbirkor” axborot tizimida shartnoma loyihasi shakllantiriladi va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalariga yuboriladi;
Adliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari hamkorlik shartnomalari loyihalarini uch kun muddatda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi va ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, shartnoma loyihasini avtomatik ravishda imzolash uchun taraflarga yuboradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomning 3-bobi.
hamkorlik shartnomalari tomonlarni kelishuviga koʻra uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga tuziladi. Unda tadbirkor tomonidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlari muddati aniq koʻrsatiladi.
7. Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini 2023-yilda moliyalashtirish uchun:
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tijorat banklariga 100 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochilishini;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari 2023-yil yakuniga qadar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 1 trillion soʻm yoʻnaltirilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xalqaro moliya tashkilotlaridan 200 million AQSH dollari miqdorida kreditlar jalb qilinishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga bir oy muddatda Dastur doirasida kredit ajratish jarayonlari va ajratilgan kreditlar hisobini yuritishning raqamlashtirilishini taʼminlaydigan platformani ishga tushirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda:
tadbirkorlik subyektlariga Dasturning mazmun-mohiyatini tushuntirib borsin, shuningdek, ularga Dasturda ishtirok etishda koʻmaklashsin;
mahallalarda tadbirkorlik subyektlarining ishsiz fuqarolar bilan uchrashuvlarini tashkil etib, tadbirkorlik subyektlari tomonidan taklif etilayotgan ish oʻrinlari haqida maʼlumot berib borsin;
har oy yakuni boʻyicha Dastur ijrosi yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni Respublika komissiyasiga kiritsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari har oy oldindan eʼlon bergan holda, Dasturga kiritilgan va kirmoqchi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar oʻtkazib borsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil etiladigan amaliy monomarkazni qurish va jihozlash xarajatlarini qoplab berish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 7-iyundagi 306-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-iyul,
279-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qaroriga
1-ILOVA
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

J. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Komissiya raisi

B. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

D. Kasimov

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (kelishuv asosida)

D. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari (kelishuv asosida)

O. Rustamov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari

A. Karimov

adliya vaziri oʻrinbosari

M. Mirzayev

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

N. Musamuxamedov

Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

F. Pulatov

Kadastr agentligi direktori

A. Miraliyev

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining departament boshligʻi

Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qaroriga
2-ILOVA
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirishda “hamkorlik shartnomasi”ni tuzish va Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va preferensiyalar (soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari bundan mustasno) berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“hamkorlik shartnomasi” — Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari va davlat oʻrtasida ularning huquq va majburiyatlarini aks ettiruvchi hujjat;
sertifikat — “hamkorlik shartnomalari”ni tuzgan tadbirkorlik subyektlariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan beriladigan, Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi hujjat;
“Hamkor tadbirkor” axborot tizimi — Dasturni amalga oshirish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan, “hamkorlik shartnomalari”ni ekspertizadan oʻtkazish va tuzish, shartnoma majburiyatlari bajarilishini masofaviy nazorat qilish, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etadigan vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish imkoniyatlariga ega axborot tizimi;
platforma — tijorat banklarining dastur doirasida kredit ajratish jarayonlari va ajratilgan kreditlar hisobini yuritishning raqamlashtirilishini taʼminlaydigan elektron platformasi.
2-bob. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlarini saralab olish va “hamkorlik shartnomasi”ni tuzish tartibi
3. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlarini saralab olish va “hamkorlik shartnomasi”ni tuzish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlarini saralab olish “Hamkor tadbirkor” axborot tizimida quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
tadbirkorlik subyekti ikki yildan ortiq faoliyat yuritayotganligi;
davlat ulushi mavjud emasligi.
Tadbirkorlik subyektiga mazkur mezonlar boʻyicha tegishli axborot yoki maʼlumotlarni taqdim etish yoki joʻnatish majburiyatini yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Tadbirkorlik subyekti Dasturda ishtirok etish uchun “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi, “Onlayn mahalla” elektron platformasi yoki soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali ariza bilan murojaat etishi mumkin.
6. Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektining tegishli mezonlarga muvofiqligini oʻrganib, natijasi boʻyicha “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda xabarnoma yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektining arizasi qanoatlantirilgan hollarda, yaratiladigan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqib, tegishliligi boʻyicha hokim yordamchisi yoki Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi besh kun muddatda tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning dastlabki parametrlarini joyiga chiqqan holda oʻrganib, natijalari boʻyicha taklifini va fotosuratlarini “Hamkor tadbirkor” axborot tizimiga kiritadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
7. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlari saralash bosqichidan oʻtkazilgandan soʻng ikki kun muddatda quyidagilar tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda shakllantirilgan “hamkorlik shartnomalari” loyihalari mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboriladi:
51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari bilan — tuman (shahar) hokimlari va ularning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari;
101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari bilan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari;
Oldingi tahrirga qarang.
200 tadan ortiq ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari bilan — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar).
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi 586-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 09/23/586/0828-son)
8. “Hamkorlik shartnomasi” loyihasi uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Huquqiy xulosada “hamkorlik shartnomasi” loyihasi yuzasidan eʼtirozlar bildirilgan taqdirda, shartnoma loyihasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qayta ishlash uchun vakolatli organlarga qaytariladi.
Vakolatli organ tomonidan qayta ishlangan “hamkorlik shartnomasi” loyihasi bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi.
Huquqiy ekspertiza natijalari yuzasidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, “hamkorlik shartnomasi” loyihasi taraflarga imzolash uchun yuboriladi.
Ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan “hamkorlik shartnomasi” taraflar tomonidan besh kun muddatda imzolanadi.
9. “Hamkorlik shartnomasi”ni tuzgan tadbirkorlik subyektiga “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi orqali Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan bir kun muddatda Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.
10. Sertifikat berilgan tadbirkorlik subyekti Dasturda hamda “hamkorlik shartnomasi”da belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.
3-bob. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va preferensiyalar berish
1-§. Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan kredit ajratish tartibi
11. Kredit olish uchun ariza “hamkorlik shartnomasi” tuzilgandan soʻng Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda yoki hokim yordamchisining koʻmagi bilan platforma orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Mazkur Nizom talablari uy-joy qurilishi bilan bogʻliq loyihalar uchun kredit olishga tatbiq etilmaydi.
12. Kredit olish toʻgʻrisidagi ariza barcha bosqichlarda platformada onlayn koʻrib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida platforma (telegram bot, SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali maʼlumot berib boriladi.
13. Ariza belgilangan tartibda banklar tomonidan bir kun muddatda avtomatlashtirilgan holda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
Tadbirkorlik subyektining arizasi platforma tomonidan uning amaldagi bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlganda, avtomatik ravishda rad etiladi.
14. Kreditlar 14 foiz stavkada 7 yilgacha, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.
Bunda kreditlar:
5 mlrd soʻmgacha — 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga;
10 mlrd soʻmgacha — 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga;
15 mlrd soʻmgacha — 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga ajratiladi.
15. Moliyalashtiriladigan loyihalarning xususiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyekti tomonidan hujjatlar bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq elektron koʻrinishda taqdim etiladi.
Kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlar banklarning ichki kredit siyosati va kreditlash bilan bogʻliq amaldagi tartiblarga muvofiq anderrayting tizimi tomonidan koʻrib chiqiladi.
16. Bankka taqdim etilgan hujjatlarda nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda, loyihaning texnik-iqtisodiy samaradorligi koʻrsatkichlari kreditni belgilangan muddatda qaytarish uchun yetarli boʻlmaganda hamda zarur garov taʼminotlari taqdim etilmaganda, kredit ajratilishi rad etiladi va bu haqda tadbirkorlik subyekti platforma orqali xabardor qilinadi.
17. Tadbirkorlik subyekti hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ularni bankka qaytadan taqdim etishi mumkin.
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos boʻlgan kamchiliklar tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilib, bankka taqdim qilinganda, hujjatlarni koʻrib chiqish tadbirkorlik subyektining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
18. Tadbirkorlik subyekti tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng bank ichki kredit siyosatiga muvofiq kredit ajratish yoki kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Kredit hujjatlari elektron koʻrinishda shakllantiriladi va imzolanadi. Shartnoma va tegishli hujjatlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.
Bank tomonidan kredit ajratish rad etilganda, bu haqdagi qaror platformaga joylashtiriladi.
19. Tadbirkorlik subyekti tomonidan soʻralayotgan kredit mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan miqdordan koʻp boʻlgan taqdirda, kreditning maksimal chegaralardan yuqori qismi banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan tijorat foiz stavkalarida ajratilishi mumkin.
20. Tadbirkorlik subyekti tomonidan hamkorlik shartnomasida belgilangan majburiyatlar bajarilmaganda, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari va hokim yordamchilarining bu haqida tuzgan dalolatnomalari asosida ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari moliyalashtiruvchi bankning tijorat kreditlari uchun belgilangan foiziga oʻzgartiriladi. Ushbu qoida kredit shartnomasida aks ettiriladi.
21. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi Dastur doirasida barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar uchun quyidagi miqdorlarda kafillik taqdim etadi:
3 mlrd soʻmgacha — 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga;
4 mlrd soʻmgacha — 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga;
5 mlrd soʻmgacha — 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga.
22. Bunda tadbirkorlik subyekti tomonidan Jamgʻarma kafilligidan foydalanib, belgilangan muddatlarda “hamkorlik shartnomasi”da nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, taqdim etilgan kafillikning dastlabki miqdori saqlangan holda uning bir foiz miqdorida qoʻshimcha vositachilik haqi toʻlanadi.
2-§. Dasturga kiritiladigan tadbirkorlik subyektlari va budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda imtiyoz qoʻllash tartibi
23. Dasturga kiritilgan 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari va budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan toʻlov miqdori bir milliard soʻmgacha boʻlgan xaridlar boʻyicha 50 foiz, bir milliard soʻmdan yuqori boʻlgan xaridlar boʻyicha 30 foiz etib belgilanadi.
24. Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi budjet buyurtmachilari va Dasturga kiritiladigan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilangan oldindan toʻlov miqdorlarini nazorat qilish asosida mazkur shartnomalarni majburiy roʻyxatdan oʻtkazadi.
25. Dasturga kiritiladigan tadbirkorlik subyektlari budjet buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmaydi.
26. Budjet buyurtmachilari mazkur paragrafda belgilangan talablar doirasida shartnomalarni tuzilganligi uchun javobgar hisoblanadi.
3-§. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlarini ularning faoliyati uchun zarur mablagʻlar va infratuzilma bilan taʼminlash tartibi
27. Hududlarda boʻsh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki boʻlgan bino-inshootlar, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan boʻsh turgan binolari Dastur ishtirokchilariga ishsiz, ish qidirayotgan fuqarolarni va oʻz xodimlarini xorijiy tillar va kasb-hunarlarga oʻqitish va malakasini oshirish hamda “amaliy monomarkaz” tashkil qilish uchun foydalanishga tanlov (talabgor yagona boʻlganda — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma) asosida ijara stavkasining minimal miqdori boʻyicha ijaraga beriladi.
Bunda obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan:
hududlarda boʻsh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki boʻlgan bino-inshootlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazidan olingan maʼlumotlar;
kasb-hunar kollejlarining boʻsh turgan binolari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan olingan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
28. Roʻyxatga kiritilgan obyektlarni Dastur ishtirokchilariga ijaraga berish boʻyicha tanlov Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori asosida oʻtkaziladi.
Bunda:
Dasturda ishtirok etadigan ishsiz, ish qidirayotgan fuqarolarni va oʻz xodimlarini xorijiy tillar va kasb-hunarga oʻqitish, malakasini oshirish hamda amaliy monomarkaz tashkil qilish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari tanlov ishtirokchisi boʻlishi mumkin;
ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarni oʻqitish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
29. “Hamkorlik shartnomasi”ga asosan yaratilishi rejalashtirilgan yangi ish oʻrinlari soni tanlov shartining asosiy mezoni hisoblanadi.
Bunda yaratilishi rejalashtirilgan yangi ish oʻrinlari soni teng boʻlgan taqdirda, boshqalardan oldin ariza bergan talabgorga ustunlik beriladi.
30. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha yagona talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, obyektni talabgorga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish haqida qaror qabul qilinadi.
31. Tanlov natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan bayonnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining tegishli hududiy boshqarmasi va tanlov gʻolibi yoki yagona talabgor oʻrtasida obyektni ijara stavkasining minimal miqdorida ijarga berish boʻyicha ijara shartnomasi tuziladi.
Bunda ijara shartnomasi uch yil muddatga tuziladi va “hamkorlik shartnomasi”da nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilgan taqdirda, ijaraga berish muddati qoʻshimcha uch yil muddatga uzaytirib boriladi.
32. Tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar bekor qilingan taqdirda, ijara shartnomasi muddati qoʻshimcha uch yil muddatga uzaytirilmaydi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan obyektlarning ajralmas qismi boʻlgan oʻzgartirishlar qiymati qaytarilmaydi.
4-§. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan auksionda davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari va yerga boʻlgan huquqlarni sotib olish uchun toʻlovlarni foizsiz boʻlib toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
33. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyekti davlat koʻchmas mulki obyektlari yoki yerga boʻlgan huquqlarni (Toshkent shahrida joylashgan yer uchastkalari bundan mustasno) auksion savdolarida qoʻlga kiritgan taqdirda, sotib olish bilan bogʻliq toʻlovlarni foizsiz boʻlib toʻlash uchun “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi orqali yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasiga ariza taqdim etadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga tabaqalashgan miqdorlardan kelib chiqqan holda, davlat koʻchmas mulki obyektlari yoki yerga boʻlgan huquqlarni sotib olish bilan bogʻliq toʻlovlar quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi (Toshkent shahrida joylashgan yer uchastkalari bundan mustasno):
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun — uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda;
101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun — toʻrt yildan koʻp boʻlmagan muddatda;
200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun — besh yildan koʻp boʻlmagan muddatda.
35. Imtiyozlari bekor qilingan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi doirasida sotib olish toʻlovlarga berilgan imtiyoz bekor qilinib, sotib olish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlar amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi hamda ushbu toʻlovlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi.
Bunda sotib olish bilan bogʻliq toʻlovlarning qonunchilikda belgilangan muddatlari oʻtgan taqdirda, sotib olish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlar bir oy muddat ichida amalga oshirilishi lozim.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. “Hamkorlik shartnomasi”ning bajarilishi boʻyicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
37. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “hamkorlik shartnomalari”ni tuzgan tadbirkorlik subyektlariga “hamkorlik shartnomalari” toʻliq bajarilishi yuzasidan har tomonlama koʻmaklashadi.
39. “Hamkorlik shartnomalari”dagi tomonlar majburiyatlarining bajarilishi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan nazorat qilinadi.
Bunda “hamkorlik shartnomasi”da nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan “Hamkor tadbirkor” axborot tizimiga bu haqda maʼlumot joylashtiriladi.
40. Ushbu nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar Dasturga kiritilgan Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
41. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
‎‎

‎‎“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok
‎etayotganligini tasdiqlovchi
‎SERTIFIKAT

№___________‎‎

‎‎sana:___________

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq:

‎_________________________________________________________________________________________________________ hamda

‎‎(vazirlik yoki hokimlik nomi)

‎‎_______________________________________________________________________________________________________ oʻrtasida
‎(tadbirkorlik subyektining nomi)

‎‎_________yil “____” __________ da imzolangan _________-son “hamkorlik shartnomasi”ga asosan berildi.

‎‎____________________________________
‎(tadbirkorlik subyektining nomi)

‎‎_ _ _ _ _ _ _ _ _
‎ (STIR raqami)

‎‎Amal qilish muddati:___ ___________ ______
‎‎(“Hamkorlik shartnomasi” muddati tugaganda yoki toʻxtatilganda, sertifikat oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi).

‎‎Savdo-sanoat palatasi raisi

‎‎(elektron imzo)

“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlarini saralab olish va “hamkorlik shartnomasi”ni tuzish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Dasturda ishtirok etish uchun “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi, “Onlayn mahalla” elektron platformasi yoki soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali ariza yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Savdo-sanoat palatasi

Tadbirkorlik subyektining tegishli mezonlarga muvofiqligini oʻrganib, natijasi boʻyicha “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda xabarnoma yuboradi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Tegishliligi boʻyicha hokim yordamchisi yoki Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Tadbirkorlik subyektining arizasi qanoatlantirilgan hollarda, tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning dastlabki parametrlarini joyiga chiqqan holda oʻrganib, natijalari boʻyicha taklifi va fotosuratlarini “Hamkor tadbirkor” axborot tizimiga kiritadi.

Besh kun muddatda

4-bosqich

Vakolatli organlar

“Hamkorlik shartnomalari” loyihalarini shakllantiradi va mos ravishda Adliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboradi.

Saralash bosqichidan oʻtkazilgandan soʻng ikki kun muddatda

5-bosqich

Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari

“Hamkorlik shartnomasi” loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi:

ijobiy xulosa berilganda, “hamkorlik shartnomasi” loyihasini taraflarga imzolash uchun yuboradi;

eʼtirozlar bildirilgan taqdirda, shartnoma loyihasi qayta ishlash uchun vakolatli organlarga qaytaradi.

Uch kun muddatda

6-bosqich

Vakolatli organlar

Qayta ishlangan “hamkorlik shartnomasi” loyihasini Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritadi.

Bir kun muddatda

7-bosqich

Vakolatli organlar va tadbirkorlik subyektlari

“Hamkorlik shartnomasi”ni imzolaydi.

Besh kun muddatda

8-bosqich

Savdo-sanoat palatasi

“Hamkorlik shartnomasi” tuzgan tadbirkorlik subyektiga “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi orqali dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beradi.

“Hamkorlik shartnomasi” tuzilgandan soʻng bir kun muddatda

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qaroriga
3-ILOVA
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Dasturda kamida ikki yil faoliyat koʻrsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yangi ish oʻrinlari — tadbirkorlik subyektlarida yaratilgan yangi ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan, qonunchilik hujjatlari asosida mehnat shartnomasi tuzilgan xodimga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblangan, soliq hisobotida yaratilgan yangi ish oʻrinlari sifatida koʻrsatilgan va 2023-yil 1-iyun holatiga nisbatan koʻpaygan xodimlarning ish oʻrinlari;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomatlashtirilgan dastur — ish beruvchilarga ular tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga toʻlab beriladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qaytarib berish yoki qaytarib berishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
ish beruvchining arizasi — ish beruvchilarga ular tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini Davlat budjetidan qaytarib berish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq arizasi.
2-bob. Mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlaridan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar kamida bir yil davomida ish bilan taʼminlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Bunda 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrinlari yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun mol-mulk va yer soligʻining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga, 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi, 200 tadan ortiq ish oʻrinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi.
4. Mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlari bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob berganda tadbirkorlik subyektlariga qoʻllaniladi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga bir yil davomida uzluksiz mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlab, bandlikni taʼminlaganda;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar jami xodimlar sonining kamida 20 foizini tashkil qilganda;
tadbirkorlik subyektlari kamida ikki yil faoliyat koʻrsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud boʻlmaganda.
Mazkur imtiyozlar Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan hamda ushbu hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
5. Soliq organlariga taqdim etilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisoboti orqali hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasida yangi ish oʻrinlariga qabul qilingan xodimlar soni, shuningdek, ularning kamida 20 foizi Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi va hisoblangan ish haqi miqdori aniqlanadi.
6. Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shartlarni toʻliq bajargan tadbirkorlik subyekti oʻzining shaxsiy kabineti orqali “Yuridik shaxslarning soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat interaktiv xizmati” orqali murojaat qilish yoʻli bilan soliq imtiyozidan foydalanadi.
Bunda yangi ish oʻrinlari yaratilgan oydan boshlab tegishli davr uchun mol-mulk va yer soligʻi hisobotini qayta taqdim etish orqali soliq imtiyozidan foydalaniladi.
7. Agar mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan shartlar ketma-ket 12 oy davomida bajarilmasa, qoʻllanilgan imtiyoz joriy etilgan davrdan boshlab bekor qilinadi va soliq summasi qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
3-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qaytarib berish va ijtimoiy soliq imtiyozidan foydalanish
8. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmagan miqdorda) avtomatlashtirilgan dastur orqali qaytarib beriladi.
9. Yangi ish oʻrni yaratilgan oydan boshlab hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar taqdim etilgan soliq hisoboti boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi qaytariladi.
10. Ish beruvchilarga ular tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi Davlat budjetidan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq toʻliq qaytarib beriladi.
Bunda ish beruvchi tomonidan ariza u soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatda turgan soliq organiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisoboti taqdim etilganidan soʻng soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ish beruvchining arizasi kelib tushgan sanadan boshlab uch kun muddatda soliq organi tomonidan avtomatlashtirilgan dastur orqali ushbu Nizom talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi oʻrganiladi. Bunda ish beruvchining arizasidagi maʼlumotlar va toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi qaytarib berilishi soʻralayotgan hisobot oyidagi maʼlumotlari oʻrtasida farq aniqlansa, soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga ish beruvchining arizasi koʻrilmasdan qoldirilganligi haqida xabarnoma yuboradi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qaytarib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, avtomatlashtirilgan dasturda bir kun muddatda soliq organining xulosasi shakllantiriladi, shakllangan xulosa bilan ish beruvchining arizasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi) yuboriladi hamda bu haqda ish beruvchi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Soliq organi toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, ushbu qaror avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qaytarib berishni rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Soliq organi toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qaytarib berishni quyidagi hollarda rad qiladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan qarzdorligi mavjud boʻlsa;
har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlgan miqdorda hisoblanganda;
Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan fuqarolar arizada koʻrsatilganda.
Ish beruvchi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ish beruvchining arizasi kelib tushganda, arizani rad etish asoslari bartaraf etilgandan soʻng jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushbu Nizom talablari doirasida ish beruvchiga qaytarib beriladi.
Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi avtomatlashtirilgan dastur orqali DMBATga kelib tushgan hujjatlarga asosan uch kun muddatda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir kun muddatda DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
11. Soliq organi ish beruvchilarga Davlat budjetidan toʻliq qaytarib berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasining hisobi va hisobotini yuritadi.
12. Belgilab quyilsinki:
a) ish beruvchi tomonidan qayta hisobot berish orqali umumiy ish haqi fondi doirasida xodimlarga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar qayta taqsimlangan taqdirda, qaytarib berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi ish beruvchi yoki soliq organining tashabbusiga koʻra belgilangan tartibda oʻzaro qayta hisob-kitob qilinadi;
b) “hamkorlik shartnomasi” boʻyicha belgilangan yangi ish oʻrinlarini yaratmagan, ish haqi toʻlab bermagan va bandlikni taʼminlamagan ish beruvchiga qaytarilgan daromad soligʻi summasi Davlat budjetiga qaytarib undirib olinadi.
13. Ish beruvchi tomonidan qayta hisobot berish orqali umumiy ish haqi fondi doirasida xodimlarga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar qayta taqsimlangan taqdirda, qaytarib berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi ish beruvchi yoki soliq organining tashabbusiga koʻra belgilangan tartibda oʻzaro qayta hisob-kitob qilinadi.
14. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda, ijtimoiy soliqni amaldagi soliq stavkasining 50 foizi miqdorida toʻlaydi.
4-bob. Soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlovlarni qaytarib berish
15. Soliq kodeksining 104-moddasiga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining tegishli arizasi olingan kundan eʼtiboran quyidagi muddatlarda qaytariladi:
51 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlar uchun — besh kunda;
200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlar uchun — bir kunda.
Bunda soliq organi tomonidan ortiqcha toʻlovni qaytarish toʻgʻrisida qaror chiqariladi va tegishli xulosa Gʻaznachilik xizmati boʻlimiga yuboriladi.
16. Qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasi quyidagi muddatlarda qaytariladi:
51 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlar uchun tezlashtirilgan tartibda — uch kun muddatda va umumiy tartibda — oʻn besh kun muddatda;
200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlar uchun — bir kun muddatda.
5-bob. Qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish
17. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Bunda tovarlarni import qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻiga oʻtkazib berilishi uchun tasdiqlangan soliq summasini bojxona organlari gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkazishda, soliq organlarining elektron axborot tizimi orqali shakllantiriladigan xulosa real vaqt rejimida rasmiylashtiriladi va elektron shaklda Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboriladi.
Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi soliq organlarining elektron axborot tizimi orqali soliq organining xulosasini olgandan soʻng Davlat budjeti mablagʻlari doirasida avtomatik ravishda soliq summasini bojxona organlarining gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
6-bob. Hisoblangan soliqlarni boʻlib toʻlash hamda soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydigan holatlar
18. Soliq kodeksining 97 — 102-moddalarida belgilangan tartibda Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlariga barcha soliqlarni (qoʻshilgan qiymat soligʻi va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) taʼminotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga boʻlib toʻlash huquqi beriladi:
51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun — uch oy muddatda;
101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun — olti oy muddatda;
200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun — oʻn ikki oy muddatda.
Bunda tadbirkorlik subyekti tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq organiga yozma yoki elektron shaklda soliqlarni taʼminotsiz va foizsiz boʻlib toʻlash yuzasidan ariza yuboradi.
Soliq organlari axborot tizimlari orqali soliqlarning belgilangan muddatlarda boʻlib toʻlanayotganligini monitoring qilib boradi.
Agar soliqlarni boʻlib toʻlash jadvalining keyingi belgilangan muddatlari buzilsa, barcha toʻlash muddatining uzaytirilgan soliq summalari tiklanib, ularni undirish choralari koʻriladi.
Mazkur imtiyozlar Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan hamda ushbu hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
19. Agar tadbirkorlik subyekti tomonidan mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan yangi ish oʻrinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno):
51 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlarida soliq auditi oʻtkazilmaydi;
200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlarida barcha turdagi soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.
7-bob. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlariga “yashil yoʻlak”ni qoʻllash
20. Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona tartib-taomillariga rioya etilgan holatlarda ularga nisbatan “yashil yoʻlak” tartibi qoʻllaniladi (“Xavfni boshqarish tizimi” tomonidan topshiriq berilgan holatlar bundan mustasno).
21. Dasturda ishtirok etishi davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona qonunchiligi buzilishi yoki ular taqdim etgan maʼlumotlarda tafovutli holatlarning aniqlanishi mazkur tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nisbatan bojxona nazoratining barcha shakllari va umumiy qoidalari qoʻllanilishiga sabab boʻladi.
22. Bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari bilan bogʻliq asosli shubhalar paydo boʻlganda, bojxona xodimlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga taqdim etilgan “yashil yoʻlak” bojxona organlari faoliyatida mavjud boshqa yoʻlaklarga oʻzgartirilishi mumkin.
8-bob. Bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash imkoniyatidan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
23. Bojxona kodeksining 329 — 333-moddalarida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlarini foizsiz quyidagi muddatlarga boʻlib toʻlash huquqi beriladi:
51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 kun;
101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun — 90 kun;
200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun — 120 kun muddatga.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
24. Bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash imkoniyatiga ega boʻlish uchun toʻlovchi bojxona organiga “Hamkor tadbirkor” axborot tizimi yoki Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan “Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib toʻlashga ruxsat berish” interaktiv xizmati orqali bojxona toʻlovlari summalarini toʻlash boʻyicha yozma majburiyatni oʻz ichiga olgan elektron arizani taqdim etadi.
25. Bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror elektron ariza taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bojxona organi tomonidan qabul qilinadi.
Bojxona organining qarorida bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan muddat, bunday imkoniyat berish rad etilgan taqdirda esa rad etish sabablari koʻrsatiladi.
Bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Nizomga asosan sertifikat taqdim etmaslik;
muqaddam bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlashda belgilangan muddatni buzish holatlarining mavjudligi.
Bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash davrida majburiyat bajarilmagan taqdirda, qolgan davr uchun hisoblangan barcha toʻlovlar majburiy tarzda undirib olinadi.
26. Bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash bojxona organi va toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan jadvalda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Mazkur Nizomning 2, 4, 5, 6, 7, 8-boblarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan hamda ushbu hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
28. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Ish beruvchilarga ular tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini Davlat budjetidan qaytarib berish toʻgʻrisida

ARIZA

Ish beruvchining STIR raqami ____________

____________________________________________________________________________________

(ish beruvchining toʻliq manzili)

_________________________________________________________________ manzilda joylashgan,

_________________________________________________ faoliyatini amalga oshiradigan

(asosiy faoliyat (ixtisosligi) turi)

____________________________________________________________________________________,

(ish beruvchining toʻliq nomi)

Sizdan tashkilotda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini Davlat budjetidan toʻliq qaytarib berishingizni soʻrayman.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Oʻn ikki oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar soni________ nafar;

Oʻn ikki oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga 20 ___ yil _____ oyi uchun toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliq summasi _______________ soʻm.

Ish beruvchining bank rekvizitlari:

Bank nomi: __________________________________________________
Bank MFO: __________________________________________________
Bankdagi hisobvaragʻi: _________________________________________

Ushbu ariza va ilova qilingan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar toʻliq
va ishonchli ekanligini tasdiqlayman.

Ilova. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va oʻn ikki oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh xodimlar roʻyxati.

Tashkilot rahbari

______________

__________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Bosh buxgalter

______________

__________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Sana

“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ish beruvchilarga ular tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini Davlat budjetidan toʻliq qaytarib berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Ish beruvchi

Soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatda turgan soliq organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali ariza yuboradi.

Hisobot taqdim etilgandan soʻng

2-bosqich

Soliq organi

Ish beruvchining arizasi avtomatlashtirilgan dastur orqali ushbu Nizom talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi oʻrganadi.

Uch kun muddatda

3-bosqich

Avtomatlashtirilgan dastur

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga toʻlab berilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qaytarib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, soliq organining xulosasini shakllantiradi, shakllangan xulosa bilan ish beruvchining arizasini Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboradi hamda bu haqda ish beruvchini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.

Bir kun muddatda

4-bosqich

Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

Avtomatlashtirilgan dastur orqali DMBATga kelib tushgan hujjatlarga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Uch kun muddatda

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qaroriga
4-ILOVA
Amaliy monomarkazlar faoliyatini tashkil etish, ularni qurish va jihozlash xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturida (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishtirok etadigan tadbirkorlik subyekti tomonidan ishsiz, ish qidirayotgan shaxslarni va oʻz xodimlarini xorijiy tillar va kasb-hunarga oʻqitish, malakasini oshirish hamda amaliy monomarkaz faoliyatini tashkil etish, ularni qurish va jihozlash xarajatlarini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Amaliy monomarkaz — ishsiz fuqarolarni kasbga oʻrgatish va tadbirkorlik subyektlari ishchilarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanuvchi oʻquv markazi hisoblanadi.
3. Amaliy monomarkaz tadbirkorlik subyektining ishlab chiqarish maydonlari yoki boʻsh turgan binolarida, shuningdek, boʻsh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar hamda kasb-hunar kollejlarining boʻsh turgan binolari tanlov (talabgor yagona boʻlganda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma) asosida ijara stavkasining minimal miqdori boʻyicha ijaraga berish yoʻli bilan tashkil etiladi.
2-bob. Amaliy monomarkaz faoliyatini tashkil etish
4. Amaliy monomarkaz tadbirkorlik subyektining qarori asosida tashkil etiladi va ushbu qaror bilan amaliy monomarkazning rahbari, trener (oʻqituvchi) va usta-murabbiylari tayinlanadi.
5. Tadbirkorlik subyektining ish oʻrnida bajariladigan mehnat funksiyasining murakkabligidan kelib chiqib, koʻpi bilan har yigirma nafar oʻquvchiga kamida bir nafar trener (oʻqituvchi) yoki usta-murabbiylar biriktiriladi.
6. Amaliy monomarkazda oʻquv jarayonlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tadbirkorlik subyekti tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi.
7. Amaliy monomarkazda oʻquv jarayonlari quyidagi 2 ta bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda oʻquvchilarga nazariy bilimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalardan foydalanish hamda mehnat xavfsizligi qoidalari oʻrgatiladi;
ikkinchi bosqichda oʻquvchilarga bevosita ish oʻrinlarida amaliy bilim va koʻnikmalar beriladi.
8. Oʻquv dasturi yakuni bilan oʻquvchilarning amaliy bilimlari yakuniy malaka imtihoni orqali baholanib, ularga oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
9. Trener (oʻqituvchi) va usta-murabbiylarning mehnatiga haq toʻlash miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
3-bob. Amaliy monomarkazni qurish va jihozlash xarajatlarini moliyalashtirish
10. Amaliy monomarkazni qurish va jihozlash xarajatlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
11. Yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun — har bir oʻquvchi oʻrni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha qoplab beriladi, biroq jami oʻquvchi oʻrnini hisoblaganda — bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 ming baravaridan oshib ketmasligi shart.
Bunda har bir oʻquvchi oʻrni uchun toʻgʻri keladigan oʻquv maydoni kamida 3,5 m kv.ni tashkil qilish kerak.
12. Jihozlash ishlari uchun — har bir oʻquvchi oʻrni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha qoplab beriladi, biroq jami oʻquvchi oʻrnini hisoblaganda — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshib ketmasligi kerak.
Bunda amaliy monomarkazning bino va oʻquv maydonlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq minimal talablar asosida moddiy-texnika jihatdan jihozlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Amaliy monomarkazni qurish va jihozlash xarajatlarini qoplash uchun tadbirkorlik subyekti “Hamkor tadbirkor” platformasi orqali roʻyxatdan oʻtgan hududi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma ravishda murojaat qiladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
obyektni foydalanishga topshirish va qabul boʻyicha dalolatnoma;
obyektni qurish, taʼmirlash hamda jihozlash uchun mablagʻlarning maqsadli sarflanishini tasdiqlovchi hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari murojaatni 10 ish kunida koʻrib chiqadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Bunda tashkil etilgan amaliy monomarkaz joyiga chiqib koʻrilishi, tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosligini oʻrganish yuzasidan tegishli tashkilotlar (tijorat banklari)dan amaliy monomarkazni tashkil etish, shuningdek, uni qurish va jihozlashga oid maʼlumotlar soʻrab olinishi mumkin.
15. Murojaatda koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻri deb topilgan taqdirda, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan tadbirkorlik subyekti hisob raqamiga murojaatda koʻrsatilgan, biroq ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan miqdordan ortiq boʻlmagan mablagʻ oʻtkazib beriladi.
16. Murojaatda koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻri deb topilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan muddatda mablagʻ ajratishni rad etish asoslari koʻrsatilgan holda murojaat muallifi yozma ravishda xabardor qilinadi.
Tadbirkorlik subyekti mablagʻ ajratishni rad etish asoslaridan norozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilgan amaliy monomarkazlar, ularni faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar hamda kasbga oʻrgatilgan va malakasi oshirilgan oʻquvchilar hisobini yuritadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Amaliy monomarkazlar faoliyatini tashkil etish, ularni qurish va jihozlash xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Amaliy monomarkazda oʻquv jarayonlari tashkil etish boʻyicha
NAMUNAVIY OʻQUV DASTURI

T/r

Modullarning nomlari

Umumiy ajratilgan soat

Shu jumladan:

Nazorat shakli

Nazariy

Amaliy

Jami

I. Birinchi bosqich

1.

2.

...

II. Ikkinchi bosqich

1.

2.

...

________________________

_________

______________

(Tadbirkorlik subyektining nomi)

(imzo)

(Rahbarning F.I.O.)

Amaliy monomarkazlar faoliyatini tashkil etish, ularni qurish va jihozlash xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Amaliy monomarkazning bino va oʻquv maydonlarini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir
MINIMAL TALABLAR
1. Oʻquvchilar partasi
2. Oʻquvchilar stuli
3. Oʻqituvchi stoli
4. Oʻqituvchi kreslosi
5. Kompyuter
6. Markerli doska
7. Proyektor
8. Kiyim shkafi
9. Ofis shkafi
10. Konditsioner
11. Yongʻin xavfsizligi uchun oʻt oʻchirgich
12. Dorilar qutichasi
13. Interaktiv LED doska
14. Urna
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qaroriga
5-ILOVA
“Hamkor tadbirkor” axborot tizimi bilan maʼlumotlar bazalari integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
9. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qaroriga
6-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 7-iyundagi 306-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
a) “g” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “maʼlumot uchun qabul qilinsin” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) quyidagi tahrirdagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq 51 ta va undan koʻp yangi ish oʻrinlari yaratadigan tadbirkorlik subyektlari 50 milliard soʻm va undan yuqori qiymatdagi loyihalarni amalga oshirganda, ularni zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
2. Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
investitsiya loyihasi — investorning qiymati 200 milliard soʻmdan bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun kamida 50 milliard soʻmdan oshadigan uning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, “shuningdek, “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining 50 milliard soʻm va undan yuqori qiymatdagi loyihalari”;
b) 8-band yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 51 ta va undan koʻp yangi ish oʻrinlari yaratilganligi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 09/23/279/0463-son; 06.11.2023-y., 09/23/586/0828-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)