Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 30-iyundagi 105-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2702, 2015-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 399-modda) bilan tasdiqlangan Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona
talablarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yagona talablar qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.”.
2.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Yagona talablar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining harbiy tuzilmalariga kiruvchi hamda oʻqotish sporti tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.”.